O’zbek tilida determinant gap bo’lagi
Reja:
Kirish
O’zbek tilida determinant gap bo’lagi xaqida.
Gapni bo‘laklarga ajratish nazariyalari.
Determinant gapning aktual bo’linishi.
Determinantlarning ba’zi xususiyatlari.
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati
Kirish
Determinant – gapning boshlanishida mustaqil tarkibiy qism sifatida kelib, o‘zidan keyingi qismga bir butun shaklda taaluqli bo‘lib, uning yaxlitligicha kengaytiradigan ikkinchi darajali bo‘lak.
Gap bo’laklari sintaktik kategoriya bo’lib, gap tartibidagi elementlarning o’zaro munosabatini, bu munosabatning xarakterini, gapning grammatik jihatdan qanday bo’laklarga ajratishini, so’zning gapdagi rolino ko’rsatadi. Bosh bo’laklar (ega va kesim) gapning mazmun jihatdan ham, formal jihatdan ham o’zaro bog’langan ikki uyishtiruvchi markazi bo’lib, ular o’zaro predikativ aloqa orqali tutashgan bo’ladi. Ikkinchi darajali bo’laklar (to’ldiruvchi, aniqlovchi, hol) odatda, gapning ikki markazidan biriga bog’lanadi: egaga yo kesimga, shuningdek, bir ikkinchi darajali bo’lak boshqa ikkinchi darajali bo’lakka bog’lanishi mumkin.Har bir gap bo’lagi o’z leksik – morfologik xususiyatlariga ham ega: shu bo’lak uchun qaysi so’zning mos kelishi, qaysi bo’lak uchun qanday formaning xarakterli bo’lishi va boshqalar. Sodda gap uyushiq bo’laklar va ajratilgan ikkinchi darajali bo’laklar bilan kengaya boradi. Ajratilgan bo’laklar ikkinchi darajali bo’laklarning intonatsiya (pauza va urg’ular ham keng ma’noda shunga kiradi), inversiya yordami bilan ajratilgan holatdir. Natijada bu bo’laklar gapning odatdagi ikkinchi darajali bo’lagiga qaraganda nisbiy mustaqillikga ega bo’ladi. Ikkinchi darajali bo’laklarni ajratish fikrni kuchli, ta’kid bilan, emotsional tusda ifodali qilib berishga xizmat qiladi. Anglashiladiki, ajratilgan bo’laklar sodda gapning strukturasiga kiradigan sintaktik kategoriyadir. Ajratilgan konstruksiyalarning har xil kengaygan tillari qo’shma gaplar bilan ham bo’g’langandir Gapning bo’laklarga ajralish fikrining qismlarga ajralishi bilan bog’liq. Gapning bo’laklari gapni tashkil qilishdagi, uning strukturasidagi rollariga qarab 2 xil bo’ladilar: bosh bo’laklar va ikkinchi darajali bo’laklar. Ega va kesimning
o’zidangina iborat bo’lgan gap sodda yig’iq gap deyiladi. Determinantlarni ikkinchi yo’nalishda, ta’kidlanganidek, gapning grammatik bo’linishiga mansub kategoriya sifatida izohlashga harakat qilinadi. Bunday nuqtai nazar tilshunos olim A. A. Ahmedovning maqolalarida aks etgan. Bunda determinant so’z birikmasi hosil qilmaydigan maxsus ikkinchi darajali bo’lak tarzida izohlanadi. Ta’kidlanishicha, “bundagi ikkinchi darajali bo’laklar (determinantlar – M. B.), odatda, gap tarkibida (so’z birikmasi tarkibida emas) mustaqil tarzda qo’llanadi. Ular gapdagi biror so’zni emas, balki butun gapni aniqlash, izohlash (keng ma’noda) uchun xizmat qiladi.
O’zbek tilida determinant gap bo’lagi xaqida.
Gap qurilishida predikativ guruhni mustaqil ravishda determinasiyalovchi
ikkinchi darajali xarakterdagi bo’laklarning amal qilishi o’zbek tiliga doir,
shuningdek ayrim turkologik adabiyotlarda ham e’tirof etiladi.10 O’zbek
tilshunosligida bu xodisa maxsus tadqiqot obьekti sifatida o’rganilgan emas. Bu masalaga ayrim materiallar bag’ishlangan xolos. Mazkur maqolalarda ham determinasiya va determinant bo’laklar yuqorida kuzatilgani kabi turlicha prinsiplar asosida izohlanadi. Bunda, asosan, ikki yo’nalish ko’zga tashlanadi:
1. Determinant bo’laklarni gapning aktual bo’linishi hodisasiga mansub tushuncha sifatida izohlashga intilish; 2. Determinant bo’laklarni gapning grammatik bo’linishi bilan bog’liq kategoriya deb asosga harakat qilish. Birinchi yo’nalish K. Hayitmetovning “Determinantlar gapning aktual bo’linishi nazariyasi aspektida” nomli maqolasida o’z aksini topgan. Bunda u mazkur bo’laklarni gap aktual bo’linishi komponenti sifatida izohlashga
intiladi. Uning ko’rsatishicha, gapning aktual bo’linishida mustaqil komponent – ko’pincha, tema funksiyasini bajarishi ma’lum formaning determinant sifatida yuzaga chiqishi yoki chiqmasligini ta’minlovchi etakchi omil sanaladi. Bunday
xulosaga kelishda O. A. Krilovning mazkur masalaga nisbatan bildirgan fikrlaridan kelib chiqmoqchi bo’ladi. Biroq muallif bu prinsipni izchil amalga oshirolmaydi, determinat bo’lakning belgilari xususida fikr yuritar ekan, unga xos bo’lgan boshqa grammatik xususiyatlarni ham asosiy belgilar sirasida qayd etadi. U yozadi: gap boʻlaklarining tartibi — gap boʻlaklarining oʻzaro maʼlum grammatik qonunqoidalar asosida, maʼlum sintaktik, mazmuniy, uslubiy qiymati bilan bogʻliq holda joylashuvi. Gap boʻlaklari tartibining oʻzaro qaramaqarshi qoʻyiluvchi bir necha turlari bor. Bulardan eng asosiysi toʻgʻri tartib va teskari tartib oppozitsiyasidir. Toʻgʻri tartib da sintaktik tuzilma qismlari (ran boʻlaklari, qoʻshma gap predikativ qismlari va boshqalar) maʼlum qonunqoidalar asosida odatdagicha joylashadi. Mas, oʻzbek tilida aniqlovchining aniqlanishdan, eganing kesimdan, toʻldiruvchi yoki holning kesimdan oldin joylashuvi toʻgʻri tartib hisoblanadi: bahavo yerlar, Karim oʻqib boʻldi, kitobni oʻqidi, toʻsatdan kelib qoldi kabi. Teskari tartib da maʼlum uslubiy, semantik maqsad va boshqa sabab bilan sintaktik tuzilmaning (undagi gap boʻlaklarining , qoʻshma ran predikativ qismlarining) toʻgʻri, odatdagi tartibi oʻzgaradi, inversiya yuz beradi. Mac, u keldi (toʻgʻri tartib) — keldi u (teskari tartib), kecha ketdi (toʻgʻri tartib) — ketdi kecha (teskari tartib) kabi. Toʻgʻri tartib koʻpincha darak gaplarga xos boʻlib, ilmiy, rasmiy uslublar uchun harakterlidir. Teskari tartib esa asosan soʻzlashuv, badiiy va qisman publitsistik uslublarga xos boʻlib, bu holat koʻpincha mazmunni sezilarli oʻzgartirmasada, nutqning taʼsirchanligini, emotsionalligini oshiradi. Lekin baʼzan teskari tartib boʻlaklarning sintaktik vazifasini ham, gapning mazmunini ham oʻzgartirib yuboradi: Quvnoq bolalar kuyladilar — Bolalar quvnoq kuyladilar; charm mahsi (charmdan ishlangan) — maxsi charm (mahsibop). Bunday hollarda Soʻz tartibining erkin vabogʻliq turlari farqlanadi. Sifatlovchi bilan sifatlanmishning (quvnoq bolalar) gapdagi oʻrni bogʻliq tartibni koʻrsatadi. Erkin tartibda gap boʻlaklarining oʻrnini oʻzgartirish mumkin. Bunda mazmun va sintaktik holat emas, faqat uslubiy xususiyat
oʻzgaradi: Kinoga kecha koʻplashib bordik — Kecha koʻplashib kinoga bordik — Koʻplashib kecha kinoga bordik kabi.
“Determinantlarning: 1) gapning aktual bo’linishida mustaqil komponent – ko’pincha, tema funksiyasini bajarish; 2) to’laligicha gapga taalluqli bo’lib, yaxlit holda gapni kengaytiruvchi ikkinchi darajali bo’lak ekanligi; 3) ko’pincha, prepozitiv xarakterga ega bo’lishi – gap boshida kelishi ularga xos asosiy belgilardir”.
Ko’p hollarda uning fikrlari mantiqiy noizchil. CHunonchi, uning ko’rsatishicha, “Hozir u keldi” tipidagi gaplarda “hozir” aktual bo’linishida mustaqil komponent – tema funksiyasini bajarsa-da, determinant hisoblanmaydi: bu gapdagi “hozir” – payt holi, sodda fe’l kesim bilan bitishuv munosabati orqali bog’lanib, relyativ so’z birikmasini hosil qiladi. Bizningcha, K. Hayitmetovning yuqoridagi fikrida oydinlik etishmayotganga o’xshaydi. CHunonchi, aktual bo’linishda mustaqil komponent - tema funksiyasini bajarish ikkinchi darajali bo’lak vazifasidagi ma’lum formaning determinant bo’lishi yoki bo’lmasligini belgilovchi asosiy omil deb tushunilar ekan, keltirilgan gapdagi tema funksiyasini bajarayotgan “hozir” payt holi ham determinant sirasiga kiritilishi mumkin. Agar u determinant sirasiga kiritilmaydigan bo’lsa, unday holda aktual bo’linishida mustaqil komponent – tema funksiyasini bajarish bu xildagi formaning determinant bo’lishi yoki bo’lmasligini belgilovchi etakchi omil bo’la oladi, degan qoida o’z – o’zidan asossiz bo’lib qoladi.
Tadqiqotchining “ikki sostavli gaplarda determinant kam uchraydi” yoki “fe’lli gaplarda deyarli uchramaydi” tarzida bayon etgan fikrlari ham faktlar tabiatiga muvofiq kelmaydi (tadqiqotchi ko’proq bir sostavli otli gaplar doirasida fikr yuritadi). Bulardan tashqari, garchi muallif o’z oldiga determinantlarni mustaqil sintaktik kategoriya sifatida asoslashni maqsad qilib qo’ygan bo’lsa-da, ba’zan amalda bunga zid bo’lgan pozisiyani nazarda tutadi.
Masalan, u “Qo’llarida xurjuncha” tipidagi gaplarda “qo’llarida” bo’lagini determinant deb belgilansa ham, uni “shu konstruksiyada formal jihatdan qo’llanilmagan, lekin tasavvurda mavjud bo’lgan predikativ bo’lak – bor, ushlagan yoki ushlab turibdi bo’laklariga bog’lanadi” deb ko’rsatadi. Demak, tadqiqotchi bu tipdagi bo’laklar ishtirok etgan gaplarni , o’z istagiga qarshi to’liqsiz gap sifatida talqin etadi. Ularning to’liq shakli tiklanganda esa, mazkur bo’laklar “bor”, “ushlagan”, “ushlab turibdi” kabilar bilan so’z birikmasi hosil qilaveradi. Bunday holda ular odatdagi ikkinchi darajali bo’lak bilan teng bo’lib qoladi. Bunday izohlashda determinant hatto o’zining mustaqil sintaktik kategoriya sifatidagi qimmatini yo’qotishi mumkin.
Mustaqil holdagi ikkinchi darajali bo’laklarning qo’llanishi faqat yuqoridagi tip gaplargagina ( bir sostavli nominativ gaplar nazarda tutilmoqda – M.B) xos emas. Ular ikkala bosh bo’lagi (ega va kesimi) mavjud bo’lgan ikki sostavli gaplarda ham qatnashishi mumkin. Bunda ham hol yoki obьekt ma’nolarini anglatuvchi ikkinchi darajali bo’laklarning grammatik formasi gapdagi boshqa bulaklarga bog’liq bo’lmaydi (boshqa bo’laklar tomonidan boshqarilmaydi). Ko’rsatilishicha, “determinantlarning asosiy xususiyati avtonomlik (ular so’z birikmasi tarkibiga kirmaydi), prepozitivlik (ular, odatda, gap boshida keladi) va shu bilan bog’liq ravishda ma’noni ayrib ko’rsatish, ta’kidlashdir”. Olimning ishlarida determinantlar masalasi, ko’pincha, nominativ gaplarning ba’zi tiplarini asoslash bilan bog’liq holda hal etiladi. Ko’rsatilishicha, “hol va obьekt ma’nolarini anglatuvchi ikkinchi darajali bo’laklar (determinantlar – M.B) qatnashgan gaplar struktur jihatidan to’liqdir”. “Bunday gaplarda tushirilgan bo’lak sifatida taxminan biror fe’l so’zni kiritish zo’rma-zo’rakilik bo’ladi va bu hol ularning o’ziga xos xususiyatini , funksiyasini birmuncha o’zgartirib yuboradi”. Olimning ishlarida determinantlar haqiqiy ma’noda mustaqil, ya’ni tasavvurda ham biror bo’lakka bog’lanmaydigan bo’lak deb tushunildi, ularni farqlash grammatik me’zonlar asosida amalga oshiriladi. Determinasiya va determinantlarni grammatik
hodisa sifatida talqin qilishga intilish taniqli tilshunos A. G’ulomov ishlarida ham ko’zga tashlanadi. CHunonchi, uning M. Asqarova bilan hamkorlikda yozgan “Hozirgi o’zbek tili. Sintaksis” darsligida ham determinantlar mustaqil sintaktik kategoriya sifatida ajratiladi va alohida sarlavha ostida beriladi. A. G’ulomovning yozishicha, “keyingi vaqtlarda ikkinchi darajali bo’laklarning o’z funksiyasini bajarishdagi ayrim xususiyatlari asosida ularni ikki tipga ajratish fikri maydonga keldi: gapdagi biror bo’lakni kengaytiruvchi ikkinchi darajali bo’lak (o’z “odatdagi” funksiyasida keladigan to’ldiruvchi, aniqlovchi, hol) va butun gapni kengaytiruvchi ikkinchi darajali bo’lak (odatdagidan ko’ra boshqacharoq holatda keladigan to’ldiruvchi va hollar) .
Gapni bo‘laklarga ajratish nazariyalari.
Til qurilishining mohiyatini ochishda gap bo‘laklari muammosi o‘ziga xos o‘rin tutadi. Shuning uchun ham gap bo‘laklari nazariyasi tilshunoslarning hamisha diqqat markazida bo‘lib kelgan. Birgina gapning sintaktik qurilishida bosh
bo‘laklarning o‘rni masalasini olib ko‘radigan bo‘lsak, turli sintaktik nazariyalarda ularga turlicha yondashilganligini ko‘ramiz. “... bu masalada, asosan, uch nuqtai
nazarni qayd etish mumkin, ya’ni: 1) gapda ega absolyut hokim, kesim ham unga tobe; 2) ega va kesim o‘rtasida muayyan teng huquqlilik mavjud; 3) gapning haqiqiy “xo‘jayini” kesimdir
Hatto gap bo‘laklari tasnifi ham tilshunoslik tarixida turlicha yondashuvlarga
sabab bo‘lganligini kuzatamiz. Hozir fanimizda gapning tarkibiy (struktur)
qismlarini ajratishda:
a) bosh bo‘laklar, ikkinchi darajali bo‘laklar, bog‘lanmagan bo‘laklar;
b) bosh bo‘laklar, ikkinchi darajali bo‘laklar, uchinchi darajali bo‘laklar;
v) gap bo‘laklari va bo‘lakning bo‘laklari;
g) funksional va nofunksional (amaliy va noamaliy) bo‘laklar;
d) gapning markazi, gap kengaytiruvchilari va so‘z kengaytiruvchilari
kabilarni farqlash nazariyalari keng ommalashgan. Fanda shakllangan va ma’lum davr yashagan har bir ilmiy yondashuv va yo‘nalishning, har bir talqinning o‘ziga xos asosi mavjudligi fanlar tarixidan ma’lum. Shuning uchun fanda ko‘p yo‘nalishlilik shakllangan va rivojlangan davrda turli xil talqin va tavsiflarni qiyosiy o‘rganish, har bir yo‘nalishdan unumdor talqinlarni saralash va ulardan
sohaning chigal masalalari yechimini berishda oqilona va tadbirkorona foydalanish alohida ahamiyat va mohiyat kashf etadi va ilmiy taraqqiyotning keskin
ilgarilashiga va yuksalishiga turtki bo‘ladi.
Tadqiqotchi H. Usmonovaning “O‘zbek tilidagi gap bo‘laklarining pozitsion strukturasi” deb nomlangan doktorlik ishi sintaksisning eng chigal masalalaridan biri bo‘lgan shakl va mazmun, struktur va pozitsion asimmetriya yorqin namoyon bo‘ladigan masalalaridan biri gapning struktur qismlarini aksariyat gaplarda transformatsiyalangan bo‘laklar bilan to‘ldirish, gapning yuza qurilishida bunday bo‘laklarni ajratish, ularning ichki qurilishini hamda gapning umumiy qurilishidagi
o‘rnini aniqlashga bag‘ishlangan. Unda gapning struktur elementlarini (tarkibiy qismlarini) ajratishda struktur va pozitsion asimmetriya (tuzilish va mavqe
nomutanosiblik) muammosi nuqtai nazaridan yondashiladi
Sintaksis tarixida gapning tarkibi, uning tahlili har doim muhim o‘rin egallab
kelgan. Sintaksisning shunday fundamental muammolari - birlamchi sintaktik tahlil, sintaktik aloqalar tushunchalari, gap bo‘laklarining iyerarxiyasi, gapning tuzilishi prinsiplari har xil sintaktik maktablarda ko‘rib chiqilgan. Tilshunoslik sohasi rivojlanishi bosqichlarining har birida, gap bo‘laklarini ajratish masalasida xilma-xilliklar kuzatilgan. Qadimgi yunon olimlari sintaksisda mantiqiy yo‘nalish asoschilari bo‘lib,
ularning fikricha, darak gapning ma’nosi bu – mulohazani bildiradi, mulohaza esa shaxsiy – ma’noviy strukturaga ega: bir tarafda mulohaza bu – shaxs, ikkinchi tarafda ma’no. Mantiqiy yo‘nalish tarafdorlari gapning bosh bo‘laklari deb ega va kesimni belgilaydilar. Ega va kesim tushunchasini ular shaxs va ma’no bilan mantiqiy bog‘liq deb ta’kidlaydilar. Binobarin, gapda mantiqiy fikrlash
strukturasining aksini ko‘rish mumkin. Mantiqiy subyekt, grammatik subyekt bilan, ya’ni ega bilan o‘xshashdir. Mantiqiy fikr grammatik fikr bilan, ya’ni kesim bilan o‘xshashdir. Keyinchalik, Aleksandr davrida Dionisiy Frakiyskiy gapga tugallanmagan fikr so‘zlar birikmasi deya ta’rif berdi.
Yunon olimi Appoloniy Diskol ulkan e’tiborni sintaksis muammosi, ya’ni
gapdagi alohida so‘zlar tarkibiga qaratdi. Sintaksis nazariyasining rivojlanishida gapning tahlili va aniqlovchisi muhim o‘rin egalladi. Gap bosh va ikkinchi darajali bo‘laklarga bo‘lindi. Gap tahlilining bunday an’anaviy negizi qadimiy yunon tilshunoslaridan meros bo‘lib qolgan. Gap tahlili uning mantiqiy shakliga
qaratilgan. XIX asrning ikkinchi yarmigacha, ya’ni ratsional falsafiy rivojlanish .
H.Usmonova. “O‘zbek tilidagi gap bo‘laklarining pozitsion strukturasi” f.f.d. ilmiy darajasini olish uchun yozilgan va tilshunoslik hukm surgan davrda, mantiqiy yo‘nalish sintaksis sohasida alohida rivojlandi.
Tilshunoslik tarixida ratsional grammatikaning vujudga kelishi, grammatik
g‘oyalar rivojlanishining zaruriy bosqichi bo‘ldi. Birinchi ratsional yoki universal grammatika, 1660-yil Arno va Lanslo muallifligi ostida chop etilgan. Biroq, ratsional gramatikaning asoslari, tilshunoslikka psixologik tarafdan yondashgan namoyondalar tomonidan jiddiy tanqid qilindi. Ammo, uning barcha
kamchiliklariga qaramasdan, ratsional grammatika tilshunoslik rivojlanishida yangi bosqich ochdi va milliy grammatik udumlar vujudga kelishi va rivojlanishi uchun asos bo‘lib xizmat qildi. Keyingi davrda turli mamlakatlarda ko‘phadli “umumiy”, “falsafiy”, “ratsional” deya nom olgan grammatikalar paydo bo‘ldi.
Gap bo‘laklari haqidagi ta’limot nemis grammatikasiga Karl Bekkerning
“Organismus der sprache als Eibleitung zu der gramatik” (1827) asari bilan kirib keldi. Ungacha grammatiklar faktorlarga asoslangan holda faqatgina shaxs va ma’no tushunchasini mantiqan tahlil qilar edilar. Obyekt haqidagi tushuncha hali yaqqol tasvirlanmagan edi. Mantiqdan kelib chiqib Karl Bekker gap bo‘laklarining haqiqiy ta’limotini berishga erishdi.
Gap bo‘laklarining klassifikatsiyasini Bekker uch xil o‘zaro sintaktik
munosabat aniqlanadigan asosda tuzadi: ma’noviy, atributiv, obyektiv. Bekker o‘z ta’limotini rivojlantirish jarayonida gap bo‘laklarini 4ta: ega, kesim, to‘ldirovchi, aniqlovchi deb belgilaydi. Aytib o‘tish joizki, Bekkerning gap bo‘laklari sistemasi hozirgacha maktab ko‘p tillardagrammatikasida ishlatib kelinmoqda.
Rossiyada mantiqiy-gramatik yo‘nalishning namoyondasi F.I.Buslayev
(1818-1897) edi. Rus lingvistik an’anasida uzoq vaqtgacha F.I.Buslayev
tomonidan gapga “so‘zlar orqali bildiriladigan mulohaza” deya ta’rif berilgan.
Uning 1858-yilda nashr etilgan “Rus tilining tarixiy grammatikasi” asarida kesimsiz hukm ifodalana olmaganligi uchun ham tilda faqat kesimdan iborat gap mavjud, ammo faqat egadan iborat gap bo‘lmasligi ta’kidlanadi
Fikrning tildagi aks etish shakli – mantiqiy tahlil konkret tilning tarkibiga
borib taqaladi. Gapning strukturasi so‘zlarning bog‘liqligi, shakli, bo‘laklarning bog‘lanishi, grammatik qoidalar hisobiga hosil bo‘ladi. Gapning sintaktik
strukturasi gapning bo‘laklari, logik subyekt va predikat hisoblanadi. Gapning sintaktik strukturasini kuzatganda gap bo‘laklari faqatgina so‘zlarning o‘zaro morfologik ko‘rsatkichlari, gap qurilishida ikkilanish bo‘linishini isbotlaydi.
XIX asr oxiri XX asr boshlarida lingvistikada gapning psixologik
tushunchasi va turlanishi keng tarqalgan edi. XIX asr o‘rtalarida Vilgelm
Gumboldt g‘oyasi ostida tilshunoslikda psixologik nazariya mantiqiy yo‘nalish
ta’limotiga reaksiya sifatida vujudga keldi. Psixologik yo‘nalish tilshunoslari
nemis olimi G.Shteyntal va taniqli rus olimi A.A.Potebnya, birinchi bo‘lib mantiqiy sintaksisga qarshi tanqid bilan kirib keldilar.
A.A.Potebnyaga o‘xshab fikr va gapning o‘zaro bog‘liqligi haqidagi mantiqiy sintaksis namoyandalari qarashini tanqid qilib, grammatik mulohazaning umuman mantiqiy mulohazaga o‘xshashligi yo‘q deya ta’kidladi. A.A.Potebnya gapning aniqlovchisini aniqlashdagi qiyinchiliklarning talaygina obyektiv sabablarini belgilab qo‘ydi. A.A.Potebnya gap bo‘laklarini shaxsiy grammatik belgisi orqali aniqlashga harakat qildi.
Psixologizm G.Paul nazariyasida markaziy o‘rinni egallaydi. Paulning
aytishicha, gapning psixologik egasi ham, psixologik kesimi ham, aniq grammatik
shakli bilan bog‘langan emas va har vaqt uni o‘zgartirib turish mumkin. Gap grammatik va psixologik tarkibi jihatdan turli tillarda turli xarakterga ega, ya’ni tilning grammatik tuzilishiga bog‘liq
Gap muammolarining formal-grammatik rivojlanishi va o‘zgarishi nuqtai
nazaridan va uning bo‘linishida taniqli rus lingvisti F.F.Fortunatovning grammatik ta’limoti nufuzli o‘rin egallaydi. F.F.Fortunatov gapni so‘z birikmasidan
grammatik ega va kesimga egaligi bilan farqlaydi. U tilshunoslardan birinchi
bo‘lib so‘zni so‘z birikmalaridan ajratuvchi formal mezonlarni aniqlashga
muvaffaq bo‘ldi.
Gap bo‘laklarning ajratilishi nutq jarayonida muayyan gap bo‘laklari
mazmuni aniqlashtirish va jumlaning asosiy mazmuniga qo‘shimcha mazmunlar berishdir. Ajratilgan bo‘laklarga predikatsiya kamroq bo‘ladi. Har bir gap bo‘lagining ajratilishi va qo‘shimcha mazmunlarning hosil qilinishi o‘ziga xos xususiyatlarga ega. Shu bilan birga, mantiqiy obyekt (ega) predikat tushunchalari o‘zaro nisbiy bog‘langandir. Agar bu ikki tushuncha yakka holatda olinadigan bo‘lsa, hukm, ifodalay olmaydi. Masalan, yakka olingan “kino”, “film”, “kino” tushunchasi subyekt hukm, “san’at”, “art”, “iskusstvo” tushunchasi predikat hukm bo‘la olmaydi. Agar biz “kino san’atdir”, “film is art”, “kino iskusstvo” desak, bunda ikki tushunchaning o‘zaro dialektik munosabati ma’lum bir hukmni tashkil etadi, ya’ni, bunda “kino” hukmning subyekt elementi, “san’at”, “art”, “iskusstvo”
uning predikat elementiga aylanadi. Ammo gapning semantik tuzilishida faqat predikatning o‘zi ma’lum propozitsiyani ifodalab, u subyektni ham ko‘rsatib turishi mumkin. Yuqorida subyekt juda umumiy tushuncha ekanligi, uning juda ko‘p va xilma-xil vaziyat elementlarini o‘z ichiga birlashtirishi aytib o‘tildi. Ammo, lingvistik adabiyotlarda subyektning ma’nolar sistemasi turlicha talqin qilinadi.
