A. I. Umirdinov, A. M. Xakimov xalqaro ommaviy huquq sud amaliyoti o‘quv-uslubiy qo‘llanma (keyslar to‘plami) toshkent – 2018


Sud qarorining ahamiyatli bandlari



Download 7,07 Mb.
bet22/110
Sana15.04.2022
Hajmi7,07 Mb.
#554986
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   110
Bog'liq
Xalqaro sud qarorlari materiallari (1)

Sud qarorining ahamiyatli bandlari
Suveren hokimiyatning amalga oshirilishini cheklovchi shartnoma. Kil kanali to‘g‘risidagi Versal shartnomasining 380-moddasi ommaviy va majburiy xarakterga ega norma hisoblanadi. Boshqa so‘z bilan aytganda, uning mazmunidan anchagina qat’iy norma ekanligi hamda ikkilantiruvchi xarakterga ega emasligining guvohi bo‘lish mumkin. Shartnomada belgilangan yangi tizimga ko‘ra Kil kanali u harbiy yoki savdo kemasi bo‘lishidan qat’i nazar, barcha kemalar uchun ochiq bo‘lib, teng ravishda foydalanilishi zarur edi. Albatta, ushbu vaziyatda Germaniyaning Kil kanaliga nisbatan bo‘lgan yurisdiksiyasini hech kim inkor etmaydi, ammo mazkur yurisdiksiya ijrosi bilan bog‘liq cheklash mavjud ekanligini ham unutmaslik lozim. Bu holatda bunday cheklashni o‘rnatuvchi norma haqida qandaydir shubha mavjud bo‘lsa, anchagina tor doiradagi sharhlash uchun yetarlicha sabablar yuzaga keladi. Biroq sud tor doiradagi sharhlashni amalga oshirganidan so‘ng ham 380-moddada aniq keltirilgan so‘zlar yordamida belgilab qo‘yilgan ma’noni inkor eta olmadi (pp. 24-25).
Neytral mamlakatning huquqlari. Germaniya hukumati barcha kemalarning Kil kanalidan suzib o‘tish huquqining tan olinishi va ularga umumiy tarzda ruxsat berilgan taqdirda ham bu urush davrida neytral mamlakat sifatida huquqlar va majburiyatlarni amalga oshirishni inkor etmaydi degan fikrni ilgari suradi. Bundan tashqari, Germaniya u uchun yuqoridagi kabi ruxsat berishlar, urush olib borayotgan mamlakatlarga yo‘naltirilgan taqiqlangan mahsulotlar va tovarlarni kanaldan olib o‘tishga ruxsat berish majburiyatini yuklamaydi deb hisoblaydi. Germaniya keyingi o‘rindagi da’volarni keltiradi. Bu tarzda keng ko‘lamli ruxsat berish insoniy hamda qadimdan saqlanib kelgan abadiy huquqlar Germaniya tomonidan toptalishiga olib keladi degan ma’noni anglatadi. Shuningdek, mazkur neytrallik huquqi Germaniya suverenitetining zaruriy qismi bo‘lib, ushbu vaziyatda Germaniya yuqorida tilga olingan huquqlarni buzsa ham bu u tomonidan ixtiyoriy ravishda qilinganligini anglatmaydi. Biroq Germaniyaning bu vajlari sud tomonidan inobatga olinmadi va sud uni quyidagicha izohladi. Yuqorida keltirilgan vajlar eng muhim deb sanaladigan umumiy huquqlar to‘g‘risidagi qarashlarga amaliy jihatdan qarama-qarshidir. Bundan tashqari, umume’tirof etilgan xalqaro odatlarga ham zid kelish bilan birga urush vaqtida ham, tinchlik vaqtida ham qo‘llanilishi aniq ravshan bo‘lgan Versal shartnomasining 380-moddasiga ham ziddir (p. 25).

Download 7,07 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   110




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish