Homo economicus



Download 0,83 Mb.
Pdf ko'rish
bet33/41
Sana08.06.2022
Hajmi0,83 Mb.
#644631
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   41
Bog'liq
Antropologiya

Mehnatda begonalashuv.
Mehnat muayyan mahsulotda o’zining tadrijiy 
ifodasini topadi. Mehnat mahsuli ikki tomonlama xususiyat kasb etadi: u inson 
mehnat jarayonida o’zlashtirgan tashqi dunyo predmetlari va munosabatlarini, 
hamda insonning mahsulotda o’z moddiy ifodasini topgan jismoniy va ma’naviy 
kuchlarini qamrab oladi. Mehnat mahsulining mazkur xususiyati inson borlig’ining 
o’ziga xos holati sanalgan begonalashuv sabablarini tushuntiradi. 
Begonalashuv 
shunday bir holatki, unda inson o’z faoliyati, uning natijalari va o’z-o’ziga 
begona bo’lib qoladi
. Mehnat muqarrar tarzda begonalashuv bilan bog’liq, chunki 
insonning ijtimoiy borlig’i shunday sharoitlar va vaziyatlarni yuzaga keltiradiki, 
inson o’z mehnati mahsullarini boshqa odamlarga topshirishi va shu tariqa o’z 
faoliyati, uning natijalari va o’z-o’ziga begona bo’lib qolishi lozim (yoki bunga 
majbur) bo’ladi. (Ma’lumki, inson faoliyatda o’zining muhim kuchlarini 
moddiylashtiradi.) 
Begonalashuv mehnat taqsimoti va faoliyat almashinuvi, shuningdek ijtimoiy 
ne’matlarni taqsimlash zaruriyati bilan belgilanadi. Garchi begonalashuv tarixan 
muayyan shakllarga ega bo’lsa-da, uning mohiyati bir – ayrim odamlarning boshqa 
odamlar kuchi, vositalari va faoliyat natijalarini o’zlashtirishdir. Shu sababli 
mehnatning shaxs hayotidagi roliga munosabat ham shak-shubhasiz ijobiy bo’lishi 
mumkin emas. Mehnat xususiyatiga baho berishda mehnatga rag’bat ayniqsa 
muhim o’rin tutadi. Inson mehnati zamirida zaruriyat taqozosi, majburlov yoki 
ichki da’vat, ayni shu mehnat turi bilan shug’ullanishga bo’lgan ehtiyoj yotishi 
mumkin. Inson mehnatni lazzat sifatida ham, la’nat sifatida ham idrok etishi bejiz 
emas. Qo’li-qo’liga tegmay mehnat qilish, tirikchilikni deb o’ziga ma’qul 
bo’lmagan kasb-kor bilan shug’ullanish, ijtimoiy tengsizlik va kasb kasalliklari 
ta’sirida insonning deformasiyalanishi va shaxssizlanishiga sabab bo’ladi, uning 
o’z imkoniyatlarini ro’yobga chiqarishi va o’zini o’zi kamol toptirishiga monelik 
qiladi.
Shunga qaramay, mehnat inson hayotining boqiy va tabiiy omilidir, chunki u 
faoliyatning odamzot o’z ehtiyojlarini qondirish uchun narsalar yaratadigan birdan-
bir shakli hisoblanadi. Shu sababli insonning butun faoliyati ko’pincha maqsadga 
muvofiqlik, moddiylik, unumdorlik, samaradorlik, amaliylik, tabiat va jamiyat 
kuchlarini o’zlashtirishga qaratilganlik bilan tavsiflanadigan mehnatga 
tenglashtirilishi bejiz emas. Ammo inson faoliyatini faqat mehnat bilan bog’lash 


ham to’g’ri bo’lmaydi. Mehnat – muayyan natijaga erishishga qaratilgan faoliyat, 
ammo u majburlovdan xoli bo’lishi va insonga natijadan qat’iy nazar, mehnat 
jarayonining o’zi bilan quvonch baxsh etishi ham mumkin. Bunday mehnatda 
begonalashuvga chek qo’yiladi. Ammo faoliyat ham faqatgina mehnat bo’lib 
qolmaydi va ayni vaqtda o’yin sifatida ham amal qiladi. Favqulodda hollardagina 
mehnat va o’yin faoliyatning alohida va mustaqil shakllari hisoblanadi, amalda ular 
faoliyatning ikki o’zaro bog’liq va bir-birini to’ldiruvchi, faoliyat mahsullarida va 
insonning o’zida aks etuvchi tomonlarini tashkil etadi. Ammo mehnat va o’yin 
dialektikasini tushunish uchun avval o’yin nima ekanligini aniqlab olish lozim.
O’yin.
O’yin – shunday bir faoliyat shakliki, unda inson o’zining odatdagi 
funksiyalari yoki predmetlar va mehnat qurollaridan amaliy foydalanish 
chegarasidan chetga chiqadi. O’yin odatda «jiddiy» faoliyat va amaliy maqsadlarga 
qarshi qo’yiladi. U moddiy foyda yoki zaruriyat omilidan qat’iy nazar, muayyan 
joy, vaqt va ma’no doirasida yuz beradigan jarayon sifatida tavsiflanadi. Odatda 
o’yinning ijobiy emosional ahamiyati qayd etiladi. U insonning barcha – jismoniy 
va ruhiy kuchlari yuksalishi, ko’tarinkilik kayfiyati hukm surishi bilan tavsiflanadi, 
chunki u o’yin xususiyatiga ega bo’lmagan harakatlar natijasida yuzaga kelgan 
zo’riqish holatini bartaraf etib, insonga haqiqiy quvonch baxsh etadi.

Download 0,83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   41




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish