Karbon kislotalar r e j a: Umumiy tavsif



Download 127,74 Kb.
bet1/3
Sana30.04.2022
Hajmi127,74 Kb.
#596066
  1   2   3
Bog'liq
Sayfulloh Karbon kislotalar


Karbon kislotalar
R E J A:




  1. Umumiy tavsif



  2. Olinishi va ishlatilishi



  3. fizikaviy va kimyoviy xossalari



Molekulasida karboksil gruppa – COOH bo`lgan moddalar larbon kislotalar deb ataladi. Karbon kislotalar karboksil gruppalarning soniga ko`ra bir asosli, ikki asosli va ko`p asosli bo`ladi. Masalan, sirka kislota CH
3COOH va moy kislota C3H7COOH – bir asosli, oksalat kislota HOOC-COOH va malon kislota HOOC-CH2-COOH ikki asosli kislotalardir. Karbon kislotalar to`yingan va to`yinmagan, shuningdek, ochiq zanjirli va halqali tuzilishga ega bo`ladi. Kislota molekulasidagi karboksil gruppa karbonil >C= va gidroksi – OH gruppalardan tashkil topgan.
Karbon kislotalar, ularning tuzlari hmda elekton formulasi quyidagicha ifodalangan:



Nomenklatura va izomeriyasi. To`yingan bir asosli karbon kislotalar yog` kislotalar deb ham ataladi, chunki bu kislotalarning birinchi vakili yog`lardan olingan.
To`yingan bir asosli yog` kislotalarni nomlashda, ko`pincha ularning trivial nomlaridan foydalaniladi. Bu nom kislota qanday xomashyodan olinganligin ko`rsatadi, masalan, ularning birinchi vakili H-COOH chumoli kislota deb ataladi, chunki dasilab chumolidan ajratib olingan. Xuddi shunga o`xshash, valerian kislota – valeriana o`simligining ildizidan olingan.
Sistemtik nomenklaturaga ko`ra kislotalarning nomi tegishli uglevodorod nomiga kislota so`zini qo`shish bilan hosil qilinadi:
To`yingan karbon kislotalarda aldegidlardagi singari izomeriyaning ikki turi: uglerod skeletining va karboksil gruppaning zanjirda turlicha joylanishidan kelib chiqadigan izomeriyasi mavjud.



Olinish usullari.

1. Birlamchi spirtlar oksidlanganda dastlab aldegid, so`ngra kislota hosil bo`ladi. Bunda uglerod atomlarining soni o`zgarmaydi:
2. Gemigaloidli uglevodorodlar, orto-efirlar, amidlar, kislota angidridlari va xlorangidridlari gidrolizlanishidan hosil bo`ladi.


3. Ikki sosli karbon kislotalarni qizdirib acetosirka efir asosida sintez qilish orqali va yog`-moylarni gidrolizlab olinadi.
Fizik xossalari. Karbon kislotalarning quyi vakillari odatdagi sharoitda o`tkir hidli, suv bilan har qanday nisbatda aralashadigan, sovitilganda oson kristallanadigan harakatchan suyuqliklardir. Molekulasidagi uglerod atomlari soni beshtadan to`qqiztagacha bo`lgan kislotalar (izomoy kislota ham) moysimon suyuqliklar bo`lib, suvda yomon eriydi.
Yuqori molekulyar yog` kislotalar hidsiz, suvda erimaydigan qattiq moddalardir. Bir asosli to`yingan karbon kislotalarning asosiy fizik xossalari 9-jadvalda keltirilgan. Karbon kislotalarning deyarli hammasi spirtda va efirda yaxshi eriydi.
Kislotalarning molekulyar massasi ortishi bilan qaynash temperaturasi ham ortadi, solishtirma massasi esa kamayadi. Normal tuzilishga ega bo`lgan kislotalar tarmoqlangan kislotalarga qaraganda yuqori temperaturada qaynaydi. Masalan, valerian kislota CH3-CH2-CH2-CH2-COOH 180°C da,
izovalerian kislota 176,7° C da qaynaydi. Molekulasidagi uglerod atomlari soni juft bo`lgan kislotalar uglerod atomlari soni toq bo`lgan kislotalarga qaraganda yuqori temperaturada suyuqlanadi.
Kislotalarning molekulyar massasini aniqlash natijasida suyuq holatda ularning molekula massasi ikki aravar ortiqligi ma`lum bo`ladi. Buning sababi kislota molekulalarining o`zaro associlanganligi, ya`ni vodorod bog`lanish hosil bo`lganligidir, buning natijasida tsiklik yoki struktura hosil bo`ladi.
Kimyoviy xossalari . 1. barcha karbon kislotalar, anorganik kislotalar kabi kislota xossalariga ega bo`lib, ko`k lakmusni qizartiradi. Kislota gidroksidining .kuchli kislotali xossasi karboksil gruppadagi atomlar elektron zichligining siljishi bilan tushuntiriladi. Karboksil gruppada elektron zichligi elektrofil atomga, ya`ni kislorodga siljigan bo`ladi. Natijada karboksil gidroksilidagi vodorod bilan kislorod orasida bog`laish zaiflashadi va, nihoyat, vodorod atomi proton holida ajralib chiqadi, dissocilanadi.



2. Karbon kislotalar ham xuddi mineral kislotalar kabi metallar, metall oksidlari va ishqorlar bilan reakciyaga kirishib tuzlar hosil qiladi:



3. Karbon kislotalarga fosforning galoidli birikmalari ta`sir ettirilganda shu kislotaning galoid-angidridlari hosil bo`ladi:



4. Karbon kislotalar bilan spirtlar o`zaro reakciyaga kirishib, murakkab efirlar hosil qiladi.



5. Xlorangidridlarga va murakkab efirlarga ammiak ta`sir ettirilsa, kislota amidlari hosil bo`ladi.
6. Sirka xlor bilan reakciyaga kirishib, radikaldagi vodorod xlorga o`rin beradi




Download 127,74 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish