Hkm 0 ta kazus metodologiya – 10-kazuslar



Download 114,49 Kb.
bet13/30
Sana14.07.2022
Hajmi114,49 Kb.
#801075
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   30
Bog'liq
2 5203925084711950468

16-savol
Huquqshunoslik fakulteti professori ma’ruza qila turib doskaga katta 1 raqamini yozdi va talabalarga tushuntira boshladi:
- Bu hayotdagi eng muhim sifat – sizning insoniyligingiz.
So‘ng bir raqamining yoniga 0 qo‘ydi va:
- Bu sizning yutuqlaringiz, u insoniyligingizni 10 baravar oshiradi. Yana bir 0 – bu inson tajribasi. Endi siz 100 ga aylandingiz.
Shu tariqa ketma-ket nollarni qo‘shib bordi: ehtiyotkorlik, odob-axloq, adolat...
- Har bir qo‘shilgan 0 insonni 10 marotaba ko‘rkamlashtirib, fazilatlarini oshiradi, - dedi professor.
To‘satdan u raqamlar qatorining boshidagi 1 raqamini o‘chirib tashladi. Taxtada qadrsiz, foydasiz, ma’nosiz nollar qoldi. Va professor shunday dedi:
- Agar sizda insoniylik bo‘lmasa, qolgan amallaringiz ahamiyatsiz, puch va befoydadir.
Taniqli advokatning xotiralarida esa quyidagi voqea keltiriladi: daryo bo‘yidagi qishloq, bir kishi daryoga cho‘kib ketmoqda. Qishloqdoshlarning allaqanchasi sohilda boshlarini salanglatib vaziyatni kuzatib turishdi, birgina kishi cho‘kayotgan odamni qutqarish uchun jon holatda daryoga yugurdi. Cho‘kayotgan odam qo‘rqanidan qutqaruvchining bo‘ynidan ushlab, uni ham pastga torta boshladi. Qutqaruvchi har qancha harakat qilmasin, cho‘kayotgan odam o‘zini ham g‘arq qilishini sezib, undan zo‘rg‘a qutildi-da, ortga qaytdi. U “cho‘kayotgan odamga yordam ko‘rsatmagani uchun” sudda qattiq jazolandi, vaziyatni kuzatib turgan guvohlar esa – yo‘q...
​(1) Sud chiqargan hukm adolatlimi? Aslida qaror qanday bo‘lishi kerak edi – u qonunga asoslanishi lozimmidi yoxud insoniylik tamoyiliga? Ushbu vaziyatga sizning fikringiz qanday – hissiyotlar qonunni almashtirishi mumkinmi?
(2) Aslida insoniylik nima? Javob aniqdek go‘yo, lekin, tan olaylikki, to‘g‘ri javob unchalik ham oddiy va sodda emas. Ushbu tushunchaning mazmunini haqqoniy va aniq ochib bering.
​(3) Nima uchun yuristlik kasbi egasidan odamlarga insonparvarona yondashuvni, or-nomus va vijdon bilan bog‘liq jo‘mardlikni talab qiladi?

  1. ​Favquloddagi vaziyatda odamlar tushkunlikka tushmasligi uchun nima qilish kerak? Aksariyat qiyin vaziyatlarda qanday ko‘nikmalar hal qiluvchi rol o‘ynaydi, mushkul holatlarda ongli, ishonchli va ehtiyotkor harakatlarga tayyorlikni belgilaydi?

Hayotda shunday tushunchalar borki, ularni na qadr- qiymatini baholay olasan, na ularsiz yashay olasan. Ularni pulga ham sotib olib bo’lmaydi. Bunday tushunchalardan biri bu insoniylikdir. Yuqoridagi vaziyatga keladigan bo’lsak, sudda yordam beraman deb suvga tushgan insonni aybdor deb topish adolatdan emas, albatta .Negaki, u inson boshqalar singari shunchaki suvga cho’kayotgan insonni kuzatib turmasdan, u insonga yordam qo’lini cho’zgan. Ammo yordam berish besamarligini, u insonga yordam bersa o’zi ham qo’shilib suvda cho’kib ketishi munkinligini anglab, suvdan chiqqqan. Ushbu vaziyatda sudya insoniylik tamoyiliga ham ko’proq qarashi kerak edi menimcha. Chunki jamiyatda shunday vaziyatlar bo’ladiki, ushbu vaziyatlarga chiqarilgan hukm qonun jihatdan to’laqonli qonunga mos bo’lishi mumkin, ammo, adolat tamoyiliga mos kelmay qoladi. Har qanday sudya qaror qabul qilayotganda chiqargan hukmining barcha tamoyillarga mos kelishini tekshirib, so’ngra qaror qabul qilishi kerak. Chunki insonlar qonunlar uchun emas, aksincha, qonunlar insonlar uchun xizmat qilishi kerak.Yuqoridagi vaziyatga kelsak, sudya qutqaraman deb o’zini suvga tashlab, jonini xatarga qo’ygan insonga nisbatan qattiq jazo choralari qo’llamasligi kerak.


2- savolga javob
Insoniylik- qaysidir ma’noda birovning dardini o’z tanasida his qila bilish, umimg og’riqlri-yu kechinmalariga shgerik bo’la olish, unga qo’lidan kelgancha yordam bera olishdir. Agar inson ruhiy jihatdan azob chekayotgan odamning o'rnida bo'la olsa, uning ahvolini his qila olsa, uning boshidan kechirganlarini tushuna olsa, bu boshqa odamlarning muammolarini tushunishga qaratilgan birinchi qadamdir. Ikkinchi qadam, hatto qiyin vaziyatga tushib qolgan mutlaqo notanish odamga yordam berishdir. Har bir kishi modomiki, inson degan buyuk rutbaga munosib boʻlishni istar ekan, unda oʻzgalar dardiga sherik, hamdard va hammaslak boʻlishi kerakdir. Insoniylikning aniq bir qiymati yoxud uni aniq bir so’z bilan aytib o’tishning imkoni ham yo’qdir.Insoniylik favqulodda vaziyatlarda ham oddiy kundalik hayotda ham biz kutgan va kutmagan damlarda ham yuzaga chiqishi mumkin. O’zganing dardiga malham bo’lishga harakat qilgan onimizdan boshlab bizda insoniylik ildizlari bong ura boshlaydi.
3-savol
Yuristlik kasbi bir qadar murakkab kasblar sirasiga kiradi. Negaki yuristlar qonuniy ish qilish bilan bir qatorda boshqa tamoyillar, jumladan, insoniylik, adolat tamoyillariga ham rioya qilishlari lozim. Xoh sudya, xoh advokat bo’ling, sizning zimmangizda insonning taqdiri turadi. Agarda yurist oldiga kelgan insonning dardlarini o’z tanasida his qilib, unga yordam bermasa yoxud qaror chiqarishda faqatgina qonuniylik tamoyiliga amal qilib, boshqa vijdoniylik, adolatlilik, insonparvarlik tamoyillarini chetlab o’tsa, u holda u chiqargan qaror, hukmdan jamiyatda norozilik kuchayadi. Chunki hukmlarning maqsadi jazolash yoki qasd olish emas, aksincha tarbiyalash bo’lishi, sudya chiqargan hukmdan hattoki jinoyatchining o’zi ham rozi bo’lishi kerak.
4
Favqulodda vaziyatlarda inson tushkunlikka tushmasligi uchun eng avvvalo umidini so’ndirmasligi, keraksiz xabarlarga e’tibor qaratavermasdan diqqatini jamlashi kerak. Har qanday favqulodda, qiyin vaziyatlardan so’ng albatta yaxshi natijalar bo’lishiga ishonchni so’ndirmaslik kerak va shukrona keltirish lozim chunki shukronalik insonni halovat sari yetaklaydi. Pozitivlikni hatto qiyin vaziyatlarda ham saqlay bilgan inson albatta qiyinchiliklardan osongina o’ta oladi. Agarda inson ozgina muammo, favqulodda vaziyatda ham g’am-qayg’uga botib, hayratga tushib nima qilishini bilmay, sabrsizlik va asabiylik bilan ish tutsa u inson albatta muvaffaqiyatsizlikka uchraydi shuning uchun ham shunday murakkab vaziyatda hal qiluvchi rol o’ynaydigan ko’nikmalar sirasiga sabrlilik, pozitivlik va shukronalikni keltirib o’tish mumkin. kreativ yondashuv bilan muammoli vaziyatlardan chiqib ketish, umidni so’ndirmaslik har qanday vaziyatda ham muhim ahamiyat kasb etadi.

Download 114,49 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   30




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish