Hkm 0 ta kazus metodologiya – 10-kazuslar



Download 114,49 Kb.
bet12/30
Sana14.07.2022
Hajmi114,49 Kb.
#801075
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   30
Bog'liq
2 5203925084711950468

14-savol
Jamoa ishining afzalliklari sifatida keltirilgan omillar orasida “jamoa aʼzolarining oʻzaro maʼlumot va tajriba almashishi” ham sanab oʻtilgan.
(1) Bugungi bozor sharoitida, raqobat muhitida agar siz shu tamoyilga amal qilsangiz, shaxsiy karyerangizga, jamoada individual eʼtibor qozonishingizga, amal pogʻonalaridan koʻtarilishingizga xavf paydo boʻlmaydimi? Javobingizni asoslashga harakat qiling.
Mening fikrimcha yo’q. Chunki agarda men o’zaro fikr almashib, barchaga yordam berib kasbdoshlarim orasida ham hurmat-e’tiborga sazovor bo’lishim mumkin. Bu esa albatta ishda yuqori lavozimga ko’tarilishim uchun ham foydali bo’ladi. Ikkinchi tomondan esa o’zaro fikr almashinib, malakali xodimlardan ko’p narsani, bilmaganlarimni ham o’rganishim mumkin.Agarda o’zaro fikr va tajriba almashishni amalga oshirmasdan, bilimlarimni baham ko’rmasdan shaxsiy karyeramni rivojlantirmoqchi bo’lsam, aslo buni amalga oshira olmayman. Negaki, har qanday xodim bilimli bo’lsin, unda muloqot madaniyati va jamoa bilan ishlash ko’mikmasi yaxshi rivojlanmagan, malaka va tajriba almashmagan bo’lsa, u holda xodim o’z shaxsiy karyerasini to’liq holda qura olmaydi hamda jamoada individual e’tibor qozona olmaydi. Agar aksincha, xodim barchaga yordam berib, fikr va mulohazalari bilan barchani qo’llab-quvvatlagan holda fikr va tajriba almashsa, u xodimning jamoadahgi o’rni va roli mustahkamlanib boraveradi.

15-savol
Odessaning Malinovskiy tuman sudi sudyasi Aleksandr Garskiy magnitola o‘g‘irlab qo‘lga tushgan ikki yigitni majburiy kitob o‘qishga ham hukm qildi...
Bu ikki yigit jarima maydonchasida turgan mashinalardagi magnitolalarni yechib, ancha og‘ir modda sanksiyasiga tushib qolishgandi: bir guruh shaxslar tomonidan oldindan kelishib o‘g‘irlik qilish! Bu holda magnitolalar o‘g‘irlangani rost, ammo ular deyarli zarar ko‘rmagan (avtomobillardan yechilgan ikki magnitola va uchta dinamik sudlanuvchilar tomonidan ryukzakka yashirilgan. Ularni qo‘riqchilar payqab qolishgach, narsalarni tashlab, qochib ketishgan. Keyin yigitlardan biri ryukzagini olib ketish uchun qaytib kelgan, chunki uning ichida hujjatlari borligini eslagan, shunda qo‘lga tushgan). Biroq ular haqiqiy jazo muddati o‘rniga, bir yil sinov muddati bilan 3 yilga hukm qilingan hamda Mark Tvenning ikki – “Tom Soyer va uning sarguzashtlari”, “Geklberri Finning sarguzashtlari” romanlari hamda Jek Londonning “Oq so‘yloq” qissasi va Taras Shevchenkoning “Kunlar o‘tar, tunlar o‘tar...” she’rini o‘qish majburiyatini oldilar. Ma’lum bo‘lishicha, ular umrida deyarli hech narsa o‘qishmagan, so‘z boyligi ham shunga yarasha bo‘lgan. Hatto sud zalida ham o‘z qilmishlarini real his qilmay, noo‘rin jilmayib o‘tirishgan.
Aleksandr Garskiy: “Yaqinda men bu kitoblarni bolam bilan birga o‘qigan, ko‘z oldimda voqealar xuddi hayotdagidek qayta jonlangandi. O‘g‘ri yigitlar ham ularni o‘qib, mohiyatini anglab, zora dunyoga boshqacha nazar bilan qarashsa, deb o‘yladim. Bir narsani anglashlarini istadim: hayot yo‘lidagi hech qanday to‘siq odamning o‘g‘irlik, talonchilik yoki qotillik qilishi uchun sabab bo‘lolmaydi. (O‘g‘irlik tashabbuskori bo‘lgan 23 yoshli yigit Odessadagi qurilishda ishlagan. Unga bir haftada maosh to‘lanishini va’da qilishgan. Yigit uyiga – Belgorod-Dnestrovskiy shahriga borib hujjatlarini olib kelishi uchun pul kerak bo‘lgan. Biroq u maoshini olishi lozim bo‘lgan kun ish beruvchi pullarni o‘zining uy to‘lovlari uchun sarflab yuborganini aytib, g‘irromlik qilgan). Biror kishini qamoqqa yuborish odatiy hol bo‘lib, kishidan ortiqcha aqlni talab qilmaydi. Menga ishoning, ozodlikdan mahrum qilish muassasalari, aksariyat payt, odamni tuzatmaydi... Jazo sodir etilgan jinoyatga mos kelishi kerak. Biz muvozanatni saqlashimiz lozim. Xayol qilaylik: mahkumlar kitoblarni o‘qimasa, buning uchun jazo oladimi? Bu o‘rinda xayolga ham xojat yo‘q – uch yil ozodlikdan mahrum qilish. Bu sud qarorida nazarda tutilgan. Ehtimol, men buni ham xohlamagan bo‘lardim, lekin men qonunga amal qilishim kerak. Hech qanday murosaga o‘rin yo‘q”.
(1) Sudya Aleksandr Garskiyning hukmini qanday baholaysiz, sudlanuvchiga hamdardlik bildirish to‘g‘rimi, chunki hukm qisman uning [hamdardligi] natijasi edi? Axir odam bir hafta ishladi, ish beruvchi esa uning haqini o‘z ehtiyoji uchun sarflab, yigitni shunday og‘ir ahvolga solib qo‘ydi... Bu adolatsizlik, ammo sudya biribir qonun normalari bilan cheklanadi – ish faqat ayblov doirasida ko‘rib chiqilishi lozim.
(2) Nega ulkan nazorat organi bo‘lmish prokuratura barcha holatlarni inobatga olmadi: nima uchun oylik berilmagan, ish beruvchi o‘zi kim va hokazo? Axir bu omillarning barchasi sudgacha tekshirilishi kerak emasmidi?
(3) Sizningcha, sudyaning hukmini adolatli, deb bo‘ladimi? Axir, agar kimdir hayotni to‘la tushunmagan bo‘lsa, unga o‘rgatish, bolalik davridagi bo‘shliqni to‘ldirish kerak emasmi (sudya Garskiyning aniqlashicha, magnitola o‘g‘irlagan yigitlar murakkab oilalarda voyaga yetishgan)?
(4) Kitoblar inson taqdiriga ta’sir qila oladimi? Sizning sevimli kitobingiz bormi, ularning sevimliligi nimada?
​(5) Bo‘lajak yurist sifatida, qonunchilik darajasida, magnitolalarni o‘g‘irlash payti qo‘lga olingan ikki yigitni “jinoyatchi” deb atamaslik uchun boshqa ta’rif topish mumkinmi, axir ular bunday “unvon”ga loyiq emasdir...
Bu o’zi fikrlaydigan ekan


Download 114,49 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   30




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish