0 ‘z boshqaruvi asoslarini mustahkamlash
uchun Muhammad
Dovud mamlakatda o ‘z qarash va g‘oyalariga zid bo ‘lgan siyosiy,
ijtimoiy va diniy harakatlar, siyosiy partiyalar hamda tuzilmalarga
qarshi keskin kurash olib bordi. Xususan 1975-yil noyabrida
Muhammad Dovud Afg‘onistonda
bir partiyaviylik tizimi
o ‘matilganligini m a’lum qildi. Natijada bu kabi harakatlar kes
kin qatag‘onga uchradilar va nolegal harakat olib borishga majbur
bo ‘ldilar. Shular qatorida A fg‘oniston Xalq Demokratik Partiyasi
ham Muhammad Dovud boshqaruvidan norozi holda o‘zining siyo
siy kurashini kuchaytirdi.
Afg‘onistonning tashqi siyosat yo‘nalishida Dovud o ‘ziga
xos ravishda yondashdi va boshqa davlatlar bilan tengma-teng
hamda mamlakatining hech bir davlatdan kam bo ‘lmagan mavqega
erishishiga intildi.
1974-yilda Muhammad Dovud Sovet
Ittifoqiga rasmiy tashrif
bilan keldi va ushbu davlat rahbari L.Brejnev (1964-1982) bilan
muzokaralar olib bordi. Ushbu muzokaralar chog‘ ida Sovet hukumati
Afg‘onistonning 100 mln. AQSH dollari miqdoridagi qarzini to‘lash
muddatini yana 10 yilga kechiktirganligini va afg‘on hukumatiga
600 mln. AQSH dollari miqdorida kredit berishini m a’lum qildi.
1975-yil dekabrda Sovet Ittifoqi va Afg ‘ oniston o‘rtasida “Neytrall ik
va o ‘zaro hujum qilmaslik to ‘g ‘risida”gi Shartnoma yana 10 yil
muddatga uzaytirilgani imzolandi. Sovet Ittifoqi 1966-1976-yillar-
da Afg‘onistonga 700 mln. AQSH dollari miqdorida katta mablag1
sarflagan edi. XX asr 70-yillarning o‘rtalarida, A fg‘onistonda Sovet
Ittifoqi ko‘magida 80 ga yaqin yangi ishlab chiqarish obyektlari
ishga tushirildi. Mamlakat tovar aylanmasining deyarli 40%i Sovet
Ittifoqi hissasiga to‘g ‘ri kelar edi.
Muhammad Dovud Afg‘oniston infratuzilmasini
rivojlantirish
uchun Sovet Ittifoqi tomonidan ko‘rsatilayotgan yordamga qa-
noat qilmay, Pokiston, Turkiya, Eron va Saudiya Arabistoni vosi-
tachiligida G ‘arb davlatlaridan iqtisodiy ko‘mak ola boshladi. Shu
bilan birga, Misr va Hindiston bilan keng ko‘lamli
hamkorlik olib
bora boshladi. Muhammad Dovudning bunday yondashuvi Sovet
Ittifoqi manfaatlariga zid keldi. 1974-yilning oktabr oyida Eron
tomonidan Afg‘onistonga tog‘-kon sanoatini rivojlantirish uchun
10 mln. AQSH dollari miqdorida investitsiya kiritish bo‘yicha va
afg‘on iqtisodiyotini qayta tiklash uchun o‘n yil davomida 2 mlrd.
AQSH dollari miqdorida kredit berish borasida kelishuv imzolandi80.
1975-yil Muhammad Dovud Eronga rasmiy tashrif bilan keldi.
Eron shohi Rizoshoh afg‘on davlatiga 300 mln.
AQSH dollari
miqdorida kredit ajratishini m a’lum qildi. Shuningdek, 1975-yilda
rasmiy Tehron va Kobul o ‘rtasida transafg‘on temir yo ‘lini qurish
maqsadida Eron tomonidan Afg‘onistonga 1,5 mlrd. AQSH dollari
qiymatida investitsiya kiritish to ‘g ‘risida bitim imzolandi.
Lekin
Eronning bunday yirik loyihalarini amalga oshirilishiga Eronga
chet davlatlardan kelib tushadigan valuta hajmining qisqarib ke-
tishi hamda 1978—1979-yillar davomida ikki davlatda yuz bergan
siyosiy o ‘zgarishlar to‘sqinlik qildi.
Muhammad Dovudning Pokiston bilan munosabatlari yax
shi kechmadi. Shu davrdan boshlab Pokiston o ‘z tashqi
siyosatida
A fg‘oniston muhim omil ekanligi va uning keyingi taraqqiyoti ushbu
mamlakat orqali amalga oshiradigan maqsadlariga bevosita bog‘liq
ekanligi namoyon bo‘la boshladi. Pokiston hukumati Afg'onistonda
hokimiyatni Muhammad Dovud tomonidan qo‘lga kiritilishi-
ni rasman tan olgan bo‘lsa-da, Dovud rejimini “musulmonlarga
qarshi” va hatto “Pokistonga qarshi” deya hisobladi. Shu bilan bir
qatorda, Pokiston tomoni Muhammad Dovudni bosh vazir bo ‘lgan
davridagidek yana Pushtuniston masalasini ko‘tarishidan xavotirda
edi. Chin m a’nodagi pushtun millatchisi hisoblangan Muhammad
Dovud Pokiston hududida istiqomat
qilib kelayotgan pushtun
millatiga mansub aholi manfaatlarining himoyachisi sifatida
may donga chiqdi.
1974-yilda Pokistonning pushtunlar istiqomat qiladigan
Shimoliy-g‘arbiy chegara provinsiyasi (North-West Frontier Pro
vince - NWFP)da va Belujistonda mahalliy aholining g ‘alayonlari
Do'stlaringiz bilan baham: