Homo economicus


Interiorizasiya mexanizmi



Download 0,83 Mb.
Pdf ko'rish
bet30/41
Sana08.06.2022
Hajmi0,83 Mb.
#644631
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   41
Bog'liq
Antropologiya

Interiorizasiya mexanizmi
. Yuqorida qayd etilganidek, faoliyat insonning 
dunyoga va o’z-o’ziga bo’lgan munosabatining universal, umumiy usulidir. Ammo 
inson qay tarzda ish ko’rmasin, o’z faoliyatida qaysi vazifalarni hal qilmasin, uning 
barcha elementlari: faoliyat predmeti, vositalari va jarayoni doim ramziy tabiatga 
ega bo’ladi. Til, ya’ni so’z eng universal ramz hisoblanadi. XIX asr oxirida tilga 
ijodning birinchi mahsuli deb tavsif berilgan. Verbal (og’zaki) til va noverbal til 
(imo-ishoralar, kiyim-kechak va zeb-gardonlar, san’at va etiket tili) mavjud. 
Tilning bu ikkala turini ham biz bolalikdan o’zlashtiramiz va inson o’zgartirgan 
tabiat dunyosida, ijtimoiy munosabatlar dunyosida, madaniyat dunyosida til 
yordamida mo’ljal olamiz.
Tilda uch element: ovoz, ma’no va obraz farqlanadi. Ma’noning moddiy 
ifodalovchilari sanalgan ovoz yoki grafik tasvir so’zga xosdir. O’zga ramzlar 
butunlay boshqacha moddiy ifodalovchilarga ega bo’lishi mumkin (mehnat amali, 
imo-ishora, rasm-rusum, rassom asarining elementlari va sh.k.). Shunga qaramay, 
1
Фромм Э. Духовная сущность человека. Способность к добру и злу // Человек и его ценности. – М., 1988. – 
С. 56. 


har qanday ramzlarning qolgan barcha elementlari umumiydir: moddiy 
ifodalovchi, ma’no va obraz shular jumlasidandir. Faoliyatning hissiy idrok 
etiladigan har qanday elementi moddiy ifodalovchi bo’lishi mumkin. Masalan, 
so’zda bu ovoz yoki grafik tasvir, lekin bunday ifodalovchi vazifasini imo-ishora, 
mehnat amali yoki boshqa har qanday shunga o’xshash signal ham bajarishi 
mumkin.
Ma’noda insoniyatning o’tmishdagi tajribasi mujassamlashadi. Har qanday 
ramz ma’nosi insoniyat uchun umumiy xususiyat kasb etadi, ayrim turdagi 
narsalar, aloqalar, munosabatlar yoki harakatlarning shartli, konvensional 
mustahkamlangan ifodasi hisoblanadi. Inson faoliyat jarayonida madaniy 
ramzlarning ma’nolarini anglab yetar ekan, o’zini qurshagan dunyoni boshqacha 
idrok eta boshlaydi, chunki unda har qanday hodisani uning so’zdagi ifodasi bilan 
bog’lashga ehtiyoj va qobiliyat yuzaga keladi. Ma’nolar inson ongida dunyoni aks 
ettiradi.
Obraz – narsa yoki hodisaning o’ziga xos ma’nosi bo’lib, u har qanday 
ramzning haqiqiy ma’nosidan ancha farq qilishi mumkin. Masalan, «tuz» so’zi 
hamma uchun ayni bir ma’noni anglatadi – u barcha odamlar ovqatga qo’shib 
iste’mol qiladigan moddani ifodalaydi. Ammo kimyogar, yozuvchi yoki oshpaz 
uchun «tuz» so’zi butunlay boshqacha ma’no kasb etishi mumkin. Oshpaz tuzda 
ovqatga xushxo’r bo’lishi uchun solinadigan qo’shilmani ko’radi, kimyogar tuz 
deganda ionli tuzilish xos bo’lgan kimyoviy birikmalar turkumini tushunadi va h.k. 
Xullas, har qanday so’z ko’plab ma’nolarga ega bo’ladi. Obraz – haqiqiy ma’no va 
ayrim ma’noning shaxs manfaatlari va ehtiyojlari, uning tuyg’ulari va mayllari 
mujassamlashgan o’ziga xos sintezidir.
Inson faoliyati o’z tabiatiga ko’ra madaniydir, til ramzlari esa madaniyatning 
muhim boyligi hisoblanadi. Inson faoliyat jarayonida tashqi madaniy ramzni 
o’zlashtirar ekan, nafaqat rang-barang mehnat qurollaridan foydalanishni, balki 
ularning boshqalar va o’zi uchun ahamiyatini anglashni ham o’rganadi. Madaniyat 
ramzlari psixologik vositalar hisoblanadi: inson mehnat qurollaridan ularning asl 
mazmuniga muvofiq foydalanish orqali tabiat dunyosini o’zgartirishi mumkin. 
Ammo mehnat qurollari inson uchun muayyan ahamiyat kasb etadigan ramzlar 
ham sanalgani bois, odamzot ularning yordamida o’z ruhiy funksiyalari – zehni, 
irodasi, tafakkurini ham boshqaradi. Ayni shu sababli insonning tabiiy iste’dodi 
aynan faoliyatda namoyon bo’ladi, uning qobiliyatlari shakllanadi va ehtiyojlari 
qondiriladi.

Download 0,83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   41




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish