Nazorat savollari
Xalqaro huquqdagi shaffoflik tamoyilini tushuntiring. Qanday huquqiy asoslarga ko‘ra ushbu tamoyil xalqaro huquqda qo‘llanilib kelinmoqda?
Sizningcha korrupsiya haqiqatdan ham xalqaro ommaviy tartibga zidmi? Agarda zid bo‘lsa, sabablarini tushuntiring.
O‘zbekiston Respublikasi ishtirokida tuzilgan qanday Ikkitomonlama investitsion shartnomalarni bilasiz va ularning o‘ziga xos xususiyatlari nimalardan iborat?
Korrupsiya, xalqaro ommaviy tartib va huquq ustuvorligi tamoyilini bir-biri bilan qanday bog‘liqlikka ega ekanligini tushuntiring.
Foydalanilgan adabiyotlar
Tamar Meshel. Metal-Tech Ltd. v. Republic of Uzbekistan – Is Really No One Getting Punished? arbitrationblog.kluwerarbitration.com.
A.Umirdinov. Metal-Tech v Uzbekistan: No Jurisdiction Because of Corruption. http://www.cisarbitration.com/2013/12/16/.
VI. Xalqaro huquqda hudud masalalari. Davlat chegaralarining belgilanishi – Benin va Niger o‘rtasidagi chegara nizosi (Frontier Dispute, International Court of Justice Reports 2005,90 (12 July 2005)
A.Umirdinov
10-rasm. Benin va Niger chegarasi.
I .Nizoning yuzaga kelishi. 1960-yilning avgust oyida Fransiyadan mustaqil bo‘lib ajrab chiqqan Benin (o‘sha paytdagi nomi Dahomey) va Niger davlatlari, Fransuz mustamlaka davridan davom etib kelayotgan ikki muammo, ya’ni davlat chegarasi va Lete oroliga egalik masalasi bo‘yicha, o‘zaro o‘tkazgan muzokaralar muvaffaqiyatsiz tugagach, uni hal etish yuzasidan Xalqaro sudga murojaat qilish borasida o‘zaro kelushuvga erishildi (2001-yil 15-iyun). Ushbu maxsus bitimning 1-moddasi qoidalariga muvofiq, Tomonlar o‘zlarining chegara bo‘yicha bahslarini Xalqaro Sud Ustavining 26-modda, 2-bandiga muvofiq Sud palatasiga (Chamber of Court) topshirib, Xalqaro Sud tomonidan tayinlanadigan uch sudyaga qoshimcha ravishda har bir Tomon bittadan o‘z sudyalarini tayinlashga kelishib oldilar. Natijada, Sud palatasi quyidagicha tashkil etildi: Prezident Guillaume; sudyalar Ranjeva, Kooijman; ad hoc sudyalar Bedjaoui (Niger tomonidan tanlangan) va Bennouna (Benin tomonidan tanlangan).
Sud palatasi 1960-yil avgustida Fransuz G‘arbiy Afrikasi tarkibiga kirgan ikki sobiq mustamlakalar o‘rtasidagi tortishuvlarning geografik va tarixiy kontekstini qisqacha korib o‘tganidan so‘ng nizo bo‘yicha qo‘llaniladigan huquqni ko‘rib chiqdi. Palata ikki tarafning kelishuvi ichida uti possidetis iuris, ya’ni mustamlaka davridan qolgan chegaralarning o‘zgarmasligi prinsipining “asosiy maqsadi. . . mustaqillik erishilgan paytdagi hududiy chegaralarga bo‘lgan hurmatni ta’minlash” ekanligini alohida qayd etdi. Shundan so‘ng ikki tomon:
1) Niger daryosi hududidagi davlat chegaralarining belgilanishi;
2) Lete orolini o‘z ichiga olgan Niger daryosidagi orollar bo‘yicha yurisdiksiya;
3) Mekro daryosi hududidagi davlatlar chegarasining belgilanishi masalasining Sud palatasi tomonidan ko‘rib chiqilishini so‘radi.
Do'stlaringiz bilan baham: |