Gapning aktual bo'linishi gapning formal bo'linishiga qarshi qo'yiladi.
Agar formal bo'linishda gap tarkibi gramm atik elem entlarga bo'linsa,
aktual bo'linishda gap m a’no jihatdan bo'linadi. Gapning formal bo'linishi-
ning asosiy elem entlari ega va kesim hisoblansa, aktual bo'linishining
asosiy elementlari gapning ifoda asosi, ya’ni m a’lum qismi ham da gapning
yadrosi, ya’ni xabar qilinayotgan qismi hicoblanadi. Bunda fikr m a’lumdan
nom a’lumga qarab harakat qiladi.
Determinantlar gapning aktual bo’linishi.
Gapning aktual bo‘linishida fikming m a’lum qismi ifoda asosi /b a ’zi
adabiyotlardatema, berilgan deb ham nomlanyapti/, nom a’lum qismi ifoda
yadrosi /b a ’zi adabiyotlarda tema, yangilik deb ham nomlanyapti/ deb yuriti-
ladi. Demak, gaprnng aktual bo'linishida gap ifoda asosi va ifoda yadrolariga
bolinadi: Xotin-qizlar xo‘jaligimizning barcha sohalarida faol ishlamoqdalar.
Bu gapda fikming m a’lum qismi — ifoda asosi — xotin-qizlar, n om a’lum qismi — ifoda yadrosi - xo‘jaligimizning barcha sohalarida faol ishlamoqdalar. Gapda so'zlar tartibi yoki logik urg'uning o'zgarishi bilan gapning aktual bo'linishining ham o'zgarishi mumkin. Qiyos qiling:
Q o'shm a gap, bir sostavli gap, to'liqsiz gap va bo'laklarga ajralmaydigan
gaplarga keyinchalik alohida to'xtalinadi.
Respublika oliy o'quv yurtlari talabalarining olimpiyadasi Toshkent da
bo'ldi. Toshkentda respublika oliy o'quv yurtlari talabalarining olimpiyadasi
bo'ldi. Birinchi gapda ifoda asosi - Respublika oliy o'quv yurtlari talaba
larining olimpiyadasi, ifoda yadrosi esa Toshkentda bo'ldi; ikkinchi gapda
esa ifoda asosi Toshkentda, ifoda yadrosi - respublika oliy o'quv yurtlari
talabalarining olimpiyadasi bo'ldi.
Anglatilayotgan fikr xarakteriga ko'ra, bir gap turlicha aktual bo'linishi
m um kin. Qiyos qiling: Erkin (sportda g'olib chiqdi — Erkin sportda)
g'olib chiqdi. Biz (odamzodning eng yaxshi farzandlari orzu qilgan zamonda
yashamoqdamiz — Biz odam zodning eng yaxshi farzandlari orzu qilgan
zam onda) yashamoqdamiz.So'z birikmasiSo'z birikmasi sintaktik ta ’lim otning tarkibiy qismi bo'lib, bunda so'zlarning o'zaro sintaktik aloqaga Idrituvchi vositalar, so'zlarning o'zaro bog'lanish usullari, so'z birikm alari vaularning tip la ri o'rganiladi.Semantik va grammatik jihatdan o'zaro sintaktik aloqaga kirishgan ikki yoki undan ortiq mustaqil so'zlar so'z birikmasi deyiladi.
So'z birikmasi nutq formasi bo'lib, ergashish va munosabatdorlashish
asosida hosil bo'ladi. Ergashish usuli bilan birikkan so'z birikmalari ham da
m unosabatdorlashish asosida tuzilgan so'z birikmalari, kom ponentining
m unosabatiga ko'ra, o'zaro farq qiladi.
Ergashish asosida tuzilgan so'z birikm alari hokim va tobe bo'lakdan
iborat bo'ladi: aniqlanib, to'ldirilib kelinayotgan b o 'lak hokim , aniqlab,
to'ldirib kelayotgan bo'lak tobe hisoblanadi. So'roq hokim bo'lakdan tobe
bo'lakka beriladi: Katta bino - qanday bino?
M unosabatdorlashish asosida tuzilgan so'z birikm alarida har ikki
kom ponent o'zaro munosabatdor: biribiriga hokim, biri birigatobe: Zul-
fiyaning kitobi.So‘z birikmasining kom ponentlari mustaqil so'zlardan bo'ladi. Yordamchi so'zlar, jum ladan, ko'm akchi so'zlar, so‘z birikmasining kom ponentlari boiolm aydi. K o'm akchi so'zlar o'zlari aloqador bo'lgan mustaqil so'z bilan birga so'z birikmasining bir kom ponenti bo'lib keladi: telefon orqali gaplashmoq. So'z birikmasi so'z, qo'shm a so'z, turg'un birikma va gaplardan farq qiladi.So'z leksik hodisa, so'z birikmasi grammatik hodisa. So'z, so'z birikmasi kabi, nominativ
funksiyabajarib, predm et, belgi, ish-harakatni um um an ifodalash uchun xizmat qiladi. So'z birikmasi esa predm et, belgi, ish- harakatni shu xildagi boshqa predm et, belgi, ish -harakatdan ajratib ifodalaydi. Qiyos qiling: Dala - ko'm -ko'k, ko'm -ko'k dala.So'z abstrakt m a’noli bo'lib, birikmaga kirishgach uning m a ’nosi
konkretlik to m o n siljiydi. S o'z tarixiy kategoriya b o 'lib , til birligi
hisoblanadi, so'z birikmasi esa nutqjarayonidagina hosil bo'ladi. Shuning
uchun ham u nutq birligi hisoblanadi.
Q o'shm a so'zlarning kom ponentlari o'rtasida gram m atik munosabat
yo'q, ular o'z leksik — semantik mustaqilligini yo'qotib, b ir bosh urug'u
olib, gapda bir sintaktik vazifani bajaradi. So'z birikmasining komponentlari
o 'rta s id a g ram m atik m un o sab at m avjud, u la r leksik — sem an tik mustaqilligini saqlab, o'z urg'usiga ega bo'ladi, gapda boshqa sintaktik
funksiyani bajaradilar.birikmalar butunligicha yaxlit holda qo'llanib, til birligi hisoblansa, so'z birikmasi nutqjarayonidagina hosil bo'ladi. So'z birikmasida-
gi so'zlar o'z m a’nosini saqlaydi, turg'un birikma /frazeologizm/dagi so'z
lar esa butunicha o 'z m a’nosidan ko'chgan yoki kom ponentlari-ning biri
o'z m a’nosini o'zgartirib yuborgan bo'ladi. Qiyoslang: q o 'l qo'ym oq —
daftarni qo'ymoq.Gap tuzish modellari, so'z birikmasi modellari kabi, til birligi bo'lib, konkret so'z birikmasi kabi, konkret gap ham nutq birligi hisoblanadi. So'z birikmasi nominativ kategoriya bo'lsa, gap komunikativ kategoriyadir.Sintagma. Sintagma gap ichida bir-birining ketidan kelib b ir nafas bilan aytiladigan so'zlar gruppasidir. Shuningdek, sintagm a bir so'zdan ham hosil bo'lishi m um kin, u ritm ik urg'uga ega bo'ladi, gap tarkibidagi sintagmalar bir-biridan pauza bilan ajraladi va sh. k.
Sintagma term ini tilshunoslikda ko'pincha faqat sintaktik m a’noda —
bir-biridan qisqa to'xtam orqali ajralib turadigan semantik— grammatik—
intonatsion butunlik m a’nosida qo'llaniladi. Lekin ayrim tilshunoslar bu
terminning doirasiga bir so'z tarkibidagi qo'shim chalarni, m orfem alarni
ham kiritadilar.N utqiy aloqaning eng sodda, eng boshlang'ich shakli b o ‘lgan ikki bo'lakning sintaktik munosabati sintagma deb ataladi. A.A. Reformatskiy ta ’rificha, ikki bo'lakdan iborat birikma sintagmadir, lekin bunday birikma- lardagi b o ‘laklaming m a’lum bir munosabatda bo'lishi (bog'lanishi), ifoda- langan maqsadga ko‘ra teng bo'lmaydi. Sintagma bo'laklari shulardan iborat bo'lishi mumkin: birinchidan, biri ikkinchisini aniqlab kelish yo'li bilan bog'langan ikki so'z-. qiziq xat, xat yozdim, chiroyli yozdim; ikkinchidan,
so'zning morfologik qismlari, m orfem alar, m orfem alarning birikuvi:
talaba+m an, bog‘bon+siz: uchinchidan gapning b ir bo'lagi b o'lib kelgan
so'z birikmalari: “O g‘riq tishlar”ni k o ‘rdik. Q o i uchi bilan ishlaydi.
Sintagma bo'laklari bir-biri bilan ikki xil m unosabatda: predikativ
m unosabatda va predikativ bo'lm agan m unosabatda bo'lishi mumkin.
Predikativ munosabat (bog'lanish) eng asosiy, eng m uhim munosabat
bo'lib, bunda ikki bo'lak bir-biri bilan vaqt va mayl jihatdan bog'lanadi.
Predikativ sintagma bog'lanishi jihatidan ikki x i l : tashqi (Oy chiqdi. Bola
uxlayapti. M ashina to'xtar) va yashirin ( Tun. Sovuq. D ahshat) bo'ladi.
Yashirin sintagma tashqi ko'rinishda bir xil bo'lakli bo'lsa ham , aloqa
vositasi sifatida tugal bir fikrni ifodalaydi.Predikativ bo'lm agan sintagm alar tubandagicha bo'ladi:Attributivli sintagma. Bunda aniqlovchi bo'lak aniqlanmishning biror
belgisini ko'rsatadi: yosh yigit, k o ‘m -k o ‘k data, charchagan odam.
Obyektli sintagma. Bu munosabatda izohlovchi (keng m a’noda) bo'lak
obyektini bildirib keladi: choy ichdi, xat yozuvchi, eshikni ochib.
Relyativli sintagma. Bunda izohlovchi bo'lak hokim bo'lak-harakatning
biror belgisini ko'rsatadi: yaxshi o ‘qiydi, sekin yur, q o ‘p ol gapirdingiz.
Sintagmaning bo'laklari moslashuv, boshqaruv va bitishuv yo'li bilan
bog'lanadi. Masalan: Yosh qiz ochilgan paxtani tez tera boshladi. Bu gap —
Yosh q iz/o ch ilg a n paxtani/ tez tera boshladi/ paxtani tera boshladik a b i
to 'rt sintagmadan iborat bo'lib, yosh qiz ochilgan paxtani tez tera boshladi
bitishuv yo'li bilan, paxtani tera boshladi — boshqaruv yo'li bilan
bog'langan. Faqat izohlovchi bo'lak emas. Bugapdagi sintagmalardan qiz
tera boshladi predikativ munosabat bilan, yosh qiz, ochilgan paxta(ni)
atributiv munosabat bilan, paxtani tera boshladi obyektli munosabat bilan,
tez tera boshladi, relyativ munosabat bilan bog'langandir.
So'z birikmasining sintagm adan farqlanuvchi taraflari quyidagicha:
Sintagma nutq bilan, gapirish jarayoni bilan bog'liq bo'ladi, u muay
yan ritm ik urg'u va pauza yordamida reallashadi, so'z brikmasida bunday
xususiyat yo'q.
2. Sintagmalar nutq jarayonida ritm ik gruppalar bilan bir-biridan
ajralarkan, ko'p vaqt o'zining hajmi va chegarasi e ’tibori bilan gapga ham,
so'z brikmasiga ham mos kelmaydi. Ayniqsa,bu fikr oddiy so'zlashuv tiliga
nisbatan to'g'ridir. Oddiy so£zlashuv tilida sintagmalar bir-biri bilan birla-
shib (qo‘shilib) ketishga moyil bo ‘ladi.
3. Sintagma birgina so'zdan ham tuzilishi mumkin, shuningdek, so‘z+
ko‘makchi kabi birikmalar ham sintagma hisoblanishi mumkin, am m o
so‘z birikmasida bunday xususiyat yo‘qdir.
4. Nutqdagi har qanday sintaktik hodisa ham sintagmatik kategoriyaga
taalluqli b o ‘ladi, so‘z birikmalarining har qanday tu ri ham , hech istis-
nosiz, sintagmatik kategoriyaga aloqador bo'ladi. Bog'lanishning faqat
tobelanish yo'li bilan birikkan turigina so‘z birikmalari bobida o'rganiladi.
5. Sintagma nutq jarayoni bilan bog'liq bo'lgan sintaktik birlik bo'lganligi
uchun (agar u birdan ortiq so'zdan tuzilgan b o ‘lsa)sintagmani tashkil qil-
gan komponentlar yonma-yon turm og'i shart, erkin so'z birikmasiga b un
day qoidani berib bo'lmaydi. qoida buzilgudekbo'lsa, bo'lakni sintagmatik
qavta ajratish kerak bo'ladi.
6. So'z birikmasidadoimiy ish ko'ruvchigranimatikqolip (model) mav
jud, sintagmatik bo'linishda bunday qolipning bo'lishi m um kin emas.
7. Sintaginada fonetik —stilistik talab birinchi o'rinda turadi, ya’ni sintag
m a nutq intonatsion mazmunining bo'linishi natijasida yuzaga keladi, bu
jihatdan so'z birikmasi undan sifat jihatdan keskin farqlidir.
Gapda so'zlarning o'zaro sintaktik aloqaga kirituvchi vositalar
G apda so'zlar turli vositalar yordamida sintatik aloqaga kirishadilar.
Bular quyidagilar:
1. Formal — grammatik vositalar. Bularga so'z o'zgartuvcMar/egalik,
kelishik, shaxs-son affikslari/ kiradi: mening kitobim, Zulfiyani ko'rm oq,
m en o'qidim.
2. Leksik — grammatik vositalar. Bularga ko'makchi, bog'lovchi, yukla-
ma, bog'lam alar kiradi: N azira uchun olm oq, daftar va qalam, keldi-da
ketdi, m en o'qituvchi bo'lam an.
3. So'zlar tartibi: katta bino — Bino katta.
4. Intonatsiya:
Pauza: katta /m evali daraxt - katta m evali/ daraxt.
Melodika — tovushning baland — past bo'lib toblanishi: Mahfuza keldi?
Logik urg'u: Men institutda o'qiyapman. M en institutda o'qiyapm an.
M en institutda o ‘qiyapman.Gapda so'zlarning o ‘zaro sintaktik aloqaga kirishish usuliariSo'zlar o'zaro tenglashish, ergashish, munosabatlashish, moslashish orqali sintaktik aloqaga kirishadi.
Tenglashishda sintaktik jihatdan teng bog‘lovchilar yordamida sintaktik
aloqaga kirishadi. Bunda ochiq va yopiq qator hosil bo'ladi: Zulfiya va Feruza
birga dars tayyorlashdi. /Yopiq qator./ Zulfiya, Feruza, Nargiza, Dinoralar
birga dars tayyorlashdi. /O chiq qator./
Ergashishda biri hokim, biri tobe bo'laklar sintaktik aloqaga kirishadi:
beshta daftar, vazifani bajarmoq.
M unosabatdorlashishda biri ikkinchisini taqoza qiladigan so'zlar
sintaktik aloqaga kirishadi. Bunda biri ikkinchisiga hokim, biri ikkinchisiga
tobe: Salimning daftari.Bu tip konstruktsiyalardabirinchi komponentning
belgisiz kelishi ham mumkin: institut kutubxonasi.
Moslashishda ega va kesim formasiga ko'ra, ya’ni shaxs — sonda mosla-
shadi: M eno'qidim . Siz keldingiz. Uchinchi shaxsda son jihatidan doimo
moslashish shart emas. qiyos qiling: Ular keldilar. —U lar keldi.
So'z o'zaro sintaktik aloqasi predikativ ham da noprediktiv bog'lanish
hosil qiladi. Moslashish predfaol bog'lanish, tenglashish, ergashish, m uno
sabatdorlashish noprediktiv bog'lanish hosil qiladi.
Tenglashish uyushiq bo'laklar, moslashish gap, ergashish va m unosa
batdorlashish so'z birikmasi hosil qiladi.
Ergashish boshqaruv va bitishuv usullarini o 'zid a birlashtiradi.
Boshqaruv. Bunda hokim bo'lak tobe bo'lakning m a’lum formada kelishini
talab qiladi. Bunda bog'lanish ham semantik, ham grammatik jihatdan yuz
beradi. Boshqaruvda tobe bo'lak kelishikli va ko'makchil i konstruktsiya shaklida bo'ladi. qiyos qiling: Zulfiyani ko'rmoq. Zulfiya uchun olmoq.
Bitishuv. Bunda tobe va hokim bo'lak grammatik ko'i'satikichlarsiz aloqaga
kirishib, semantik jihatdan bog'langan bo'ladi. Bitishuvda aloqa tartib va
intonatsiyadan bilimb turadi: katta bino; bu kitob; beshta qalam; tez o'qi-
moq; kulib gapirmoq: o'qigan bola.
Kirish koiistruksiyalarKirish koiistruksiyalar so'zlovchining gapning ayrim bo'laklari yoki butun ifodaga bo'lgan subyektiv munosabatini, emotsional tuyg'ularini ifodalaydi: Albatta, buyuk kashfiyotlar osonlikchatug'ilmaydi Yolqin akang bundan ham kattaroq bir unvonni ko'zlayapti, chamasi
Kirish vazifasida so'z turkum ida ajralib chiqib, faqat kirish vazifasida
ishlatiladigan so'zlar (masalan, shekilli, albatta, dem ak, modomiki kabi-
lar), m a’lum so'z turkum idan ajralib chiqmagan, kirish vazifasida ham
gap bo'iagi vazifasida ham qo'llanuvchi so'zlar (qisqasi, rost, aftidan,
oxiri kabilar) keladi.
Kirish konstruktsiyalar strukturasiga ko'ra 3 xil: kirish bo'laklar, kirish
birikmalar, kirish gaplar.
Kirish bo‘laklar. Bular bir so‘zdan iborat bo'lib, m a’lum so'z turkumi
bilan bog‘lanadilar. Shunga ko‘ra, kirish bo‘laklar quyidagi gaplarga bo'linadi:
A) ot tipidagi kirish bo'laklar: chamasi, taajub, modomiki, odatda,
oxiri, nazarimda, baxtimizga, baxtga qarshi, so'ziga ko 'ra kabilar;
B) olmosh tipidagi kirish bo'laklar: menimcha, seningcha, uningcha;
C) sifat tipidagi kirish bo'laklar: so'zsiz, to 'g'ri, durust, qisqasi,
tabiiy kabilar;
D) son tipidagi kirish bo'laklar: birinchidan, ikkinchidan kabilar;
E) ravish tipidagi kirish bo'laklar: dastlab, oxir, nihoyat, um um an,
asosan, aksincha kabilar;
F) fe’l tipidagi kirish bo'laklar: kechirasiz, bundan chiqdiki, anglashi-
ladiki, deym an kabilar.
Kirish birikmalar. Bular birikma holida bo'lib, ularning strukturasi
quyidagicha:
A) qaratuvchili kirish birikmalar: uning fikricha, buning ustiga, sening
nazaringda kabilar;
R) sifatlovchili kirish birikmalar: bir tom ondan, shu jum ladan kabilar;
C) to'ldiruvchili kirish birikmalar: menga desa, qisqasini aytsam,
to'g'risini aytganda kabilar;
D) holli kirish birikmalar: qisqacha aytganda, boshqacha aytganda,
ochiq gapirganda kabilar;
E) aniqlovchi va to'ldimvchili kirish birikmalar: uning so'ziga qaragan
da, sening gapingga qaraganda kabilar;
F) aniqlovchi va holli kirish birikmalar: uning ochiq aytishicha, uning
ochiq gapirishicha;
G) aniqlovchi, hoi va to'ldim vchili kirish birikmalar: uning ochiq
gapirishga qaraganda.
Kirish gaplar. Bular gap shaklida bo'ladi: Yolg'iz borishga, to'g'risini
aytsam, qo'rqam an. Ibrohimov, qurbon ota aytmoqchi, gullarni o 'z ilmidan bahram and qildi.
Kirish konstruktsiyalar quyidagilarni ifodalaydi:
1. So'zlovchining aytilayotgan fikriga bo'lgan munosabatini bildiradi.
Bunga albatta, ehtim ol, balki, shubhasiz, haqiqatan, darhaqiqat, baxti-
mizga, afsus, essiz, so'zsiz, chamasi, shekilli, toleimizga, koshki, baxtga
qarshi, muqarrar, ajab, to'g'risini aytganda, ochiq aytganda kabilar kiradi.
Bular quyidagi m a’nolarni anglatadi:
A) ishonch yoki tasdiqni (albatta, shubhasiz, so'zsiz, haqiqatan, dar
haqiqat, muqarrar kabilar): Haqiqatan, bu yil mashinada sakkiz yuz ellik
tonna terishga va’da berganmizDarhaqiqat, bugungi sayr um rbod
esda qoladigan bo'ladi.
B) gum onni (ehtim ol, balki, chamasi, shekilli, aftidan): Ehtim ol,
oram izdan eski qadrdonlar chiqib qolar. (“Abu Ali Ibn Sino qissasi” ..)
Telejkalar paxtani tashib ulgurmayapti, shekili.
C) shodlik, m am nunlikni (baxtimizga, toleim izga, xayriyat, shukur):
Baxtimizga, o ‘rtoq Davronov uchrab qolib, bizni bu erga ergashtirib kel
di. Xayriyat, bugun havo ochiq bo'ladi;
D) afsus, achinish, taajjubni (afsus, cssiz, nahotki, baxtga qarshi,
ajabki): Afsuski, hikoya oxirida Pavelning o'sha yili o'Iganini aytib o'tm og'im
lozim. (N.Ostrovskiy);
E) orzu — um idni (koshki, shoyad, koshkiydi): Koshki, akasi Y o'lchi
bo'lsaedi
2. Aytilayotgan fikming kimga qarashli ekanligini ifodalaydi. Bunga
m enim cha, fikrimcha, aytishlaricha, m a’lum bo'lishicha, uning so'ziga
qaraganda, uning qayd qilishicha, seningcha, nazarimda, sening gapingga
qaraganda kabilar kiradi:
Ernazar akaning aytishicha, bu yil saraton juda
issiq boshlandi Nazarimda, ro ‘zg‘or va oshxona ishlarini Dilzoda- xonning onasi qilar ekan.
3) Aytilayotgan fikrning tartibini ifodalaydi. Bunga birinchidan,
ikkinchidan, aw alo, nihoyat, oxiri kabilar kiradi: N ihoyat, go'zal kunlar-
ning birida zabardast odam bilan qudratli mashina cho'lning qoq o'rtasida
uchrashdi
4) Aytilmayotgan fikming oldingi fikr bilan aloqasini ifodalaydi. Bunga
deinak, xullas, xulosa qilib aytganda, anglashiladiki, shunday qilib, bari-
bir, binobarin, ko'rinadiki, ochiq qilib aytganda, qisqasi, bir so'z bilan
aytganda kabilar kiradi: Xullas, qo'shiq yana avjiga mindi. (Sh.R.) Shunday
qilib, tarixiy shartnom aga qo'l qo'yildi. (Ya.) Baribir, suv ham , gaz ham
o'sha ham ma uylargabitta trassadan boradi.
5) Aytilayotgan fikming, odatda, ro'y beruvchi hodisa ekanligini ifoda-
laydi. Bunga odatda, odat bo'yicha, odatga ko'ra kabilar kiradi: Odat bo'yicha,
shovqin solish, atrofidagilami bezovta qilish, asabiga tegish man qilinadi.
Kirish konstruksiyalar gap boshida, o'rtasida, oxirida keladi. Bu ular-
ning m a ’no va funksiyasiga bog'liq.
Kirish konstruksiyalarning b a ’zilari /dem ak, haqiqatan, darhaqiqat,
baxtimizga, to 'g 'ri kabilar/ ko'proq gap boshida, b a ’zilari /sh ekilli/ gap
oxirida, ko'pchiligi, ko'pchiligi esa gap o'rtasida keladi.
Kirish konstruksiyalar gapda b a’zan birdan ortiq kelishi ham mumkin:
Shunday qilib, M ahm ud, sening fikringcha, xalifaning Xorazmshohga
alohida iltifot qilib qolishi zamirida biror g'araz yo'qm i? — savol berdi
Beruniy. (”Abu Ali Ibn Sino qissasi” .)
Kiritma konstruksiyalarKiritma konstruksiyalar gap mazmuniga yoki uning ayrim bo'laklari m a’nosiga nutq jarayonida kiritilib, gap bilan logik — semantik jihatdan munosabatga kirishadilar.
Kiritma konstmksiyalar intonatsion jihatdan mustaqiffikkka ega bo‘ladi!ar.
Ular biror so‘roqqa javob bo'lmaydilar, sintaktik vazifa bajar-maydilar,
gap bolagi yoki qo‘shma gaplaming komponenti bo'lib hisob-lanmaydilar.
Kiritma konstruksiyalar tushunilishi qiyin yoki tushinilmaydigan so'z-
lar (dialektizm, professionalizm, term in, jargonizm , arxaizm, istorizm
kabilar) m a’nosini, ayrim leksik birliklarning talaffuzi va etimologiyasini
izohlash, so'zlovchining subyektiv — emotsional munosabatini ifodalash,
xabar manbaini ko'rsatish, qo'shim cha m a’lum otlar berish uchun xizmat
qiladi: Boshidagi qalam pir nusxa qora do'ppisi ham (na chust nusxaga
o'xshaydi, na m arg'ilon nusxaga) yangi. (Engil atletika bo’yicha
o'tkazilgan m usobaqada N azira Ermatova (Toshkentdan), Vali Nazarov
(Buxorodan), Vera Ivanova (Sm arqanddan) g'olib chiqdilar.
Kiritma konstruksiyalar, strukturasigako'ra, uch tipgabo'linadilar:
kiritma bo'lak, kiritma birikmalar, kiritma gaplar.
Kiritma bo'lak ayrim so‘z shaklida bo'ladi: G o'daklikdan shebr yod
ola boshiagan Alisher ajoyib natijaga erishdi. Ellik ming bayt / yuz ming i
satr she’rni yod oldi. (I.Sulton).
Kiritma birikmalar so'z birikmasi shaklida bo'ladi: u (safardan qaytgan
kishi)... juda mayda odatiy voqealarni ham qoldirmay so'zlar edi.
Kiritma gaplar gap shaklida bo'ladilar: Shu payt dumi kalta chavkar
ot mingan qora soqolli keksab irb ek (yuzi ayollarniki singari tu k sizb o 'l-
ganiaan, jangchilar o'zaro uni ko'sa deb atashardi) Husayinning yoniga
yugurib keldi.
Kiritma konstruksiyalar ko'pincha gap ichida, b a ’zan gap oxirida ke-
ladilar, gap boshida kelmaydilar.
Kiritmakonstmksiyalar gapning barchatiplaritarkibidakelishi mumkin.
Ba’zan bir gap (ko'proq murakkablashgan gaplar) tarkibida bir n e c h a
bo'lishi ham mumkin: Mehmonxonaga joylashib, soqol-mo'ylovlarni olib
(Ochil sho'x harakat bilan yuzini siladi), keyin agitator sifatida (u ko'kra-
gini kerdi) salobat bilan kirib bordim
С Jap kishi fikrini shakllantirishda, ifoda qilishda, boshqalarga bildirish-
da, umumiy fikr almashinuvda asosiy vositadir. G ap faqat m uhokam ani
bildirmasdan, istak,buyruq, so'roq kabi fikrlarni ham ifodalab keladi.
Nutq induvudial tabiatga ega bo’lganligi bois gapda ishtirok etayotgan so’zshakllar tarkibi ham erkindir. Biroq bu «erkinlik» hech qachon umumiy lisoniy qonuniyatlar doirasidan tashqarida bo’lmaydi. So’zlovchining maqsadi, uslub talablari asosida so’zshakllar umumiy tartibga ega bo’ladi.
Har qanday nutqiy gap, o’zida ma‘lum voqelikni ifodalash bilan birga, so’zlovchining axborat maqsadini ham namoyon qiladi. Masalan, Jamshid maktabga ketdi gapida, Jamshidning maktabga ketishi voqeligi qayd qilinishi bilan birga, so’zlovchining tinglovchiga Jamshidning qaerga ketganligi haqidagi ma‘lumotni yetkazish niyati ham o’z aksini topgan. Shu boisdan gap Jamshid qaerga ketdi? so’rog’iga javob bo’ladi. Demak, ushbu gapdagi voqelik Jamshidning qaerga ketganligi emas, balki kimning qaerga ketganligi, so’zlovchining axborot maqsadi esa Jamshidning qaerga ketganligi haqidagi ma‘lumotni tinglovchiga yetkarishdir.
Gapni Maktabga Jamshid ketdi shaklida o’zgartirsak, voqelik oldingi gapdagi bilan bir xil, biroq so’zlovchining axborot maqsadi Maktabga kim ketdi? so’rog’i orqali muayyanlashadi. Birinchi gapda harakatning yo’nalishi, ikkinchi gapda harakatning bajaruvchisi axborot mo’ljalidir. Gapning axborot vazifasi nuqtai nazaridan tuzilishi aktual tuzilish deyiladi. Aktual tuzilmaning tarkibiy qismlari aktual bo’laklar deyiladi.
Aktual vazifa nuqtai nazaridan gapni tashkil etuvchi unsurlar tema (ma‘lum) va rema (yangi) qismlarga bo’linadi. Gapning rema qismi kommunikativ (axborot) nuqtai nazardan ahamiyatli bo’ladi. Savol ana shu remani aniqlash uchun beriladi. Gapning tema qismi ma‘lum bo’lganligi so’roq gapda aynan takrorlanadi.
Determinantlarning ba’zi xususiyatlari
1. Bularning “odatdagi” bo’lak holatidagi sintaktik aloqasi (hokim komponent bilan bo’lgan sintaktik aloqasi) nisbatan kuchsizlanadi. 2.Funksiyasi nisbatan, bir oz mustaqil tus oladi: gapni butunligicha kengaytiruvchi bo’lib o’qiladi. 3. Ko’pincha, gap boshida , ega – kesimdan avval keladi, shunga tegishli bo’ladi – shuni kengaytiradi. Hokim komponent bilan distant holatda bo’ladi. 4. Determinant vazifasida to’ldiruvchi va hollar (odatda, o’rin va payt hollari) keladi. 5. Uning tobelik holati ifodalanmagan yoki noaniq ifodalangan bo’ladi”. Ta’kidlash lozimki, A. G’ulomning determinantlar haqidagi mavjud fikrlarida ba’zan oydinlik etishmaydiganga o’xshaydi. CHunonchi, u determinantlarni mustaqil grammatik kategoriya sifatida alohida ajralsaa ham, amalda, uni xarakterlovchi grammatik belgilarini ko’rsatishda qat’iy va izchil yo’l tutmaydi, ikkilanadi, determinatlarni odatdagi ikkinchi darajali bo’laklarga yaqinlashtirib harakterlaydi. Uni “sintaktik aloqasi nisbatan kuchsizlangan”, “tobelik holati ifodalanmagan yoki noaniq ifodalangan” bo’lak deb hisoblaydi. Bu hol ularni alohida ikkinchi darajali bo’lak emas, balki odatdagi ikkinchi darajali bo’lak yoki uning juz’iy bir ko’rinishi deb xulosa chiqarishga asos bo’lishi mumkin. Vaholanki, determinantlarni alohida kategoriya sifatida belgilash uchun ularni odatdagi tobelik aloqasi mutloqo uzilgan va sifat jihatdan yangi bir aloqada bog’lanadigan element sifatda harakterlash lozim bo’ladi. Determinatlarni grammatik hodisa sifatida izohlash S.V. Saidahmedovning nemis va o’zbek tillaridagi determinant bo’lakli nominativ gaplarni qiyosiy o’rganishga bag’ishlangan maqolasida ham kuzatiladi. Biroq bunda muallif o’ziga xos pozisiyani tutadi: deterinantlar faqat mavjudlik ma’nosini ifoda etuvchi bir sostavli nominativ gaplar uchungina xos bo’luvchi bo’lak sifatida izohlanadi. Bu determinantlarga berilgan ta’rifda ham ochiq ko’rinadi. Determinantlar, uning ko’rsatishicha, gap grammatik asosining (bu o’rinda - mavjudlik ifoda etuvchi nominativ gaplar bosh bo’lagining) “konkretlashuvchisi” sanalsa-da , u bilan hech qanday sintaktik aloqaga
kirishmaydi. Bizningcha, bunda sintaktik aloqaning mavjudligini inkor etmay, uning boshqa aloqalardan farq qilishini , maxsusligini e’tirof etish o’rinli hisoblanadi. SHuningdek, “Bir guruh jangchilar tepalik ostida” tipidagi gaplarda “tepalik ostida” bo’lagi ham determinant sifatida qaralaveradi. Bunday ko’rinishlar determinant emas, kelishikli otning kesim vazifasida kelishi tarzida tushunilsa, to’g’ri bo’ladi. Biroq filologiya fanlari nomzodi, dosent M.Boshmonov tomonidan ilgari surilgan va o’zining tadqiqiqy asosiga ega bbo’lgan determinant bo’laklar masalasi hozirgi kunga qadar tilshunoslik darsliklarida rivojlantirilmay kelinayotir. Yoki bu til taraqqiyotiga aks ta’sir etadimi? Bizningcha bunday emas va mazkur sintaktik hodisani talaba va o’quvchilarga etkazish, tushuntirish vaqti keldi deb hisoblaymiz va maktab ta’limiga oid manbalardan ham o’rin olsa foydadan xoli bo’lmaydi, albatta. Gapda biror so‘roqqa javob bo‘lgan vao‘zaro tobе boG‘langan so‘z yoki so‘z birikmasi gap bo‘lagi dеb ataladi. Gap bo‘laklarini bеlgilashda asosiy xususiyat ular orasidagi sintaktik aloqadir. So‘zlarga so‘roq bеrish, ularning qaysi turkumga mansubligi, gap ichida joylashish tartibi, qanday qo‘shimchalar olishi tom ma'noda gap bo‘laklarining turlarini bеlgilashda asos bo‘la olmaydi. Gap bo‘laklarining turi odatda bir-biriga nisbatan aniqlanadi: ega kеsimga nisbatan, aniqlovchi aniqlanmishga nisbatan, hol hollanmishga nisbatan, to‘ldiruvchi to‘ldirilmishga nisbatan aniqlanadi. Nisbat bеriluvchi bo‘lak bo‘lmas ekan, u yoki bu gap bo‘lagi haqida gapirish mumkin emas. Gap bo‘laklarining gap tarkibidagi mavqei bir xil emas. Ba’zi gap bo‘laklari gap qurilishida markaziy o‘rinni egallaydi, bunday bo‘laklarsiz fikr anglashilmaydi. Ayrim bo‘laklar esa gap qurilishida asosiy rol o‘ynamaydi, ularning ishtirokisiz ham bosh bo‘laklar orqali fikr anglashilaveradi. Shunga ko‘ra gap bo‘laklari ikki turga ajratiladi:
1) bosh bo‘laklar;
2) ikkinchi darajali bo‘laklar.
Bosh bo‘laklar gapning grammatik asosini tashkil qiladi. Fikr, asosan, gapning grammatik asosi orqali ifodalanadi.
Ikkinchi darajali bo‘laklar gapning grammatik asosini tashkil qilmasdan, uni hajm jihatdan kengaytiradi yoki so‘z birikmasini shakllantirish uchun xizmat qiladi.
Ikkinchi darajali bo‘laklar bosh bo‘laklar bilan yoki o‘zaro tobe aloqada bo‘lib, ularni izohlash, aniqlash, to‘ldirish uchun xizmat qiladi.
Bosh bo‘laklar ega va kesimdan iborat. Ikkinchi darajali bo‘laklar aniqlovchi, to‘ldiruvchi va holdir.
Gap nutqiy hosila sifatida xilma-xil, cheksiz ko’rinishlarga ega. Lekin ular qanchalik turlanmasin, lisoniy sathda umumiylikka ega bo’ladi. Bu umumiylik – gapning eng kichik sintaktik qolipi. Gapning eng kichik sintaktik qolipini aniqlash uchun gap nosintaktik hodisalardan holi qilinadi va fikrni ifodalay oladigan hokim bo’lak – kesim vazifasidagi so’z shakli qoladi. Ayni shu so’z shakli uchun jahon tilshunosligida [WPm] qolipi qabul qilingan. Gapning umumiy qolipini tiklashda, shakllantirishda barcha atov birliklari uchun umumiy bo’lgan bitta xususiyat – “atash ma’nosi” va unga kesimlik maqomini beruvchi vositalar uchun “kesimlikni shakllantirish” vazifa va ma’nosi olindi. Zero, bu qolipning tarkibiy qismi bo’lgan [W] ning ham [Pm] ning ham o’ziga xos minglab juz’iy xususiyatlari mavjud. Tadqiqotchi M. Abuzalova [W] ni ifodalanish shakllariga ko’ra dastlab ikki turga bo’ladi: 1. Ot, sifat, son, olmosh turkumiga oid so’zlarning [W] vazifasida kelishi. 2. Fe’lning [W] vazifasida kelishi. Nutq bosqichida esa kesimning ot yoki fe’l bilan ifodalanish xususiyatlari Omonturdiev tomonidan o’z vaqtida tadqiq qilingan. U “kesim fe’l bilan ham, ot bilan ham ifodalasa ham predikativlikni ifodalashi, ega haqidagi hukmni bildirishi”ni aytgan. E. Benvenist esa fe’l predikat bilan birga ot predikat mavjudligini e’tirof etadi. T. Akramov lisoniy sathda ot so’z turkumi kesim vazifasida ham kelishini va bunda eganing belgisini bildirishini ta’kidlaydi. “O’zbek tilida ham ot kesim sifat, son, va ravishlardan ifodalanib, egadan anglashilgan shaxs, predmet, hodisaning predmetlik belgisi, sifat-xususiyati,
jinsi, holati, son-miqdori, mavjudligi o’rni, materiali va shu kabi xilma-xil belgilarni bildiradi. Ko’rinib turibdiki, kesimning ot yoki fe’l bilan ifodalanish xususiyatlari nurq bosqichida keng o’rganilgan. Shu sababli quyida gap markazini – kesimni – otli yoki fe’lli kabi turlarga ajratib [WPm] ning [W] qismi nutqiy voqelanishi – ifodalanish shakllari ko’rsatib o’tiladi. 1. Yig’iq gapning nutqiy voqelanishida [W] ning fe’l bilan ifodalanishi: O’qiding. Borgin. Keladi. Kuylasin. Sotib oldim.
3. Yig’iq gapning nutqiy voqelanishida [W] ning ism bilan ifodalanishi:
ot bilan: O’qituvchiman. Shifokordirsiz
sifat bilan: CHiroylidir. Tiriksan. Nodonsan.
ravish bilan : Og’iroyoqman. Hayronman
son bilan: O’ntamiz. Birinchisiz. O’ttizdaman
olmosh bilan: Menman. O’zingsan
SHuningdek, mazkur vazifada sodda so’zlar bilan birga, qo’shma so’zlar, so’z birikamalari , frazemalar ham kela oladi va [W] ning aksidebsiyalarini namoyon qiladi, ularning barchasi xususiylik sifatida bir qator o’ziga xosliklarga ega bo’ladi. Masalan: [W] vazifasida: a) qo’shma so’zlarning kelishi: Ustabuzarmonsan. Olib qochdim. Ishlab chiqardi; b) frazemalarning kelishi: Yuragi yorila yozdi. Kapalagi uchib ketdi. Ko’zim tushdi. Ko’zlari to’rt bo’ldi kabi [Pm] ham tasdiq-inkor, zamon, mayl, shaxs-son ko’rsatkichlarini o’zida mujassamlashtirgan yaxlitlikdir. Bu ko’rsatkich bir butunlik sifatida umumiylik deb olinadigan bo’lsa-da , uning ham o’ziga xos ifodalanish shakllari bor. Bu haqda yuqorida qisman to’xtalindi. Bu shakliy turli-tumanlik faqat nutqda mavjud bo’lib, ularning birortasi ham gapning sintaktik qurilishiga ta’sir etmaydi. M. Abuzalova o’zining nomzodlik ishida [Pm] ni strukturasiga ko’ra uch turga bo’ladi: 1. [Pm] ma’nolarining yig’iq ifodalanishi: a) fe’l kesimlarda:
Yoz. Yozgin. Boray. B) ot kesimlarda: O’qituvchiman. 2. [Pm] ma’nolarining yoyiq ifodalanishi: a) fe’l markazli gaplarda: YOzmasaydingiz; b) ot markazli gaplarda: O’qituvchidirman. 3. [Pm] ma’nolarining tafsiliy(analitik) ifodalanishiga: a) fe’l [W]li gaplarda: O’qisa bo’ladi. Olgan bo’lsangiz; b) Ot [W]li gaplarda: Bahor bo’lsa. Bahor edi kabi misollarni keltiradi.
Xulosa
Ona tili fani o’qitishning asosiy vazifasi o’quvchilarni erkin, ijodiy, mustaqil
fikrlarini og’zaki va yozma shaklda, adabiy til me‘yorlari asosida to’g’ri ifodalay
oladigan, bir ma‘noni turli shakllarda bera bilish ko’nikmasi shakllangan adabiy
nutq me‘yorlarini egallagan yetuk mutaхassislarni tarbiyalab yetkazishdir. Har
qanday fikrlar bayoni bo’lgan muloqot asosida to’g’ri tuzilgan nutq yotadi. Ona tili
uning nazariy qoidalarini bilmasdan turib, nutqni to’g’ri tashkil etib bo‗lmaydi.
Nutqni to’g’ri tashkil etishda gap, xususan, gap bo’laklari muhim ahamiyatga ega.
Gap bo’laklariga ajratish biroz muammoli jarayon bo’lganligi sababli gap
Bo’laklarini o’qitishda aniq metod va usullarga tayangan holda dars jarayonini
To’g’ri tashkil etish ahamiyatli sanaladi. Ona tili darslari ―mazmun-mohiyat-usulvosita o’quvchi o’qituvchi munosabati‖ birligiga tayangan holda olib boriladi.
Xo’sh, mavzumizga asoslangan holda qanday metodlardan foydalanish maqsadga
muvofiq bo’ladi? Albatta, bir qancha metodlarni bunga misol qilib keltirish
mumkin, ular orasida interfaol metodlar va muammoli ta‘lim metodlaridan
foydalanish ko’zlangan natijalarga erishishda ko‗mak beradi.
Gap bo’laklarini o‗qitishning mazmuni, - deb nomlangan birinchi bobda gap
bo’laklarini o’qitishning nazariy asoslari, darsliklar darsni tashkil etishdagi
ahamiyati haqida ma‘lumotlar berildi. Birinchi bobning birinchi faslida gap
bo’laklarining tarixi, gap bo‗laklari ajratishda ilgari surilgan nazariyalar, sinxron
planda aks etgan tasnif, bu jarayonda hissa qo’shgan olimlar haqida fikr yuritildi.
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati
1. Abdullaev A., Abdullaev H. Hozirgi o’zbek adabiy tilida gap bo’laklarining
ifodalanishiga doir. 1967.
2. Abdullaev H. Gap bo’laklarining strukturasiga ko’ra tasnifi masalasiga
doir//O’zbek tili va adabiyoti, 1974
3.Abdurahmonov X,, SHodmonov E. O’zbek tili. 1982
4.Abdurahmonov G’. va boshqalar. Hozirgi o’zbek adabiy tili. -
1979.
5. Ahmedova S. Ba’zi sintaktik sinonimlarning strukturasi haqida//Sovet
maktabi, - 1968..
6. Boltaboeva X. Ravishdosh tipida ajratilgan bo’laklar//O’zbek tili va
adabiyoti, - 1968.
7. Boshmonov M. O’zbek tilida determinant bo’laklar//O’zbek bek tili va
adabiyoti, - 1982
Do'stlaringiz bilan baham: |