Ў збекистон республикаси соғЛИҚни сақлаш вазирлиги тошкент фармацевтика институти



Download 2,06 Mb.
bet126/243
Sana14.06.2022
Hajmi2,06 Mb.
#666644
1   ...   122   123   124   125   126   127   128   129   ...   243
Bog'liq
Ўзбекистон республикаси со ЛИ ни са лаш вазирлиги тошкент фармац

Spiralsimon simmetriya ( tamaki mazaika, gripp, koronaviruslarda) vintsimon ko’rinishdagi nuklein kislotasini tashqaridan mustahkam oqsil subbirliklari (protomer) o’rab (rasm 31) turadi. Shakillangan nukleokapsid tayoqchasimon yoki ipsimon ko’rinishda bo’ladi. Spiral tayoqchasimon simmeriya tipiga ega bo’lgan oddiy viruslarga tamaki bargi virusi, ipsimonlariga esa ba’zi bir bakteriofaglar misol bo’la oladi. Bu tipdagi simmetriya tutovchi oddiy viruslar odam va umirtqali hayvonlarda kasallik keltirib chiqarmaydi.
Kubik yoki ikosaedrik simmetriya da kapsid virionni nuklein kislotasi joylashgan ma’lum ko’rinishdagi izometrik tana, mag’izni hosil qiladi. Kubsimon simmetriyada kapsid sharsimon, ba’zida prizmasimon shakilli kapsomerlardan tuzilgan. Har bir kapsomer besh (pentomer) yoki olti (seksomer) subbirliklardan tashkil (rasm 31b) topadi. Kubsimon simmetriya asosida, kapsomerlar hosil qiladigan teng tamonli burchakli kombinasiyalar yotadi.
Kubsimon simmetriyali odiy viruslar (yalang’och) ko’p qirrali shakilda (gepatit A, koksaki va boshqa enteroviruslar), superkapsid bilan o’ralgan murakkab viruslar esa, asosan sferik shakilga ega (orta-, paramiksoviruslar) bo’ladi. Lekin murakkab viruslarning o’qsimon (qutirish virusi), parallelepiped (chin chechak virusi) shakllariga ega tiplari ham bor.
Aralash simmetriya tiplari bakteriofaglarda kuzatiladi, ularning bosh qismida kubsimon, tanasida esa spiralimon simmetriyalar uchraydi (rasm 30).
Murakkab tuzilishga ega bo’lgan virionlarni ichkiy strukturasi, ularning mag’izi (serdsevina) deb ataladi. Adenoviruslarda mag’iz qismida DNK bilan bog’langan gistonlarga o’xshash oqsillar uchrasa, reoviruslarda bu ichkiy kapsid oqsillidan iborat.
Viruslarning taksonomik toifalari. Virusologiyada quyidagi taksonomik toifalar (kategoriyalar) qabul qilingan Viruslar tasnifi va taksonomiyasi yangi olingan ma’lumotlar asosida doimo to’ldirilib boriladi.
Viruslar Taksonomiyasi bo’yicha Xalqaro Tashkilot-VTXT (International Committee on Taxonomy of Viruses-ICTV) shug’illanadi. Bu tashkilot Butun Dunyo Sog’liqni Saqlash Tashkiloti bilan yaqin aloqada bo’ladi. Hozirgi kunda VTXT da 1550 xildan ortiq viruslar xususiyatlari yozilgan reestr tuzilgan va ma’lumotlar bazasi ICTV dB yaratilgan. Viruslar taksonomiyasining zamonaviy tizimi Linney tasnifining prinsiplariga asoslanadi va quyidagi taksonomik mezonlardan iborat: tartib, oila, oilacha, avlod, tur.
Tartib – genomning tipiga bog’liq ravishda virus oilalarini birlashtiradi va ularning lotincha nomlanishiga “ –viralis” qo’shimchasi qo’shiladi, masalan Mononega viralis (bir ipli manfiy RNK ipli).
Oila – umumiy evolyusion kelib chiqishiga ega bo’lgan viruslar guruhlaridan (avlodlardan) tashkil topadi. Oila nomning ohiriga viridae so’zi qo’yiladi, masalan Poxviridae.
Oilacha- bir oilaga kiruvchi viruslarni o’rganishda ularning umumiy evolyusion kelib chiqishiga qarshi yangi ma’lumotlar olingan tag’dirda bu tokson qo’llaniladi. Oilacha “-virinae” qo’shimchasiga ega. Masalan, chin chechak virusi oilasi 2 ta oilachaga Chordopoxvirinae (umurtqalilarda chin chechak ketirib chiqaruvchi) va Entomopoxvirinae (hashoratlarda chin chechak ketirib chiqaruvchi) bo’linadi.
Avlod - umumiy evolyusion kelib chiqishiga ega va umumiy ko’plab xususiyatlari o’xshash bo’lgan viruslarni jamlashtiradi. Avlod so’zi (virus) so’zi bilan tugaydi. Masalan Chordopoxvirinae oilachasiga 6 avlod kiritilgan, bulardan Orthopoxvirs va Parapoxvirs avlod vakillari tibbiy amaliyotda axamiyatliroq.
Tur – viruslarning avlod ichidagi bo’limidir. Tur bu nukleotid tarkibi o’xshash va ma’lum bir ekologik muhitni egallovchi bir avlodga mansub viruslar yig’indisidir. Turni nomlashda-“ virus” qo’shimchasi ishlatiladi. Masalan: chin chechak virusi, gripp virusi, Poliovirus, lekin hamma viruslarda oila osti kategoriyasi berilmagan va bakteriyalarga o’xshash binomenal (qo’sholoq) nomlash ham virusologiyada qo’llanilmaydi.
Virusologik amaliyotda viruslar turlari kenja tur, serovariantlar, genetik variantlar, shtamlar kabi rasmiy qabul qilinmagan ko’rsatkichlar ham keng qo’llaniladi.
Viruslarning tartib, oila, oilacha, avlod, turlarini aniqlashda asosiy mezonlar quyidagilarxisoblanadi:
1.Virus genomini tashkiliy tuzilishi va turi.
2.Virus replikasiyasining strategiyasi.
3.Virionning tuzilishi.
Avlod ichida turni saralash maqsadida quyidagi mezonlardan foydalaniladi:
- genom tarkibidagi o’xshashlik;
- tabiiy ho’jayini (ekologik manba);
- to’qima va hujayralarga trapizmi;
- patogenlik va sitopatologiya;
- infeksiyaning yuqish yo’li;
- virioning fizik-kimyoviy xususiyati;
- simmetriya tiplari;
- virusning antigenlik xususiyatlari.
Zamonaviy tasnif bo’yicha odam uchun patogen bo’lgan viruslar 20 ta oilaga kiritilgan. Bulardan 13 tasi RNK genomli viruslar va 7tasi esa DNK genomli viruslar xisoblanadi (rasm 32).

Download 2,06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   122   123   124   125   126   127   128   129   ...   243




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish