III BOB KO'P TARMOQLI FERMER XO'JALIKLARIDA ISHLAB CHIQARISH XARAJATLARI HISOBI VA MAHSULOT TANNARXINI KALKULYATSIYA QILISHNI TAKOMILLASHTIRISH MASALALARI
Bog'liq Kop tarmoqli fermer xojaliklarida ishlab chiqarish xarajatlarini hisobga olish va mahsulotlar tannarxini kalkulyatsiya qilishning oziga xos xususiyatlari Botiraliyev BMI uz 8c980-unlocked
III BOB KO'P TARMOQLI FERMER XO'JALIKLARIDA ISHLAB CHIQARISH XARAJATLARI HISOBI VA MAHSULOT TANNARXINI KALKULYATSIYA QILISHNI TAKOMILLASHTIRISH MASALALARI 3.1. Ko'p tarmoqli fermer xo'jaliklarida ishlab chiqarish xarajatlarini moliyaviy hisobot shakllarida umumlashtirish xususiyatlari Fermer xo'jaliklari o'zlarining mavjud mablag'laridan qanday foydalanilganligini yoki mavjud mablag'laridan to'laroq foydalanish darajasini aniqlash uchun yil oxirida hisobot tuzadi.
Hisobotlarda mavjud mablag'larning yil boshidagi va yil oxiridagi holati aks ettiriladi. Fermer xo'jaliklari tomonidan tuziladigan hisobot shakllarini uch guruhini ta'kidlash mumkin.
^ Fermer xo'jaligini tezkor boshqaruvi yuzasidan operativ hisobotlar;
^ Miqdoriy ko'rsatkichlarni ifodalovchi statistik hisobot shakllari;
Buxgalteriya hisoboti shakllari.
Operativ hisobot shakllarini yagona shakli yoki tuzish qoidalari belgilanmagan. Uni xo'jalik o'zi uchun maqbul variantda tashkil etish yoki tuzib chiqishi mumkin. Statistik hisobot shakllari esa O'zbekiston Respublikasi Istiqbolni belgilash va statistika vazirligi tomonidan tuzib chiqilgan yagona shakllarda va muddatlarda tuziladi va uning joylardagi bo'limlariga topshiriladi. Bu ko'rsatkichlar asosida mamlakat yoki xudud bo'yicha yalpi ichki mahsulot, yalpi milliy mahsulot ko'rsatkichlari baholanadi va ularning istiqbol ko'rsatkichlari belgilanadi. Buxgalteriya hisobot shakllari ham qat'iy shakllarda va qoidalarda tuziladi va tegishli tashkilotlarga topshiriladi. Uni tuzish tartibi va qoidalar O'zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi tomonidan belgilanadi va nazorat qilinadi.
Moliyaviy hisobot shakllari buxgalteriya hisobotining asosiy shakllarini tashkil etadi Ular qatoriga quyidagilarni kiritish mumkin;
- Buxgalteriya balansi(1-shakl);
Moliyaviy natijalar to'g'risidagi hisobot shakli(2-shakl);
Pul oqimi to'g'risidagi hisobot shakli(4-shakl);
Xususiy kapital to'g'risidagi hisobot shakli (5-shakl);
Fermer xo'jaliklarida moliyaviy hisobotlarni tuzish va topshirish tartibi 1997 yil 15- yanvar 5-sonli O'zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi tamonidan belgilangan yo'riqnoma asosida belgilangan. Fermer xo'jaliklarini buxgalteriya balansi ularning muayyan davrga yoki sanaga bo'lgan mulkining holatini ifodalaydi. Mustaqil hisob-kitob schyotiga va balansiga ega bo'lgan barcha xo'jaliklar moliyaviy hisobotni belgilangan umumiy qoidalar asosida tuzadilar. Tuzilgan hisobot bank, kredit tashkilotlariga, soliq idoralariga topshiriladi. Ushbu xisobot shakllari asosida xo'jalikni moliyaviy barqarorligiga, to'lovga, kreditga layoqatligiga baho berish mumkin. Bu esa faoliyatni boshqarishda muhim manba hisoblanadi. Fermer xo'jaliklari tomonidan tuziladigan buxgalteriya balansini birlik asosda soddalashtirish imkoni yo'q. Bu bevosita hisob siyosatiga ham teskari holni xarakterlaydi. Shu sababli biz hisobotlarni tuzishni soddalashtirishni ularni tuzish va topshirish tartibi orqaligina izohlashimiz mumkin.
Moliyaviy hisobotlarni tuzish tartibi deganda hisob elementlarini moliyaviy hisobot shakliga ko'chirishga qadar umumlashtirishni, ularni hisob-kitob tartibini takomillashtirish asosida izohlash mumkin. Masalan foyda zararlarni moliyaviy hisobotda aks ettirish yuzasidan. Daromadlar kirimini umumlashtiruvchi daftar va xarajatlar chiqimini umumlashtiruvchi daftar ma'lumotlarini o'zaro taqqoslash va ularni farqini buxgalteriya balansiga ko'chirishdagi kabi.
Balansni tuzishda va topshirishda umumiy qoidaga rioya qilinadi. Balansdagi raqamlarni buzib ko'rsatish haqiqiy hisob ma'lumotlarini balansda to'liq ko'rsatmaslik noto'g'ri hisoblanadi. Buxgalteriya ma'lumotlarini to'liq aks ettirmaslik yoki noto'g'ri ko'rsatish umumiy qonunni buzishdir. Hisob va hisobot ma'lumotlarining haqiqiysini yashiruvchilar davlat qonuni buzuvchi hisoblanadi va qonunni buzganligi uchun javob beradi.
Fermer xo'jaligining topshirgan balansiga qarab soliq boshqarmasi davlatga to'lanadigan soliqlar summasining to'g'riligini aniqlasa, bank muassasalari mazkur fermer xo'jaligining moliyaviy holatiga baho beradi, xo'jalikning to'lov qobiliyatini aniqlaydi. Fermer xo'jaliklarida moliyaviy hisobotlarni taqdim qilish O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirining 2002 yil 27 dekabrdagi 140-sonli "Moliyaviy hisobot shakllari va ularni to'ldirish bo'yicha qoidalarni tasdiqlash to'g'risidagi" buyrug'i bilan belgilangan shakllarda va tartibda amalga oshiriladi.
Fermer xo'jaliklari 1-sonli shakl - buxgalteriya balansi, 2-sonli shakl - moliyaviy natijalar to'g'risidagi hisobot va 2a-sonli shakl - debitorlik va kreditorlik qarzlar to'g'risida ma'lumotnomalardan iborat bo'lgan, faqat yillik moliyaviy hisobotni hisobot yilidan keyingi yilning 15 fevralidan kechiktirmasdan taqdim qiladi. Mamlakatimiz iqtisodiyotini rivojlantirish bevosita fermer xo'jaliklarining taraqqiyoti bilan bog'liq. Fermer xo'jaliklarining hisob ishlarini ixchamlashtirish maqsadida buxgalteriya hisobining soddalashtirilgan tizimi ishlab chiqilgan.
Fermer xo'jaligi o'z ishlab chiqarishi va boshqaruv ehtiyojlaridan, ularning murakkabligi va ishlovchilar sonidan kelib chiqqan holda, tegishli organlar tasdiqlagan buxgalteriya hisobi shaklini mustaqil tanlaydi. Bunda fermer xo'jaligi buxgalteriya hisobining registrlarini quyidagi talablarga rioya qilgan holda o'z ishining xususiyatlariga mustaqil ravishda moslashtirishi mumkin:
Yagona uslubiy asos (ikki yoqlama yozuv qoidasi);
Tahliliy va jamlama hisob ma'lumotlarining o'zaro bog'liqligi;
Barcha xo'jalik muomalalarini registrlarda yalpi aks ettirish;
Birlamchi hisob hujjatlari asosida hisob, birlamchi hujjatlar ma'lumotlarini Fermer xo'jaligini boshqarish va uning xo'jalik faoliyatini nazorat qilish, shuningdek, buxgalteriya hisobini tuzish uchun zarur bo'lgan ko'rsatkichlar bo'yicha to'plash va bir tizimga solish.
Fermer xo'jaliklari buxgalteriya hisobi va hisobotini yuritishda «Kichik tadbirkorlik sub'ektlari tomonidan soddalashtirilgan hisob yuritish va hisobot tuzish tartibi to'g'risida» 20-son BHMSdan foydalanadi.
Fermer xo'jaliklarida buxgalteriya hisobining soddalashtirilgan shaklida hisob registrlarining quyidagi ikki turidan foydalanish mumkin:
1. Xo'jalik muomalalarini hisobga olish daftari;
2. Tegishli hisob ob'ektlarini hisobga olish qaydnomalari.
Xo'jalik muomalalarini hisobga olish daftari tahliliy va jamlama hisoblar registri bo'lib, uning asosida Fermer xo'jaligida muayyan sanada mablag'lar mavjudligi va ularning manbalarni belgilash va buxgalteriya hisobini tuzish mumkin. Xo'jalik muomalalarini hisobga olish daftari kombinatsiyalashgan registr ham bo'lib, Fermer xo'jaligi tomonidan qo'llaniladigan barcha buxgalteriya hisobvaraqlarini o'z ichiga oladi, ularning har biri xo'jalik muomalalarining hisobini yuritish imkonini beradi. Bunda u balansning tegishli moddalari mazmunini asoslash uchun batafsilroq bo'lishi lozim.
Fermer xo'jaligi daftarni qaydnoma ko'rinishida yuritib, uni har oy uchun yoki muomalalar hisobi butun hisobot yili uchun yuritiladigan daftar shaklida ochishi mumkin, bu holda oxirgi sahifasiga daftardagi mavjud sahifalar soni yoziladi, u rahbar va bosh buxgalterning imzolari, shuningdek, fermer xo'jaligi muhrining izi bilan tasdiqlanadi.
Xo'jalik muomalalarini hisobga olish daftari yil boshida (korxona faoliyati boshida) aktivlar va passivlarning har bir turi bo'yicha mavjud bo'lgan qoldiqlar summalari qaydi bilan ochiladi. So'ngra «Muomala mazmuni» ustunida oy qayd qilinadi va xronologik tartibda pozitsiyali usul bilan har bir birlamchi hujjat asosida oyning barcha xqjalik muomalalari aks ettiriladi. Bunda Daftarda «summasi» ustuni bo'yicha qayd etilgan har bir muomalaga doir summalar bir vaqtning qzida tegishli vositalar turlari va manbalarini hisobga olish hisobvaraqlarining «Debet» va «Kredit» ustunlari bo'yicha ikki yoqlama yozuv bilan aks ettiriladi.
Vositalar va ularning manbalari debet va kredit oborotlarining bir oy uchun yakunlari hisoblanganidan so'ng ularning har biri bo'yicha keyingi oyning 1- kuniga saldosi chiqariladi.2 Barcha hisobvaraqlar debet oborotlarining umumiy yakuni kredit oborotlarining umumiy yakuni va «nazorat summasi» yakuniga teng bqlishi kerak.
Soddalashtirilgan shakl bo'yicha hisobni tashkil etish uchun fermer xo'jaliklari hisobvaraqlar rejasi asosida xo'jalik muomalalarining buxgalteriya hisobi hisobvaraqlari ish rejasini tuzishlari zarur, u Fermer xo'jaligiga asosiy vositalar va ular manbalarining hisobini asosiy bosh hisobvaraqlardagi buxgalteriya hisobi registrlarida yuritish va bu bilan umuman buxgalteriya hisobi ma'lumotlarining tqg'riligi ustidan nazoratni ta'minlash imkonini beradi.
O'zbekiston Respublikasining «Buxgalteriya hisobi to'g'risida»gi qonunning 16-moddasi va 1-BHMSga hamda moliyaviy hisobot shakllarini to'ldirish buyicha qoidalarga asosan moliyaviy hisobot quyidagi hisobotlarning umumiy shakllaridan iborat bo'ladi:
I. Yillik moliyaviy hisobot:
Buxgalteriya balansi - 1 -shakl;
Moliyaviy natijalar to'g'risidagi hisobot - 2-shakl;
Pul oqimlari to'g'risidagi hisobot - 4-shakl;
Xususiy kapital to'g'risidagi hisobot - 5-shakl;
Debitorlik va kreditorlik karzi xakida ma'lumotnoma - 2a-shakl;
Moliyaviy hisobotga tushuntirish xati;
Auditorlik xulosasi.
II. Choraklik va yarim yillik moliyaviy hisobotlar:
Buxgalteriya balansi - 1 -shakl;
Moliyaviy natijalar to'g'risida hisobot - 2-shakl;
Debitorlik va kreditorlik karzi hakida ma'lumotnoma - 2a-shakl.
Fermer xo'jaliklari faqat buxgalteriya balansi - 1 shakl, moliyaviy natijalar to'g'risida hisobot - 2 shakl hamda debitorlik va kreditorlik karzlari to'g'risida ma'lumotnoma - 2a shakldan iborat bulgan yillik moliyaviy hisobotni taqdim etadilar. Umuman moliyaviy hisobot shakllarini to'ldirish buyicha koidalarga muvofik moliyaviy hisobotni mulkchilikning barcha shakllariga mansub, O'zbekiston Respublikasining qonun hujjatlariga kura yuridik shaxs hisoblangan korxona va tashkilotlar (bundan sugurta tashkilotlarni va banklar mustasno), shuningdek mulkida, xo'jalik yuritishda yoki tezkor boshkaruvida mol-mulk bilan javob beradigan, shuningdek mustakil balans va hisob-kitob rakamiga ega bulgan, solik qonunchiligiga muvofik solik tulovchi hisoblanadigan aloxida bo'linmalar taqdim etadi.
Moliyaviy hisobotlar moliyaviy hisobotlarning bir xil shakllarida anik identifikatsiyalanishi lozim. Quyidagi axborotlar moliyaviy hisobotlarning iloji boricha xar bir saxifasida to'la aks ettirilishi kerak:
Sub'ektning nomi, mulk shakli, yuridik manzili, kimga buysunishi, sub'ektni aniklash uchun identifikatsiyalash rakami va boshka rekvizitlar;
Hisobot tuzilgan vakt yoki moliyaviy hisobotda kamrab olingan davr.
Taqdim etilgan hisobot axborotni to'g'ri tushunish uchun quyidagi rekvizitlar
ham ochib ko'rsatilishi va zarur bulgan takdirda takrorlanishi kerak.
Moliyaviy hisobotlar o'lchangan valyuta agar bir necha valyutadan foydalanilgan bulsa, ular ifodalangan valyutalar;
Moliyaviy hisobotlarda rakamlarni ko'rsatish uchun foydalanilgan aniklik darajasi, masalan, rakamlar minglar hisobida yoki millionlar hisobida ko'rsatiganmi va xokazo.
O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2002 yil 27 dekabrdagi 40-son buyrug'iga kura moliyaviy hisobot shakllarida kuzda tutilgan hamma ko'rsatkichlar to'ldirilishi lozim. U yoki bu modda (satr, ustun) to'ldirilmagan hollarda, ya'ni korxonaning kerakli aktivlari, passivlari, jarayonlari bo'lmaganda, usha moddalar (satrlar, ustunlar) chizib quyiladi.
Fermer xo'jaliklarida moliyaviy hisobotning mukova kismi quyidagi tartibda to'ldiriladi:
«Korxona, tashkilot» rekviziti - korxonaning belgilangan tartibda ruyxatga olingan ta'sis hujjatlariga binoan) to'liq nomi va uning KTUT ga kura kodi ko'rsatiladi;
«Tarmok» rekviziti - korxona tarmogi va XXTUT ga kura kodi ko'rsatiladi;
v) «Tashkiliy - huquqiy shakl» rekviziti - korxonaning tashkiliy-huquqiy shakli va TXShT ga kura tashkiliy-huquqiy shaklning kodi ko'rsatiladi;
g) «Mulkchilik shakli» rekviziti - korxonaning mulkchilik shakli va MShT-ga kura mulkchilik shaklining kodi ko'rsatiladi;
«Vazirliklar, idoralar va boshkalar» rekviziti - ixtiyorida korxona turgan (agar u mavjud bulsa) va unga moliyaviy hisobot yunaltiriladigan organning nomi hamda DBIBT ga kura ushbu organning kodi ko'rsatiladi;
j) «Xudud» rekviziti - MXOBT buyicha kod ko'rsatiladi;
z) «Manzil» rekviziti - korxonaning to'liq yuridik manzili ko'rsatiladi.
Bulardan tashqari hisobotning muqova kismida o'lchov birligi, ming sum, kabul kilingan sana, taqdim kilish muddati va boshka ko'rsatkich hamda kodlar ko'rsatiladi.
O'zbekiston Respublikasining «Buxgalteriya hisobi to'g'risida»gi qonunning 18-moddasiga binoan 1 yanvardan 31 dekabrgacha bulgan kalendar yil moliyaviy hisobotning hisobot davri bo'lib hisoblanadi. Yangi tashkil etilgan huquqiy shaxslar uchun uni tashkil bo'lish sanasidan shu yilning 31 dekabrigacha bulgan davr birinchi hisobot yili bo'lib hisoblanadi. Huquqiy shaxs bo'lmagan shaxslar uchun esa ularni davlat organlarida ruyxatga olingan kundan boshlab hisobot davri hisobga olinadi.
Agar huquqiy shaxs 1 oktyabrdan keyin ruyxatga olingan bulsa birinchi hisobot yili kelgusi yilning 31 dekabrigacha bo'lib hisoblanadi. Hisobot davrining sungi kalendar kuni moliyaviy hisobotlar uchun hisobot sanasi hisoblanadi. Chunonchi, sub'ektning yillik buxgalteriya balansi uchun 31 dekabr hisobot sanasi hisoblanadi, moliyaviy natijalar to'g'risidagi yillik hisobot uchun 1 yanvardan 31 dekabrgacha bulgan davr hisobot davri bo'ladi.
Fermer xo'jaliklarida "Buxgalteriya hisobi to'g'risida"gi Qonunning 19- moddasi va 1-BHMSga asosan moliyaviy hisobot quyidagilarga taqdim etiladi:
1. Sub'ekt ruyxatga olingan joydagi davlat solik xizmati organlariga;
Ta'sis hujjatlariga muvofik sub'ektning mulk egaligiga (davlat mulkini boshkarishga vakolat beradigan organlarga, ishtirokchilarga, muassislarga).
Davlat statistikasi organlariga;
Qonunga muvofik boshka organlarga.
Fermer xo'jaliklari moliyaviy hisobotni hisobot yilidan keyingi 15 fevraldan kechiktirmay topshiradi. Vazirliklar, idoralar, uzga boshkaruv organlari va ayrim sub'ektlar uchun O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi hisobot taqdim etishning boshka muddatlarini belgilaydi. Sub'ekt bilan bir shaxarda joylashgan maxkamalarga moliyaviy hisobotni taqdim etish vakti uni amalda tegishli joyga topshirish kuni hisoblanadi, boshka shaxardagilar uchun esa aloka korxonasi shtemplida ko'rsatilgan sana uni junatish kuni hisoblanadi.
Hisobotni taqdim etish vakti dam olish kuniga to'g'ri kelib kolgan hollarda taqdim etish muddati dam olish kunidan keyingi birinchi ish kuniga utkaziladi. Demak, moliyaviy hisobotni tuzishda hisobot davrining eng oxirgi kalendar kuni hisobot tuzish kuni hisoblanadi.
Moliyaviy hisobot va buxgalteriya balansida birorta uchirish yoki buzib to'g'rilash bo'lmasligi kerak. Agar shunday hollarga yul quyilsa, xato tuzatilgan sana ko'rsatilgan holda hisobot va balansga imzo chekib tasdiklagan shaxslarning tegishli izoxlari bo'lishi shart.
Yillik (choraklik) hisobot tuzishda korxona egasi va davlat manfaatlariga rioya etish, investorlar, kreditorlar, aktsionerlar, solik idoralari, ta'sischilar, bank muassasalari, xalkaro standartlari talablarini hisobga olish va O'zbekiston Respublikasi Prezidentining amaldagi farmonlaridan, O'zbekiston Respublikasining «Buxgalteriya hisobi to'g'risida»gi qonunidan, buxgalteriya hisobi milliy andozalaridan, O'zbekiston Respublikasi Fukarolik kodeksidan hamda buxgalteriya hisobini yuritish va hisobot tuzishga taalluqli amaldagi barcha yuriknomalardan foydalanish zarur.
Fermer xo'jaliklarida moliyaviy hisobotlar ma'lum bir hisobot davri yoki ma'lum bir hisobot sanasi bo'yicha tuziladi. Bunda buxgalteriya balansi vahisobvaraqlardagi qoldiqlar bo'yicha ma'lumotlar ma'lum bir sanaga yakunlanadi, moliyaviy hisobot shakllarining qolganlari esa ma'lum bir davr uchun tuziladi.
Fermer xo'jaliklarida moliyaviy hisobotning hisobot davri 1-yanvardan 31- dekabrigacha bo'lgan davr kalendar yil hisoblanadi. Moliyaviy hisobot qonun hujjatlarida ko'rsatilgan hollarda kalendar yilidan farqli ravishda davrlar bo'yicha (oy, chorak uchun) ham taqdim etilishi mumkin. Fermer xo'jaliklarida moliyaviy hisobotlar uchun hisobot kuni hisobot davrining oxirgi kalendar kuni hisoblanadi. Fermer xo'jaligi buxgalteriya balansi uchun hisobot kuni 31-dekabr hisoblanadi, moliyaviy natijalar to'g'risidagi yillik hisobot uchun hisobot davri 1- yanvardan 31-dekabrigacha bo'lgan davr hisoblanadi(4-jadval).
Fermer xo'jaligining yillik moliyaviy hisoboti mulkchilik shaklidan qat'iy nazar, to'liq nusxalarda quyidagi foydalanuvchilarga hisobot yilidan keyingi yilning 15-fevraligacha bo'lgan muddatda taqdim etilishi shart:
Korxonaning mulkdori hisoblangan (davlat mulkini boshqarishga vakolatli bo'lgan organlarga, qatnashchilarga, ta'sischilarga) ta'sis etish to'g'risidagi hujjatlar asosida;