A. M. Mannonov n. A. Abdullayev r. R. Rashidov


  Gregorian Vartan. The Emergence o f Modem Afghanistan. - Stanford



Download 7,35 Mb.
Pdf ko'rish
bet57/127
Sana19.04.2022
Hajmi7,35 Mb.
#564329
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   127
Bog'liq
Afg\'oniston tarixi. Mannonov A.M, Abdullayev N.A, Rashidov R.R

72 
Gregorian Vartan. The Emergence o f Modem Afghanistan. - Stanford
(California): Stanford University Press, 1969. - P. 369.


ingliz va turk tillaridagi 10 ming nafar nashrga ega) va 1931-yilda 
ochilgan matbuot departamenti kutubxonasi (fors, arab va pushtu 
tillaridagi 300 nafardan ortiq qo‘lyozma va 20 ming nafar nashrga 
ega) faoliyat ko'rsatdi. Shu bilan birga, Kobul Universitetida ham 
yirik kutubxona faoliyati yo‘lga qo‘yildi.
XX asr 30-40-yillarida A fg‘onistonda sport bilan ommaviy 
ravishda shug‘ullanish boshlandi va sportning bir necha turlari 
bo‘yicha mashg‘ulotlar olib boradigan klub va to ‘garaklar ish 
boshladi. Afg‘oniston Milliy Olimpiya qo‘mitasiga asos solindi. 
Mamlakat sportchilari 1936-yilda Berlinda bo ‘lib o‘tgan Olimpiya 
o ‘yinlarida va boshqa bir qator xalqaro tumirlarda ishtirok etishdi.
Ikkinchi Jahon urushi boshlanishi arafasida A fg‘oniston 
nisbatan tinch ravishda o ‘z rivojlanish yo‘lida davom etar edi. 
Yetakchi davlatlar o ‘rtasidagi kelishmovchiliklar oqibatida yana bir 
umumjahon urushi kelib chiqishi mumkinligini muayyan darajada 
anglagan afg‘on hukumati o ‘z armiyasini takomillashtirish va 
mustahkamlash y o ‘lidan bordi.
XX asr 30-yillari davomida afg‘on armiyasi Germaniya, Italiya, 
Buyuk Britaniya va Chexoslavakiyada ishlab chiqarilgan harbiy 
texnika hamda qurol-aslaha bilan ta’minlandi. Afg‘on armiyasi 
tarkibida Harbiy Havo Kuchlari, tank qo‘shilmasi, transport 
bo‘linmalari va front orti zaxira faoliyati bilan shug‘ullanuvchi 
tuzilmalar tashkil etildi. Bir necha marta harbiy o‘quv mashqlari 
o‘tkazildi. Afg‘on armiyasida asosan turk harbiy instruktorlari 
xizmatidan foydalanilib kelingan b o ‘ Isa, 1939-yildan boshlab nemis 
hamda italyan harbiylari va maslahatchilari ham afg‘on armiyasida 
faoliyat ko‘rsata boshladilar. Afg‘on harbiy zobitlari Turkiya, Sovet 
Ittifoqi, Hindiston, Italiya va Yaponiya kabi mamlakatlarga malaka 
oshirishga jo ‘natilar edi.
1934-yilda afg‘on armiyasi soni 70 ming nafar askar va zobitdan 
iborat bo‘lgan bo‘lsa, 1936-yilda bu miqdor 80 ming nafarga va 
1941-yilda 90 ming nafarga yetdi. XX asming 30-yillari oxiri va 
40-yillari boshida afg‘on hukumati o‘z budjetining 50 %i va undan 
ham ko‘prog‘ini harbiy sohaga sarfladi. 1937-yilda Afg‘oniston


Eron, Turkiya va Iraq kabi davlatlar a ’zo b o ‘lgan Saadobod 
paktiga qo‘shildi. Afg‘oniston a’zo bo‘lgan ilk xalqaro tashkilot 
hisoblanmish ushbu tuzilmada yetakchi rolni Buyuk Britaniya 
o ‘ynadi. A’zo davlatlar bir-birlarining ichki ishlariga aralashmaslik, 
umumiy chegaralaming daxlsizligini ta ’minlash kabi shartlarga 
rioya etishga kelishib oldilar. Buyuk Britaniyaning ushbu tuzilmani 
tashkil etishdan maqsadi Germaniya va Italiya kabi fashistik 
davlatlaming Yaqin va Sharqqa suqilib kirishini oldini olish edi.
XX 
asr 
30-yillari 
ikkinchi 
yarmidan boshlab 
Gitler 
yetakchiligidagi Germaniya Afg ‘ onistonga juda katta qiziqish bildira 
boshladi. Bu b o ‘lajak urushda Germaniya raqiblari hisoblanmish 
Buyuk Britaniya va Sovet Ittifoqiga afg‘on zaminining bevosita 
chegaradoshligi bilan izohlanadi.
1937-yil noyabrida Germaniyaning “Lyuftganza” aviakom- 
paniyasi Berlin va Kobul o ‘rtasida doimiy havo qatnovini yo‘lga 
qo‘ydi. Shu yili Afg‘onistonda qazilma boyliklarini qidirib topish 
va qazib olish bilan shug‘ullanuvchi “Afghanistan Mines Ltd.” 
nomi bilan ataluvchi afg‘on-nemis kompaniyasi tashkil etildi. Shu­
ningdek, ko ‘plab nemis mutaxassislari Afg‘onistonda yo‘l qurili- 
shi, gidroenergetika, ko‘mir qazib chiqarish kabi sohalarda faoliyat 
yurita boshladilar.
1939-yil avgustida Afg‘oniston va Germaniya o ‘rtasida muhim 
ahamiyatga ega b o ‘lgan savdo-moliyaviy kelishuv imzolandi. 
Unga ko ‘ra, afg‘on tomoni gidro elektr stansiyalari va paxta xom 
ashyosini qayta ishlovchi zavodlar uchun zamonaviy asbob- 
uskunalami uzoq muddatli imtiyozli kredit asosida oldi. Buyuk 
Britaniya, Sovet Ittifoqi, AQSH va Fransiya kabi davlatlaming 
Afg‘oniston bilan hamkorlik qilishni, afg‘on iqtisodiyotining rivoji 
uchun ko‘maklashishni istamasligi jarayonida Germaniyaning siyo­
siy maqsadlami ko‘zlab, hech qanday kafolatsiz afg‘on hukumatiga 
yirik kredit ajratishi o ‘ziga xos tavakkalchilik edi.
A fg‘on hukumati nemis tomonining bunday faolligini ingliz va 
ruslar kabi afg‘on zaminini mustamlakaga aylantirish maqsadida 
emas, balki A fg‘onistonni sanoatlashtirish va zamonaviylashtirish


yo‘lida ko‘maklashish, deya talqin etdi. Urush arafasida nemis 
mutaxassislarining Afg‘onistondagi faoliyat doirasi kengaydi. 
Jumladan, nemislar afg‘on politsiya xodimlarini tayyorlash va 
malakasini oshirishda, pochta, telefon va telegraf hamda bank 
sohalarida keng faoliyat olib borar edilar. Shuningdek, ne­
mis mutaxassislari afg‘on yoshlariga ta’lim berish yo‘nalishida 
ham samarali ish olib bordilar. Shu tariqa, Ikkinchi Jahon urushi 
boshida A fg‘onistonda ko‘p sonli nemis ekspert-mutaxassislari, 
muhandislari va o‘qituvchilari faoliyat yuritishar edi.
Ikkinchi Jahon urushi arafasida Afg'oniston o ‘z mavqeidan 
kelib chiqqan holda neytralitet e ’lon qilishni m a’qul ko‘rdi va 
urush boshlanishi bilanoq, y a’ni 1939-yil 3-sentabrda Afg'oniston 
ushbu urushda o ‘z betarafligini e ’lon qildi. Shu munosabat bilan 
Afg'oniston qirg‘inbarot urushga tortilmadi.
Ikkinchi Jahon urushi yillarida Germaniya va Buyuk Britaniya 
o ‘z milliy manfaatlarini ko'zlagan holda A fg‘onistonni 1939- 
yil 3-sentabrda e ’lon qilingan neytralitet to‘g ‘risidagi siyosatidan 
voz kechishga undadi. Biroq rasmiy Kobul betaraflik to ‘g ‘risidagi 
mavjud shartnomani o‘zgartirmasligini m a’lum qildi. 0 ‘z navbatida 
mazkur holat Sovet Ittifoqi va Afg‘oniston munosabatlarida ijobiy 
qarashlar saqlanib qolishiga asos bo‘lib xizmat qildi.
Germaniya Afg‘onistondan Britaniya Hindistoniga bostirib 
kirish uchun qulay plasdarm sifatida foydalanishga urinib 
ko‘rdi. Afg‘on hukumati nemislaming bunday rejasini qo'llab- 
quvvatlamaganligi bois (chunki bosh vazir M.Hoshimxon 
inglizparast edi) Germaniya hatto, Kobulda hokimiyatni o ‘zgartirish 
va sobiq hukmdor Omonullaxonni yana taxtga qaytarish taraddudi- 
ga ham tushib qoldi. Biroq, Germaniyadagi b a’zi kuchlar hokimi­
yatni almashtirish emas, balki afg‘on bosh vaziriga bosim o ‘tkazish 
yo'li bilan o‘z rejalarini amalga oshirishni m a’qul ko‘rdilar.
1940-yil bahorida Kobuldagi nemis elchisi afg'on bosh vaziriga 
Germaniya yaqin orada Buyuk Britaniyani to ‘la m ag‘lubiyatga 
uchratishi va Londonni egallashi to‘g‘risida maxfiy ma’lumotni 
yetkazdi. Nemis tomoni agar Buyuk Britaniya m ag‘lubiyatga


uchraydigan bo‘Isa, afg‘on davlatining Durroniy lar davridagi tari- 
xiy chegaralari qayta tiklanishiga, y a’ni Belujiston, Kashmir, G ‘ar- 
biy Panjob va Sind o ‘lkasi (Karachi porti bilan birga) A fg‘oniston 
tarkibiga qo‘shib berilishiga va’da berdi.
1940-yil yozida Germaniyaning G'arbiy Yevropadagi muvaf- 
faqiyatli harbiy harakatlari va Angliyani bombardimon qilishi 
natijasida afg‘on siyosiy elitasining b a’zi vakillari, xususan Zo- 
hirshohning amakisi va harbiy vazir Shoh Mahmud, qirolning 
amakivachchasi Muhammad Dovud va uning ukasi Naimxon hamda 
iqtisodiyot vaziri Abdulmajid kabi shaxslar qirolga A fg‘onistonning 
neytralitet maqomini bekor qilishni va Germaniyani faol qo‘llab- 
quw atlashni maslahat berdilar.
A fg‘onistonni o ‘z tomoniga og‘dirishni ahd qilgan nemislarga 
javoban afg‘on hukumati agar inglizlar tomonidan bosib olingan 
tarixiy afg‘on yerlari qaytarilsa va mamlakat dengizga chi- 
qish imkoniyatiga ega bo ‘lsa, shuningdek, Sovet Ittifoqi afg‘on 
zaminining yaxlitligiga kafolat bersa A fg‘oniston Germaniya 
yetakchilik qilayotgan ittifoqqa qo‘shilishi hamda ozod qabilalar 
hududi va Vaziristonda afg‘on qabilalarining qo‘zg‘olonini uyushti- 
rishi mumkinligini m a’lum qildi.
1941-yil iyunida Germaniyaning Sovet Ittifoqiga nisbatan hu- 
jum i natijasida vujudga kelgan sovet-britan ittifoqi Afg‘onistondan 
Gitler Germaniyasini qo‘llab-quvvatlamaslikni va barcha ne- 
mis agentlari hamda razvedkachilarini afg‘on zaminidan zudlik 
bilan chiqarib yuborishni talab qildi. Bunday talabning jiddiyli- 
gini qo‘shni Erondagi voqealar ham ko‘rsatib berdi. Ya’ni, Buyuk 
Britaniya va Sovet Ittifoqi hukumatlari Eron shohi Rizoshoh 
Pahlaviydan ham Germaniyani qo‘llab-quvvatlamaslikni hamda 
barcha nemis agentlari va razvedkachilarini Erondan zudlik bilan 
chiqarib yuborishni talab qilgan edi. Biroq, Rizoshoh tomonidan 
antigitler koalitsiyasiga a’zo ushbu davlatlar talabining rad etili- 
shi Sovet Ittifoqi Eronning shimoliy qismini, Buyuk Britaniya esa 
Eronning janubiy qismini okkupatsiya qilishiga olib keldi.


Erondagi voqealardan xavotirga tushgan afg‘on hukumati
1941-yilning noyabrida Buyuk Britaniya va Sovet Ittifoqi 
hukumatlariga o‘zining 1939-yilda e’lon qilingan neytralitet 
maqomiga qat’iy amal qilishini yana bir bor m a’lum qildi. Ik­
kinchi Jahon urushi Afg‘onistonning iqtisodiy holatiga salbiy 
ta’sir qildi. Garchi, Afg‘oniston urushga tortilmagan bo‘lsa-da, 
mamlakatning Yevropa va Osiyo mamlakatlari bilan o ‘matilgan 
savdo munosabatlariga putur yetdi hamda mamlakat daromadi kes­
kin kamayib ketdi. A fg‘onistonga muhim iste’mol tovarlari olib 
kirilishining keskin cheklanishi natijasida mamlakatda narx-navo bir 
necha barobarga oshdi va urushning boshi (1939-yil)dan to urush- 
ning oxiri (1945-yil)gacha narx-navo yetti barobarga qimmatlashdi.
Afg‘on mahsulotlari eksportining cheklanishi bilan bir qatorda 
chet el mahsulotlari importining kamayishi bojxona va boshqa 
tushumlaming ham qisqarishiga olib keldi. Mamlakatdagi moli- 
yaviy nochorlik milliy pul birligi - afg‘oniyning qadrsizlanishini 
yuzaga keltirdi va urushning dastlabki yillarida inflyatsiya yil­
lik o ‘rtacha 20%ni tashkil etib turgan b o ‘lsa, urush oxirida uning 
miqdori yillik 300%gacha ko ‘tarilib ketdi. 1944-1945-yillarda 
Afg‘onistonda ichki siyosiy vaziyat birmuncha keskinlashdi. Bir 
tomondan hukumatning soliq siyosatidan norozi bo‘lgan b a’zi 
pushtun qabilalari qurolli qo‘zg‘olon ko‘tarishgan bo ‘lsa, ikkinchi 
tomondan hukumat ba’zi isyonchi qabilalami qurolsizlantirishga 
intildi hamda barcha qabilalar uchun umumiy harbiy majburiyat 
qat’iy belgilab qo‘yildi. Bunday holat erksevar afg‘on qabilalari 
noroziligiga sabab bo‘ldi.
1944-yil aprelida Xost atroflarida istiqomat qiluvchi jadran 
qabilalari qo‘zg‘oloni boshlandi va hukumat qo‘shinlarining zud- 
lik bilan harakati natijasida o‘sha yilning iyunida ushbu qo‘zg‘olon 
bostirildi. 1945-yil mayida Paktiya viloyatida istiqomat qiluvchi 
mangal qabilasi, iyun oyida esa Sharqiy hududlarda yashovchi afg‘ on 
qabilalari qo‘zg‘oloni ro ‘y berdi. Hukumat mazkur qo‘zg‘olonlami 
bostirish uchun keskin chora-tadbirlar ko‘rishga majbur bo‘ldi va 
o‘sha yilning noyabriga kelib bu qo‘zg‘olonlar bostirildi.



Download 7,35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   127




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish