6-chizma. Dehqonchilik bilan shug'ullanuvchi fermer xo'jaliklarida ishlab chiqarish xarajatlarini kalkulyatsiya moddalari bo'yicha tasniflanishi14
Dehqonchilik bilan shug'ullanuvchi fermer xo'jaliklarida «o'simliklarni himoya qilish vositalari» moddasida begona o'tlar, qishloq xo'jalik ekinlari zararkunanda va kasalliklarga qarshi kurashda ishlatiladigan pestitsid, kimyoviy dorilar, gerbitsid va boshqa kimyoviy, shuningdek biologik vositalarni xarid qilish va saqlash xarajatlari kiritiladi.
Dehqonchilik bilan shug'ullanuvchi fermer xo'jaliklarida ish va xizmatlar - moddasi o'z korxonasining ishlab chiqarish ehtiyojlarini qonduruvchi yordamchi ishlab chiqarishlarning xizmatlari hamda shu korxonaga boshqa korxona va tashkilotlar tomonidan ko'rsatiladigan ishlab chiqarish xarakteridagi xizmatlarga haq to'lash xarajatlari aks ettiriladi. Asosiy vositalarni saqlash xarajatlari - moddasida bevosita ishlab chiqarishda foydalaniladigan asosiy vositalarni saqlash va ulardan foydalanish bilan bog'liq xarajatlar kiritiladi.
Dehqonchilik bilan shug'ullanuvchi fermer xo'jaliklarida ishlab chiqarish va boshqaruvni tashkil etish xarajatlari - moddasida umumishlab chiqarish xarajatlari aks ettiriladi. Sug'urta to'lovlari - moddasida qishloq xo'jalik ekinlarining hosili va ko'p yillik ekinlar, qishloq xo'jalik hayvonlari, quyon, asalari oilalari va shu kabilar bo'yicha davlat majburiy sug'urta to'lovlariga oid xarajatlar hisobga olinadi. Shuningdek, boshqa xarajatlar moddasida mahsulotni ishlab chiqarishga bevosita daxldor, ammo yuqorida ko'rib chiqilgan moddalardan birortasi ham kiritilmaydigan xarajatlar aks ettiriladi.
Tarmoqlar
|
Xarajat ob'ektlari
|
1. Qoramolchilik
|
1.Sut yunalishida:
asosiy poda
yosh va boquvdagi mollar 2. Go'sht yunalishida
asosiy poda va sakkiz oygacha bo'lgan mollar
sakkiz oydan katta buqalar va boquvdagi mollar
|
2.Qo'ychilik
|
Go'sht yunalishida
asosiy poda va sakkiz oygacha bo'lgan qo'ylar
sakkiz oydan katta qo'chqorlar va boquvdagi qo'ylar
|
3. Cho'chqachilik
|
1. Asosiy poda
2.Ikki oydan to'rt oylikkacha bo'lgan cho'chqalar 3.To'rt oylikdan kata cho'chqalar
|
4.Parrandachilik
|
Tuxum yo'nalishida
Go'sht yo'nalishida
|
Fermer xo'jaligida chorvachilik xususiyatiga qarab baliqchilik, asalarichilik, yilqichilik hamda noyob mahsulotlari(gushti, terisi, juni) uchun boshqa tarmoqlar ham tashkil etilishi mumkin.Chorvachilik bilan shug'ullanuvchi fermer xo'jaliklarida ishlab chiqarish xarajatlarini xuddi dehqonchilik ishlab chiqarishdagidek turli belgilari bo'yicha tasniflash mumkin. Chunonchi, iqtisodiy mazmuniga ko 'ra chorvachilik xarajatlari quyidagi guruhlarga ajratiladi:
moddiy xarajatlar - chorvachilik ishlab chiqarishga sarflangan barcha material xarajatlari (em-xashak, dori-armonlar, to'shash materiallari, yoqilg'i va boshqa materiallar);
mehnat xarajatlari - chorvachilik ishlab chiqarish bilan band bo'lgan xodimlarga hisoblangan asosiy va qo'shimcha ish haqlari;
ijtimoiy sug'urtaga ajratmalar - chorvachilik ishlab chiqarish bilan band bo'lgan xodimlarga hisoblangan ish haqi fondidan Pensiya jamg'armasiga majburiy ajratma;
amortizatsiya - chorvachilik ishlab chiqarishga aloqador asosiy vositalar va nomoddiy aktivlarga hisoblangan eskirish summasi;
boshqa xarajatlar - chorvachilik ishlab chiqarishga tegishli barcha
yordamchi va umumishlab chiqarish xarajatlari.
Chorvachilik bilan shug'ullanuvchi fermer xo'jaliklarida kalkulyatsiya moddalari bo'yicha chorvachilik ishlab chiqarish xarajatlari quyidagi moddalarga ajratilgan holda aks ettiriladi:
Mehnatga haq to'lash va ijtimoiy sug'urtaga ajratmalar;
Em-xashak;
3 .Dori-darmonlar;
4.To'shash materiallari;
5.Ish va xizmatlar;
6.Asosiy vositalarni saqlash xarajatlari;
7.Ishlab chiqarish va boshqaruvni tashkil etish xarajatlari;
8.Sug'urta to'lovlari;
9.Boshqa xarajatlar.
Chorvachilik bilan shug'ullanuvchi fermer xo'jaliklarida chorvachilik ishlab chiqarish xarajatlarining dastlabki hisobi ularning alohida moddalari bo'yicha guvohlik beruvchi boshlang'ich hujjatlar asosida yuritiladi. Chunonchi:
mehnat xarajatlari - chorva mollarini parvarishlash, boqish, sovish va boshqa ishlarni bevosita olib boruvchi ishchilar (cho'ponlar, sut sog'uvchilar, jun qirquvchilar va boshqalar) tomonidan bajarilgan ishlarga guvohlik beruvchi naryad, tabel, sut sog'ish hisobi jurnali, hisob-to'lov qaydnomalari asosida hisobga olinadi;
ijtimoiy sug'urtaga majburiy ajratmalar maxsus hisob-kitob asosida hisobga olinadi;
em-xashak xarajatlari «Em-xashak sarflash qaydnomasi» (94-shakl) asosida hisob-kitob qilinadi;
dori-darmonlar, to'shash materiallarining sarfi maxsus dalolatnomalar asosida hisobga olinadi;
boshqa turdagi ishlab chiqarish xarajatlari tegishli hujjatlar asosida hisobga olinadi.
Chorvachilik bilan shug'ullanuvchi fermer xo'jaliklarida etishtiriladigan mahsulotlar turli tumandir. Ularning asosiylari bo'lib go'sht, sut, jun, tuxum, go'ng, nasl hisoblanadi. Aynan ushbu chorvachilik mahsulotlari va ularni etishtirishga doir ishlar xarajatlar ob'ekti, mos ravishda, kalkulyatsiya ob'ekti bo'lib hisoblanadi.
Chorvachilik bilan shug'ullanuvchi fermer xo'jaliklari chorvachilik mahsulotlari kirimi quyidagi hujjatlar bilan rasmiylashtiriladi:
1.Sut sog'ish hisobi jurnali ((112-shakl) va sut xarakati qaydnomasi (114-shakl) - ushbu hujjatlar asosida sigirlarni sog'ishdan olingan sutning kunlik hisobi ferma mudirlari tomonidan yuritiladi.
Mollarni so'yish qaydnomasi (100-shakl) va nakladnoylar -mollarni so'yishda komissiya tomonidan tuziladi.
Junni qirqish va kirimi dalolatnomasi (116-shakl) - jun qirqish paytida komissiya tomonidan tuziladi.
Qishloq xo'jalik mahsulotlari kirimi kundaligi (81-shakl) - asal, pilla, baliq va boshqa mahsulotlar bo'yicha yuritiladi.
Tuxumlarni qabul qilish va saralash dalolatnomasi ((109-shakl).
Tug'ilgan mollarni qabul qilish dalolatnomasi (95-shakl).
Mollar vaznini tortish qaydnomasi (98-shakl).
Tirik vaznning o'sishini aniqlash hisob-kitobi (98 a-shakl).
Shu o'rinda ta'kidlash joizki, hozirgi iqtisodiyotni modernizatsiyalash va diversifikatsiyalash sharoitida fermer xo'jaliklarida ishlab chiqarish xarajatlari hisobini samarali yuritish va mahsulot tannarxini aniq kalkulyatsiya qilishda yuqoridagi milliy uslbiyat bilan birgalikda xalqaro amaliyot tan olgan usullardan keng foydalanish maqsadga muvofiq deb o'ylaymiz.
Jumladan, bunday usullardan bo'lgan normativ usul (standart cost)ni fermer xo'jaliklari misolida ko'rib chiqamiz. Normativ usul (standart cost)- oldindan atroflicha hisoblangan, bir dona mahsulotni tayyor holga keltirish uchun zarur bo'lgan xarajatlarni hisoblab belgilash usulidir. Bu usul rivojlangan xorij davlatlari kompaniya va firmalarining deyarli barchasida qo'llaniladi. Lekin bu tizimdaqo'yilgan maqsadga erishishda omillarning mohiyatini va ta'sirini baholash turlicha(8-jadval):
Do'stlaringiz bilan baham: |