A. I. Umirdinov, A. M. Xakimov xalqaro ommaviy huquq sud amaliyoti o‘quv-uslubiy qo‘llanma (keyslar to‘plami) toshkent – 2018



Download 7,07 Mb.
bet25/110
Sana15.04.2022
Hajmi7,07 Mb.
#554986
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   110
Bog'liq
Xalqaro sud qarorlari materiallari (1)

Sud qarori. 2013-yilning 4-oktabr kuni O‘zbekiston hamda Isroil kompaniyasi bo‘lmish Metal-Tech o‘rtasidagi xalqaro investitsion nizo bo‘yicha ICSID o‘z qarorini chiqardi. Qarorda arbitraj quyidagilarni keltirib o‘tdi. Avvalo, ICSID da’vogarning da’volari hamda javobgarning qarshi da’volari bo‘yicha O‘zbekiston – Isroil BITi hamda O‘zbekistonning milliy huquqiga ko‘ra hech qanday yurisdiksiyaga ega emasligini ta’kidlaydi. Chunki, mazkur Metal-Techning O‘zbekistonga kiritgan investitsiyasiga (agar investitsiya deb aytish to‘g‘ri bo‘lsa) korrupsiya aralashgan edi. Yanada aniqroq qilib aytadigan bo‘lsak, bir qancha shaxslar, O‘zbekiston hukumatining ba’zi amaldorlari, o‘sha paytdagi yuqori lavozimdagi amaldor hamda uning ukasiga taxminan 4 million AQSH dollarini ular tomonidan ko‘rsatilgan ba’zi bir qo‘shtirnoq ichidagi xizmatlar uchun Metal-Tech taqdim etgan edi. Bu esa o‘zbek milliy qonunchiligida korrupsiya sifatida baholanar edi.
Sud qarorining ahamiyatli bandlari
Investitsiyaning qonuniyligi. ICSID o‘zining qarorida nizolashuvchi taraflarning da’vosi hamda qarshi da’vosi bo‘yicha u hech qanday yurisdiksiyaga ega emasligini quyidagicha asoslaydi. Birinchidan, bizga ma’lumki, xalqaro arbitrajlarda nizolar ko‘rib chiqilishi uchun taraflarning roziligi bo‘lishi talab qilinadi. ICSID esa mazkur ishda qo‘llanilayotgan BITning 8-moddasi 1-qismiga ko‘ra21 O‘zbekistonda aynan shunday rozilik mavjud emasligini aniqladi. Chunki, BITning 1-moddasi 1-bandiga ko’ra22 har qanday ko‘rinishdagi aktivlar shartnoma taraflari bo‘lgan davlatlarning qay biri hududiga investitsiya kiritilgan bo‘lsa, aynan o‘sha davlatning qonunlari va normativ-huquqiy hujjatlariga muvofiq bo‘lishi ta’kidlanadi. O‘zbekiston tomoni esa mazkur modda nafaqat investitsiya kiritilgan vaqt, balki u qanday idora etilganligini ham o‘z ichiga olishini bildirgan bo‘lsa-da, ICSID ushbu talabni faqatgina investitsiya kiritilayotgan vaqtda u o‘sha paytdagi qonunlarga muvofiq bo‘lishi kerakligini anglatadi deb talqin qildi va javobgarning talablarini rad etdi (para 193).
Biroq keyinchalik ishni ko‘rib chiqish jarayonida Metal-Tech investitsiyani kiritish vaqtida korrupsiyaga yo‘l qo‘yganligini, ya’ni hukumatning ba’zi amaldorlariga katta miqdorda pora berilgani va bu umumiy loyihaning 20%ni tashkil etishini aniqladi hamda keltirilgan dalillar O‘zbekiston qonunchiligini yetarli darajada buzilgan deb topish uchun asos bo‘lishini aytib, mazkur holatda Metal-Techning investitsiyasi BITning 1-moddasi 1-bandiga mos kelmasligini ta’kidladi.
Javobgar bo‘lmish O‘zbekiston tomoni ham investor investitsiya loyihasini kiritish uchun bir qancha amaldor shaxslarga pora berganligi va shu yo‘l bilan o‘z investitsiya loyihasini hukumat tomonidan tasdiqlanishiga erishganligini keltirib, bu O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligini, xalqaro tamoyillarni hamda xalqaro ommaviy tartibni investor tomonidan buzilganligini ta’kidladi. Bu ayblovlarga qarshi da’vogar hech qanday hujjat va dalil keltira olmadi.
Shu sababli ham Metal-Techning da’volari BITning 8-moddasi 1-bandiga to‘g‘ri kelmasligini, bu esa O‘zbekiston ishni ICSIDda ko‘rib chiqilishi uchun rozi emasligini anglatishini keltirib o‘tdi. O‘z-o‘zidan bu holatda ICSID konvensiyasining 25-moddasi 1-bandi23ga binoan ICSID hech qanday yurisdiksiyaga ega bo‘lmaydi (paras. 372-373). Bundan tashqari, ushbu vaziyatdagi O‘zbekistonning roziligi mavjud emasligi nafaqat da’vogarning da’volariga nisbatan ICSIDning yurisdiksiyasi mavjud bo‘lmasligini, balki O‘zbekiston tomonidan bildirilayotgan qarshi da’volar bo‘yicha ham yurisdiksiyasi yo‘qligini ham anglatishini keltirib o‘tdi (para. 413).
Eng ko‘p qulaylik tug‘diruvchi rejim. ICSID ishni ko‘rib chiqish jarayonida “Eng ko‘p qulaylik tug‘diruvchi rejim” (bundan keyin MFN rejimi) qoidasi bilan ham duch keldi. Metal-Tech tomonidan O‘zbekistonga kiritilgan investitsiya BITning 1-moddasi 1-bandiga mos kelmagan bo‘lsa-da, Metal-Tech BITning 3-moddasi24 2-bandiga tayangan holda ushbu moddada belgilangan MFN rejimiga asosan Gretsiya - O‘zbekiston BITsining 1-moddasi 1-bandida investitsiyaga berilgan ta’rif Isroil-O‘zbekiston BITiga ham tatbiq etilishi lozimligini da’vo qildi.
Ammo ICSID MFN rejimini qo‘llash bo‘yicha keltirilgan shikoyatni rad etdi va uni quyidagicha asosladi: birinchidan, investitsiya shartnomada belgilangan doirada bo‘lishi zarur. Chunki investitsiya va investor tushunchasi shartnomada aniq belgilangan bo‘lib, MFN ham shu shartnomaning bir qismi sifatida qo‘llaniladi. Ikkinchidan, Isroil-O‘zbekiston BITining 7-moddasi (c) bandiga ko‘ra MFN rejimi investitsiya tushunchasiga nisbatan tatbiq etilmasligi aniq va ravshan qilib ko‘rsatilgan edi. Shunday qilib, ICSID Metal-Tech tomonidan keltirilgan MFN rejimini tatbiq etish bo‘yicha da’voni MFN rejimini talqin qilgan holda rad etdi va bu vaziyatni mezbon mamlakat foydasiga hal etdi.
ICSID ishni o‘z yurisdiksiyasiga olmaganligi sabablari
Da’vogar tomonidan javobgar “O‘zbekiston Respublikasi Xorijiy investorlar huquqlarining kafolatlari va ularni himoya qilish choralari to‘g‘risida”gi Qonunining 10-moddasi25ga binoan ICSIDda ish ko‘rib chiqilishiga rozilik bergan degan da’vo ham keltirildi. Mazkur Qonunning 10-moddasiga ko‘ra, arbitraj investitsion nizolarni hal etishning bir vositasi sifatida belgilab berilgan bo‘lib, bu esa O‘zbekistonning ICSIDda nizoni hal etish bo‘yicha to‘g‘ridan to‘g‘ri roziligini anglatmasligi hamda unda aniq bir arbitraj nomi keltirilmaganligi ICSID tomonidan ta’kidlandi.
Shu bilan birgalikda, ICSID konvensiyasining 46-moddasi26 bo‘yicha javobgar tomonidan ham qarshi da’volar bildirildi. Javobgar o‘zining qarshi da’vosida da’vogarning noqonuniy xatti-harakatlari hamda noto‘g‘ri ayblovlari natijasida javobgar tomonidan ko‘rilgan zararning qoplab berilishini talab qildi. ICSID mazkur holat bo‘yicha ham yurisdiksiyaga ega emasligini, chunki, ushbu nizoda 46-moddada belgilab qo‘yilgan rozilik mavjud emasligini ta’kidladi.

Download 7,07 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   110




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish