2-jadval
Dehqonchilik bilan shug'ullunuvchi fermer xo'jaliklarida materiallarning ishlatilishi va boshqa chiqim xarajatlarni schyotlarda aks ettirish7
№
|
Muomalarning mazmuni
|
Summa
|
Debet
|
Kredit
|
Asos bo'luvchi hujjat
|
|
Materiallarning ishlab chiqarishga sarflanishi
|
5000000
|
2010, 2310, 2510
|
10101090
|
Material hisobotlari, dalolatnoma
|
2
|
Materiallarning sotilishi:
sotish qiymatiga
materiallarning hisob bahosida moddiy javobgar shaxs bo'ynidan soqit qilinishiga
sotishdan olingan foydaga
sotishdan ko'rilgan zararga
|
500000 400000 100000
|
4010,
9210
9220 9430
|
9220
10101090 9320 9220
|
Shartnoma, schyot- faktura hisob-kitoblar, material hisoboti
|
3
|
Materiallarning bepul berilishi:
berish qiymatiga
materiallarning hisob bahosida moddiy javobgar shaxs bo'ynidan soqit qilinishiga
sotishdan ko'rilgan zararga
|
500000 500000
500000
|
4010 9220
9430
|
9220 10101090
4010
|
Shartnoma, schyot- faktura, hisob-kitoblar, material hisoboti
|
4
|
Ta'sis badali sifatida berilishi:
|
500000
|
0610-
|
9220
|
Shartnoma, schyot-
|
|
kiritish qiymatiga
materiallarning hisob bahosida moddiy javobgar shaxs bo'ynidan soqit qilinishiga
|
500000
|
0690 9220
|
10101090
|
faktura, hisob-kitoblar, material hisoboti
|
5
|
Materiallarning ish haqi va moddiy yordam sifatida berilishi:
|
500000
|
6710
|
9220
|
Ariza,
|
|
berish qiymatiga
materiallarning hisob bahosida moddiy javobgar shaxs bo'ynidan soqit qilinishiga
|
500000
|
9220
|
10101090
|
schyot-faktura, hisob-kitoblar, material hisoboti
|
Ishlab chiqarish xarajatlarining analitik hisobi dehqonchilik sohalarining yo'nalishlariga qarab yuritiladi. Masalan, 2013 «Sabzavotchilik» schyoti bo'yicha quyidagi analitik schyotlarni ochish mumkin: kartoshka; pomidor; piyoz; sabzi; karam va boshqalar.
Dehqonchilik bilan shug'ullunuvchi fermer xo'jaliklarida ishlab chiqarish xarajatlari schyotlarining (2011, 2012, 2013) debetida haqiqatda qilingan xarajatlar aks ettiriladi. Bunda, mos ravishda xarajatlarning moddalariga ko'ra quyidigi yozuvlar qilinadi:
Debet 2011,2012,2013 Kredit 1010-1090 - material
xarajatlariga; Debet 2011,2012,2013 Kredit 6710 - mehnat haqi xarajatlariga;
Debet 2011,2012,2013 Kredit 6520 - ijtimoiy sug'urta xarajatlariga; Debet 2011,2012,2013 Kredit 6510 - ekinlarni sug'urtalash xarajatlariga; Debet 2011,2012,2013 Kredit 6010,6990 - ish, xizmat xarajatlariga; Debet 2011,2012,2013 Kredit 2310 - yordamchi ishlab chiqarish xarajatlarini hisobdan chiqarilishiga;
Debet 2011,2012,2013 Kredit 2510 - umumishlab chiqarish xarajatlarining hisobdan chiqarilishiga.
Ishlab chiqarish xarajatlari schyotlarining kreditida hisobot yili davomida olingan mahsulotlar reja tannarxi bo'yicha aks ettiriladi, ya'ni unga quyidagicha yozuv qilinadi:
Debet 2810 Kredit 2011, 2012 va 2013.
Yil boshidagi tugallanmagan ishlab chiqarish xarajatlari hisobot davr xarajatlariga kiritiladi. Yil oxiridagi tugallanmagan ishlab chiqarish kuzgi ekinlarni ekish xarajatlari bo'yicha inventarizatsiya yo'li bilan topiladi.
Dehqonchilik bilan shug'ullunuvchi fermer xo'jaliklarida hisobot yili oxirida har bir soha bo'yicha etishtirilgan mahsulotlarning reja tannarxi va haqiqiy tannarxi o'rtasidagi farq summalari hisob-kitob qilinadi. Reja tannarx va haqiqiy tannarx o'rtasidagi farq summasi barcha mahsulotlar bo'yicha quyidagicha topiladi:
Tf = (Tx - Tr) x Mts
Bu erda:
Tf - bir birlik mahsulot reja va haqiqiy tannarxlari o'rtasidagi
farq summasi;
Tx - bir birlik mahsulotning haqiqiy tannarxi;
Tr - bir birlik mahsulotning reja tannarxi;
Mts - etishtirilgan mahsulotning miqdori (ts.)
Reja tannarx va haqiqiy tannarx o'rtasidagi farq summasi mos ravishda ishlab chiqarish xarajatlari schyotlarida «qizil yozuv» yoki «qo'shimcha yozuv» usullari bo'yicha aks ettiriladi. Bunda reja tannarxi haqiqiy tannarxdan yuqori bo'lgan hollarda «qizil yozuv» usuli, reja tannarxi haqiqiy tannarxdan past bo'lganda esa «qo'shimcha yozuv» usulidan foydalaniladi.
Fermer xo'jaliklarida barcha etishtirilgan mahsulotlar bo'yicha haqiqiy tannarx va reja tannarx o'rtasidagi farq summalarining hisob-kitobi hamda ularni tegishli schyotlarda aks ettirish tartibi misol tariqasida quyidagi 3-jadvalda keltirilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: