20-savol
Huquq va axloq oʻrtasidagi munosabatlar oddiy emas, shuning uchun uni tahlil qilish quyidagi toʻrt komponentni tahlil qilishni nazarda tutadi:
birligi va oʻxshashligi;
farqli tomonlari;
oʻzaro taʼsiri;
qarama-qarshiligi.
Huquq va axloq oʻrtasidagi munosabatlarning har bir komponentini misollar keltirib izohlab bering.
Huquq va axloqning asosiy maqsadi shaxslarning, ijtimoiy guruhlarning yoki umuman jamiyatning manfaatlarini ta'minlash, odamlar xatti-harakatlariga maqsadli ta'sir ko'rsatish. Huquq va axloq-bu shaxsning erkin irodasi muammolari va uning harakatlari uchun javobgarligi bilan bog'liq bo'lgan ijtimoiy normalar hisoblanadi. Huquq va axloq o'rtasidagi birlikni N.Matuzov quyidagicha ifodalaydi:
- huquq va axloq ijtimoiy normalarning turlarini ifodalaydi;
- huquq va axloq bir xil maqsad va vazifalarni bajaradi; -ijtimoiy hayotni tartibga solish va takomillashtiradi;
- huquq va axloq ijtimoiy munosabatlar bir xil tartibga soladi;
- ular jamiyatda shakllangan qadriyatlar tizimiga asoslanadi;
- huquq va axloqiy me'yorlari, jamiyatdan kelib chiqadi
huquq va axloq umumiy maqsadga xizmat qiladi - ijtimoiy hayotni takomillashtirish va tartibga solish, odamlarning xulq-atvorini tartibga solish, tartibni saqlash, shaxs va jamiyat manfaatlarini muvofiqlashtirish, inson qadr-qimmatini ta'minlash va yuksaltirish;
huquq va axloq ijtimoiy munosabatlarning yagona maydonida harakat qiladi;
huquq va axloq-bu shaxsning erkin irodasi muammolari va uning harakatlari uchun javobgarligi bilan bog'liq bo'lgan ijtimoiy normalar hisoblabadi.
Huquq va axloq bir-birlaridan muhim belgilari bilan farq qiladi. Huquqiy normalar jamoat tashkilotlarning, nodavlat notijorat tashkilotlar jamiyat a'zolarining faol ishtirokida davlat tomonidan qabul qilinadi. Davlat huquqiy normalarni o'zgartirish, ularga qo'shimchalar kiritish va ba'zi hollarda, ularni bekor qilishi mumkin. Huquq shunchaki faqatgina xalq irodasini ifodalabgina qolmay, balki uning davlat manfaatlari ustuvorligini aks ettiruvchi irodasini ifodalaydi. Bu ma'noda huquq faqat kishilarni xatti-harakatlarini tartibga soluvchi maxsus davlat maqomidagi regulyator deyish mumkin. Axloq esa, davlat tomonidan emas, balki jamiyat tomonidan yaratiladi. Axloqsizlik va jinoyatchilik bir xil ma'noga ega bo'lmay, axloqsiz deb hisoblangan qilmish jinoyat hisoblanmaydi, shuningdek hamma jinoyatllar ham axloqiy buzuqlik hisoblanmaydi. Yuqoridagilarning barchasini umumlashtirib, quyidagilarni ta'kidlash mumkin:
- ijtimoiy me'yorlar tizimidagi huquq va axloq-butun jamiyatga tarqalgan munosabatlarning universal regulyatori hisoblanadi;
- rasmiy mantiq qoidalari, axloq va huquq tushunchalari nuqtai nazaridan umumiy va xususiy sifatida o'zaro bog'liq;
- huquq bilan taqqoslaganda axloq insonga yuqori talablar qo'yadi, u huquqni baholash mezonlari sifatida xizmat qiladi;
- huquq va axloq bir-biriga bevosita ta'sir ko'rsatadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |