Bakteriostatik usul (Ingibisiya usuli). Mikroorganizmlarni o’sishiga turli kimyoviy moddalar va antibiotiklar va turli omillarni ta’sir qilishiga asoslangan. Tekshirilayotgan materialni oziqli muhitga ekishda, asosiy mikrobning ko’payishiga ta’sir ko’rsatmaydigan ammo tashqi mikrofloraning ko’payishini, o’sishini to’xtatadigan temperaturada o’stiriladi. Masalan, aktinomisitlar, iersiniya bakteriyasining sof kulturasini ajratib olish uchun, ekilgan material 22°S temperaturada o’stiriladi. Ko’pchilik boshqa bakteriyalar bu haroratda ularni o’sishi sustlashadi. Ikkinchi holatda oziqli muhitga, begona bakteriyalarning ko’payishini to’xtatadigan, ammo tekshirilayotgan mikrobga ta’sir qilmaydigan aniq konsentrasiyada ma’lum antibiotiklar qo’shish mumkin. Ko’k yo’tal qo’zg’atuvchisini ajratib olishda Kozeinli ko’mirli agarga (KKA) penisillin antibiotigi qo’shiladi. Penisilin Gram manfiy ko’k yo’tal qo’zg’atuvchisiga ta’sir ko’rsatmaydi, lekin gram musbat qo’shimcha gram musbat bakteriyalarni o’sishini to’xtatib qo’yadi.
Kislotaga chidamli bakteriyalarni toza kulturasini ajratib olishda, tekshirilayotgan material 5 % sulfat kislota bilan ishlov beriladi, kislotaga chidamsiz qo’shimcha floralar hammasi o’lib ketadi, kislotaga chidamli bakteriyalar saqlanib qoladi, kiyin oziqli muhitlarga ekilganda ular yaxshi o’sadi. Bu usuldan sil tayoqchasini sof kulturasini ajratib olishda keng qo’llaniladi.
Boyituvchi usul (metod obogasheniya). Tekshiriluvchi material bakteriyalar uchun elektiv muhitlarga ekiladi bu muhitlarda ma’lum bir bakteriyalar yaxshi o’sa oladi. Masalan stafilokokklar natriy xlor tuzining yuqori konsentrasiyasi bo’lgan (10-15%) muhitda, vabo vibrionlari esa ishqoriy muhitda yaxshi o’sadi, qo’shimcha florani o’sishi to’xtab qoladi yoki suslashadi.
Bakteriyalarni sof kulturasini biologik usullar bilan ajratib olish. Ko’pgina patogen bakteriyalarni saprofitlardan ajratib olishda qo’laniladi. Amaliyotda ba’zi bakteriyalarni ajratib olishda qiyinchiliklar tug’iladi, ya’ni tekshirilayotgan materialda izlanilayotgan bakteriyani miqdori juda kam bo’lishi, yoki hayvonlarni o’ligini tekshirilgangda (o’latda), chirituvchi bakteiyalarni ko’payib ketganligi, materialni laboratoriyaga yetkazib berish vaqtini cho’zilib ketishi, bakteriyalarni sof kulturasini ajratib olish extimolini kamaytirib yuboradi. Bunday xollarda biologik usul muhim ahamiyat kasb etadi. Materialni yuqtirish uchun, izlanilayotgan bakteriyaga sezgir bo’lgan laboratoriya hayvonlari tanlanadi. Masalan pnevmakokk va o’lat qo’zg’atuvchisi uchun eng sezgir hayvon oq sichqonlar xisoblanadi. Rikketsiyalar uchun esa kalamush, zahim qo’zg’atuvchisi quyon organizmida yaxshi ko’payadi. Material yuqtirilgan hayvonda kasallik belgilari ko’rina boshlansa, patologik anatomik tekshiriladi va ularning organ va to’qimalaridan yuqoridagi usullar yordamida toza kulturasi ajratib olinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |