Virusni hujayrada kiritmalar hosil qilishi. Ko’pchilik viruslar hujayralarda ko’payganda hujayrada ilgari kuzatilmagan kiritmalar hosil qilishlari mumkin. Masalan qutirish virusi nerv hujayralarning sitoplazmasida eozinofilli kiritmalar xosil qiladi (Babesh-Negre tanachasi), virus nukleokapsidlarini sitoplazmada (yadro oldida) yig’ilib qolishi natijasida kuzatiladi. Chin chechak virusi xujayin hujayrasining sitoplazmasida ko’payadi va sitoplazmada katta hujayralar va ularning sitoplazmasida Gvarnieri tanachalarini hosil qiladi. Yorug’lik mikroskopida ham aniqlash mumkin (rasm-34).
Pilakchalar (blyashek) hujayra kulturasida hosil qilishi.
Viruslarning miqdori jihatdan aniq sonini hisobga olish usuli hisoblanadi (34-rasm). Viruslarni ajratib olishda bir qavatli hujayra kulturasidagi oziqli muhit olib tashlanib virus saqlovchi material saqlovchi material bilan hujayra kulturasiga virus yuqtiriladi, so’ngra neytral qizil indikator qo’shilgan yupqa agar qatlami bilan qoplanadi..
Termostatda bir necha kun saqlab turilgandan so’ng, agar qoplamasida ma’lum shakldagi oq-oq dog’lar monoqatlam fonida (pilakcha) paydo bo’ladi. Bu esa, bir tekisda o’sgan hujayra kulturasi tarkibida virus ko’payishi natijasida hosil bo’lgan jonsizlangan hujayralar to’plamidir. Har bir pilakcha birgina virus zarrachasining ko’payishi natijasida hosil bo’lib, neytral qizil bilan bo’yalgan hujayralar fonida yumaloq oq dog’lar shaklida ko’rinadi.
Shu usul bilan aniqlangan virusning titri 1 ml tekshirilayotgan materialda pilakcha hosil qiluvchi birlik (PXB) bilan belgilanadi. Pilakchaning katta-kichikligi, morfologiyasi va uning paydo bo’lish vaqti, virusning har xil turida turlicha bo’ladi, xatto shu turning ichidagi ayrim shtammlarida ham farqlanadi. Viruslarning bu xususiyati shtammlarni seleksiya qilishda va ularning sof liniyasini ajratib olishda qo’llaniladi.
Gemadsorbsiya reaksiyasi. Viruslarni indikasiya qilish usullaridan biri, ular kirib ko’payayotgan (reproduksiya) hujayraning yuzasi eritrositlarni adsorbsiya qilish qobiliyatiga asoslangan, bu esa gemadsorbsiya reaksiyasi deyiladi (34 -rasm). Gemadsorbsiya ham gemagglyutinasiya reaksiyasiga o’xshash mexanizimga ega. Gemadsorbsiyalash xossasiga ega bo’lishi virus yuqtirgan hujayra membranasida virusga xos maxsus oqsillarning –gemagglyutininlarning joylashganiga bog’liq bo’lib, eritrositlarda bu oqsillarga komplementar reseptorlar bo’ladi va shuning uchun ham ular virus bilan zararlangan hujayralar yuzasiga adsorbsiyalanadi. Bu reaksiyani qo’yish uchun viruslar bilan zararlangan hujayra kulturasira eritrositlar (ko’proq tovuq, dengiz cho’chqachasi, maymun va odamning O (I) eritrositlari ishlatiladi) suspenziyasi qo’shiladi. Ma’lum vaqtdan so’ng hujayralar natriy xloridning izotonik eritmasi bilan yuviladi. Tarkibpda viruslar bo’lgan hujayralar yuzasida eritrositlar yopishganicha qoladi. Yorug’lik mikroskopida ko’rish mumkin. Virus yuqtirilgan hujayra kulturasiga tip maxsusligini na’mayon qilovchi zardob qo’shilib saqlansa, hujayralar gemadsorbsiya qilish qobilyatini yo’qotadi, ya’ni gemadsorbsiya tormozlanib qoladi. Bu fenomen viruslarning identifikasiyasida qo’llaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |