Hisob va audit


Fermer xo'jaliklarida buxgalteriya hisobining soddalashtirilgan shakllari



Download 1,45 Mb.
bet7/18
Sana20.06.2022
Hajmi1,45 Mb.
#682747
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   18
Bog'liq
Kop tarmoqli fermer xojaliklarida ishlab chiqarish xarajatlarini hisobga olish va mahsulotlar tannarxini kalkulyatsiya qilishning oziga xos xususiyatlari Botiraliyev BMI uz 8c980-unlocked

Fermer xo'jaliklarida buxgalteriya hisobining soddalashtirilgan shakllari
i


3-chizma. Fermer xo'jaliklarida buxgalteriya hisobining soddalashtirilgan shakllari4

Xo'jalik operatsiyalarini qayd etish jurnali kitob shaklida yuritiladi, unda xo'jalik operatsiyalarining qayd etilishi va hisobi hisobot davri uchun oylar yoki choraklar kesimida yuritiladi. Bunda, Xo'jalik operatsiyalarini qayd etish Jurnali tikilgan va raqamlangan bo'lishi shart. Xo'jalik operatsiyalarini qayd etish Jurnalining so'nggi varag'ida fermerning imzosi bilan "Mazkur jurnalda varaq raqamlangan" deb yoziladi va muhr bilan tasdiqlanadi. Varaqlar soni yozuv bilan


yoziladi.


Fermer xo'jaliklarida ishlab chiqarish xarajatlari hisobining maqsadi - iqtisodiyotni erkinlashtirish va modernizatsiya qilish sharoitida qishloq xo'jaligi korxonalarining ishlab chiqarish xarajatlari hisobini to'g'ri tashkil etish va etishtirilayotgan mahsulotlar tannarxini me'yorda aniq hisoblash hamda ushbu muomalalarni buxgalteriya hisobi hujjatlarida tuliq rasmiylashtirishdan iboratdir.
Fermer xo'jaliklarining asosiy ishlab chiqarish tarmoqlari bo'lib dehqonchilik va chorvachilik hisoblanadi. Shuningdek, sanoat ishlab chiqarish tarmog'i ham mavjud. Dehqonchilikda buxgalteriya hisobining ob'ekti bo'lib ekin turlari yoki guruhlari, ishlar, taqsimlashga tegishli xarajatlar va boshqa ob'ektlar hisoblanadi.Fermer xo'jaligining asosiy dehqonchilik va chorvachilik korxonalarida ishlab chiqarish xarajatlarini hisobini olib borish uchun bir qancha muhim vazifalarni belgilab olish zarur(4-chizma).


4-chizma. Fermer xo'jaliklarida ishlab chiqarish xarajatlari hisobining muhim vazifalari5


Fermer xo'jaliklarida dehqonchilik xarajatlari hisobining birinchi guruh ob'ektiga quyidagi ekin turlari (yoki ekinlar guruhi) kiradi:

  • g'alla va dukkakli ekinlar;

  • kartoshka, sabzavot va poliz ekinlari;

  • yopiq erdagi sabzavotchilik va boshqa ekinlar;

  • yem-xashak ekinlari, pichanzor va yaylovlar;

  • silosbop makkajuhori;

  • meva, rezavor meva boshqa ko'p yillik ekinlar.

Fermer xo'jaliklarida dehqonchilik mahsulotlari sug'oriladigan, sug'orilmaydigan va bir necha bor melioratsiya ishlari olib borilgan erlarda etishtirilishi mumkin. Melioratsiya nuqtai-nazaridan har xil bo'lgan erlarda etishtirilgan mahsulotlar samaradorligini aniqlash maqsadida yuqorida keltirilgan hisob ob'ektlari buxgalteriya hisobida to'rt guruhga bo'lib yuritiladi: doimiy sug'oriladigan erlardagi ekinlar; shartli sug'oriladigan erlardagi ekinlar; zaxi qochirilgan erlardagi ekinlar; lalmikor erlardagi ekinlar. Basharti xo'jalikda bir xil ekin ham sug'oriladigan, ham lalmi erlarga ekilgan bo'lsa, ularning xarajatlari buxgalteriya hisobida ikki ob'ekt bo'yicha ajratilib yuritiladi.
Fermer xo'jaliklarida dehqonchilik xarajatlari hisobining ikkinchi guruh ob'ektiga kelgusi yillar hosili uchun qilingan xarajatlar kiradi. Bu guruh bo'yicha kelgusi yillar hosili uchun bajarilgan quyidagi ishlar hisob ob'ekti bo'lib hisoblanadi. Kuzgi er haydash, yaxob suvi berish, kuzgi ekinlarni ekish, IV chorakda dalaga mahalliy va mineral o'g'itlar chiqarish, yangi erlarni o'zlashtirish, ko'p yillik o'tlarni ekish, hosil yig'ib-terib olingandan so'ng parnik, issiqxona, bog'larda qilinadigan ish va boshqalar.
Fermer xo'jaliklarida bu guruh bo'yicha xarajatlar alohida analitik schyotlarda aks ettirilib tugallanmagan ishlab chiqarish sifatida kelgusi yilga o'tkaziladi. Kelgusi yili bu ishlar bo'yicha qilingan xarajatlar birinchi guruh xarajatlar hisobining ob'ektlari o'rtasida taqsimlanadi. Ayrim ishlar (yangi erlarni o'zlashtirish va boshqalar) bo'yicha qilingan sarflar hisob ob'ektlari o'rtasida bir necha (5-7) yil davomida taqsimlanishi mumkin.
Uchinchi guruh xarajatlariga taqsimlanuvchi sarflar kiradi. Qishloq xo'jalik ishlab chiqarishida ayrim xarajatlarni hisobning birinchi va ikkinchi guruh ob'ektlariga bevosita o'tkazish mumkin emas. Ular yil davomida alohida analitik schyotlarda hisobga olib borilib, yil oxirida ekin va ishlar o'rtasida to'liq (qoldiqsiz) taqsimlanadi.
Fermer xo'jaliklarida xarajatlar hisobining bu ob'ekti quyidagilardan iborat: 1.Dehqonchilikda foydalaniladigan asosiy vositalar bo'yicha taqsimlanadigan amortizatsiya ajratmalari;
2.Sug'orishga doir taqsimlanadigan xarajatlar;
3.Tuproq zahini qochirishga doir taqsimlanadigan xarajatlar.
Yuqorida keltirilgan xarajatlar guruhlari ham yil davomida alohida analitik schyotlarda aks ettirilib, yil oxirida ma'lum ko'rsatkichlarga mutanosib ravishda ekin va ishlar o'rtasida taqsimlanadi.
To'rtinchi guruh xarajatlari chorva mollariga, em, silos, senaj tayyorlash, mahsulotlarni yig'ib-terib olgandan keyin qayta ishlov berish va boshqalar bilan bog'liq. Bu guruh xarajatlar quyidagi analitik schyotlar bo'yicha yuritiladi:
1) silos bostirish, 2) senaj tayyorlash, 3) vitaminli o't unini ishlab chiqarish va boshqalar. Ushbu analitik schyotlarda hisobga olingan xarajatlar yil oxirida tegishli tayyorlangan mahsulot tannarxiga o'tkaziladi yoki birinchi guruh xarajatlar hisobining ob'ektlari o'rtasida taqsimlanadi. Fermer xo'jaliklarida hisob ob'ektlarini belgilash buxgalteriya hisobini tashkil etishning asosiy shartlaridan biri bo'lib qishloq xo'jalik mahsulotining tannarxini aniqlashda muhim ahamiyatga ega.
Buxgalteriya hisobida chorvachilik xarajatlari dehqonchilik xarajatlari kabi tizimlashtirilgan bo'lsada, bir qancha xususiyatlarga ega. Chorvachilik tarmog'iga sarflanadigan mablag'lar va undan olinadigan mahsulotlar yil davomida asosan bir me'yorda boradi. Shuning uchun ham chorvachilikda joriy yilda sarflangan qariyib barcha xarajatlar joriy yil mahsulotiga to'liq o'tkaziladi.Chorvachilikda dehqonchilikdagiga o'xshab ko'plab bajariladigan turli xil texnologik ishlar bo'lmaydi. Bu erda asosan mollarga qarash (boqish, sug'orish, tagini tozalash) va ulardan mahsulot olish singari takrorlanib turiladigan texnologik ishlar amalga oshiriladi. Dehqonchilikka qaraganda chorvachilik hisobini tashkil etishda qilingan xarajatlar davrlar, ish turlari va alohida muomalalar bo'yicha hisobga olinmaydi.
Fermer xo'jaliklarining chorvachilik xarajatlarini hisobga olishning vazifalari bo'lib quyidagilar hisoblanadi: chorvachilik xarajatlarini boshlang'ich va yiyoma hujjatlarda o'z vaqtida rasmiylashtirish; chorvachilikda olingan mahsulotlarni to'g'ri baholash; chorva mollarini guruhlari bo'yicha xarajatlarini alohida holda hisobga olishni ta'minlash va boshqalar(1-jadval).

Download 1,45 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish