R
KIRISH
Mavzuning dolzarbligi. Respublikamiz mustaqillikka erishganidan so'ng iqtisodiyotning barcha sohalarini rivojlangan mamlakatlar tajribasiga asoslangan holda rivojlantirish zaruriyati tug'ildi. Mustaqillikning ilk yillarida Prezidentimiz tomonidan belgilab berilgan iqtisodiyotni rivojlantirishning ustuvor yo'nalishlari bugungi kunga kelib o'zining ijobiy natijalarini bermoqda.
Shu jumladan, "Mamlakatimiz qishloq xo'jaligida ham chuqur tarkibiy o'zgarishlar amalga oshirilmoqda. Murakkab ob-havo sharoitiga qaramasdan, fermer va dehqonlarimizning fidokorona mehnati va omilkorligi tufayli o'tgan yili mo'l hosil etishtirildi - 7 million 500 ming tonnadan ziyod g'alla, 3 million 350 ming tonnadan ortiq paxta xirmoni barpo etildi. Ta'kidlash kerakki, bunday mo'l hosil asosan qishloq xo'jaligida ishlab chiqarishni jadallashtirish, selektsiya ishlarini yaxshilash, g'o'za va boshoqli don ekinlarining rayonlashtirilgan navlarini joriy qilish, zamonaviy agrotexnologiyalarni o'zlashtirish evaziga ta'minlandi. Mamlakatimizda bug'doydan gektaridan o'rtacha 55 tsentner hosil olingani, ayrim tumanlarda bu ko'rsatkich 60-77 tsentnerni tashkil etgani, hech shubhasiz, fermerlarimizning ulkan yutug'idir"1.
Respublikamizda keyingi yillarda iqtisodiyotni modernizatsiyalash va diversifikatsiyalash jarayonlariga yanada kengroq e'tibor berilmoqda. Bu borada Respublikamiz iqtisodiyotining xususiyatli tomonlarini e'tiborga olgan holda, hamda iqtisodiy taraqqiyotimizning rivojlanib borishiga tartki bo'layotgan xo'jalik yurituvchi sub'ektlarda xarajatlar hisobini o'sib borayotgan iqtisodiy talablarga moslashtirish, moliyaviy natijalarni shakllantirish tartibini takomillashtirish maqsadida 1999 yil 5-fevralda Vazirlar Mahkamasining 54-son va 2003 yilning 15 oktyabrida 444 son Qarori bilan mazkur Nizomga kiritilgan o'zgartirish va qo'shimchalar bu mavzuning iqtisodiyotdagi ahamiyatlilik darajasining oshib borayotganligidan dalolat bermoqda.
Qishloq xo'jaligini ilmiy asosda yuksaltira olgan davlat boy, iqtisodiy qudratli hamda engilmas bo'ladi. O'zbekistonimiz ana shunday istiqboli buyuk mamlakatdir. Jamiyatda islohotlarni o'tkazishdan maqsad, xalq turmushini farovon qilish va yurt qudratini oshirishdan iborat. Shunday ekan, Respublikamiz istiqbolini tub o'zgarishlarsiz, ya'ni islohotlarsiz tassavvur qilib bo'lmaydi. Bunday islohotlar hozirgi kunda qishloq xo'jaligi sohasida ham ildamlab bormoqda. Buning isboti o'laroq, O'zbekiston Respublikasining "Dehqon xo'jaligi to'g'risida", "Fermer xo'jaligi to'g'risida" va "Qishloq xo'jaligi kooperativ (shirkat xo'jalik)lari to'g'risida"gi Qonun hujjatlarining qabul qilinishi bu borada muhim dastur bo'lib hisoblanadi.
Fermer xo'jaliklarida buxgalteriya hisobini tashkil qilish sohasidagi jahon tajribalariga milliy andozalar talablariga tayangan holda buxgalteriya hisobini tashkil qilish, mavjud tajribalarga suyanib mulkchilikning yangi bo'g'ini hisoblangan fermer xo'jaliklarida buxgalteriya hisobining soddalashtirilgan shakllarini qo'llash va fermer xo'jaligini qanday mulk evaziga tashkil etishning afzalligini ko'rsatib berish bitiruv malakaviy ishi mavzusini tanlashning, uni dolzarbligini va katta nazariy hamda amaliy ahmiyatga ega ekanligini ko'rsatib turadi.
Yuqoridagi fikrlar, fermer xo'jaliklarida ishlab chiqarish xarajatlari hisobi borasida hanuzgacha muhim va o'z echimini kutayotgan zaruriy masalalar mavjudligi va shu bois, bu borada buxgalteriya hisobi tizimida jiddiy ilmiy izlanishlar olib borish zarurligini taqozo etadi. Bu esa, bitiruv malakaviy ishi mavzusining naqadar dolzarb ekanligini ko'rsatmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |