Sana: 10 Fevral
Sinf 7-A
Fan : Zoologiya
Dars mavzusi :Suyakli baliqlar sinfi : sistematik guruhlari va ahamiyati.
Darsning ta`limiy maqsadi :
O`quvchilarda suyakli baliqlar sinfiga mansub hayvonlar haqida tushuncha hosil qilish , turkumlariga mansub hayvonlarning tuzilishi , bir- biridan farqi, ahamiyati, yashash muhiti kelib chiqishi bilan tanishtirish.
Darsning tarbiyaviy maqsadi :
Suyakli baliqlarning tabiatdagi va insonlar hayotidagi ahamiyatini tushuntirish asosida , o`quvchilarning ilmiy dunyoqarashini kengaytirish, aqliy va ekologik tarbiya berish , mehnat ko`nikmalarini tarkib toptirish , tabiat muvozanatining buzilishi oldini olish kabi tarbiyaviy kompetensiyalarni shakllantirish.
Darsning rivojlantiruvchi maqsadi :
O`quvchilarning yangi mavzuga doir bilimlari, kuzatish darslik ustida mustaqil ishlash ko`nikmalari, hamda mantiqiy savollar berish orqali mustaqil fikrlash qobiliyatlarini rivojlantirish , o`z fikrini bayon etish malakalarini hosil qilish, bilim va tafakkur , kitobxonlik , izlanuvchanlik , kichik tadqiqotlar o`tkaza olish malakasini shakllantirish.
Dars turi : Yangi bilim berish.
Dars metodlari :”Assiment”, texnologiyasi elementlari, hamkorlikda o`qitish texnologiyasi.
Dars jihozi :kompyuter, slaydlar , mavzuga oid videolavhalar, tirik baliq.
Darsning shiori : Bilim –ma`naviy shakllanish va muhim tarbiya vositasidir.
Darsning bosqichlari jadvali.
|
Dars bosqichlari
|
vaqti
|
1
|
Tashkiliy qism
|
5 daqiqa
|
2
|
Oldin o`tganlar bo`yicha og`zaki savol-javob.
|
3 daqiqa
|
3
|
Baliqlarning xilma-xilligi : tog`ayli baliqlar sinfi mavzusini so`rash (o`tgan mavzuni so`rash) “Tushunchalar tahlili metodi, javoblar raqamlarda, metodi.
|
10 daqiqa
|
4
|
Yangi mavzu bayoni bayoni . Suyakli baliqlar sinfi: asosiy sistematik guruhlari va ahamiyati.
|
12 daqiqa
|
5
|
Yangi mavzu bayoni mustaxkamlash “sehrli dengiz” ertagi , “Sirli sandiqcha “ metodlari
|
10 daqiqa
|
6
|
Dars yakuni va o`quvchilarni , guruhlarni baholash.
|
3 daqiqa
|
7
|
Uyga topshiriq berish
|
2 daqiqa
|
Darsning borishi :
Darsga tayyorgarlik va darsning jihozi , dars o`tiladigan xona kichik 4 ta guruhni tashkil etish , guruh nomlari , mavzuga oid ko`rgazmalar , rangli rasmlar , tirik baliq , ko`rgazmali vositalar bilan jihozlangan.
Tashkiliy qism :
Salomlashish ,davomatni aniqlash .Sinf xonasi va o`quvchilarning darsga tayyorgarligini tekshirish . Bugungi darsning maqsadi baholash tartibini aytib o`tish , sinfni 3 ta guruhga ajratish quyidagi jadval asosida individual va guruhiy ball qo`yish tartibini bayon qilish.
O`zbekistonda va jahonda yuz berayotgan eng global ekologik muammolar Orol muammosi Tojikistonning “Alyuminiy” zavodining chiqindilari oqibatida Uzum tumanida ro`y berayotgan muammolar va Tojikistonda qurilayotgan “ Rog`un Ges” muammolari qisqa ta`rifi. Darsning shiori ochib beriladi.
Darsning shiori : Bilim – ma`naviy shakllanish va muhim tarbiya vositasidir.
Bilim olishga bo`lgan qiiqishni orttirish , fanni sevish , komil inson bo`lib yetishish , shu o`rinda birinchi prezidentimiz I A Karimov bu xususda “Biz komil inson tarbiyasini , davlat siyosatining ustivor sohasi , deb e`lon qilamiz . Komil inson deganda biz, avvalo ongli yuksak , mustaqil fikrlaydigan xulq atvori bilan o`zgalarga ibrat bo`la oladigan , bilimli ma`rifatli kishilarni tushunamiz deb ta`kidlaganlar. Oldin o`tilganlarni takrorlash. “Tog`ayli baliqlar sistematik birlik.
Tip : Xordalilar
Sinf: Tog`ayli baliqlar.
Turkum: Akulalar, Skatlar.
Tur : Akula dengiz tulkisi , Skat baliq
Lotincha :Piskes
O`tilgan mavzuni mustaxkamlash.
I-Guruh “Akulalar”
T/R
|
Tushunchalar
|
Mazmuni
|
1
|
Jabra qopqog`I va suzgich pufagi
|
Bo`lmaydi
|
2
|
Qalin plastinkachadan iborat
|
Tangachalari
|
3
|
Odamlarga o`xshaydi
|
tishlari
|
4
|
Eng kichik turi
|
Tikanli akula
|
5
|
Ozig`I
|
Baliq va qisqichbaqasimonlar
|
6
|
Kuchlirivojlangan suzgich
|
Dum suzgich
|
7
|
Tog`aydan iborat
|
skeleti
|
II-Guruh Skatlar.
T/R
|
Tushunchalar
|
Mazmuni
|
1
|
Tana shakli
|
Yassi, rombsimon
|
2
|
Xivchinga aylangan
|
Dum suzgich
|
3
|
Zaharli tikanli
|
Dumining asosida
|
4
|
Ozig`i
|
Molyuskalar
|
5
|
Eng yirigk turi
|
Manta
|
6
|
Ovlanish maqsadi
|
Yog`I uchun
|
7
|
Tanasi bn tutashgan suzgichi
|
Ko`krak
|
III-Guruh “Delfinlar” guruhi
T/r
|
Javoblar raqamlarda
|
Javoblar
|
1
|
5-7
|
Jabra yoyiqlari
|
2
|
250
|
Akulalar turi
|
3
|
40-45
|
Tikanli akula uzunligi
|
4
|
15
|
Gigant akula uzunligi
|
5
|
70
|
Kuchlanish elektr zaryad a`zosi
|
6
|
350
|
Skatlar turi
|
7
|
20-30
|
Skatlar nasli
|
O`tilgan mavzuni mustaxkamlash uchun “Auksion” metodini qo`llaymiz. Bunda har bir guruhga 3 tadan baliq rasmi ko`rsatiladi o`quvchi shu rasmga 3 ta ma`lumot beradi.
1dengiz otchasi
2 tikandum skat
3 Tikanbaliq
Panjaqanotlilar turkumi . Panjaqanotlilar skeleti va suzgichlarining tuzilishi quruqlikda yashaydigan umurtqalilar oyoqlariga o`xshab ketadi . Bu turkumga yagona vakili –latimeriya Hind okeanining afrika sohili yaqinidan topilgan . Uni o`rganish quruqlikda yashovchi umurtqali hayvonlarning kelib chiqishini tushuntirishda katta ahamiyatga ega.
Baliqlarning ahamiyati. Baliq go`shti va ikrasi xushta`m taom hisoblanadi. Ayniqsa osetrisimonlar va lossossimonlar go`shti va ikrasi qadrlanadi. Jahon bo`yicha har yili 50 million tonnaga yaqin baliq ovlanadi.
Baliqlarning asosiy qismi dengizlardan ovlanadi. Baliq ovlash uchun maxsus kemalar- Traullerlardan foydalaniladi . Ovlanadigan baliqlarning asosiy qismi oziq- ovqat uchun foydalaniladi. Baliqchilik sanoati chiqindilardan chorva mollari uchun baliq uni , qishloq xo`jaligi uchun o`g`it ishlab chiqariladi. Baliq moyi farmatsevtikada vitaminli dori hisoblanadi. O`zbekistonda baliqlar ichki suv havzalarda ovlanadi.Zog`ora , oq amur , oqcha , xumbosh, ilonbosh asosiy ovlanadigan baliqlar hisoblanadi.
Baliqlarning kelib chiqishi. Baliqlarning qadimgi ajdodlari Lansetnikka o`xshash soda tuzilga xordalilardir. Tarixiy rivojlanish davomida dastlabki xordalilardan juft suzgich qanotli hayvonlar paydo bo`lgan. Ular yirtqich hayot kechirishgan. O`lja axtarib faol hayot kechirishi natijasida ularning nerv sistemasi va sezgi organlari rivojlana brogan . Shu yo`l bn baliqlar kelib chiqqan.
Yangi mavzuni Mustaxlamlash.
1 , 2,3 guruhlar uchun “Sehrli dengiz ertagi”
Bir bor ekan bir yo`q ekan sehrli dengiz bo`lgan ekan. Kunlardan bir kuni dengizda yashovchi barcha oilalar to`planishib suhbat qurishibdi. Birinchi oila gap boshlab –biz sizdan ko`ra chiroyli xipcha va cho`ziq gavdalimiz debdi.-Hatto qilichimizni butun umr asrab avaylaymiz. Katta akamning bo`yi 2m og`irligi 30 kg.Kichkina ukam esa bo`yi 75 sm og`irligi 2kg. Meni noyob tur sifatida himoya qilishadi.Shunda ikkinchi oila o`zini maqtashda davom etibdi-Bizning orqa suzgichimiz yonida nima bo`lishini bilmaysiz . Hatto biz ko`payish uchun dengizdan boshqa joylarga o`tib ketamiz. Shu payt uchinchi oiladan biri bizga ham navbat yetadimi. Axir biz sizlarga qaraganda juda ko`pchilikmiz. Bizning bir necha yuzlab qarindoshimiz bor. Hatto tanamiz baquvvat va mustaxkam. Bizda uzoq sharq daryolaridan kelgan mehmonlarimiz bor. Nega meni ajratib qo`yasizlar. Nega meni eslamaysiz . Men yagona vakil man Afrika sohilidan olib kelishgan debdi 4 oiladan b iri. Hech kimning bizchalik go`shti va ikrasi qadrlanmaydi. Bizni ovlaydigan maxsus kemalarimiz ham bor. Hatto jahon bo`yicha bizni qancha ovlashlarini bilamaysizlar. Kelinglar tortishmaylik axir bizning qadimgi ajdodlarimiz hammamiz uchun bitta-ku deb oilalar tarqalishibti
T/R
|
Ertak qahramonlari
|
Nomlari
|
1
|
Oilalar
|
Baliqlar
|
2
|
1 oila
|
Suyak togayli baliqlar
|
3
|
Qilich
|
O`q skeleti
|
4
|
Katta aka
|
Bakra baliq
|
5
|
Kichik uka
|
Soxta kurakburun
|
6
|
2 oila
|
Losossimonlar
|
7
|
Orqa suzgichi ortida
|
Yana bitta suzgich
|
8
|
Boshqa joylar
|
Chuchuk suvlar
|
9
|
3 oila
|
Karpsimonlar
|
10
|
Uzoq sharq qarindoshlari
|
Oq amur , xumbosh
|
11
|
Afrika sohilidan topilgan 4 oila
|
Latimeriya
|
12
|
Go`shti va ikrasi qadrli
|
Ostetrisimonlar va losossimonlar
|
13
|
Maxsus kema
|
Trauler
|
14
|
Qadimgi ajdodi
|
Sodda tuzilgan lansetnikka o`xshash hayvon.
|
.Yangi mavzuni mustaxkamlash.
1 Bakra baliqlar tanasining orqa yon qorin tomonida nima joylashgan.
J:5 qator romb shaklidagi suyak plastinka joylashgan.
2 Boshining oldi tomoni nimani hosil qiladi?
Do'stlaringiz bilan baham: |