tashabbusni o ‘z qo‘liga olgan afg‘on yoshlari b a’zi
chet el davlat-
lari ta ’siriga ham tushib qoldilar. Jumladan, arab davlatlaridan
ayrim radikal kuchlar ta ’siri ostida ko‘plab ekstremistik guruhlar
tuzila boshlandi. Kobul universiteti bunday
faoliyatlaming marka-
ziga aylandi. Xususan, Burhoniddin Rabboniy, Abdul Rasul Sayyof,
Muhammad Umar, Gulbiddin Hikmatyor, Sayfiddin Nasratyor va
Habib Rahmonlar ushbu harakat “yadrosini” tashkil qildi. Ke
yinchalik Kobul universitetida “Musulmon yoshlari” maxfiy uyush-
masi tashkil etildi. Mazkur uyushma 1970-yillarda mamlakatning
barcha viloyatlarida fundamentalistik yacheykalar tuzib, hattoki o‘z
saflariga mamlakat qurolli kuchlarida xizmat qilib kelayotgan zobit-
lami ham jalb etishga intilishdi. “Musulmon yoshlari” harakatining
yetakchisi etib Burhoniddin Rabboniy e ’lon qilindi.
Ushbu harakat
a ’zolari tomonidan siyosiy hokimiyatni qo‘lga olish maqsadida
1960-yillar ikkinchi yarmida mamlakatda 2000 dan ziyod mitinglar
o ‘tkazildi.
XX asr 60-70-yillarida Afg‘onistonning chet davlatlar bilan
munosabatlari ham birmuncha rivojlandi. 1960-1970-yillarda
Sovet Ittifoqi-Afg‘oniston munosabatlari bir qator sohalarda jadal
rivojlanib bordi. Jumladan, yo‘l qurilishi, sanoat va qishloq xo‘jaligi,
elektr energiyasi ishlab chiqarish sohalarida
sovet mutaxassislari
ko‘magida bir qator yangi ishlab chiqarish obyektlari barpo etilib
ishga tushirildi. 1963-yil oktabr oyida SSSR Oliy Kengashi Pre-
zidiumi Raisi L.I.Brejnevning Kobulga tashrifi davomida “Gaz
qazib olishda Sovet yordami to ‘g ‘risida” kelishuv imzolandi.
1965-yilda uzunligi 680 km bo ‘lgan qattiq qoplamali Kushka-
Hirot-Qandahor avtomagistral yo‘li (qiymati 140 mln. AQSH dollari)
sovet mutaxassislari ko‘magida qurib ishga tushirildi. 1966-yilda
poytaxt Kobulni Hindikush tog‘
tizmalari orqali Amudaryo
qirg‘og‘i bilan bog‘lovchi uzunligi 470 km.li avtomagistral yo‘li
foydalanishga topshirildi.
1967-yilda Kobul daryosida quw ati 100 ming kVt.li Naglu
gidro elektr stansiyasi, “Sarde” irrigatsion kompleksi, 1968-yilda
Kobul politexnika instituti kabi bir qator muhim
ijtimoiy-iqtisodiy
obyektlar qurib ishga tushirildi. XX asr 60-yillarida A fg‘ onistonning
Eron bilan munosabatlari ham ijobiy xarakterga ega bo‘ldi.
1961-yilda Eron va afg‘on hukumatlari tomonidan savdo tranzit
sohasida yangi shartnoma imzolandi. Shartnomaga ko ‘ra, eksportga
m o‘ljallangan afg‘on mahsulotlari Eronning Mashhad shahriga
olib borilib, u yerdan temir yo‘l orqali mamlakatning Xurramshahr
portiga yetkazilgan va chet elga eksport qilingan. Mazkur shartnoma
ikki davlat o ‘rtasidagi iqtisodiy munosabatlaming rivojlanishiga
yaxshigina turtki berdi.
Eron Afg'oniston va Pokiston o‘rtasidagi
kelishmovchilik-
lami yumshatish borasida vositachilik rolini ham bajarishga in
tildi. Shu maqsadda 1962-yilning yozida Eron shohi Muhammad
Rizo Pahlaviy Kobul va Islomobodga tashrif buyurdi. 1963-yilda
Afg‘onistondagi hukumat o‘zgarishidan so‘ng A fg‘onistonning
Pokiston bilan munosabatlari iliqlasha boshladi. Bu Eronning
vositachi sifatida mintaqadagi rolining oshishiga olib keldi.
1960-yillarda AQSH Afg‘onistonga o‘z e’tiborini kuchaytirdi
va bu ikki tomonlama munosabatlarda o ‘z aksini topdi. 1967-yilda
AQSH к о ‘magi bilan Qandahor yaqinida quvvati 33 ming kVt.
li Kajakiy gidro elektr stansiyasi qurilishi boshlandi. 1967-yilda
AQSH hukumati tomonidan Afg‘onistonga ko‘rsatilgan
turli
yordamlar miqdori 350 mln. AQSH dollarini tashkil etdi. Shu
ningdek, AQSH ko‘magida Kobul-Qandahor va Kobul-Spinbuldak
(Pokiston chegarasida), Kobul-Torxam (Pokiston chegarasida), Hi-
rot-Islom qal’a (Eron chegarasida) avtomagistral yo‘llari barpo etildi.
Bu davrda A fg‘oniston va Xitoy Xalq Respublikasi o‘rtasida
ikki tomonlama munosabatlar o ‘matildi va olib borildi. Garchi
Xitoy hamda Hindiston o‘rtasida kelib chiqqan qurolli mojaro
va Xitoyning Pokiston bilan yaqinlashuviga qaramasdan afg‘on
hukumati Xitoy bilan yaxshi munosabatda bo‘lishga intildi.
Xitoy
o ‘z navbatida Afg'onistonda bir necha loyihalami amalga oshirishda
ishtirok etdi. Parvon viloyatida Xitoy hukumati ко‘magi bilan barpo
etilgan qiymati 10 mln. AQSH dollariga teng irrigatsion tizim ana
shular jumlasidandir.