Ijtimoiy ishlab chiqarish xarajatlari – bu mahsulot ishlab chiqarish uchun ijtimoiy zaruriy mehnatning umumiy (jonli va moddiylashgan) sarflaridir. Ular mazkur maҳsulotni ishlab chiqarish jamiyat uchun qanchaga tushgannligini ko`rsatadi. Tovar ishlab chiqarish sharoitida ijtimoiy xarajatlar pul shaklida namoyon bo`ladi va tovar qiymatiga muvofiq tushadi, ya`ni:
w = c + v + m,
bu erda: w – ijtimoiy ishlab chiqarish xarajatlari yoki maҳsulot qiymati; s – doimiy kapital; v – o`zgaruvchi kapital (ishchi kuchi) xarajatlari; m – qo`shimchaqiymat.
Korxona (firma) mahsulotining ishlab chiqarish xarajatlari – bu korxonaning mahsulot ishlab chiqarish va uni sotishga qilingan barcha sarflari yig’indisidir:
k = s + v.
Uning tarkibiga xomashyo va materiallar, amortizatsiya, ish haqi va boshqa sarflar kiradi.
Ishlab chiqarish xarajatlari deganda tovar va xizmatlarni ishlab chiqarish va iste`molchilarga yetkazib berishga qilinadigan barcha sarflar tushuniladi. Ishlab chiqarish sarf-xarajatlari tarkibiga xom ashyo, asosiy va yordamchi materiallar, yonilg’i va energiya uchun qilingan xarajatlar, asosiy kapital amortizatsiyasi, ish haqi va ijtimoiy sug’urtaga ajratmalari, foiz to`lovlari va boshqa xarajatlar kiradi. Ishlab chiqarishga qilingan barcha sarf-xarajatlarning puldagi ifodasi mahsulot tannarxini tashkil qiladi.
Ishlab chiqarish xarajatlarini ikkiga bo`lib o`rganish mumkin:
1 Bevosita ishlab chiqarish xarajatlari
2 Muomala xarajatlari Ishlab chiqarish xarajatlari deganda mahsulotni bevosita ishlab chiqarish uchun qilinadigan barcha sarflar (ish haqi, xom ashyo va material sarflari, amortizatsiya va h.k.) tushuniladi. Tovar birligining qiymatida ishlab chiqarish xarajatlari faqat uning bir qismini tashkil qiladi. Ishlab chiqarish xarajatlari tovar qiymatidan foyda miqdoriga kam bo`ladi.
Muomala xarajatlari tushunchasi tovarlarni sotish jarayoni bilan bog’liq bo`lib, shu tovarlarni ishlab chiqaruvchidan olib, iste`molchiga etkazilguncha ketadigan sarflarga aytiladi. Ular ikki guruhga bo`linadi: 1 qo`shimcha muomala xarajatlari 2 sof muomala xarajatlari. Tovarlarni o`rash, qadoqlash, saralash, transportga ortish, tashish va saqlash xarajatlari qo`shimcha muomala xarajatlari hisoblanadi. Muomala xarajatlarining bu turlari ishlab chiqarish xarajatlarining davomi hisoblanib, tovar qiymatiga kiradi va uning qiymatini oshiradi. Xarajatlar tovarlar sotilgandan keyin olingan pul tushumi summasidan qoplanadi.
Xarajatlarning jalb etilish manbaiga ko`ra turkumlanishi Tashqi va ichki xarajatlar ning mohiyatini ochib berish, ularning bir-biridan farqini tushuntirishda bugungi kunda bizning xo`jalik amaliyotimizda ko`plab faoliyat yuritayotgan yakka tartibdagi tadbirkorlarni yaqqol misol tariqasida keltirish qo`l keladi. Aytaylik, biron-bir tadbirkor o`ziga qarashli bo`lgan xonadonda kichik ishlab chiqarish sexi tashkil qildi. Bu erda uning tashqi xarajatlari aniq: ishlab chiqarish uchun zarur bo`lgan xom ashyo uchun to`lov, elektr energiyasi, suv va boshқa kommunal xizmatlar uchun to`lovlar, transport xizmatlari uchun to`lov va boshqalar Ishlab chiqarish hajmining o`zgarishiga ta`siriga qarab xarajatlarni turkumlash . - Ishlab chiqarish hajmining o`zgarishiga (qisqarishi yoki ortishiga) ta`sir qilmaydigan xarajatlar doimiy xarajatlar deyiladi.
- Doimiy xarajatlar (FC) ishlab chiqarish ҳajmining o`sishiga bevosita ta`sir etmaydi va ishlab chiqarishning har qanday, hatto nolinchi hajmida ham mavjud bo`ladi. Bunga korxonaning to`lov majburiyatlari (zayomlar bo`yicha foiz va boshқa), soliqlar (ishlab chiqarish hajmiga bog’liq bo`lmagan turlari), amortizatsiya ajratmalari, ijara haqi, qo`riqlash xizmatiga to`lov, uskunalarga xizmat ko`rsatish sarflari, boshqaruv xodimlari maoshi va shu kabilar kiradi.
O`zgaruvchi xarajatlar (VC) deb ishlab chiqarish hajmining o`zgarishiga ta`sir qiladigan xarajatlarga aytiladi. Unga xom ashyo, material, yonilg’i-transport xizmati, ishchilar ish haqi va shu kabilarga qilinadigan sarflar kiradi.
Ishlab chiqarishning har bir darajasida doimiy va o`zgaruvchan xarajatlar yig’indisi umumiy yoki yalpi xarajatlar (TS)ni tashkil qiladi .
Doimiy ( FC ), o’zgaruvchi ( VC ) va yalpi ( ТС ) xarajatlarining grafikdagi ifodasi.
Mahsulot birligini ishlab chiqarishga qilinadigan sarf-xarajatlarni hisoblash uchun o`rtacha umumiy, o`rtacha doimiy va o`rtacha o`zgaruvchi xarajatlar tushunchalaridan foydalaniladi. O`rtacha umumiy xarajatlar yalpi (umumiy) xarajatlarning ishlab chiqarilgan mahsulot miqdori nisbatiga teng:
Bu yerda: AC – o`rtacha umumiy xarajatlar;
TS – yalpi (umumiy) xarajatlar;
Q – ishlab chiqarilgan mahsulot miqdori.
O`rtacha doimiy xarajatlar doimiy xarajatlarning ishlab chiqarilgan mahsulot miqdoriga nisbati bilan aniqlanadi:
Bu erda: AFC – o`rtacha doimiy xarajatlar;
TFC – doimiy xarajatlar summasi.
O`rtacha o`zgaruvchi xarajatlar o`zgaruvchi xarajatlarni ishlab chiқarilgan maҳsulot miқdoriga nisbati bilan aniқlanadi:
Bu erda: AVC – o`rtacha o`zgaruvchi xarajatlar;
TVC – o`zgaruvchi xarajatlar summasi.
Shuningdek, o`rtacha umumiy xarajatlarni o`rtacha doimiy va o`rtacha o`zgaruvchi xarajatlarning yiғindisi sifatida ҳam ifodalash mumkin:
AC = AFC + AVC.
Bu o`rtacha umumiy, doimiy va o`zgaruvchi xarajatlarning egri chiziqlari quyidagi ko`rinishda bo`ladi
E’TIBORINGIZ UCHUN RAXMAT
Do'stlaringiz bilan baham: |