Hkm 0 ta kazus metodologiya – 10-kazuslar



Download 114,49 Kb.
bet24/30
Sana14.07.2022
Hajmi114,49 Kb.
#801075
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   30
Bog'liq
2 5203925084711950468

Ҳуқуқий этика – бу ҳуқуқшуносларнинг хулқ-атвор қоидалари мажмуини ташкил этувчи, улар меҳнатининг ахлоқий хусусиятлари ва ишдан ташқари вақтдаги хатти-ҳаракатларини таъминловчи, шунингдек, ахлоқ талабларни амалга оширишнинг ўзига хос механизмидир



35

Siz tergovchisiz. Ayblanuvchining aybdor ekanligiga ishonchingiz komil. Biroq, ish boʻyicha sizda dalillar yetarli emas. Siz ayblanuvchi va uning advokati tomonidan tergov izolyatorida boʻlib oʻtgan suhbatni tinglash orqali ish uchun qoʻshimcha maʼlumot olishingiz mumkinligini bilasiz. Tergov izolyatori xodimlari sizga bunday imkoniyat mavjudligini maʼlum qilishdi.
(1) Bunday holatda siz qanday yoʻl tutasiz? Javobingizni izohlang.




Касб этикаси - жамият томонидан қабул қилинган ахлоқ қоидаларини кишиларнинг ихтисосларига нисбатан амалда татбиқ қилувчи аниқ касбий бурч, шаън, ор-номус, қадр-қиммат каби хатти-ҳаракатларнинг мажмуи, умумий ахлоқнинг кишилар касб-коридаги ўзига хос кўринишидир.
Дастлабки терговда терговчи хизмат бурчига кўра бир қанча одамлар билан ахлоқий муносабатга киришади; гумон қилинувчи, айбланувчи, унинг ҳимоячиси билан, даъвогар ва жавобгар билан, эксперт, мутахассис билан, гувоҳлар ва ҳоказолар билан ахлоқий муносабатларга киришади.
Мақсад ва восита мувофиқлиги муаммоси – юридик этиканинг муҳим масаласидир. Ҳозирги замон жиноят жараёнида мақсад ва восита мувофиқлиги муаммоси муайян ҳуқуқий ва ахлоқий асосда ҳал этилади.
Этикада “мақсад воситани оқлайди принципи, эзгу мақсад йўлида ҳар қандай воситаларни қўллаш мумкин” – деган фикрлар инкор этилади. Мақсад қанчалик эзгу бўлмасин, воситалар ҳам ахлоқий чегарада бўлиши даркор. Жиноят жараёнида қўлланиладиган воситалар қонунга кўра руҳсат этилган бўлиши ахлоқий бўлиши зарур.
Терговчи ўз фаолиятида уч турдаги қоидаларга амал қилади: процессуал нормалар терговчи тергов жараёнида нима қилиши, қандай шакл ва тартибда қилиши лозимлигини кўрсатади.
Терговчи дастлабки тергов вазифаларини бажариш, ўзининг профессионал вазифасини бажариш учун ахлоқий жиҳатдан шахсан масъулдир; терговчи фаолияти унинг спецификасини инкор этмаган ҳолда, айтишимиз керакки, бутун жамият учун умумий бўлган ахлоқий нормаларга бўйсунмасдан иложи йўқ. Баъзи бир олимларнинг терговчи фаолиятига хос махсус ахлоқий қоидалар умумий ахлоқий қоидаларни тўлдириш билан бирга, баъзи ҳолларда уларни чегаралайди, деган фикрларга эътироз билдирмай иложимиз йўқ. Терговчи фаолиятида ахлоқ нормалари ва принципларидан четга чиқишга асло йўл қўйиб бўлмайди: қонун ҳам, жамият ахлоқий онги ҳам, тергов амалиёти эҳтиёжлари ҳам бундай хулоса чиқаришга асос бўлолмайди. Аксинча, терговчи фаолиятига юқори ахлоқий талаблар қўйилиши лозим.
Терговчи ҳар қандай шахсга нисбатан, у хавфли жиноятчи бўладими, оддий жанжалкаш бўладими, рецидивист ёки маиший безори бўладими, жабрланувчи бўладими, ундан қатъи назар, вазминлик, босиқлик, хотиржамлик намоён қилиши керак. Эмоционал ва ақлий вазият қанчалик кескин бўлмасин, қанчалик оғир бўлмасин, қотил, зўравон, ўғрига нисбатан нафратини ошкор қилмаслиги, шунингдек қандай мақсад ва сабаблар бўлмасин қўрқитиш, қўполлик ишлатмаслиги зарур.

36

Kuzatayotgan boʻlsangiz, deyarli bir xil yosh va sharoitdagi, bir zamon va makonda yashayotgan turli kishilarning hayotda erishadigan natijalari bir-biridan juda jiddiy farq qiladi. Bu holni ota-onalaringiz, ustozlaringiz, sobiq sinfdoshlaringiz va tengdoshlaringiz hayotida ham koʻrmoqdasiz. Aniqroq qilib aytadigan boʻlsak, bir maktab, bir oliy taʼlim muassasasini bitirgan uch kishi – R.Abdullayev, F.Nosirova va M.Baxtiyorovning
kasbi asosida erishgan natijalari,
jamiyatda tutgan oʻrni va mavqei,
moddiy va maʼnaviy turmush darajasi yillar oʻtishi bilan bir-birinikiga mutlaqo oʻxshamay qoladi. M.Baxtiyorov davlatning va jamiyatning eʼzozi va eʼtirofida boʻlsa, F.Nosirova hamda R.Abdullayevlar – diplomli mutaxassislar ish topa olmay nuqul sarson yurishadi.
(1) Ayni holat vujudga kelishining asosiy sabablari nimalarda, deb oʻylaysiz?
(2) Huquqshunos mutaxassisning jamoatchilik koʻz oldidagi obroʻ-eʼtibori nimalar evaziga hosil boʻladi?
(3) Akademik shoir Gʻafur Gʻulomning “Taqdirin qoʻl bilan yaratur inson, gʻoyibdan kelajak baxt – bir afsona” misralarini Siz qanday izohlaysiz?







37

AQSHlik investorlar tomonidan Toshkent shahrida bunyod etilgan “General Motors Powertrain Uzbekistan” yopiq aksiyadorlik jamiyati oʻzining yuridik boshqarmasiga ikki vakant oʻrin uchun tanlov eʼlon qildi. Ikkita oʻringa oʻn uch nafar mutaxassis – daʼvogar oʻz rezyumesini yuborgan. 2022-yilning 15-apreliga belgilangan suhbatga chaqirilganlar ichida siz ham borsiz. Siz bilan suhbat soat 11.30da boshlanishi xabar qilingan. Yaxshi bilasizki, agarda siz birinchi uchrashuvning oʻzida suhbatdoshlar bilan toʻgʻri muloqot qilish hamda ishonchli aloqa oʻrnatishni bilsangiz, boyagi ikki oʻrinning biriga ega boʻlasiz. Aks holda...
(1) Birinchi uchrashuvning oʻzidayoq toʻgʻri muloqot qilish va koʻzlangan maqsadga erishishingiz uchun ayni ishxonadagi suhbatda Sizdan nimalar talab etiladi?
(2) Vakant joyni qoʻldan chiqarishingizga sabab boʻladigan qanday qusurlardan ehtiyot boʻlishim kerak, deb oʻylaysiz?
(3) Umuman, rahbariyatda, hamkorlar va mijozlarda yaxshi taassurot paydo qilishning mashgʻulotlar paytida aytilmagan yana qanday usullarini, yoʻllarini taklif etgan boʻlardingiz?
(4) Mutaxassislardan, jumladan, huquqshunoslardan eng koʻp talab etiladigan sifat aynan kommunikativlik (oʻzbekchada “kirishimlilik” desak, toʻgʻri boʻlar!) ekanini nimalar bilan izohlagan boʻlardingiz?





Download 114,49 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   30




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish