SAKKIZINChI BO‘LIM
ATAMALARNING HUQUQIY MA’NOSI
|
Ancha miqdor
|
—
|
bazaviy hisoblash miqdorining yuz baravaridan uch yuz baravarigacha bo‘lgan miqdor.
|
|
Ancha miqdordagi zarar
|
—
|
bazaviy hisoblash miqdorining yuz baravaridan uch yuz baravarigacha bo‘lgan miqdordagi zarar.
|
Boshqa huquqiy ta’sir chorasi
|
—
|
jazo hisoblanmaydigan, lekin ushbu Kodeksda nazarda tutilgan chora (voyaga yetmagan shaxslarga nisbatan qo‘llaniladigan majburlov choralari, tibbiy yo‘sindagi majburlov choralari).
|
|
Valyuta operatsiyalari
|
—
|
valyuta qimmatliklariga mulk huquqining birovga o‘tishi bilan bog‘liq operatsiyalar, shu jumladan tashqi iqtisodiy faoliyatni amalga oshirishda chet el valyutasidan, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi pul birligidan to‘lov vositasi sifatida foydalanish bilan bog‘liq operatsiyalar; valyuta qimmatliklarini chet eldan O‘zbekiston Respublikasiga keltirish va jo‘natish, shuningdek ularni O‘zbekiston Respublikasidan chetga olib chiqish va jo‘natish; xalqaro miqyosda pul o‘tkazish operatsiyalari.
|
Do'stlaringiz bilan baham: |