Hisob va audit


-jadval Fermer xo'jaliklarida ishlab chiqarish xarajatlarining turkumlanishi6



Download 1,45 Mb.
bet8/18
Sana20.06.2022
Hajmi1,45 Mb.
#682747
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   18
Bog'liq
Kop tarmoqli fermer xojaliklarida ishlab chiqarish xarajatlarini hisobga olish va mahsulotlar tannarxini kalkulyatsiya qilishning oziga xos xususiyatlari Botiraliyev BMI uz 8c980-unlocked

1-jadval
Fermer xo'jaliklarida ishlab chiqarish xarajatlarining turkumlanishi6

Turkumlanish belgilari

Xarajatlar turkumi

i.Xarajatlarni mahsulot ishlab chiqarish jarayonida tutgan o'rniga ko'ra

Asosiy

ustama




2.Mahsulot tannarxiga qo'shilishi (taqsimlanishi)ga qarab

Bevosita

bilvosita




3.Ishlab chiqarish hajmiga bog'liqligiga qarab

o'zgaruvchan

(shartli) o'zgarmas

shartli doimiy

4. Xarajatlarning turiga qarab

Iqtisodiy unsurlar

kalkulyatsiya moddalari

xarajat ob'ektlari

5. Tarkibiga qarab

bir unsurli (oddiy)

kompleks (murakkab)




6.Mahsulot tannarxini hosil qilishdagi xarakteri (maqsadga muvofiqligi)ga qarab

unumli

unumsiz




7. Hosil bo'lish joyiga qarab

asosiy tarmoq

yordamchi tarmoq




8. Kalendar davriga qarab

joriy yilgi xarajatalar

kelgusi yil xarajatlari

o'tgan yilgi xarajat

9. Rejaga kiritilishiga qarab

Rej alashtirila-digan

Rejalashti- rilmaydigan




10. Mahsulot tannarxiga qo'shilishiga ko'ra

to'g'ri

egri




ii. Me'yoriy (normativ) hisobi bo'yicha

me' yor

me'erdan chetga chiqish

me'yoriy o'zgarish

12.Ishlab chiqarish xarajatlari to'g'risidagi nizomga ko'ra

asosiy

davr xarajatlari




Iqtisodchi olimlarning fikrlarini umumlashtirish va fermer xo'jaligi ishlab chiqarish xarajatlarining xususiyatlaridan kelib chiqqan holda, ushbu tarmoqda ishlab chiqarish xarajatlarini qator belgilariga va guruhlariga ko'ra turkumlanishini yuqoridagi jadval shaklida ifodalash mumkin.


Fermer xo'jaliklarida kengaytirilgan takroriy ishlab chiqarishni ta'minlash va aholini sanoat iste'mol mollariga bo'lgan talabini to'laroq qondirish maqsadida sanoat ishlab chiqarishini tashkil qiladilar. Sanoat ishlab chiqarishiga shirkat va jamoa xo'jaliklarida sabzavot va meva mahsulotlarini konservalash, ulardan sharbat olish, em tayyorlash, tegirmon, juvozkashlik, sut zavodlari, qoramol so'yish, qurilish materiallari ishlab chiqarishlar kiradi.
Fermer xo'jaliklarida kelgusi yil hosili uchun joriy yilda qilingan xarajatlar g'o'zapoyalarni yig'ishtirib olish, mineral organik o'g'itlar solish, erni shudgorlash, yaxob suvi berish va boshqa ishlar bilan bog'liq bo'lgan sarflarni o'z ichiga oladi. Xarajatlar turiga qarab ishlab chiqarish xarajatlarini unsurlar va moddalar bo'yicha hisobga olish mahsulot, ish va xizmatlar tannarxini hisoblashda asos bo'lib xizmat qiladi. Masalan, paxtachilikda ishlab chiqarish jarayoni yilning turli vaqtlarida bajariladigan ishlardan tashkil topadi.
Fermer xo'jaliklarida paxta etishtirish bilan bog'liq bo'lgan texnologik jarayonlar ishlab chiqarish xarajatlarining tarkibiga ta'sir ko'rsatadi (1 va 2- ilovalar). Bitiruv malakaviy ishining 1-ilovasidan ko'rinadiki, paxtachilik ishlab chiqarishida o'ndan ortiq asosiy texnologik jarayonlar mavjuddir. Bu jarayonlarda bir qancha ishlar, erlarni shudgorlash, yaxob suvi berish, yumshatish, boronalash, ekish, ekin qator oralariga ishlov berish va shu kabi bir qancha ishlar amalga oshiriladi.
Bitiruv malakaviy ishining 2-ilovasida fermer xo'jaliklarida ishlab chiqarish xarajatlarini texnologik jarayonlar bo'yicha, ya'ni ekish davrigacha bo'lgan xarajatlar tarkibi, ekish va ishlov berish davrigacha bo'lgan xarajatlar va hosilni yig'im-terim davri xarajatlari tarkibi turkumlangan.
Fermer xo'jaliklarida ishlab chiqarish xarajatlari hisobi 2010-schyotining tegishli analitik schyotlarida yuritiladi. Bu subschyotining debetida haqiqiy xarajatlar, kreditida tayyor sanoat mahsulotining chiqishi aks ettiriladi. qoldig'i debetida bo'lib, u tugallanmagan ishlab chiqarish xarajatlarini ko'rsatadi.
Ma'lumki, bozor munosabatlari sharoitida ishlab chiqarish xarajatlarini hisobga olish va mahsulot tannarxini hisoblashni to'g'ri tashkil etish muhim ahamiyatga ega. Fermer xo'jaliklarida xarajatlarni hisobga olish va mahsulot tannarxini hisoblashda buxgalteriya hisobining vazifalari quyidagilardan iborat:

  • mahsulot ishlab chiqarish va uni sotish bilan bog'liq bo'lgan xarajatlarni o'z vaqtida va to'liq hisobga olish;

  • ishlab chiqarish jarayonida material, pul va mehnat resurslaridan samarali foydalanish ustidan nazorat olib borishni ta'minlash;

  • mahsulot ishlab chiqarish va realizatsiya qilish rejasini bajarilishi ustidan nazorat qilish;

  • ichki rezervlardan to'liq foydalanish, xo'jasizlik va brak hisobiga nobudgarchiliklarga yo'l qo'ymaslikni ta'minlash;

  • mahsulot tannarxini to'g'ri hisoblab ishlab chiqarish samaradorligini oshirishni ta'minlash.

Ushbu masalalarni hal qilish uchun O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003 yil 15 oktyabrdagi 444-son qarori bilan tasdiqlangan "Mahsulot (ishlar, xizmatlar)ni ishlab chiqarish va sotish xarajatlarining tarkibi hamda moliyaviy natijalarni shakllantirish tartibi to'g'risida" Nizomi qabul qilindi. Mazkur Nizomga muvofiq fermer xo'jaliklarining barcha xarajatlari quyidagi tartibda guruhlangan.
1. Mahsulot ishlab chiqarish tannarxiga qo'shiladigan:

    1. bevosita va bilvosita moddiy xarajatlar;

    2. bevosita va bilvosita mehnat xarajatlari

v) boshqa bevosita va bilvosita xarajatlar, shu jumladan, ishlab chiqarish xususiyatiga ega bo'lgan ustama xarajatlar.
2.Ishlab chiqarish tannarxiga kiritilmaydigan, biroq asosiy faoliyatdan olingan foydada hisobga olinadigan hamda davr xarajatlariga kiritiladigan xarajatlar:
a) sotish xarajatlari;
b) boshqarish xarajatlari (ma'muriy sarf-xarajatlar);
v) boshqa operatsion xarajatlar va zararlar.

      1. Xo'jalik yurituvchi sub'ektning umumxo'jalik faoliyatidan olingan foyda yoki zararlarni hisoblab chiqishda hisobga olinadigan xo'jalik yurituvchi sub'ektning moliyaviy faoliyati bo'yicha xarajatlari:

        1. foizlar bo'yicha xarajatlar;

        2. xorijiy valyuta bilan muomalalar bo'yicha salbiy kurs tafovutlari;

v) moliyaviy faoliyat bo'yicha boshqa xarajatlar;

      1. Favqulodda zararlar.

Fermer xo'jaliklarida dehqonchilik mahsulotlari etishtirish xarajatlarini hisobga olishning asosiy xususiyatlaridan biri ishlab chiqarish tsiklining davomiyligi bilan chegaralanmaydi. Bizga ma'lumki, ushbu mahsulotlarni ishlab chiqarish xarajatlari quyidagi uch guruhga bo'lingan holda hisobga olinadi:

v) kelgusi yillar hosili uchun joriy yilda qilingan xarajatlar.
Fermer xo'jaliklarida joriy yil hosili uchun joriy yilda qilingan xarajatlarga yaxob suvi berish (erta bahorda), ekishgacha erni tayyorlash, ekish, unib chiqqan g'o'zalarni siyraklashtirish, sug'orish, o'g'it solish, g'o'za qator oralariga ishlov berish, hashorat va zararkunandalarga qarshi kurash, chekanka qilish, defolyatsiya qilish va paxtani yig'ishtirib olish bilan bog'liq bo'lgan sarflar kiradi.
II BOB. MAMLAKATNI MODERNIZATSIYA QILISHNI
CHUQURLASHTIRISH SHAROITIDA KO'P TARMOQLI
FERMER XO'JALIKLARIDA ISHLAB CHIQARISH XARAJATLARINI HISOBGA OLISH VA MAHSULOTLAR TANNARXINI KAL'KULYATSIYA QILISH TARTIBI
2.1. Ko'p tarmoqli fermer xo'jaliklarida ishlab chiqarish xarajatlarini hisob hujjatlari va schyotlarida yoritish xususiyatlari
Fermer xo'jaliklarida buxgalteriya hisobini tashkil etishning xususiyatlari qishloq xo'jalik ishlab chiqarishning o'ziga xosligidan kelib chiqadi. Qishloq xo'jalik korxonalarida buxgalteriya hisobi amaldagi schyotlarning yagona rejalari, ya'ni 21-sonli Buxgalteriya hisobi-ning milliy standarti «Xo'jalik yurituvchi sub'ektlar moliya-xo'jalik faoliyatining schyotlar rejasi va uni qo'llash bo'yicha yo'riqnoma»ga asoslanadi. Jumladan 2010-"Asosiy ishlab chiqarish" schyotida dehqonchilik va chorvachilik tarmoqlari bo'yicha ishlab chiqarish jarayonini alohida va maxsus tartibda hisobga olish maqsadida mazkur hujjatga muvofiq korxona buxgalteri tomonidan ixtiyoriy ravishda "Dehqonchilik" va "Chorvachilik" deb nomlangan maxsus subschyotlarni ochgan holda hisobga olish maqsadga muvofiq bo'ladi. Texnologik jarayonga aloqador bo'lgan bevosita xarajatlar sanoatdagi kabi 2010-"Asosiy ishlab chiqarish" kalkulyatsiya schyotini tuzilishi hamda vazifasi bilan bir xil bo'lgan "Dehqonchilik" va "Chorvachilik" schyotlarining debetida hisobga olinadi. Tayyor mahsulotni, shuningdek, ayrim bajarilgan ish va xizmat (operatsiyalar)ni hisobga olishning ham o'ziga xos xususiyatlari ham bor. Korxonalar va tashkilotlarning yordamchi qishloq xo'jaliklarida 2710-"Xizmat qiluvchi ishlab chiqarish va xo'jaliklar" schyotidan foydalaniladi, shunga ko'ra korxona xarajatlari 2010-"Asosiy ishlab chiqarish", 2510-"Umumishlab chiqarish xarajatlari" va shu kabilar schyotlarda aks ettiriladi.
Fermer xo'jaliklarida buxgalteriya hisobini yuritishda boshlang'ich hujjatlarning namunaviy shakllari, buxgalteriya registrlarining yagona shakllari, hisoblash ishlarini bajarishda hisobga olishning kompleks mexanizatsiyalashgan va avtomatlashgan asosiy tashkiliy shakli davlat statistika qo'mitasi tizimining tuman axborot - hisoblash stantsiyalari hisobga olishni mexanizatsiyalash shartnomalari bo'yicha xizmat ko'rsatadilar. Fermer xo'jaliklari buxgalteriya hisobining asosan memorial-order, jurnal-order va jadval-avtomatlashgan shakllaridan foydalaniladi.
Fermer xo'jaliklari kengaytirilgan takroriy ishlab chiqarishni ta'minlash va aholini sanoat iste'mol mollariga bo'lgan talabini to'laroq qondirish maqsadida sanoat ishlab chiqarishini tashkil qiladilar. Sanoat ishlab chiqarishiga shirkat va jamoa xo'jaliklarida sabzavot va meva mahsulotlarini konservalash, ulardan sharbat olish, em tayyorlash, tegirmon, juvozkashlik, sut zavodlari, qoramol so'yish, qurilish materiallari ishlab chiqarishlar kiradi.
Sanoat ishlab chiqarishi bilan bog'liq bo'lgan xarajatlar hisobi 2010- schyotining tegishli subschyotlarida yuritiladi. Bu subschyotining debetida haqiqiy xarajatlar, kreditida tayyor sanoat mahsulotining chiqishi aks ettiriladi. qoldig'i debetida bo'lib, u tugallanmagan ishlab chiqarish xarajatlarini ko'rsatadi.
Ishlab chiqarish xarajatlarini hisobga olishga oid buxgalteriya yozuvi to'g'ri va tegishli tartibda rasmiylashtirilgan boshlang'ich hujjatlar - mexanizatsiyalashtirilgan, ot va qo'l mehnatlarini hisobga olish varaqalari, o'g'it sarfi dalolatnomalari, mahsulot jo'natilganligi haqidagi yuk xati: registrlar: mahsulotni daladan olib chiqish yo'llanmalari, ozuqa qabul qilish aktlari va shu kabilar asosida amalga oshiriladi. Brigada va bo'limlar bo'yicha guruhlangan boshlang'ich hujjatlar ma'lumotlari asosida ish va xarajatlarni hisobga olish jurnali yuritiladi, so'ngra har oyda dexhqonchilik bo'yicha ishlab chiqarish hisobotlari tuziladi (18 shakl). hisobot ikki bo'limdan iborat bo'ladi. Uning birinchi bo'limida xarajatlar moddalari, rejadagi ekin tur(guruh)lari, tugallanmagan ishlab chiqarish turlari bo'yicha xarajatlar, ikkinchi bo'limida dehqonchilik mahsulotining chiqishi aks ettiriladi. hisobotlar asosida analitik hisob yuritiladigan mahsulotning chiqishi hisobi daftariga qayd qilinadi, so'ngra 10 jurnal-orderga o'tkaziladi. hisobga olishning mashinaga mo'ljallangan turlarida xarajatlar va mahsulotning chiqishini hisobga olishning vedomost - mashinogrammalari ishlab chiqiladi.
Qishloq xo'jalik korxonalarida ishlab chiqarish xarajatlari qishloq xo'jalik ishlab chiqarishning tarmoqlari (o'simlikchilik, chorvachilik, sanoat ishlab chiqarishi) bo'yicha 21-BHMSga asosan 2010-"Asosiy ishlab chiqarish" sintetik schyotning quyidagi subschyotlarida hisobga olinadi. Yordamchi ishlab chiqarishlar bilan bog'liq xarajatlar 2310-"yordamchi ishlab chiqarishlar" schyotida hisobga olinadi.
Ishlab chiqarishni tashkil etish va boshqarish bilan bog'liq xarajatlar 2510- "Umumishlab chiqarish xarajatlari" va 2710-"Xizmat ko'rsatuvchi xo'jaliklar" sintetik schyotlarida hisobga olinadi. Bu schyotlarda xarajatlar, odatda, yil davomida yig'ilib boriladi va yil oxirida taqsimlash yo'li bilan ishlab chiqarish xarajatlariga qo'shiladi.
Fermer xo'jaliklarida dehqonchilikdagi xarajatlar va mahsulotning chiqishini hisobga olishda 2010-"Asosiy ishlab chiqarish" schyotidan foydalaniladi. U ishlab chiqarilayotgan mahsulot tannarxini hisoblashga ham mo'ljallangan. Schyotning debetida yil davomida bevosita, yil oxirida esa yuqorida keltirilgan sarf moddalari bo'yicha bilvosita xarajatlar, kreditda esa yil davomida mahsulotning chiqishi rejadagi tannarxda aks ettiriladi. Yil yakunida esa rejadagi tannarx aniqlangan haqiqiy tannarxga etkazib to'g'rilanadi. Yil boshida ushbu schyotning debet saldosi o'tgan yil xarajatlari bo'yicha tugallanganmagan ishlab chiqarishni, yil oxirida esa kelgusi yil hosili uchun xarajatlar bo'yicha tugallanmagan ishlab chiqarishni anglatadi. 2010-"Asosiy ishlab chiqarish" schyoti (2010 - «Asosiy ishlab chiqarish» schyoti("Dehqonchilik" subschyoti)) bo'yicha analitik hisobi ishlab chiqarish xarajatlarini hisobga olish ob'ektlari bo'yicha ekin turlari, tugallanmagan ishlab chiqarish, ish turlari va xarajat moddalari bo'yicha yuritiladi.
Fermer xo'jaliklarida dehqonchilik mahsulotining daladan kelib tushishi va berilishini aks ettiradigan turli birlamchi hujjatlar mavjud. Hujjatlarning shakli maxsulotlar xarakterining va ish turiga daladan keltirilayotgan maxsulotning hujjati rasmiylashtirilishiga va uning kirim qilinishiga bog'liq bo'ladi. Masalan, donni kombaynlarda xirmonga tashish, maxsulotni daladan olib chiqish yo'llanma bilan rasmiylashtiriladi. Oldindan nomerlangan yo'llanma kombayn haydovchilariga berib qo'yiladi. Bu yo'llanmani avval kombaynchi, so'ngra shofg'r va xirmon mudiri imzolaydi.
Fermer xo'jaliklarida mazkur yo'llanmalar o'rnida daladan don va boshqa maxsulotlarni jo'natish reestirlaridan foydalanilishi mumkin. Ular yo'llanmalar singari rasmiylashtiriladi, ammo kun davomida yiyoma hujjat sifatida yuritiladi. Bu dastlabki hujjatlar sonini qisqartirish imkonini beradi. Bundan tashqari, auditor don maxsuloti bevosita xirmonda "Don va boshqa maxsulotlarni qabul qilish" reestrlarida kirim qilinganligini tekshirishilozim, bu hujjat ham ish kuni davomida yuritiladi. Xirmon mudiri ushbu kirim hamda chiqim hujjatlari asosida har kuni don va boshqa maxsulotlar harakati vedomostini tuzadi va uni dastlabki hujjatlar bilan birga buxgalteriyaga topshiradi.
Fermer xo'jaliklarida donni xirmonda tozalash, quritish va saralash dalolatnomalar bilan rasmiylashtirilib, unda donning ishlov berishdan oldingi va keyingi og'irligi turlar bo'yicha chiqit miqdori ko'rsatiladi. Fermer xo'jaliklarida paxtaning kelib tushishi paxtaning kundalik terilishi haqidagi ma'lumotlarni qamrab oluvchi hujjatlar, savzavot, kartoshka, poliz va bog'dorchilik maxsulotlari qishloq xo'jalik maxsulotining kelib tushish kundaliklari orqali rasmiylashtiriladi.
Fermer xo'jaliklarida g'allani qabul qilish punktlariga jo'natilayotganda tovar- transport nakladnoylari ilova qilinadi. Chiqim hujjatlari omborchi yoki xirmon mudiri tomonidan maxsulotning chiqib ketishi haqidagi hujjatlar reestrida qayd etiladi. Ishlatilgan ozuqa yiyoma hujjat ozuqa sarfi vedomosti bilan rasmiylashtiriladi.Fermer xo'jaliklarida chorvachilik mahsulotlarini ishlab chiqish jarayonida ham xilma-xil hujjatlardan foydalaniladi. Ularning shakli va mazmuni maxsulot xarakteri, chorva va ish turiga bog'liq bo'ladi. Ishlab chiqarish xarajatlarini hisobga olishga oid buxgalteriya yozuvi to'g'ri va tegishli tartibda rasmiylashtirilgan boshlang'ich hujjatlar-mixanizatsiyalashtirilgan, ot va qul mehnatlarini hisobga olish varaqalari, o'g'it sarfi aktlari, mahsulot jo'natilganligi haqidagi nakladnoylar registirlar,mahsulotni daladan olib chiqish yo'llanmalari, oziqa qabul qilish dalolatnomalari vash u kabilar asosida amalga oshiriladi. Brigada va bo'limlar bo'yicha guruxlangan boshlang'ich hujjatlar ma'lumotlari asosida ish va xarajatlarni hisobga olish jurnali yuritiladi, so'ngra har oyda dehqonchilik bo'yicha ishlab chiqarish hisobotlari tuziladi. (18-shakl) Hisobot ikki bo'limdan iborat bo'ladi. Uning birinchi bo'limida xarajatlar moddalari, rejadagi ekin tur (guruh) lari, tugallanmagan ishlab chiqarish turlari bo'yicha xarajatlar, ikkinchisida dehqonchilik mahsulotining chiqishi aks ettiriladi. Ishlab chiqarish hisobotlari tugallangan oydagi ma'lumotlarni ko'rsatib, yil boshidan o'suvchi yakunida yuritiladi. Hisobotlar asosida analitik hisob yuritiladigan mahsulotning chiqishi hisobi daftariga,qayd qilinadi. Sungra 10 jurnal-orderga o'tkaziladi. Hisobga olishning mashinaga mo'ljallangan turlarida xarajatlar va maxsulotning chiqishini hisobga olishning vedomost- mashinagrammalari ishlab chiqiladi.
Fermer xo'jaliklarida analitik hisob xarajatlarning turlari va chiqarilayotgan mahsulotlarning turlari bo'yicha yuritiladi. Xarajatlarning yuzaga kelish joylari va boshqa belgilari bo'yicha guruhlanishi shuningdek, kalkulyatsion hisob alohida schyotlar tizimida amalga oshiriladi. Ushbu schyotlarning tarkibi va foydalanish uslubiyatini har bir korxona o'zining ishlab chiqarish faoliyati, tuzilishi, boshqarishni tashkil etish xususiyatlariga qarab belgilaydi. Mamlakatimizda dehqonchilik bilan shug'ullunuvchi fermer xo'jaliklarida ishlab chiqarish xarajatlarining sintetik hisobi 2000 «Asosiy ishlab chiqarish schyotlari» tizimida olib boriladi. Ushbu schyotlar tizimida dehqonchilik sohalariga qarab quyidagi analitik schyotlarni ishchi schyotlar rejasida ochish mumkin:

  • 2011 - «Paxtachilik»;

  • 2012 - «G'allachilik»;

  • 2013 - «Sabzavotchilik» va boshqalar.

  • Dehqonchilik bilan shug'ullunuvchi fermer xo'jaliklarida ishlab chiqarish zahiralarining analitik hisobi ularning alohida turlari, chunonchi urug'lik va ekish materiallari, o'g'itlar, turli xil ximikatlar, dori-darmonlar va boshqalar bo'yicha alohida ochilgan analitik hisob registrlarida yuritiladi.

Fermer xo'jaligidagi dehqonchilik ishlariga ishlab chiqarish zahiralarining sarflanishi, shuningdek ularning sotilishi, bepul berilishi, boshqa korxonalarga ta'sis badali sifatida kiritilishi, ish haqi va moddiy yordam sifatida berilishi,
shunindek turli boshqa chiqimlari guvohlik beruvchi hujjatlar asosida hisobda quyidagicha aks ettiriladi (2-jadval).


Download 1,45 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish