2020-yilda andijon tumani 53 -umumta’lim maktabida o’tagan amaliyot raxbari: X. R. Abduvaliyev andijo n


Mavzu: O‘zbekistonda sovetlar yuritgan madaniy-ma’rifiy siyosat



Download 483,5 Kb.
bet7/29
Sana06.01.2022
Hajmi483,5 Kb.
#323617
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   29
Bog'liq
2020 amaliyot

Mavzu: O‘zbekistonda sovetlar yuritgan madaniy-ma’rifiy siyosat

Reja:

  1. Xalq ta’limi

  2. Oliy va o‘rta mahsus ta’lim

  3. Ilm-fan

  4. “Hujum xarakati”

  5. Madaniy va adabiy jarayon

XX asming 20-30 yillari davrini ko‘zdan kechirar ekanmiz, bunda barcha ijtimoiy hayot jarayonlari qatori madaniy-ma’naviy soha ham o‘ziga xos murakkablik, qiyinchilik bilan kechganligiga amin bo‘lamiz. Sovetlar xokimiyati va uning xukmron partiyasi butun mamlakatda sotsializm tuzumini barpo etishni o‘z oldilariga asosiy maqsad qilib qo‘yar ekanlar, bunda madaniy sohaning roli alohidaligini, uningsiz ko‘p narsaga erishib bo‘lmasligini yaxshi tushunardilar. Shu boisdan sovet xokimiyatining dastlabki yillaridan boshlaboq madaniy qurilish jarayonini o‘z ta’limoti va g‘oyalari asosida rivojlantirishga kirishgan edilar.

Sovet xukumati maxalliy avom xalq ishonchini qozonish, eng avvalo, kambag‘allar, yo‘qsillar farzandlarini o‘qitish, ulami savodli, bilimli qilish uchun o‘zining dasturiy maqsadiga javob beradigan sovetcha ta’limni rijvojlantirishga asosiy e’tibor berdi. 20- yillarda 0‘zbekiston hayotidan muhim o‘rin olgan bi- rinchi va ikkinchi bosqich maktablari shunday ta’lim berishga mo‘ljalangan bilim dargohlari edi. Masalan, 1921 yilda Turkistonda 16565 o‘quvchisi bo‘lgan 1965 ta 1-bosqich (boshlangich) va 6500 o‘quvchisi bo‘lgan 58 ta 2-bosqich (o‘rta) sovet maktablari faoliyat ko‘rsat- gandi.

Sovet xukumati ta’lim tizimini, yangi avlod tarbiyasini to‘liq ravishda o‘z izmiga bo‘ysundirish maqsadida arab alfavitiga asoslangan eski o‘zbek yozuvini tubdan isloh qilishga kirishdi.

Bu ham yangi avlodni o‘z asliy sarchashmalaridan, milliy tarixidan mahrum etib borishning o‘ziga xos ayyorona yo‘li, ko‘rinishi bo‘lgan edi. Shu bilan birgalikda yangi tashkil etilgan ta’lim maskanlari, maktablaming moddiy bazasi, ulaming o‘quv dasturlari, qoilanmalari va darsliklar hamda boshqa zarur jihozlar bilan ta’minlanish darajasi mutlaqo talabga javob bermas edi. Agar 20-yillarda respublikada o‘quv jarayoni bir qadar milliy ziyoli olimlar, yetuk pedagog mutaxassislar tomonidan tayyorlangan o‘quv qurollari, darsdiklar asosida tashkil etilgan bo‘lsa, 30-yillardan e’tiboran ahvol keskin o‘zgardi.

Sovetlaming xalq ta’limi sohasida yuritgan siyosatining muhim yo‘nalishlaridan biri, bu oliy va o‘rta mahsus ta’lim tizimini shakllantirish hamda rivojlantirish edi. Xar qanday tuzumda boigani singari, sovet hokimiyati ko‘plab yuqori malakali, o‘qimishli, ziyoli kadrlarga o‘tkir ehtiyoj sezardi. Yangi tuzum g‘oyalari va ideallari ruxida tarbiyalangan , unga sadoqat bilan hizmat qiladigan yuqori bilimli shunday kadrlami tayyorlab, voyaga yetkazish sovetlaming ayni muddaosi edi. 0‘rta Osiyo Davlat universitetida ta’lim olayotgan 2047 nafar talabadan faqat 51 nafari maxalliy millat yoshlari edi, xolos.

Shuningdek, bu davrda yuqori malakali pedagogik kadrlarga talab muttasil о‘sib borganligidan Buxoro, Samarqand, Toshkent, Nukus, Xiva, Urganch, Farg‘ona va Namangan singari shaharlarda pedagogika va o‘qituvchilar tayyorlash institutlari tashkil etildi. Buning orqasida 1932 yilga kelib respublikadagi jami oliyyurtlar soni 31 taga у etdi.

Shu bilan birlikda oliy va o‘rta mahsus ta’lim tizimi oldida ham hali ko‘plab jiddiy muammolar ko‘ndalang bo‘lib turardi. Oliy ta’lim tizimidagi o‘qish jarayoni asosan rus tilida olib borilardi. Mahsus o‘quv qo‘llanmalari, darsliklar, boshqa o‘quv- uslubiy jihozlar milliylik, yurtning o‘ziga xoslik jihatlaridan nihoyatda uzoq bo‘lib, ular asosan Mar- kazdan tayyorlab yuborilardi. Maxalliy professor- o‘qituvchilar tarkibi nihoyatda kam bo‘lganligi bois ko‘pchilik fanlar va predmetlaming o‘qitilishi asosan yevropalik olimlar tasarrufida edi.

Buning ustiga 30-yillarda avjiga mingan stalincha katag‘onlik shamshiri ko‘proq milliy kadrlar boshida sindiki, bundan respublika ta’lim tizimining barcha bo‘g‘inlari katta ziyon-zahmat chekdi, ancha mahrumliklarga duchor bo‘ldi.

Respublikada ilm-fanning ravnaq topishi ham tabiiy holdir. Garchand 0‘zbekistonning sovetlar xukmronligi davri ilm-fani ahvoli, uning o‘sishi, o‘zgarishi ko‘plab murakkab, ziddiyatli jarayonlar silsilasida kechchikkan bo‘lsada, biroq bu g‘oya bir qator o‘z xususiyatlarini asosli omillariga egadir. Avvalo, ilm fanga, marifatga intilish millatimizga xos azaliy ota meros ananadpr. Jahonga tengi yo‘q allomalami bergan xalq har qanday og‘ir, mushkul vaziyatlarda ham ilm mash’alini qo‘lda mahkam tutib, uni rivojlantirishga intilib kelgan. Binobarin, sovetlar davri, katag‘onlik yillari ham bundan mustasno emas, albatta. Shu bois sovetlaming madaniy qurilishi doirasidl bo‘Isa ham respublikaning ilmiy salohiyati o‘sish va rivojlanishda davom etdi.

Ayni zamonda respublikada ko‘plab ilmiy-tadqiqot institutlari, markazlari tashkil etilib, fanning turli dolzarb muammolari ustida samarali izlanishlar olib bordilar. Bular jumlasiga Butunittifoq paxtachilik ilmiy-tadqiqot instituti (SoyuzNIXI), Madaniy qurilish, Sanoat-iqtisod, Sanoat qurilishi, Huquq-tadkiqot institutlari, Gidrometrologiya instituti, Geliotexnika laboratoriyasi, Astronomiya Observatoriyasi, uning qoshidagi Quyosh xizmati boiimi va boshqalarni nisbat berish mumkin. Mazkur institutlar va ilmiy markazlarga jalb etilgan respublika ilmiy kuchlari, fan fidoyilari Ittifoq va respublika ahamiyatiga molik qanchalab hayotiy muammolar, masalalaming yechimini topishda jiddiy tadqiqotlar olib bordilar. Ayniqsa paxtachilik, uning hosildorligini oshirish, tez pishar, sifatli yangi navlar yaratish sohasida muhim yangiliklar qilindi. Geolog olimlar sa’y-harakatlari bilan yangi konlar, turli xil ma’dan topilmalari kashf qilindi. 1927 yilda Farg‘ona vodiysida Sho‘rsuv neft koni ochildi. Sement ishlab chiqarish uchun xom ashyo qidirib topildi. Natijada Quvasoy sement zavodi qurilishi boshlab yuborildi.

,,Xujum’‘ nomi bilan boshlangan harakat o‘z mohiyati bilan o‘zbek xotin- qizlarini tutkunlikdan, paranji zulmatidan ozod qilishga qaratilgan edi. Turkiston sharoitida o‘ziga xos o‘ta murakkab xususiyatlarga ega bo‘lgan bu ijtimoiy- siyosiy masala hukmron partiya tomonidan bir o‘ylanmasdan, mahalliy shart- sharoitlami, xalqning an’- anaviy udumlari, urf-odatlarini e’tiborga olmasdan

kutilmagan bir holda amalga oshirildiki, bu esa o‘lka hayotida ko‘plab noxush oqbatlami keltirib chiqardi.

Shu narsa haqiqatki, jamiyat rivojlanib borar ekan, odamlaming ongi o‘zgarishda davom etadi. Turmush tarzi yangilanadi, u zamonga moslashadi. Shu ma’noda o‘zbek ayollarini paranjidan ozod qilish yangi tuzum oldidagi muhim vazifalardan biri ekanligi tabiiydir. Biroq bu masalani eng avvalo jamiyat a’zolari, fuqorolari orasida keng ko‘lamli tushuntirish, marifiy yo‘llar orkali tinch hal qilish mumkin edi. Jadidchilar rahbarlari F. Xo‘jaev, Fitrat, Cho‘lpon, A. Avloniyllr hamm bu masalani hal etishni o‘z oldilariga muhim vazifa qilib qo‘ygan edilar.

Joylarda xotin-qizlami oidirish xollari ko‘plab ro‘y berdi. 1927—1928 yillarda 2,5 mingdan ortiq faol ayollar yovuz kuchlar qurboni bo‘ldi.

Shu bilan birlikda bu mavsumiy xarakat ko‘pgina salbiy oqibatlaming yuz berishiga ham sabab buldi. Bu jarayonni o‘tkazishda yo‘l qo‘yilgan jiddiy xato va kamchiliklar, xalqning asriy udumlari, o‘zbek ayollariga xos sharqona odob, ahloq tamoyillarining buzilishi, bu nozik sohada odamlaming or-nomusini mensimaslpk hollari real xayotda ko‘plab fojeali voqealami keltirib chiqardi.

XX asrning 20-30 yillarida hukmron kommunistik partiyaning madaniy qurilish siyosati asosan „shaklan milliy, mazmunan sotsialistik madaniyat’‘ni shakllantirishga qaratildi. Zero, „lenincha madaniy inkilob g‘oyasi’‘iing bosh maqsadi ham ko‘p millatli sovetlar mamlakatida yagona sotsialistik madaniyatni tarkib yutirish va uning ,,samaralari’‘dan SSSR barcha xalqlari na millatlarini baxramand etish edi.

Garchand bu madaniyat millliy belgi, shakllami rasman ko‘zda tutsada, biroq u amalda har bir xalqniing o‘ziga xos tarixiy na madaniy merosini, uning sarchashmalarini inkor etardi. Chunki bular kommunistik mafkura o‘lchovi tamoyillariga moxiyatan zid kelardi.

1936 yilda Toshkent Davlat konservatoriyasining ochilshii xalqimizning madaniy xayotida katta voqea bo‘ldi. 0‘zbek musiqa madaniyatining zabardast vakillari Yunus Rajabiy, Muxtor Ashrafiy, Mutal Burhonov, Tolibjon Sodikov, To‘xtasin Jalilov singari sa’natkorlar ijodi xalq dilidan chuqur joy oldi.

Bu davrda o‘zbek adabiyoti ham jiddiy hayotiy simonkar jarayonini boshdan kechirdi. 0‘zining boy tarihii an’analariga ega bo‘lgan bu adabiyot xalq ruhiningko‘zgusi sifatida uning ma’naviy hayotini tashkil qilishda, zamon muammolarini idrok etish hamda hal etishda o‘z hissasini qo‘shib bordi.

Biroq har qanday tazyiqu ta’qiblarga qaramay o‘zbek adabiyoti bu yillarda muhim yutuqlarga erishib, jiddiy o‘zgarishlar yo‘lidan ilgarilab bordi. Byo‘rinda Abdulla Qodiriyning ,,0‘tgan kunlar’, „Mehrobdan chayon’, Cho‘lponning „Kecha va kunduz’, Sadriddin Ayniyning ,,Odina’‘, ,,Sudxo‘ming o‘limi’‘, Fitratning “Abulfayzxon’, Oybekning ,,Qutlug‘qon’‘, G’ofur G‘ulomning ,,Ko‘kan’‘, „Yodgor’ va shu singari o‘z davri uchun muhim voqea bo‘lgan badiiy g‘oyasi yuksak asarlami alohida qayd etmoq lozim bo‘ladi.




Download 483,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   29




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish