O'zbekiston respublikasi saylov tizimi va qonunchiligini takomillashtirish



Download 20,43 Kb.
Sana14.01.2022
Hajmi20,43 Kb.
#361760
Bog'liq
O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI SAYLOV TIZIMI VA QONUNCHILIGINI TAKOMILLASHTIRISH


O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI SAYLOV TIZIMI VA QONUNCHILIGINI TAKOMILLASHTIRISH

Reja:


1. Saylov tizimi va qonunchiligini yanada demokratlashtirish

2. O‘zbekiston va xorijiy mamlakatlar tajribasi

3. Tadbirda huquqni qo‘llash amaliyoti samaradorligini oshirish

Tadbir O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi tomonidan Jahon saylov organlari assotsiatsiyasi, YeXHTning O‘zbekistondagi loyihalari koordinatori, shuningdek, Oliy Majlis Senati va Qonunchilik palatasi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Amaldagi qonun hujjatlari monitoringi instituti, Fuqarolik jamiyati shakllanishini monitoring qilish mustaqil instituti, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti bilan hamkorlikda tashkil etildi.

Davra suhbati O‘zbekiston va xorijiy mamlakatlarning saylov qonunchiligi rivoji masalalarini muhokama qilish, O‘zbekiston saylov tizimini xalqaro standartlarga muvofiq isloh qilish bo‘yicha amalga oshirilgan chora-tadbirlar bilan xalqaro hamjamiyatni tanishtirishga bag‘ishlandi.

Unda Jahon saylov organlari assotsiatsiyasi, Fransiya, Germaniya, Janubiy Koreya, Latviyadan ekspertlar, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi va hududiy saylov komissiyalari a’zolari, Oliy Majlis Senati a’zolari va Qonunchilik palatasi deputatlari, siyosiy partiyalar, O‘zbekiston Ekologik harakati, vazirlik va idoralar, nodavlat notijorat tashkilotlari vakillari, saylov huquqi sohasi olimlari va mutaxassislari, ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etdi.

Tadbir ochilishida O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi raisi M.Abdusalomov mamlakatimizda mustaqillik yillarida siyosiy, davlat va huquqiy tizim bosqichma-bosqich modernizatsiya qilinishi samarasida yuksak demokratik talablarga mos milliy saylov tizimi yaratilganini ta’kidladi. Fuqarolarning shu asnoda davlat va jamiyat ishlarini boshqarishda ishtirok etish huquqi to‘liq ta’minlanmoqda. Bunda Konstitutsiyamiz va qonunlarda umume’tirof etilgan norma va prinsiplar asosida shakllantirilgan saylovlarni o‘tkazishning demokratik prinsiplari mustahkamlab qo‘yilgani muhim ahamiyat kasb etayotir.

Davra suhbatida saylov erkinligi va xohish-irodani erkin bildirish prinsiplari, birinchi navbatda, har bir shaxsning davlat hokimiyati vakillik organlariga saylash va saylanish bo‘yicha konstitutsiyaviy huquqi milliy davlatchiligimiz modelining asosini tashkil etishi ta’kidlandi. Saylov tizimida izchil va o‘zaro uyg‘un islohotlar amalga oshirilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasiga boshqa davlat hokimiyati organlarining aralashuvisiz saylovlarga tayyorgarlik ko‘rish va ularni o‘tkazishni ta’minlaydigan, davlat hokimiyati tizimida alohida o‘rin tutgan konstitutsiyaviy organ maqomi berilgani ham saylovlarning demokratikligi, ochiq va oshkoraligini har tomonlama ta’minlashning muhim kafolatlaridan biri bo‘ldi. Markaziy saylov komissiyasini shakllantirishning demokratik tizimi, uning faoliyati asosiy prinsiplari konstitutsiyaviy norma sifatida belgilandi, shuningdek, Byudjet kodeksiga kiritilgan o‘zgartishlarga muvofiq, uning moliyaviy mustaqilligi ta’minlandi.

2014-yilda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi, xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlariga bo‘lib o‘tgan saylovlar, shuningdek, 2015-yilda o‘tkazilgan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi demokratik saylov tizimini rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan ulkan o‘zgarishlar yuksak samaralar berayotganidan dalolatdir. Mazkur saylovlar natijalari davlat hokimiyati organlarini takomillashtirish, xalq hokimiyatining demokratik asoslarini mustahkamlash, mamlakatimizni huquqiy davlat va kuchli fuqarolik jamiyati barpo etish yo‘lida yanada rivojlantirishning muhim bosqichiga aylandi.

Davra suhbatida Evropada xavfsizlik va hamkorlik tashkilotining mamlakatimizdagi loyihalari koordinatori D.Sabo saylovlar har bir mamlakat hayotidagi muhim siyosiy jarayon ekanini qayd etdi. O‘zbekiston saylovlar o‘tkazishdek keng ko‘lamli siyosiy tadbirlarni yuksak saviyada tashkil etish bo‘yicha o‘ziga xos ulkan tajribaga ega. Bunda saylov tizimini takomillashtirishga qaratilgan mustahkam huquqiy asoslar yaratilgani muhim omil bo‘lmoqda.

Tadbir davomida saylov tizimi va saylov to‘g‘risidagi qonunchilikning turli jihatlari, jumladan, huquqni qo‘llash amaliyoti, saylov kampaniyasini moliyalashtirish, saylov jarayoni ishtirokchilarining javobgarligi, partiyalararo raqobat, fuqarolarning davlat va jamiyat boshqaruvidagi ishtirokini kengaytirishga doir dolzarb masalalar yuzasidan fikr almashildi.

Shu munosabat bilan saylovchilarning yagona elektron reyestri faoliyati bo‘yicha chet davlatlarda huquqni qo‘llash amaliyoti, mamlakatimizda ham bunday reyestrning huquqiy asoslarini yaratish va undan foydalanish imkoniyati muhokama etildi.

Latviya Markaziy saylov komissiyasi raisi A.Simdarsning ta’kidlashicha, Latviya tajribasidan kelib chiqqan holda shuni aytish mumkinki, saylovchilarning yagona elektron reyestridan foydalanish fuqarolar huquqlari kafolatlarini yanada kuchaytiradi, saylov jarayonining ochiq va oshkoraligini ta’minlaydi. Saylov komissiyalari va mahalliy organlar ishini yengillashtirib, saylovchilar to‘g‘risida aniq ma’lumotlar tuzish imkonini beradi va "bir saylovchi – bir ovoz" prinsipini ta’minlaydi. Eng muhimi, saylovchilar mas’uliyatini oshirib, shikoyatlar bo‘lish ehtimolini kamaytiradi.

Tadbirda huquqni qo‘llash amaliyoti samaradorligini oshirish, saylov jarayoni barcha ishtirokchilarining saylov to‘g‘risidagi qonunchilik talablariga so‘zsiz rioya etishi, saylovlarga tayyorgarlik ko‘rish va ularni o‘tkazishning huquqiy asoslarini takomillashtirish masalalari ko‘rib chiqildi.

Fransiyaning Tuluza shahar moliyaviy sudi faxriy vitse-prezidenti J.Raken O‘zbekiston saylov qonunchiligi bilan tanishib, uning har tomonlama puxta ishlab chiqilganiga ishonch hosil qilganini ta’kidladi. Uning fikricha, mazkur qonunchilikda fuqarolar huquqlari bilan bog‘liq barcha jihatlar inobatga olingani O‘zbekistonda jamiyat yuksak darajada demokratlashtirilganidan dalolat beradi. Saylov to‘g‘risidagi qonunlarning yagona Saylov kodeksi shaklida kodifikatsiya qilinishi barcha darajadagi saylovlarni o‘tkazishning asosiy tamoyil va umumiy qoidalarini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.

Ekspertlarning fikricha, saylov jarayonining ochiq va oshkoraligini ta’minlash fuqarolarning saylash huquqlarini amalga oshirishning kafolatidir. Saylov kampaniyasi davomida ommaviy axborot vositalari nafaqat saylovchilarni xabardor qilishning asosiy manbai, balki muhim jamoatchilik nazorati vositasi hamdir. Parlament va Prezident saylovlari jarayonida Markaziy saylov komissiyasining ommaviy axborot vositalari bilan hamkorligi yanada mustahkamlanib borayotgani yaqqol namoyon bo‘ldi.

Davra suhbati ochiq va amaliy muloqot ruhida o‘tdi. Tadbir ishtirokchilari Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasiga muvofiq O‘zbekistonda izchil amalga oshirilayotgan, jumladan, saylov erkinligini ta’minlash va saylov qonunchiligini takomillashtirish borasida hayotga tatbiq etilayotgan islohotlar fuqarolarning davlat hokimiyati vakillik organlariga saylash va saylanish bo‘yicha Konstitutsiyamizda kafolatlangan huquqlarini mustahkamlashga qaratilgani haqida yakdil fikr bildirdi.

Istiqlol yillarida mamlakatimizda o‘z mohiyatiga ko‘ra noyob, turli darajadagi saylovlar xususiyati inobatga olingan saylov to‘g‘risidagi bir qator qonunlar qabul qilindi. Saylov to‘g‘risidagi milliy qonun hujjatlari aksariyat rivojlangan demokratik davlatlarda bo‘lgani singari saylovlardan saylovlargacha bo‘lgan davrlarda tobora takomillashtirilmoqda va rivojlantirilmoqda. Bu tabiiy tadrijiy jarayon bo‘lib, u bir tomondan yurtimizda ro‘y berayotgan muhim tarkibiy demokratik o‘zgarishlarning natijasi bo‘lsa, ikkinchi tarafdan, bu jarayonning o‘zi O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan davlat va jamiyat qurilishi sohasidagi demokratik insonparvar islohotlarning borishi va mazmuniga ta’sir ko‘rsatmoqda.

Yangi demokratik va erkin O‘zbekistonni bunyod etish maqsadida so‘ngi besh yil davomida amalga oshirilayotgan keng qamrovli, izchil islohotlarda asosiy e’tibor – xalq xokimiyatchiligi konstitusiyaviy tamoyilini xayotga keng tadbiq etish, davlat va jamiyatni boshqarishda fuqarolarning ishtirokini kengaytirish, shuningdek milliy saylov qonunchiligi va amaliyotini yanada takomillashtirish, uni xalqaro saylov standartlari va ilg‘or demokratik huquqiy davlatlar tajribasiga muvofiqlashtirishga qaratilgan. Zero, erkin va adolatli saylovlar demokratiyaning muhim va zaruriy sharti hisoblanadi.

So‘ngi yillarda O‘zbekistonda bo‘lib o‘tgan saylovlar, saylov qonunchiligi va amaliyotiga kiritilgan o‘zgartish va yangiliklar mamlakatimizda yangi siyosiy vaziyat shakllanganligini yorqin ifoda qilmoqda. Birinchi bor Saylov kodeksi asosida 2019 yil dekabrida mamlakatimiz parlamenti va Xalq deputatlari mahalliy kengashlariga bo‘lib o‘tgan saylovlar jarayonida muhim ijobiy tajriba ortirildi, saylovlarni tashkil etish va o‘tkazish amaliyoti sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarildi. Shu bilan birga saylov qonunchiligi va amaliyotida ayrim kamchiliklar va bo‘shliqlar ham borligi ko‘zga tashlandi.

Ushbu kamchliklarni bartaraf qilish, bo‘shliqlarni to‘ldirish maqsadida ishlab chiqilgan qonun loyihasi qizg‘in muhokamalardan so‘ng joriy yil 8 fevralda qabul qilindi va ijroga qaratildi. O‘z navbatida, O‘zbekiston Respublikasining Saylov kodeksiga ham muhim o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi. Mazkur yangiliklarni o‘z ichiga olgan Saylov kodeksi normalarini O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining saylov jarayonlarini huquqiy jihatdan tartibga solishga qaratilgan qaror, nizom va yo‘riqnomalarida aks ettirish jarayonida ishchi guruhimiz tomonidan nufuzli xalqaro tashkilotlarning kuzatuvchilari, xorijiy va mahalliy ekspertlar va olimlarning bergan taklif va tavsiyalari yana bir bor tahlil qilindi. Shu jarayonda amaldagi Saylov kodeksining ayrim moddalarini yanada takomillashtirish va xalqaro saylov standartlariga uyg‘unlashtirishga ehtiyoj borligi aniqlandi.

Ishchi guruhi tomonidan tahlillarga asosan ishlab chiqilgan va asoslantirilgan takliflari o‘rnatilgan tartibda ko‘rib chiqish uchun Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga taqdim etildi. Oliy Majlis Qonunchilik palatasi bir guruh deputatlarining tashabbusiga asosan O‘zbekiston Respublikasining Saylov kodeksiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqidagi qonun loyihasi ishlab chiqildi. Joriy yil 1 iyun kuni mazkur qonun matbuotda e’lon qilindi. Bir guruh deputatlar tashabbusi bilan qabul qilingan mazkur Qonun mamlakatimizning saylov qonunchiligini izchil erkinlashtirish va demokratlashtirish yo‘lida qo‘yilgan yana bir muhim dadil qadam bo‘ldi.

Qonunga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi Saylov kodeksining o‘n bitta moddasiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilishi belgilangan. Jumladan, Kodeksning beshta moddasida, ya’ni 14, 20, 22, 101 va 102 moddalarida – quyi turuvchi saylov organlarining harakatlari va qarorlari ustidan berilgan shikoyatlarning yuqori turuvchi saylov organlari tomonidan ko‘rib chiqilishi bekor qilinib, faqat sudlar tomonidan ko‘rib chiqilishi mumkinligi o‘rnatildi. Ushbu tartib Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti Demokratik institutlar va inson huquqlari bo‘yicha Byurosi Saylovni kuzatish bo‘yicha missiyasining 2019 yil 22 dekabrdagi Parlament saylovlari bo‘yicha yakuniy hisobotida berilgan “takroriy murojaatlar va qarama-qarshi qarorlar qabul qilinishining oldini olish maqsadida murojaatlarni ikkita organga berish tizimini qayta ko‘rib chiqish va ustuvor ravishda shikoyatlar faqat sudlarga berilishi lozim”ligi haqidagi tavsiyasiga ham mos keladi. Shuningdek, mamlakatimiz sud-huquq tizimida amalga oshirilayotgan insonparvar islohotlarga hamohangdir.

Amaldagi Saylov kodeksining 21 moddasiga asosan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini o‘tkazish bo‘yicha okrug saylov komissiyalarining tarkibi Markaziy saylov komissiyasi tomonidan – komissiya raisi, rais o‘rinbosari, kotibi va olti-sakkiz nafar komissiya a’zosidan iborat tarkibda tuzilishi belgilangan. Saylov kodeksining 9-moddasiga asosan esa, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini o‘tkazish bo‘yicha saylov okruglari Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri chegaralari doirasida O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi  tomonidan tuziladi. Bundan ko‘rinib turibdiki, Respublikamiz hududlarida jami 14 ta saylov okrugi tuzilishi va ularning har birida 9 nafardan – 11 nafarga qadar okrug saylov komissiyasi a’zolari faoliyat yuritishi mumkin.

Saylov kodeksining 22-moddasiga asosan – okrug saylov komissiyasiga o‘ziga tegishli hududda saylov kodeksining ijrosi ustidan nazoratni amalga oshirish, saylov uchastkalarini tuzish, uchastka saylov komissiyalarining faoliyatini muvofiqlashtirish, saylov uchastkalarining joylashgan yeri haqida saylovchilarni xabardor qilish, uchastka saylov komissiyalarini tuzish va ularning tarkibi haqidagi ma’lumotlarni e’lon qilish, nomzodlarga saylov kampaniyasida ishtirok etish uchun teng sharoitlarni ta’minlash, siyosiy partiyalar, boshqa jamoat birlashmalari, fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organlari vakillarining, korxonalar, muassasalar va tashkilotlar rahbarlarining saylovga tayyorgarlik ko‘rish hamda uni o‘tkazish bilan bog‘liq masalalar yuzasidan axborotini eshitish, saylovchilar ro‘yxatlarining tuzilishini va ularning hamma tanishib chiqishi uchun taqdim etilishini kuzatib borish, saylov okrugi bo‘yicha saylov natijalarini aniqlash va ularni Markaziy saylov komissiyasiga taqdim etish, saylovchilarning va saylov jarayoni boshqa ishtirokchilarining murojaatlarini ko‘rib chiqish hamda ular yuzasidan qarorlar qabul qilish kabi o‘ta muhim vazifalar yuklatilgan.

Agar mamlakatimizning ayrim viloyatlari, masalan Samarqand, Farg‘ona, Toshkent, Namangan, Qashqadaryo kabi viloyatlarining har biri hududida mingdan ziyod saylov uchastkalari tuzilishi va faoliyat yuritishini inobatga olsak, ushbu saylov uchastkalarini tuzish, uchastka saylov komissiyalarining faoliyatini muvofiqlashtirish kabi yuqorida sanab o‘tilgan muhim vazifalarni bajarish 9–11 nafardan iborat okrug saylov komissiyasi uchun qanchalik mashaqqat tug‘dirishini tasavvur qilish qiyin emas. Qonun ijodkorlari Saylov kodeksidagi ushbu bo‘shliqni to‘ldirish maqsadida okrug saylov komissiyasi tarkibini 11 nafardan 21 nafargacha bo‘lishi mumkinligi haqidagi normani belgiladi.

Saylov kodeksining 31-moddasida – O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti sayloviga, Qonunchilik palatasi deputatlari sayloviga doir saylov byulletenining shakli va matni Markaziy saylov komissiyasi tomonidan tasdiqlanishi, saylov byulleteniga nomzodning familiyasi, ismi, otasining ismi uning tug‘ilgan yili, egallab turgan lavozimi (mashg‘ulotining turi), ish joyi va uni nomzod etib ko‘rsatgan siyosiy partiya ko‘rsatilgan holda alifbo tartibida kiritilishi hamda saylov byulletenida uni to‘ldirish tartibi to‘g‘risidagi tushuntirish bo‘lishi kerakligi belgilangan.

Ma’lumki, siyosiy partiyalar, nomzodlar yoki ularning ishonchli vakillari tomonidan o‘tkaziladigan saylovoldi tashviqoti, saylovchilar bilan uchrashuvlar kabi tadbirlarda nomzodlar to‘g‘risidagi barcha ma’lumotlar, shu jumladan ularning egallab turgan lavozimi mashg‘ulotining turi, ish joyi haqida batafsil axborot beriladi. Shuningdek, Markaziy saylov komissiyasi tomonidan chop etiladigan va saylovdan deyarli bir oy oldin  har bir saylov uchastkasiga yetkazib beriladigan nomzodlarning saylovoldi dasturi va avtobiografiyasi aks etgan plakatlarda ham nomzodlar to‘g‘risida yuqoridagi ma’lumotlar to‘liq ask etgan bo‘ladi. Ushbu plakatlar  saylov kunida ham har bir saylov uchastkasida osib qo‘yiladi.

Yuqoridagilardan kelib chiqib, saylov byulleteniga nomzodning faqat familiyasi, ismi, otasining ismi uning tug‘ilgan yili va uni nomzod etib ko‘rsatgan siyosiy partiya ko‘rsatilgan holda alifbo tartibida kiritilishi belgilandi. Saylov byulleteniga nomzod haqida kiritiladigan ma’lumotlarning qisqartilishi natijasida, byuyuletenda nomzodlar haqidagi barcha ma’lumotlarni kattaroq shriftda aks ettirish orqali saylovchilarga qulaylik yaratish, barcha nomzodlar to‘g‘risida bir xil ma’lumotni aks ettirish yo‘li bilan saylovning tenglik prinsipini ta’minlash imkoniyati kengaydi.

