2020-yilda andijon tumani 53 -umumta’lim maktabida o’tagan amaliyot raxbari: X. R. Abduvaliyev andijo n


Mavzu: Turkistonda sovet hokimiyatiga qarshi harakat



Download 483,5 Kb.
bet6/29
Sana06.01.2022
Hajmi483,5 Kb.
#323617
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   29
Bog'liq
2020 amaliyot

Mavzu: Turkistonda sovet hokimiyatiga qarshi harakat.

Reja:

  1. Istiqlolchilik harakatining yuzaga kelishi

  2. Farg‘ona vodiysida istiqlolchilik harakati

  3. Istiqlolchilik harakatining magiubiyati sabablari, saboqlari

Turkistonning yaqin o‘tmish tarixida yorqin sahifa yozgan hamda xiyla uzoq davom etgan, qonli, fojeali voqealarga to‘lib toshgan istiqlolchilik harakati ko‘p zamonlar noxolis, g‘ayriilmiy nuqtai nazardan yoritilib kelindi. 0‘z safiga erk va xurlikka tashna, vatan mustaqilligi yo‘liga jonini tikkan millionlab yurt fidoyilarini birlashtirgan bu qudratli harakatning mazmun-moxiyatini kelgindi, qizil sovet mustamlakachilari muttasil buzib, noto‘g‘ri talqin qilib, soxtalashtirib keldilar. Uni sho‘rolar terminida „bosmachilik xarakati”, „aksilinqilobiy kuchlar bosqini”, ,,bir to‘da yurt buzqunchilari hapakati” va shu singari nomlarda „ta’riflab”, „tavsiflab” kelish sovet tarixshunosligida o‘ziga xos odatiy tusga kirgandi. Biroq xalkimizda „oyni etak bilan yopib bo‘lmaydi”deyilganidek, ulug‘ ajdodlarimizning vatan, elu yurt erki, ozodligi va mustaqilligi uchun olib borgan bu mardona kurashi to‘g‘risidagi tarixiy haqiqat milliy istiqlol sharofati bilan to‘liq tiklanib, o‘z xaqqoniy, xolis bahosini topdi. Bu xarakat sovetlar mafkurasi to‘qib chiqargan shunchaki „bosmachilik” harakati emas, balki jafokash xalqimizning ozodlik kurashi tarixida uchmas iz koldirgan, xadsiz-xisobsiz kurbonlar bergan, qanchalab yo‘qotishlar, mahrumliklami boshidan kechirgan istiqlolchilik xarakatidir.

Turkiston Muxtoriyatining qonga belanishi, yurt farzandlarining qurbon qilinishi, Qo‘qon shahri va uning atrofidagi qishshloklar begunoh aholisining ayovsiz talon-toroj qilinishi va fojeaga giriftor etilishi, mahalliy xalh sabr-kosasini limmo-lim etib yuborgan edi. 0‘z otameros zaminida o‘z milliy davlatchiligini barpo etib, boshqa millatlardek emin-erkin yashashga bel bog‘lagan, yurt jilovini qo‘lga olishga intilgan xalqda, uning vatanparvar rahnamolariga nisbatan sovet tuzumi uyushtirgan bunday g‘ayriqonuniy qirgin-barotlar butun Turkistonni oyokqa turgizdi. Dilda toptalgan vatan, xalq dardi, armoni jo‘sh urgan yuz minglab millatparvar, vatanparvar kishilaming qoida qurol bilan sovetlar zo‘ravonligiga qarshi kurashi mana shu zaylda boshlanib ketdi.0‘lkada boshlangan istiqlolchilik harakatining eng dastlabki qaynok, markazlaridan xarakatlaridan biri Farg‘ona vodiysi bo‘ldi.

Bu harakatga xalq orasidan yetishib chiqqan, g‘am-alami, orzu-armoni, maqsad-ga intilishlariga hamdard va sherik bo‘lgan Kichik va Katta Ergashlar, Madaminbek, Shermuhammadbek, Xolxo‘ja Eshon, Islom Polvon, Rahmonqul, To‘ychi, Aliyor qo‘rboshilar singari taniqli rahnamolar yetakchilik qildi- lar. 1918 yil bahoridan vodiyning turli joylarida ‘0 dan ziyod qo‘rboshi dastalari faoliyat ko‘rsata boshladi. Jumladan, Madaminbek Skobelev (Farg‘ona) uezdyda, Shermuhammadbek Marg‘ilon atroflarida, Omon Polvon, Rahmonqul Namangan uezdyda, Parpi qo‘rboshi Andijon atrofida, Kichik va Katta Ergashlar Qo‘qon atrofida, Jonibek qozi 0‘zgan tomonda, Muhiddinbek Novqatda harakat qilmoqda edilar.

1918 yil kuziga kelib uning qo‘l ostida har birida 20 tadan 1800 nafargacha yigiti bo‘lgan 70 ta qo‘rboshi dastalari harakat qilayotgandi. Ulardagi jangchilarning umumiy soni 15 mingga, ba’zi ma’lumotlarga ko‘ra 20 mingdan to 24 mingtaga yetardi. Xuddi shu davrda Madaminbekning 5 ming, Shermuhammadbekning 6 ming, Xolxo‘janing 3 mingdan ziyod, Parpi qo‘rboshining 3,6 ming, Jonibekning 5,7 ming, Muxiddinbekning 4,5 ming jangovar yigitlari ozodlik kurashiga otlangan edilar

Istiqlolchilik harakati nima sababdan pirovard oqibatda mag‘lubiyatga yo‘liqdi va qanday omillar bunga olib keldi? Bu alamli magiubiyat o‘lka xalqlari uchun qanday ijtimoiy-siyosiy oqibatlarmi keltirib chiqardi?

Mana shu savollar bugungi istiqlol davri kishilariiish har birini o‘ylantirishi, fikrga toldirishi tabiiydir. Bu hususda to‘htalar ekanmiz, istiqlolchilar harakati qanday yakun topmasin, qanaqa oqibatlar bilan bogliq bo‘lmasin, u haqlii suratda Vatanimiz tarixida unutilmas iz qoldirdi.

Yurt istiqlolchilari uzoq yillar davomida tengsiz jangu jadallarga dosh berib, so‘nggi nafaslariga qadar Vatan oldidagi o‘z farzandlik burchini ado etdilar. Bu ularning ona zaminga mehri, sadoqati nechog‘lik beadad bo‘lganini, o‘z xalqi bilan bir tanu bir jon bo‘lib, u bilan qo‘shilib, undan ruh, madad olib o‘lka mustaqilligi uchun jasorat ko‘rsatib kurashganini to‘la isbot etadi.


Download 483,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   29




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish