Hisob va audit


-jadval Fermer xo'jaliklarida moliyaviy hisobotlarni taqdim etish davriyligi10



Download 1,45 Mb.
bet12/18
Sana20.06.2022
Hajmi1,45 Mb.
#682747
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   18
Bog'liq
Kop tarmoqli fermer xojaliklarida ishlab chiqarish xarajatlarini hisobga olish va mahsulotlar tannarxini kalkulyatsiya qilishning oziga xos xususiyatlari Botiraliyev BMI uz 8c980-unlocked

4-jadval
Fermer xo'jaliklarida moliyaviy hisobotlarni taqdim etish davriyligi10


Moliyaviy hisobot shakli

Taqdim etishning davriyligi

Buxgalteriya balansi-1-shakl

har chorakda

Moliyaviy natijalar to'g'risida hisobot-2-shakl

har chorakda

Pul oqimlari to'g'risidagi hisobot

har chorakda

Xususiy kapital to'g'risidagi hisobot

yillik

Debitorlik va kreditorlik qarzlari to'g'risida ma'lumotnoma

har chorakda


Fermer xo'jaliklarida moliyaviy hisobotni boshqa foydalanuvchilarga taqdim etish tartibi mustaqil ravishda korxona rahbariyati (unig mulkdorlari va

ta'sischilari) tomonidan tartibga solinadi va korxonaning hisob siyosatida ko'zda tutiladi.


Fermer xo'jaliklarida moliyaviy hisobot tuzilganda quyidagilar ta'minlanishi kerak:

  • hisobot davri ichida amalga oshirilgan hamma xo'jalik operatsiyalari va pul mablag'lari, asosiy vositalar, moddiy qimmatliklar va hisob-kitoblarning to'la aks ettirilishi;

  • analitik hisob ma'lumotlarining har oyning birinchi sanasida bo'lgan tegishli sintetik schyotning oborot va qoldiq summalari bilan bir xilligi;

  • buxgalteriya hisoboti va balanslari ko'rsatkichlarining sintetik va analitik hisob ma'lumotlari bilan bir xilligi.

Fermer xo'jaliklarida moliyaviy hisobotlarni shakllantirish jarayonida yuqorida keltirilgan asosiy shartlarni bajarmasdan tuzilgan buxgalteriya hisoboti va balanslari noto'g'ri tuzilgan deb hisoblanadi. Buxgalteriya hisobotini tuzishdan oldin hisobotning to'g'ri va real tuzilishini to'la ta'minlay oladigan zarur ishlar qilinishi shart. Joriy buxgalteriya hisoboti ma'lumotlarini umumlashtirish, sintetik va analitik schyotlarda hamma xo'jalik operatsiyalarini aks ettirish, sintetik hamda analitik schyotlar bo'yicha oborot qaydnomalarini tuzish va ular bo'yicha qoldiq summalarini aniqlash va boshqa ishlar buxgalteriya hisoboti tuzishdan avval bajarilgan bo'lishi kerak.
Fermer xo'jaligining yillik moliyaviy hisobotlari manfaatdor sub'ektlar: banklar, birjalar, investorlar, kreditorlar va shu kabilar uchun oshkora hisoblanadi. Manfaatdor shaxslar yillik moliyaviy hisobot bilan tanishish va nusxa ko'chirish xarajatlarini qoplab, uning nusxasini olish huquqiga egadirlar.

  • Ma'lumki, Prezidentning "Statistik, soliq, moliyaviy hisobotlarni, litsenziyalanadigan faoliyat turlarini va ruxsat berish tartib-taomillarini tubdan qisqartirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi Farmoni (16.07.2012 yildagi PF-4453- son) bilan hozirgi paytda barcha xo'jalik yurituvchi sub'ektlarning hisobotlarni topshirishda elektron tizimga bosqichma-bosqich o'tkazilishi nazarda tutilgan. Hisobotlarni internet orqali topshirishning quyidagi bir qator afzalliklari bor:siz ish joyingizni tark etmagan holda turli nazorat qiluvchi organlarga istalgan vaqtda hujjatlarni topshirish imkoniyatiga ega bo'lasiz;

  • elektron hisobotni istalgan soliq inspektsiyasiga, u Qoraqalpog'istonda bo'ladimi yoki Toshkent shahridami, jo'natish uchun sizga 5 daqiqa kifoya;

  • hujjat aylanishining xavfsizligi yuridik jihatdan puxtaligi sizning elektron hisobotga noqonuniy kirishlardan muhofaza qilinishini kafolatlaydi.

Bugun hisobotlarni fermer xo'jaliklari tomonidan soliq organlariga jo'natishning bir qancha usullari mavjud. Ulardan qay birini tanlash masalasi muhim ahamiyatga egadir.
Fermer xo'jaliklari hozirgi kunda Respublikamizda elektron hisobotni jo'natishning eng keng tarqalgan usuli - ularni www.hisobot.uz,www.e-hisobot.uz va www.otchet.uz saytlari orqali jo'natishdir. Hisobotlarni interaktiv portallar orqali topshirish jarayoni oddiy. Davlat soliq qo'mitasining www.soliq.uz rasmiy saytida ularni jo'natishning tartib-qoidalari batafsil g'ritilgan.
O'z navbatida fermer xo'jaliklari tomonidan hisobotlarni internet orqali jo'natish muammolari sifatida quyidagilarni kiritish mumkin:

  • elektron hisobotlarni ularni topshirishning so'nggi kunlarida jo'natishning qiyinlashuvi;

  • ishi yaxshi yo'lga qo'yilgan EREPORTS V3.0 dasturiy mahsulotining etarlicha keng tarqalmaganligi, shu jumladan uni qo'llash bo'yicha yo'riqnomaning mavjud emasligi;

  • on-line rejimida soliq va moliyaviy elektron hisobotlarni to'ldirish tartib- qoidalarining uzunligi;

  • foydalanuvchilarda ular qo'llayotgan istalgan buxgalteriya dasturlari orqali olingan elektron hisobotni internetdan jo'natish imkoniyatining mavjud emasligi.

Bulardan tashqari, biz fermer xo'jaliklarida buxgalteriya hisobini samarali yuritish va axborotlar oqimida risklarni kamaytirish yuzasidan biz ular uchun maxsus qisqartirilgan (ishchi) schyotlar rejasini tuzib chiqib foydalanishga tavsiya etdik hamda u quyidagi 5-jadvaldagi shaklda bo'lishi mumkin.

Download 1,45 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish