18-savol
Faylasuf Xurshid Yoʻldoshev “Oʻzbek jamiyati axloqiy inqirozda” deb nomlangan maqolasida quyidagi fikrlarni bildiradi: “Odamlar oʻgʻrilik, tovlamachilik, yolgʻonchilikni, ayniqsa u yuqori sinfga mansub odam tomonidan qilinsa, normal qabul qilyapti... Odamlar nopok yoʻl bilan biror narsa qozonishdan hazar qilmayapti, balki buni ishning koʻzini bilish, uddaburonlik, ishbilarmonlik deb atayapti”.
Jamiyatimizdagi bunday axloqiy inqirozning sabablari nimada? Hayotiy misollar bilan yoritib bering.
Eng avvalo jamiyat, jamiyatdagi qonun-qoidalar bu kabi qilmishlarni to’g’ri qabul qilayotgani bu eng katta muammo. Bu kabi inqirozlarni kundalik hayotda deyarli har kuni uchratamiz tovlamachilik, pul topishga bo’lgan ehtiyojlarning kun sayin ortib borishi, jamiyatdagi insonparvar fazilatlarning ildiziga bolta urilishi bularning barchasi yuqoridagi singari ko’ngilsiz, dilni xira qiladigan holatlar paydo bo’lishiga sabab bo’lmoqda. E’tiborsizlik ham ushbu muammoga sababchi bo’layotgan bosh omillardan biri sanaladi. Agarda ota-onalar farzandlariga vaqtida tarbiya berib, nima to’g’ri-yu nima xatoligini o’rgatishsa, farzand miyasidagi g’oyaviy bo’shliqlarini o’zlarining oltinga teng bo’lgan maslahatlari bilan to’ldirib borishsa jamiyatda bu kabi vaziyatlar kamroq uchragan bo’lar edi. Ammo hozirgi kunda ko’plab ota-onalar, farzandlariga farovon hayotni yaratib berish ilinjida o’z vaqtlarini ishda sarflashadi va natijada farzandlar bilan kamroq band bo’lishadi, ularning tarbiyasiga vaqt ajrata olishnaydi va yuqoridagi kabo vaziyatlarning bosh sababchisiga aylanishadi.
19-savol
Maqsad vositani oqlaydi” degan prinsip negizida ezgu maqsad yoʻlida har qanday vositalarni qoʻllash mumkin, degan qarash mavjud. Mazkur fikrni etika inkor qiladi.
Yuridik etikada ham bu tamoyilni amalda qoʻllab boʻlmasligi sababini misollar bilan izohlab bering
Этика” сўзи қадимги юнон тилида “etos” сўзидан келиб чиққан бўлиб, “одоб”, “одат” маъноларини англатади. Қадимги Юнонистон файласуфи Арасту томонидан муомалага киритилган. Этика – ижобий хатти-ҳаракат йиғиндиси бўлиб, инсон ва жамият ўртасидаги объектив алоқадорлик туфайли келиб чиқадиган, ҳар бир шахснинг ҳаёти ва фаолиятини бошқарадиган, тартибга соладиган принцип ва нормалар мажмуидир. Ҳуқуқий этика – бу ҳуқуқшуносларнинг хулқ-атвор қоидалари мажмуини ташкил этувчи, улар меҳнатининг ахлоқий хусусиятлари ва ишдан ташқари вақтдаги хатти-ҳаракатларини таъминловчи, шунингдек, ахлоқ талабларни амалга оширишнинг ўзига хос механизмидир. Юрист касб этикасининг энг муҳим хусусиятларидан бири – инсон тақдири билан боғлиқ масалаларни ҳал қилишда ҳис-туйғуга, таниш-билишчилик, қариндош-уруғчилик, маҳаллийчилик ёхуд миллатчилик каби туйғуларга берилмаслик, одил судловни амалга оширишнинг барча босқичларида ахлоқ нормаларига оғишмай риоя қилишни ўргатади.
Do'stlaringiz bilan baham: |