Tabiiy oziq muhitlar asosan tuzli eritmalar asosida tayyorlaniladi va ularga odam va hayvonlar zardobi, amniotik suyuqlik va embrional ekstrakt qo’shiladi.
Zardoblar sog’lom odam, ot, sigir, buzoq, tovuq, quyon va boshqalarning qon zardoblari ishladiladi. Zardoblar olingandan kiyin ularni hujayra kulturalariga toksik ta’sirga ega emasligi aniqlanadi va uzoq mutdat sovutkichlarda saqlanishi mumkin.
Amnion suyuqligi homilador hayvonlardan, ayollardan aseptika qoidalariga rioya qilgan holda olinadi. Amnion suyuqligi rezina tiqinli flokonlarda sovutkichlarda saqlanadi.
Embrional ekstraktlar asosan 10-12 kunlik tovuq yoki hayvonlar embrionidan tayyorlanadi. Embrion tanasi qondan tozalanib, maydalaniladi va teng hajmda biror tuzli eritma (ko’pincha Xenks) qo’shiladi 30 minut sentrifuga (3000 aylanma/min.) qilinadi. Olingan cho’kma usti suyuqligi pipetkalar yordamida ajratib olinib muzlatkichlarda saqlanadi.
Fermentativ gidrolizat saqlovchi oziq muhitlar. Ko’proq sut laktoalbuminining gidrolizati va kozein va shoxli hayvonlarni oqsil gidrolizatlari ishlatiladi. Bu gidrolizatlardan oziq muhit tayyorlashda ularga tuzli eritmalar va 2, 4 va 10% gacha zardoblar qo’shiladi.
Sun’iy muhitlar. Bular ma’lum kimyoviy moddalardan tayyorlaniladi, shuning uchun ular doimiy va aniq tarkibga ega bo’ladi. Ular tabiiy moddalarga o’xshab ballast (begona oqsillar) tutmaydi. Bu muhitlar ancha murakkab tarkibga (aminokislotalar, vitaminlar, pirimidin, uglevodlar, mineral tuzlar va bosh. moddalar) ega bo’ladi. Bularga 199, Igla muhitlari kiradi.
Hujayra kulturalari. Hujayra kulturasi odam, hayvonlar, yoki parandalar va boshqa biologik ob’ektlar to’qimasidan tayyorlanadi. Hujayra kulturasini tayyorlash quyidagi bir necha ketma-ket bosqichdan iborat:
to’qimani olish, qondan, keraksiz to’qimalardan tozalash va maydalash.
tripsin ta’sir ettirib, hujayralarni bir-biridan ajratish.
hosil bo’lgan bir jinsli hujayralar suspenziyasini yuvib, tripsindan tozalash.
tayyorlangan hujayra kulturalarini sanash va hujayrani ma’lum miqdordagi suspenziyasini tayyorlash.
hujayra kulturalarini viruslarni undirishda qo’llaniladigan mahsus shisha probirka, flokon (matraslar) larda, hujayralarning o’sishini ta’minlab beradigan oziqli muhitlar qo’shib saqlash.
Hujayra kulturalarini olishda va saqlashda yuqorida keltirilgan oziqli muhitlardan foydalaniladi.
Hujayra kulturalarini bakteriyalar bilan ifloslanib qolmasligi uchun, hujayra kulturalari bilan ishlashda qa’tiy aseptik qoidalarga rioya qilgan holda maxsus steril bokslarda ish olib boriladi va tekshirilayotgan materiallardagi qo’shimcha mikroflorani ko’payib ketishini oldini olish maqsadida oziqli muhitlarga antibiotiklar qo’shiladi.
Hujayra kulturalarini tayyorlash usullari bo’yicha fiksasiyalangan to’qima bo’lakchalari kulturasi, bir qavatli, suspenziyalangan va organ kulturasi tafovut qilinadi.
1) Bir qavatli hujayra kulturasi- kimyoviy neytral shisha, plastika laboratoriya idishlari yuzasiga bir qavat bo’lib ( monosloy) birikib oluvchi va ko’payuvchi hujayra kulturalaridir. Virusologiya amaliyotida eng ko’p qo’llaniladi.
2) Suspenziyali hujayra kulturasi- oziqli muhitning hamma hajmida ko’payuvchi hujayralar yig’indisi bo’lib, ular har doim aylantiruvchi magnit yordamida aralashtirib turiladi. Bunday hujayra kulturalari virusologik amaliyotda vaksina preparatlari olishda qo’llaniladi.
3) Fiksasiyalangan to’qima bo’lakchalari kulturasi- maydalangan to’qima bo’lakchalari tovuq plazmasiga solinadi. Plazmada hosil bo’lgan cho’kmaga to’qima bo’lakchalari fiksasiyalanadi. Uning ustiga antibiotiklar va Xenks eritmasi, embrion ekstraktidan tayyorlangan suyuq suspenziya qo’shiladi.1-2 kundan kiyin to’qima bo’lakchalari atrofida plazma fibrinlaridan hosil bo’lgan to’rda yangi hujayralar o’sa boshlaydi.
Fiksasiyalangan to’qima bo’lakchalari kulturasini olish va saqlash ancha murakkab jarayon bo’lganligi sababli bu usulda olingan hujayra kulturalarini bir qavatli hujayra kulturasi amaliyotda siqib chiqarmoqda.
3) Organ kulturasi – Birlamchi strukturasi o’zgarmagan ma’lum organ bo’lakchalari yoki to’qima. Chegaralangan xolda qo’llaniladi.
Hujayra kulturasi va ularni undirib olish jarayonida bir qancha o’nlab generasiyalar (bir ko’payish sikli) kuzatiladi. Hujayra kulturalarining hayot faoliyati saqlanib qoluvchi generasiya sonlariga qarab bo’linadi: birlamchi hujayra kulturalari, undiriladigan va yarim undiriladigan.
Do'stlaringiz bilan baham: |