Qanday qilib shakllantirish va mashq qilish kerak
Fikrlashda, qaror qabul qilishda va umuman xulq-atvorda o’z fikringizni kengaytirish orqali maksimal ob’ektivlikka erishishingiz mumkin. Bolaning o’zini tutish stsenariylarini qanchalik ko’p bilishi, unga ma’lum bir vaziyatda harakat qilish osonroq bo’ladi. Boshqa odamlar bilan ijtimoiy muloqotdan tashqari, turli janrdagi kitoblar bilan tanishish foydalidir. Ertaklar, mumtoz adabiyot, informatsion hikoyalar – o’qish materiallari qanchalik xilma-xil bo’lsa, dunyoqarashi shunchalik keng bo’ladi. Muayyan bilimlar bazasini to’plagandan so’ng, ushbu bilimlarni qo’llashni o’rganish kerak. Turli stsenariylarga ega rol o’ynash o’yinlari nafaqat qaror qabul qilish ko’nikmalarini, balki ijodiy fikrlashni ham rivojlantiradi.
31
|
Tanqidiy fikrlash oddiy qarorlar va bir tomonlama xulosani xohlaydigan toifalar uchun moʻljallanmagan, degan qarash mavjud.
(1) Mazkur qarash bilan qanday hayotiy haqiqat eʼtirof etilayotganini shaxsiy fikringiz asosida izohlang.
|
|
Tanqidiy fikrlash – bu baholash, xulosa qilish, sharhlash va tahlil qilish kabi asosiy qobiliyatlar majmui. Tanqidiy fikrlash – g‘oya va imkoniyatlarning ijodkorlik bilan uyg‘unlashuvi, konsepsiya va axborotlarni qayta fikrlash va qayta 195 qurishdek murakkab jarayondir. Tanqidiy fikr egasiga hiyla-nayranglar kamroq ta’sir qiladi, o‘zining shaxsiy qarashlar tizimi bo‘lgani uchun ular turli xavf-xatardan holi bo‘ladilar. Tanqidiy fikrlashning elementlari quyidagilardan iborat:
Birinchidan, tanqidiy fikrlash – bu mustaqil fikrlashdir.
Ikkinchidan, axborot tanqidiy fikrlashning natijasi emas, balki uning boshlanishidir
Uchinchidan, tanqidiy fikrlash, savolning qo‘yilishi va hal qilinishi zarur bo‘lgan muammoni aniqlashdan boshlanadi.
To‘rtinchidan, tanqidiy fikrlash ishonchli dalillarga intiladi.
Beshinchidan, tanqidiy fikrlash – ijtimoiy ham hisoblanadi (har bir inson ijtimoiy organizmdir).
|
32
|
2030-yil. Siz universitetning bakalavriat hamda magistraturasini bitirib, mutaxassisligingiz boʻyicha bir muassasada uch yil tajriba orttirganingizdan soʻng boshqa bir turdosh muassasaga rahbar etib tayinlandingiz. Ishga chiqib bildingizki, siz boshchilik qilishingiz kerak boʻlgan jamoa aʼzolari ikki oʻrinbosaringizdan biri – Davron Muxtorovni oʻzining lideri, deb biladi. Koʻpchilik unga ishonadi, quloq tutadi, ergashadi, uni boshqacha hurmat qiladi. Muassasaning iqtisodiy koʻrsatkichlari yomon emas. Jamoadagi maʼnaviy muhit, oʻzaro munosabatlar ham meʼyorida. Yuqori turuvchi rahbariyat esa Sizning zimmangizga mazkur muassasa faoliyatini yanada kuchaytirish, ish samaradorligi va sifatini sezilarli yuksaltirish vazifasini qoʻygan. Buning uchun sinov tariqasida ikki yil muddat bergan.
(1) Siz mazkur muassasa faoliyatini yanada samarador qila olaman, deb ishonasizmi? Buning uchun ishni nimadan boshlagan boʻlardingiz?
(2) Jamoada bir paytning oʻzida ham rahbar, ham lider maqomiga erishish uchun kishi qanday fazilatlarni namoyon etishi kerak, deb oʻylaysiz? Fikrlaringizni hayotiy misollar bilan asoslang.
(3) Boshqalarda oʻzingizga nisbatan simpatiya uygʻotish antipatiya hosil qilishdan qiyinroq ekanini tan olsangiz kerak. Shu holatning sabablarini izohlab bering.
(4) Oʻrinbosaringiz Davron Muxtorov bilan boʻladigan munosabatlaringiz qanday kechadi?
|
|
Jamoa – turli ko‘nikmalarga ega bo‘lgan va turli vazifalarni bajaradigan, umumiy loyiha, ish yoki maqsad ustida birgalikda ishlaydigan va vazifalari umumlashtiriladigan, bir-biriga xisobot beruvchi shaxslar jamlanmasi. Quyidagi bir necha muhim ko‘nikmalar va odatlarni qo‘llash orqali odamlar bilan ishlashni va munosabatlarni o‘rnatish mumkin:
Hamkorlikda ishlash;
G‘oyalar, takliflar va harakatlar bilan guruhga yordam berish;
Muloqot ko‘nikmasi (fikr berish va olish);
Mas’uliyat hissi;
Turli fikrlar, urf-odatlar va shaxsiy imtiyozlarga nisbatan hurmat hissi;
Guruh qaror qabul qilishda ishtirok etish ko‘nikmasi.
|
Do'stlaringiz bilan baham: |