Saylov kodeksining 38-moddasida – saylovchilar bitta yoki bir nechta siyosiy partiyani yoxud O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzodlarni qo‘llab-quvvatlab imzo varaqalariga imzo qo‘yishga haqli ekanligi, bunda saylovchi o‘z familiyasini, ismini, otasining ismini, tug‘ilgan yilini (yoshi o‘n sakkizda bo‘lsa, qo‘shimcha ravishda tug‘ilgan kuni va oyini), yashash joyi manzilini, pasportining seriyasi va tartib raqamini, shuningdek imzo qo‘yilgan sanani ko‘rsatishi, mazkur ma’lumotlar qo‘lda yozib kiritilishi belgilangan edi. Kiritilgan qo‘shimchaga asosan, endilikda saylovchilar imzo varaqasiga yuqoridagi ma’lumotlarni kiritishda  pasportining yoki ID  kartasining seriyasi va tartib raqamini kiritishi mumkin. Ushbu yangilik, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 6 martdagi “O‘zbekiston Respublikasida identifikasiya ID-kartalarini rasmiylashtirish va berish tizimini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq kiritilmoqda. Chunki, ushbu qarorga asosan 2021 yil 1 yanvardan boshlab mamlakatimiz fuqarolariga pasport o‘rniga belgilangan namunadagi identifikasiya ID-kartasi berilishi nazarda tutilgan va ushbu karta shaxsni tasdiqlovchi hujjat hisoblanishi belgilangan.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014 yil 29 iyulda qabul qilingan “Ommaviy tadbirlarni tashkil etish va o‘tkazish tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 205-sonli qaroriga asosan – “100 va undan ko‘p kishilarning ishtirokida tashkil etiladigan va fuqarolarning birgalikda qatnashishi nazarda tutilgan ijtimoiy-siyosiy va boshqa turdagi tadbirlar ommaviy tadbir hisoblanishi, bunday tadbirlarni o‘tkazish uchun tegishli davlat vakolatli organlaridan ruxsatnoma olish talabi” belgilangan. Ushbu talabga ko‘ra, saylov kampaniyasi davrida siyosiy partiyalar, nomzodlar yoki ularning ishonchli vakillari tomonidan saylovchilar bilan o‘tkaziladigan uchrashuvlar, tashviqot tadbirlari uchun ham tegishli davlat organlaridan ruxsatnoma olish kerak degan tushuncha shakllangan. Jumladan, YeXHT DIIHBning Saylovni kuzatish bo‘yicha missiyasining 2019 yil 22 dekabrdagi Parlament saylovlari bo‘yicha yakuniy hisobotida “saylovoldi tashviqoti davridagi tadbirlarni o‘tkazish bo‘yicha xalqaro standartlarga muvofiq qonunni qabul qilib, unda saylovoldi tashviqoti davridagi yig‘ilishlar uchun tegishli davlat organlarini xabardor qilish tizimini joriy etish” tavsiya etilgan.

Shu sababli, Saylov kodeksining 48-moddasi – saylovchilar bilan uchrashuvlar kabi ommaviy tadbirlar ularning o‘tkazilish joyi va vaqti haqida tegishli tuman (shahar) hokimliklari kamida uch kun oldin yozma ravishda xabardor qilingan holda o‘tkaziladi. Bunda ushbu ommaviy tadbirlarni o‘tkazish uchun ruxsatnoma talab qilinmaydi, degan uchinchi qism bilan to‘ldirildi.

Saylov kodeksining 58-moddasida – “Ovozlarni sanab chiqish natijalari uchastka saylov komissiyasining majlisida ko‘rib chiqiladi hamda rais, rais o‘rinbosari, kotib, saylov komissiyasining boshqa a’zolari tomonidan imzolanadigan bayonnomaga kiritiladi. Shundan so‘ng bayonnoma uchastka saylov komissiyasining raisi yoki rais o‘rinbosari tomonidan o‘qib eshittiriladi hamda mazkur bayonnomaning ko‘chirma nusxasi hamma tanishib chiqishi uchun uchastka saylov komissiyasi binosiga kamida qirq sakkiz soat muddatga darhol osib qo‘yiladi. 

Uchastka saylov komissiyasi bayonnomasining ko‘chirma nusxasi axborot-kommunikasiya texnologiyalaridan foydalangan holda darhol tegishli okrug saylov komissiyasiga ... taqdim etiladi, asl nusxa esa rais yoki uning o‘rinbosari tomonidan ichki ishlar organlari xodimlari kuzatuvida olib borib topshiriladi” degan norma mavjud.

Saylov kodeksining 95-moddasiga asosan, okrug bo‘yicha saylov natijalari uchastka saylov komissiyalari tomonidan taqdim etilgan bayonnomalari asosida, okrug saylov komissiyasining majlisida aniqlanishi va bayonnomaga kiritilishi, bayonnoma komissiyaning raisi, rais o‘rinbosari, kotibi, boshqa a’zolari tomonidan imzolanishi hamda tegishli saylov komissiyasiga taqdim etilishi belgilangan. Biroq, uchastka saylov komissiyalaridan farqli o‘laroq, mazkur bayonnomaning ko‘chirma nusxasi hamma tanishib chiqishi uchun darhol okrug saylov komissiyasi binosiga kamida qirq sakkiz soat muddatga osib qo‘yilishi nazarda tutilmagan.

Shu bois, kodeksdagi ushbu bo‘shliq ham qonun ijodkorlari tomonidan bartaraf etilib, okrug bo‘yicha saylov natijalari aks etgan bayonnomaning ko‘chirma nusxasi hamma tanishib chiqishi uchun darhol okrug saylov komissiyasi binosiga kamida qirq sakkiz soat muddatga osib qo‘yilishi kerakligi belgilandi.

Ma’lumot o‘rnida ta’kidlash lozim, britaniyaning The Economist Intelligence Unit tadqiqot tashkiloti tomonidan tuziladigan dunyo mamlakatlari “Demokratiya indeksi”da 2019 yil holatiga O‘zbekiston 165 davlat ichida 157-o‘rinni egallagan. Shuning uchun davlatimiz rahbarining 2020 yil 2 iyunda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasining xalqaro reyting va indekslardagi o‘rnini yaxshilash hamda davlat organlari va tashkilotlarida ular bilan tizimli ishlashning yangi mexanizmini joriy qilish to‘g‘risida”gi Farmonida ushbu indeksning “12.1 - Saylov jarayoni va plyuralizm yo‘nalishi” bo‘yicha O‘zbekistonning ko‘rsatgichlarini 2022 yilga qadar olti barobarga ko‘tarish belgilangan.



Xulosa qilib aytganda, yuqoridagi saylov qonunchiligiga kiritilgan ushbu o‘zgarishlar mamlakatimizning xalqaro reytinglardagi o‘rnini yanada yuksaltirish, mamlakatimiz saylov qonunchiligini yanada demokratlashtirish va saylov amaliyotini sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarish, saylovchilarning demokratik, ochiq-oshkora saylovlarda faol ishtirok etib, o‘z hoxish-irodasini erkin ifoda etishida muhim omil bo‘ladi.

Zero, ochiq demokratik saylovlar odamlarning siyosiy salohiyatini ro‘yobga chiqarish imkoniyatini beradi. O‘zbekistonda demokratik jarayonlarning samaradorligini oshirishga yo‘naltirilgan ijobiy o‘zgarishlarni kuzatish esa ertangi kunga bo‘lgan ishonchni mustahkamlab, kishini g‘oyat ruhlantiradi. Xalqaro qoidalarga binoan, "Har bir saylovchi o‘z erkinligining g‘amxo‘ridir". Shunday ekan, ertangi kunimiz qanday bo‘lishi har birimizning siyosiy ongimiz, mavjud saylov tizimi va o‘z huquqimizdan qanday foydalana olishimiz hamda mas’uliyatni his etgan holda fuqarolik burchimizni samarali ado etishimizga bevosita bog‘liq. Shundagina demokratik saylov tamoyillari haqiqiy taraqqiyot kafolatiga aylanadi.
Download 20,43 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish