1-chizma. mamlakatimizda qishloq xo'jalik korxonalari ixtisoslashuvi va mahsulotlarni etishtirishiga ko'ra turlari2
Ta'kidlash joizki, ko'p tarmoqli fermer xo'jaliklari bugungi kunda o'ylab topilgan emas, balki uzoq tarixga ega ekanligi bilan ham ahamiyatlidir. Ko'p tarmoqli ishlab chiqarishni tashkil qilishdagi eng muhim jihatlardan biri, bu - har qanday fermer xo'jaligi o'z daromadini (sof foyda) oshirish maqsadida o'z xohishiga ko'ra ixtiyoriy ravishda qo'shimcha tarmoqlarni tashkil etgan holda ko'p tarmoqli fermer xo'jaligiga aylanishi mumkin. Bu fermerning faoliyati to'liq ixtiyoriy va fermer xo'jaligining xususiy manfaatlariga mos tarzda amalga oshiriladi.
Qo'shimcha tarmoqlar faoliyatini yo'lga qo'yish asosida fermer xo'jaliklari qishloq xo'jaligi mahsulotlarini joylarning o'zida ortiqcha nobudgarchiliklarga yo'l qo'ymasdan qayta ishlash, raqobatbardosh tayyor mahsulotlar ishlab chiqarib, ularni ichki va tashqi bozorlarga chiqarish hamda qishloqlarda yangi ish joylari yaratish va bu orqali qishloq aholisining ijtimoiy-iqtisodiy ahvoli, hayoti farovonligini yaxshilashga hissa qo'shadi. Shuningdek, ko'p tarmoqli fermer xo'jaliklarida qo'shimcha tarmoq faoliyati hisobiga etishtirilgan mahsulotlar fermer xo'jaliklarining ichki iste'moliga yo'naltirilishi va shuningdek, bozorga chiqarilishi ham mumkin. Lekin, iqtisodiy jihatdan qo'shimcha tarmoq yuqori tovarlilik darajasiga ega bo'lishi ham maqsadga muvofiqdir. Bu ko'p tarmoqli fermer xo'jaligini rivojlatirishda qo'yilgan maqsad va vazifalarga ham to'la mos keladi.
O'zbekiston Respublikasining "Er kodeksi" va "Fermer xo'jaligi to'g'risida"gi qonunlarining qabul qilinishi sohada asosiy xo'jalik yuritish shakli sifatida fermer xo'jaliklarining qaror topishi uchun muhim huquqiy asos yaratib berdi. Keyingi bosqichda esa samarasiz faoliyat yurituvchi shirkat xo'jaliklari negizida O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining tegishli qarorlari bilan fermer xo'jaliklari tashkil etila boshlandi. Bu davrda fermer xo'jaliklari faoliyat yuritishi bilan bog'liq bo'lgan ko'plab huquqiy, iqtisodiy, moliyaviy va tashkiliy mexanizmlar shakllandi va takomillashib bordi. Ammo, o'tkazilgan tajribalar fermer xo'jaliklari soni ortib, ekin maydonlari hajmi kichiklashib ketishi tufayli er maydonlaridan samarasiz foydalanayotganligi, fermer xo'jaliklarining moliyaviy- iqtisodiy jihatdan ahvoli og'irligi, moddiy-texnik resurslar bilan ta'minlash borasida qator muammolar to'planib borayotganligini ko'rsatdi. Bu esa, o'z navbatida, paxta va g'allachilik, bog', uzumchilik, sabzavotchilik, polizchilik va chorvachilik yo'nalishlaridagi fermer xo'jaliklari er uchastkalarini maqbul o'lchamlarini aniqlash zaruratini keltirib chiqardi.
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012 yil 22 oktyabrdagi "O'zbekistonda fermerlik faoliyatini tashkil qilishni yanada takomillashtirish va uni rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi PF-4478-sonli Farmoni qabul qilinishi esa ko'p tarmoqli fermer xo'jaliklarini rivojlantirish, ularni har tomonlama qo'llab-quvvatlash uchun huquqiy asos yaratib berdi. Bugungi kunda fermerlar faqatgina xomashyo etishtirib beruvchi emas, balki uni qayta ishlovchi, qishloqlarga sanoatni olib kirib, ko'plab yangi ish o'rinlarini yaratayotga
n
ishbilarmonga aylanmoqda. Bu borada, ko'p tarmoqli fermer ho'jaliklari qishloq xo'jaligi mahsulotlarini ishlab chiqarishi bilan birgalikda ularni kayta ishlash, qurilish ishlarini amalga oshirish va qishloq aholisiga servis xizmati ko'rsatishi bilan ko'zga ko'rinmoqda.
Ko'p tarmoqli fermer xo'jaliklarida ishlab chiqarishning qo'shimcha tarmog'i asosiy tarmoq bilan bog'liq holda yoki asosiy tarmoq bilan bog'liq bo'lmagan sohalarda tashkil etilishi mumkin. Qo'shimcha tarmoqni asosiy tarmoq (qishloq xo'jaligi mahsulotlari etishtirish va uni qayta ishlash sohalari) bilan bog'liq bo'lmagan sohalarda tashkil etish yo'nalishlari quyidagilar bo'lishi mumkin(2- chizma):
Ko'p tarmoqli fermer xo'jaliklarining qo'shimcha faoliyat turlari
Suratxonalar tashkil qilish
Dam olish uylari faoliyatini yo'lga qo'yish
Xalq hunarmandchiligi bilan shug'ullanish
Ekoturizmni tashkil qilish
Yog'ochni qayta ishlash va quritish
Cho'milish havzalari
Turli to'y va boshqa marosimlar uyi faoliyatini tashkil qilish
Avtomobillarga texnik yordam ko'rsatish
Umumovqatlanish shoxobchalari
Poyabzal ta'mirlash va tikish
Qurilish materiallari ishlab chiqaris
h
Mebel yasash va ta'mirlash
Yarim tayyor mahsulotlar ishlab chiqarish (oziq-ovqat mahsulotlari, ip, kalava va boshqalar) va hokazo
Teleradio, video, audio apparatlarini sozlash ustaxonalari tashkil qilish
Tijorat va savdo-sotiq korxonalar
i
Do'stlaringiz bilan baham: |