Tiger’s jaw – yo’lbars tishi deb nomlangan ushbu o’simlik barglari yashil xuddi aloe guliga o’xshab ketadi. Faqat uning tikanlari juda ham uzun va qalin bo’lib bu bizga yo’lbar tishini eslatadi. Yuqoridagi kognitiv model yaratishimizga sabab, “tiger”– hayvon konspetining kognitiv asosi (domain)hisoblanadi, “tish” tana qismi konseptining kognitiv asosidir. Ushbu idiomali qo’shma so’zning hozirgi leksik ma’nosi o’xshashlik asosida bunyod etilgan. Gul yo’lbarsning tishiga o’xshaydi. Semantic xususiyatiga ko’ra bu yerda asoslanmagan tarkiblar mavjuddir. Ikkita asoslanmagan konseptdan yangi konspet hosil bo’ldi.
Yuqoridagi snake (ilon), dog (kuchuk), lamb (qo’zichoq), dragon (ajdar), goat (echki) hayvon konseptining kognitiv asosi bo’lib, ulardagi ikkinchi tarkibiy qism tooth(tish), food (oyoq), ear (quloq), head (bosh), beard(soqol) tana qismi konspetining kognitiv asosi hisoblanadi. Bu misollarda ham ushbu idiomali qo’shma so’zlarning leksik ma’nosi o’xshashlik asosida qurilgan. Ikkita konspet bizga boshqa yangi konsept bera oldi.
Bugungi kunda zamonaviy ingliz tilining kognitiv tilshunosligida biz bunday misollarni metftonomi termini ostida ham kuzatishimiz mumkin. Metafora va metonimiya qo’shilishidan tarkib topgan bunday misollarni kognitiv tilshunoslik quyidagicha tahlil qiladi: “dragonhead”–ajdar bosh, o’simlik nomi. Ajdar metafora jihatidan, ikkinchi komponent bosh esa metonimiya tomonidan paydo bo’lgan bo’lib, metafora va metonimiya qo’shilishidan paydo bo’lgan qo’shma so’z hisoblanadi.
Demak, o’zbek tilida HAYVON+TANA QISMI=O’SIMLIK NOMI modeliga kiradigan qo’shma so’zlarning kognitiv xususiyatlarini birma–bir ko’rib chiqsak:
Ayiqtovon Laylaktumshuq Bo’tako’z Tuyaqorin Govzabon
O’zbek tilidagi “ayiqtovon” qo’shma so’zi– ikkipallalilar sinfining ayritojlilar kenja sinfiga mansub, asosan ko’p yillik o’simlik. Zaharli och sariq rangda (O’TIL I, 2006, b 56). Demak bundan tushunishimiz mumkinki, ushbu so’z daladagi o’simlik konseptiga tegishli. Buning kognitiv modelini esa quyidagicha chizildi: “hayvon+tananing qismi=o’simlik”. Bunday kognitiv model asosida yaratishimizga sabab, ayiq – hayvon konseptining kognitiv asosi (domain) hisoblanadi, tovon – esa tana konspetining kognitiv asosidir. Ushbu idiomali qo’shma so’zning hozirgi umumiy leksik ma’nosi o’xshashlik asosida qurilgan bo’lib, gul ayiqning tovoniga o’xshaydi. Ikkala tilda ham kognitiv model o’xshashlik asosida ko’chgan bo’lib, to’liq asoslanmagan idiomali qo’shma so’z hisoblanadi
Yuqoridagi laylak, bo’ta, tuya, ho’kiz hayvon konseptining kognitiv asosi bo’lib, ularning ikkinchi tarkibiy qism tumshuq, zabon (til), qorin, ko’z tana qismi konspetining kognitiv asosi hisoblanadi. Bu misollarda ham ushbu idiomali qo’shma so’zlarning leksik ma’nosi o’xshashlik asosida qurilgan. Ikkita konspet bizga boshqa yangi konsept bera oldi.
Tahlillar natijasi shuni ko’rsatadiki, qiyoslanayotgan har ikkala tilda hayvon
Do'stlaringiz bilan baham: |