A. M. Mannonov n. A. Abdullayev r. R. Rashidov


  Arnold, A. Afghanistan: The Soviet Invasion in Perspective. - Stanford



Download 7,35 Mb.
Pdf ko'rish
bet68/127
Sana19.04.2022
Hajmi7,35 Mb.
#564329
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   127
Bog'liq
Afg\'oniston tarixi. Mannonov A.M, Abdullayev N.A, Rashidov R.R

81 
Arnold, A. Afghanistan: The Soviet Invasion in Perspective. - Stanford:
Hoover Institution Press, 1981. -P. 68.


bo'ylab 6 gektar (ga)dan ortiq yeri bo'lgan zamindorlaming yeri 
tortib olindi va yersizlarga 1 ga hajmda taqsimlab berildi. Natijada 
300 ming nafarga yaqin yersiz kambag‘allar yer bilan ta ’minlandi. 
Biroq, hukumat yangi yer olganlami kredit, texnika, ekiladigan 
urug‘lik, o‘g ‘it va eng asosiysi, suv bilan ta ’minlay olmadi. 
Oqibatda hukumat ko'zlagan maqsadiga yeta olmadi va yer islohoti 
barbod b o ‘ldi. AXDP hukumati islom dini ruhoniylariga ham qarshi 
targ'ibot-tashviqot kampaniyasini boshlab yubordi va bunday salbiy 
harakat diniy qadriyatlar kuchli bo'lgan afg‘on jamiyatida partiyaga 
nisbatan norozilikning shakllanishiga sabab bo'ldi. Tashqi siyosat 
masalasida ADR hukumati Sovet Ittifoqi bilan yanada yaqinlashish 
yo'lidan bordi hamda ikki tomonlama munosabatlar qardoshlik va 
inqilobiy hamjihatlik ruhida olib borilishini e ’lon qildi.
1978-yil iyulida Afg'oniston Sovet Ittifoqidan 250 mln. AQSH 
dollari miqdorida harbiy texnika va qurol-aslaha sotib olish bo‘yicha 
kelishuvni imzoladi. Shu vaqtdan boshlab Afg'onistonda ko'plab 
sovet harbiy mutaxassis va maslahatchilari faoliyat yurita boshladi. 
1979-yil aprelida ulaming soni ming nafardan oshib ketdi.
Savr inqilobidan so'ng Afg'onistonning Bolgariya, Germaniya 
Demokratik Respublikasi, Chexoslovakiya, Polsha, Vengriya, 
Mongoliya, Kuba va Vetnam kabi sotsialistik blokdagi davlatlar 
bilan aloqalari rivojlanib bordi. Bunga teskari ravishda Saudiya 
Arabistoni, Misr, Eron va Pokiston bilan esa munosabatlar salbiy 
tus ola boshladi va mazkur davlatlar Savr inqilobini “islom diniga 
tahdid” va “g'ayriislomiy kommunistik g'oya ta ’sirining oshishi” 
sifatida kutib oldilar.
Bu vaqtga kelib xalqaro vaziyat ham murakkablashib borayot- 
gan edi. Xususan, Ikkinchi jahon umshidan keyingi o 'n yilliklar 
davomida jahondagi geostrategik raqobatda Buyuk Britaniya о 'm ini 
Amerika Qo'shm a Shtatlari egallay boshladi. Bir tomondan Sovet 
Ittifoqi, ikkinchi tomondan AQSH ikki qutbli dunyodagi qarama- 
qarshilik taraflari sifatida jahonning eng muhim mintaqalaridan 
bir-birini siqib chiqarish va o'sha joylarda o 'z ta ’sirini o'm atishga 
harakat qildilar. Tabiiyki, bu ziddiyat Yaqin va O 'rta Sharqning ug-


levodorodli xomashyoga boy va strategik jihatdan muhim hududla­
rini, shuningdek, ularga qo‘shni mintaqalami ham chetlab o‘tmadi.
1970-yillar so‘nggidan 1990-yillar boshiga qadar Afg‘oniston 
uchun olib borilgan kurash XIX asrdan buy on davom etib kelayotgan 
“Katta o ‘yin” siyosatining navbatdagi bosqichi bo ‘ldi. A fg‘oniston 
uchun kurashga ikkala blok ham juda katta resurslami safarbar etdi.
J.Karter rahbarligidagi AQSH hukumati Afg‘onistondagi 1978- 
yil aprel inqilobini “dunyodagi xavfsizlikka nisbatan x av f ’ deya 
baholadi. Shunday bo‘lsa-da, dastlabki bosqichda AQSH ADR 
bilan munosabatlami buzmaslikka va muayyan darajada hamkorlik 
qilishga intildi. Biroq, AQSH A fg‘onistonda ADR hukumatiga 
qarshi tobora kuchayib borayotgan muxolifat kuchlami yashirin 
tarzda qo‘llab-quvvatlashni boshlab yubordi.
1979-yilning fevralida Kobulda noma’lum sabablarga ko‘ra 
AQSHning Afg‘onistondagi elchisi A.Dabs o‘ldirildi. Mazkur 
voqeadan so ‘ ng rasmiy Vashington va ADR о ‘ rtasidagi munosabatlar 
salbiy tomonga o ‘zgara boshladi. AQSHning Afg‘onistonga 
nisbatan strategiyasini butkul o ‘zgartirish tashabbuskori Prezident 
J.Karteming milliy xavfsizlik masalalari bo ‘yicha maslahatchisi 
Z.Bjezinskiy edi.
1978-yilgi aprel to‘ntarishidan so‘ng mamlakatda AXDPdan 
boshqa siyosiy partiyalaming faoliyati taqiqlangan bo‘lsa-da, AXDP 
saflarida ham yakdillik yo ‘q edi va mazkur partiya yetakchiligidagi 
hukumat ham barqaror emas edi.
1978-yil iyunida ro‘y bergan bo‘linish natijasida hukumatni 
“Xalq” oqimi vakillari to ‘la egallashdi va “Parcham” oqimi 
yetakchilaridan ba’zilari chet mamlakatlarga diplomatik vazifalarga 
tayinlanishi orqali ular davlat boshqaruvidan chetlatilgan bo‘lsa, 
b a’zilari esa jismonan yo ‘q qilindi.
AXDPning oliy rahbariyatida hokimiyat uchun kurash avj olib,
1979-yil sentabr-oktabr oylarida ro ‘y bergan hukumat inqirozi 
“Xalq” oqimi orasida ham yakdillik yo ‘ qligini ко ‘rsatib berdi. 1979- 
yil 16-sentabrda amalga oshirilgan to ‘ntarish natijasida hukumat 
rahbari va “Xalq” oqimi yetakchisi N.M.Tarakiyning o ‘rinbosari


b o ‘lib kelgan Hafizulla Amin hokimiyatni to‘la egalladi. Shuning­
dek, ADR Inqilobiy Kengashining raisi N.M.Tarakiy “inqilobga 
qilgan xoinligi uchun” H.Am in tom onidan hibsga olinadi va 
8-oktabr kuni o ‘ldirildi.
Ichki vazivatning keskinlashuvi va Sovet Ittifoqi qo‘shinlarining 
Afg‘onistonga kiritilishi. AXDP hokimiyatda bo‘lgan davr diniy 
ulamolar faoliyati cheklanishi, diniy qadamjo va markazlar 
faoliyati to‘xtatilishi va davlat tomonidan islom diniga qarshi 
ateistik siyosat yuritilishi bilan xarakterlidir. Yangi hukumatning 
islohotlar o‘tkazishdagi shoshma-shosharligi va qo‘pol xatolari, 
savodsiz xalq orasida islohotlaming ahamiyati to ‘g ‘risida tushun- 
tirish ishlari olib borilmaganligi hamda aholi orasida hali-hamon 
kuchli ta ’sirga ega din ulamolariga nisbatan tazyiq va qatag‘onlar 
din ulamolarining xalqni hukumat siyosatiga qarshi qayrashiga va 
ommaviy noroziliklar boshlanishiga olib keldi. Shunday vaziyatda 
diniy ulamolaming “Islom xavf ostida!” chaqirig‘i bilan afg‘on 
xalqining keskin noroziligi ko‘tarildi va “jihod” (muqaddas urush) 
e ’lon qilinib, din yo ‘lida kurashuvchilar mujohidlar deb atala 
boshlandi.
1978-yil may oyidan boshlab “mujohidlar” - din uchun 
kurashuvchilar, islom himoyachilari mavjud kommunistik rejimga 
qarshi kurashni boshladilar. 1978-yilning yozi o ‘rtalaridan boshlab 
afg‘on viloyatlaridan biri Nuristonda markaziy hukumatga qarshi 
birinchi qurolli qo‘zg‘olon alanga oldi va ushbu harakat shu yil- 
ning oktabriga kelib shafqatsiz ravishda bostirildi. Biroq, 
Nuristondagi xalq harakati butunlay to ‘xtab qolmadi. 1979-yil 
bahoridan yangi kuch bilan qayta boshlangan ushbu xalq harakati 
natijasida qo‘zg‘olonchilar tomonidan “Ozod Nuriston” tuzilganligi 
e ’lon qilindi. 1979-yilning mart oyida Hirotda boshlangan xalq 
qo‘zg‘olonidan so‘ng, norozilik harakatlari shu yilning aprel-may 
oylarida Bag‘lon, Uruzgon, Faroh, Bodg‘is, G ‘ur va Lugar kabi 
viloyatlariga ham tarqaldi82.

Download 7,35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   127




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish