Reja:
Rentgen nurlari va ular difrakstiyasi to’g’risida umumiy tushuncha.
Rentgen nurlari tabiati va ularning spektr tarkibi.
Yog’-moy sanoatida kimyoviy va kimyo-texnologiya jarayonlari nazorat qilish usullaridan yana biri rengenostruktur taxlil usulidir.
Yog’ texnologiyasida bu usul moddalarning kristall va molekulyar strukturasini va asosan texnologik jarayonlarda molimorfizm xodisasini nazorat qilishda qo’llaniladi.
Ma’lumki, organik birikmalarning kristall strukturasi molekulalarning o’zgaro tortishish kuchlarida qurilgan (vodorod bog’i, dipolmomenti, Van-der-Vaals kuchlari va hokazo).
Uglevodorod zanjirida S-S bog’ 154A, uchta uglerod orasidagi burchak 109028, uglerodlar «zigzag» simon joylashib, 1-3 uglerod orasidagi masofa 2,53A ni tashkil qiladi. Kristallanganda uglerod zanjirlari parallel joylashadi. Bu o’lchamlar geometrik o’xshash gomologik qator moddalar uchun doimiy bo’lib, gomologik izomorfizm deyiladi va qatlamlar hosil qiladi.
Bu o’lchamlar geometrik o’xshash gomologik qator moddalar uchun doimiy bo’lib, gomologik izomrfizm deyiladi.
Rengen nurlari o’z tabiatiga ko’ra elektromagnit to’lqinlarining bir ko’rinishidir. Bular jumlasiga shuningdek radioto’lqinlar, yorug’lik nurlari, gamma-nurlar va boshqa elektromagnit spektorlari nurlari kiradi.
Rengen nurlarining juda kichik to’lqin uzunligi ularning o’ziga xosligini ularning o’ziga hosligini belgilaydi. Rentgenostruktur taxlilda qo’llaniladigan to’lqin uzunliklari 0,5 dan 2A gachadir.
Rengen nurining manbai bo’lib, anod va katod elektrodlari payvandlangan katta vakuumli shisha ballon – rengen trubkasi xizmat qiladi. Cho’g’langan katoddan ajralgan elektronlar, elektrodlarga berilayotgan yuqori kuchlanish hosil qilingan qilingan maydon ta’sirida, tezlashib, anodda tormozlanadilar. Bunda, elektronlarning kinetik energiyasi issiqlik energiyasiga aylanib, anod yuzasi qoplangan metallga xos rengen spektri xosil bo’lib, rentgen nuri paydo bo’ladi.
Amaliyotda organik kristallar tadqiqotida, ko’proq misli ko’zguli anodlar ( k=1,5418A) qo’llaniladi.
Rengen nurlarining moda orqali o’tish vaqtida to’lqin uzunligining o’zgartirmasdan qaytarilishi rengen nurlarining difrakstiyasi deyiladi. Rengen nurlari yorug’lik nurlaridan farqli ma’lum qonuniyat bajarilsagina qaytariladi. (Vulf-Bregg formulasi).
n =2d.sin
bunda, n-butun son, qaytarish tartibi.
-to’lqin uzunligi.
d-taxlil qilinayotgan moda strukturasi asosiy qatlamlari orasidagi masofa.
-nur va qaytaruvchi qatlamlar orasidagi burchak.
Nurni qayd qiluvchi har qanday jixoz -burchakni aniqlay oladi. So’ngra
qatlamlararo masofa hisoblanishi mumkin: d n 2sin
Mana shu qatlamlararo masofani aniqlash rengenostruktur taxlil asosida yotadi.
Moylar tarkibidagi uzun uglerod zanjirli yog’ kislotalar orasida vodorod bog’ hisobiga dimerlar hosil bo’ladi.
Shunday qilib, kristallanganda metal gruppalari yuzasi bilan ajratilgan ikki qatlam hosil bo’ladi. Rengenostruktur tahlil asosida. Juft uglerodli to’yingan yog’ kislotalarining uchta polimorf shakli va toq uglerodlilarning to’rt polimorf shakli mavjudligi aniqlangan (A, V, S va A1, V1, S1, D1).
Yog’ kislotaning har bir polimorf shakli o’zining xususiyati va qatlamlararo masofasiga (interval) ega. Masalan, palmitin kislotasi – (Terish=62,9S0) katta intervallar A forma uchun d001=41,OA, V forma uchun d001=39,1A, S forma uchun d001=35,6A.
Stearin kislota – (Terish=69,6S0) katta interval A forma d001=46,6A, V forma d001=43,8A, S forma d001=39,8A.
Uglerod soni 20 dan ortiq to’yingan juft uglerodli yog’ kislotalar asosan V va S polimorf shakllarda (formalarda) uchraydi. S forma eritilgan suyuq xolatdan qattiq xolatga o’tishda hosil bo’ladi. A va V formalarni ularning erish temperaturasidan 10-150S kamroq temperaturagacha qizdirish, ularning qaytmas S formaga aylanishiga olib keladi. Shunga o’xshash toq sonli to’yingan yog’ kislotalari formulalarining o’zgarish qonuniyatlari mavjud.
Quyi molekulyar yog’ kislotalarni qattiq yuqori temperaturada eruvchi birikmaga aylantiribgina identifikastiyalash mumkin.
Takrorlash uchun savollar:
1.Rentgenostruktur taxlil asoslari
2.Rentgen nurlari qanday xosil qilinadi?
Rentgen nurlarining qaytarilish sharti qanday?
4.Lipidlar tadqiqotida bu usulning qo’llanilishi
Do'stlaringiz bilan baham: |