Gemagglyutinasiya reaksiyasi. Bu reaksiya suyuqlikdagi hujayra kulturasi yoki tovuq embrionining xorion-allantois yoki amniotik suyuqlikdagi viruslarni indikasiya qilish uchun ko’llaniladi.
Gemagglyutinasiya reaksiyasida virus superkapsidi tarkibida gemagglyutinin fermenti bo’lgan viruslar (gripp, paragripp) keltirib chiqaradi, ya’niy virus ko’paygan hujayra kulturasiga tovuq, g’oz, dengiz cho’chqachalari eritrositlari qo’shilsa, viruslar eritrositlarni bir-biriga yopishtirib (rasm 35) qo’yadi. Bu usulda viruslarning suyuqlikdagi titrini suyultirish darajasiga qarab aniqlash mumkin. Virusologik amaliyotda viruslarning indikasiya qilishda keng qo’llaniladi.
Rangli reaksiya. Hujayra kulturalarida viruslarni ko’payishini rangli reaksiya orqali ham indikasiya qilish mumkin. Buning aniqlash, normal ko’payuuvchi hujayra kulturasi uchun qo’llanilgan oziqli muhitdagi indikatordan foydalaniladi. Agar hujayrada virus ko’paymasa tirik hujayra kulturalarda normal metobalitik jarayon kuzatiladi va bu jarayon natijasida nordon maxsulotlari yg’ilib qoladi, indikator rangi o’zgaradi. Hujayra kulturasida virus ko’paysa, hujayraning metobalizimi buziladi (nobud bo’lishiga olib keladi) indikator rangi o’zgarmaydi.
Interferensiya fenomeni. Bu usul asosan hujayra kulturalarida ko’payib, lekin aniqlab bo’lmaydigan HPT xususiyatga ega bo’lgan viruslarni indikasiya qilishda qo’llaniladi. Hujayra kulturasiga virus saqlovchi material yuqtiriladi keyin esa indikator virus (vezikulyar stomatit virusi VSV) yuqtiriladi. Agar tekshirilayotgan materialda izlanilayotgan virus bo’lsa indikator virusni HPT kuzatilmaydi (hujayra izlanilayotgan virus tomonidan egallangan) . Yorug’lik mikroskopida vizual ko’rish mumkin. Tekshirilayotgan materialda virus bo’lmasa VSV hujayraga patologik ta’sir ko’rsatadi.
Viruslarni undirib olishda tovuq embrionidan foydalanish (rasm 36). Virusologik amaliyotda tovuq embrioni hujayra kulturasi va tajriba qilinayotgan hayvonlarga nisbatan bakteriyalar bilan ifloslanish darajasi kam va qo’shimcha mikroorganizmlar bilan kamdan-kam hollardagina zararlangan bo’ladi. Bundan tashqari, turli ta’sirotlarga ham juda
chidamlidir. Rikketsiya, xlamidiya va bir qator viruslarning diagnostik maqsadlarda, sof kulturasini olish va turli preparatlar (vaksina, diagnostikumlarni) tayyorlash uchun 8—12 kunlik tovuq embrionlaridan foydalaniladi. Yuqorida ko’rsatilgan mikroorganizmlarning ko’payganligi embrion qobiqlarining ochilganidan so’ng pardalarida hosil bo’lgan morfologik o’zgarishlar orqali o’rganiladi.Masalan chin chechak yuqtirigan embrion tanasida, qobig’ida qon quyilishlar kuzatiladi, embrion nobud bo’ladi. Bundan tashqari virus ko’payishi natijasida allantois, amnion suyuqligida viruslar yig’ilib qoladi va gemagglyutinin fermenti bor viruslarni GAR orqali indikasiya qilish mumkin.
Rivojlanayotgan tovuq embrionida viruslarni ko’paytirish sanoat miqiyosida qo’llaniladi, ammo ko’pchilik viruslar tovuq embrionida ko’paymaydi, bundan tashqari tekshirilayotgan viruslarni embrionini ochmay turib aniqlab bo’lmaydi, shuningdek unda ko’p miqdordagi oqsil va boshqa yod birikmalarning borligi, tayyorlangan preparatlarni allergik xususiyatini oshiradi, ularni tozalanishini qiyinlashtiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |