Ploskiryov muhiti (J baktoagari). Quruq holda chiqarilib, laktoza, brilliant yashili, o’t kislotalar tuzlari, mineral tuzlar va indikator (neytral qizil) oziqli agardan iborat. Bu muhit faqat differensial-diagnostik bo’lib qolmasdan, balki selektiv hamdir. Chunki u ko’p mikroblarning (ichak tayoqchasi va boshqalar) o’sishini to’xtatadi va ko’pgina kasal qo’zg’atuvchi bakteriyalar (ich terlama, paratif, dizenteriya ko’zg’atuvchilar) ning o’sishini ta’minlaydi. Laktoza manfiy bakteriyalar bu muhitda rangsiz, laktoza musbatlar esa, och qizil koloniyalarni hosil qiladi. Bu muhitning mehanizimi ham kislota hosil bo’lishga asoslangan.
1. Materiallarni Drigalskiy usuli bilan shpatelda ekish. Oziqli muhitli 3 ta Petri kosachasi olinadi. Birinchi kosachaga bir tomchi tekshirilayotgan materialdan tomiziladi va uni sterillangan shisha shpatel bilan kosacha ichidagi oziqli agar yuzasiga surkaladi. Kiyin shpatelda qolgan kulturani ( shpatel sterillanmaydi) ikkinchi va uchunchi kosacha ichidagi oziqli agar yuzasiga surkab ekib chiqiladi, ekilgan ekma termostatga (37 Sº) qo’yiladi.
Birinchi kosachadagi oziqli agar yuzasida mikroblar qalin o’sishi mumkin, ikkinchi va ayniqsa uchunchi kosachada aloxida chegaralanib yotgan mikrob koloniyalarini olish va ulardan toza kultura ajratib olish mumkin.
2. Bakteriologik xalqa qovuzloq /petlya/ bilan shtrix va shpatel bilan gazon usulida ekish.
Bu usul ham oldingi usullardan prinsipal jihatdan farqlanmaydi, lekin sezilarli tejamli. Qovuzloq bilan shtrix usulida ekishni bir necha modifikasiyalari mavjud (Ekish texnikasiga qaralsin). Birinchi xolatda qovuzloq bilan olingan material oziqli agar yuzasining bir chekkasiga ko’p marotiba surkab ekiladi, qovuzloqdagi ko’p material shu yerda qoladi, sungra muhitning qolgan qismiga bir-biriga paralel shtrix qilib ekib chiqiladi. Odatda birinchi qovuzloq bilan qalin ekilgan sohada mikroblar ko’p o’sadi, ularning miqdori kiyin ekilgan shtirx bo’ylab kamayib boradi, tabiyiki koloniyalar ham ekmani ohirrog’ida chegaralangan holda uchraydi. ( 22-rasm).
Ikkinchi xolatda qovuzloq bilan olingan materialni oziqli agar yuzasiga sektor usulida ekish mumkin. Buning uchun Petri kosachasi oziqli muhit bilan olinadi va uni 4 sektorga bo’linadi. Tekshirilayotgan material qovuzloq bilan birinchi sektorga olinadi va bir-biriga paralllel ravishda shtrix qilib sektorga ekiladi (chiziqlar orasi 0,5 mm atrofida bo’ladi), shu qovuzloq bilan boshqa sektorlarga ham ekib chiqiladi, ekilgan ekma termostatga (37 Sº) qo’yiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |