Saqlab turovchi muhitlar. Patogen bakteryalarni saqlanishini taminlaydi va saprofitlarni ko’payishini to’xtatishi mumkin. Amaliyotda gliserin aralashmasi (Tiga muhiti), gipertonik eritma, gliserinli konservant va dezoksixolat natriy va bosh. qo’laniladi. Bu muhitlar asosan bakteriyalarni ma’lum mutdatda saqlash va laboratoriyaga yetkazib borishda ishlatiladi.
Ko’paytirovchi muhitlar. Ma’lum guruh bakteriyalarni ko’paytirib olishda qo’llaniladi va birlamchi ekishda ishlatiladi. Masalan bularga (Myuller, Kitta –Tarossi, tioglikolli muhitlar va selenitli bulon) kiradi.
Asosiy muhitlar. Bu muhitlar ko’pgina bakteriyalarni o’stirish uchun qo’llaniladi. Bular baliq mahsulotlarining triptik gidrolizatlari, gusht bulonlari yoki kazeinlar bo’lib, ulardan suyuq muhit — oziqli bulon va qattiq oziqli agar tayyorlanadi. Bunday muhitlar boshqa murakkab muhitlarni tayyorlash uchun asos bo’ladi. Ko’rsatilgan muhitlar qandli, qonli, zardobli va boshqa patogen bakteriyalarni oziqli muhitga talabini qondira oladigan aralash muhitlar tayyorlashda ishlatiladi. Ayrim hollarda muhitning asosi sifatida ma’lum mineral tuzlardan tayyorlangan sun’iy muhitlar ishlatilib, ularga aminokislotalar, vitaminlar, glyukoza, pepton, jo’xori yoki achitqi ekstrakti va boshda oziqli moddalar qo’shiladi.
Elektiv muhitlar. Elektiv oziqli muhitlar turli xil, boshqa mikroflorali materialdan ma’lum turni ajratib olish va uni to’plashga mo’ljallangan. Ma’lum mikroblarga elektiv oziqli muhitni yaratishda, bu mikroblarning boshqa ko’pchilik mikroblardan farqlantiradigan biologik, fermentativ xususiyatlariga asoslaniladi. Masalan qonli zardobli muhitlar bo’g’ma, ko’k yo’tal qo’zg’atuvchisini ajratib olishda (Klauberg II, KUA) tuberkulyozda (Levenshteyn-Yensen) stafilokokklarda natriy xlor tuzining konsentrasiyasi yuqori bo’lgan muhiti, vabo vibrionida esa — ishqoriy muhit qo’llaniladi.
Differensial-diagnostik oziqli muhitlar. Ayrim turdagi (yoki gruppalar) mikroorganizmlarni bir-biridan ajratish, farqlash uchun ishlatiladi.
Differensial-diagnostik muhit tuzilish prinsipiga ko’ra, bakteriyalar xilma-xil turlarining o’zaro biokimyoviy faolligi hamda bir xil bo’lmagan fermentlar to’plamiga ega bo’lishi va oziqli muhit tarkibiga kiruvchi substratlarning parchalanishiga asoslangan.
Differensial-diagnostik muhitlar tarkibiga quyidagi asosiy komponentlar kiradi: a) bakteriyalarning ko’payishini ta’minlaydigan asosiy organik, neorganik birikmalar,kazein gidrolizati pepton va bosh.
b) qo’shimcha ma’lum kimyoviy substrat ularni parchalanishi oqibatida muhitni rN nordon tomonga (uglevodlar, mochevina) yoki ishqoriy (oqsillar parchalanishida) o’zgaradi. Bu xususiyat shu mikrobning diagnostik belgisi hisoblanadi; v) rangli indikator (masalan, Andrede, bromtimol ko’ki, bromkrezol purpur, krezol qizil indikatori), rangining o’zgarishi sodir bo’layotgan biokimyoviy reaksiyadan va tekshirilayotgan mikroorganizmda ushbu ferment sistemasi borligidan dalolat beradi.Agar oziq muhitdagi metobalitlarni parchalasa muhit nordonlashuvi mumkin, Andrede indikatori bor muhit qizarishi, brom timol ko’k bilan musbat bo’lishi mumkin, lekin oraliq mahsulot natijasida muhit ishqoriy tomonga siljisa bu ikki indikatorni rangi o’zgarmaydi.
Hamma Differensial-diagnostik muhitlar 4 ta asosiy guruxga bo’linadi.
1.Tarkibida oqsil tutuvchi, bakteriyalar fermentlari ta’sirida harakterli o’zgaruvchi muhitlar (qon, jelatina, sut va bosh.). Bu muhitlarda bakteriyalarni gemolitik, protolitik xususiyatlari o’rganiladi, bulardan eng ko’p ( gusht peptonli jelatina, ivitilgan ot qon zardobi, sutli va qonli agar) ishlatiladi.
2.Tarkibida uglevodlar, ko’p atomli spirtlar tutuvchi indikatorli muhitlar. Bu muhitlarda bakteriyalar uglevodlarni parchalashi oqibatida kislotalar va gaz xosil bo’ladi, muhitning rN nordon tomonga siljiydi va indikator muhitni rangini o’zgartiradi. Bakteriologik amaliyotda lakmusli sut (Minkovich muhiti), Giss (Xissa) muxitlari keng qo’llaniladi.Giss muhitida bakteriyalarni turli uglevodlarni fermentasiya qilish xususiyati o’rganiladi. Enterobakteriyalarni farqlashda peptonli uglevod, Andrede indikatori qo’shilgan va muhitga gaz hosil bo’lishini aniqlash uchun uzunligi 3 sm bo’lgan shisha naycha, uning bir tomoni berk, solib qo’yiladi. Agar bakteriyalar uglevodni parchalasa indikatorni rangi o’zgaradi, gaz xosil bo’lsa shisha naychaga gaz yig’iladi. Giss muhitida bir nechta uglevodlar qo’llanganligi sababli, bakteriyalar bir uglevodni parchalashi, ikkinchisini esa parchalamasligi mumkin. Shuning uchun uglevodlar qatori olachipor ( rangli qator) bo’lishi mumkin, nomlash shundan kelib chiqgan. Uglevodlardan amaliyotda ko’pincha monosaxaridlar (glyukoza,arabinoza, mannoza), disaxaridlar (laktoza,maltoza, saxaroza) polisaxaridlardan (kraxmal, glikogen, inulin, dekstrin) va glikozidlardan esa (adonit, inozit, salisin) ishlatiladi.
3. Bakteriyalar tomonidan ma’lum moddalarni parchalashini, tiklanishini (redusiruyuщie) o’rganuvchi muhitlar (metilen ko’ki qo’shilgan sutli muhit, nitratli muhit). Masalan enterokokklar metilen ko’ki qo’shilgan sutli muhitda, uni reduksiyaga uchratib, muhitni oqatirib qo’yadi, S. pyogenis esa muhitnt rangini o’zgartirmaydi.
4. Bakteriyalar tomonidan ma’lum moddalarni o’zlashtira (assimilasiya) olishini aniqlovchi muhitlar. Amaliyotda eng ko’p sitratli agar (Simmons muhiti) qo’llaniladi. Masalan Salmonella avlodi vakillari Simmons muhitida yaxshi o’sadi muhit ko’karadi, ichak tayoqchasi esa sitratli agarda moddalarni assimilasiya qila olmaydi, muhitni rangini o’zgartirmaydi
Do'stlaringiz bilan baham: |