Hisob va audit


-chizma. Ko'p tarmoqli fermer xo'jaliklarining qo'shimcha faoliyat turlari3



Download 1,45 Mb.
bet6/18
Sana20.06.2022
Hajmi1,45 Mb.
#682747
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
Bog'liq
Kop tarmoqli fermer xojaliklarida ishlab chiqarish xarajatlarini hisobga olish va mahsulotlar tannarxini kalkulyatsiya qilishning oziga xos xususiyatlari Botiraliyev BMI uz 8c980-unlocked

2-chizma. Ko'p tarmoqli fermer xo'jaliklarining qo'shimcha faoliyat turlari3

Bugungi kunda fermer xo'jaliklarining salohiyatidan foydalanishda hududiy xususiyatlarni hisobga olgan holda qo'shimcha tarmoqlarni tashkil etish va rivojlantirishning tashkiliy-iqtisodiy jihatdan qo'llab-quvvatlash masalalari mahalliy davlat idoralarining muhim vazifalaridan biri bo'lishi lozim. Shuningdek, hududiy xususiyatlarni e'tiborga olgan holda fermer xo'jaliklarining salohiyatidan foydalanishda ko'p tarmoqli ishlab chiqarishni tashkil etishdagi ustuvor yo'nalishlarni ilmiy asoslash, fermer xo'jaliklarining iqtisodiy salohiyatidan foydalanishda ko'p tarmoqli ishlab chiqarishni davlat tomonidan huquqiy va moliyaviy tomondan qo'llab-quvvatlash yo'nalishlarini takomillashtirish, jumladan, iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida fermer xo'jaliklarining iqtisodiy salohiyatidan foydalanishda qo'shimcha tarmoqlarni rivojlantirishning ustuvor yo'nalishlarini belgilashda quyidagilarga e'tibor qaratish lozim deb hisoblaymiz:

  • fermer xo'jaliklarida qo'shimcha tarmoqlarni tashkil qilishda qo'shimcha er maydonlarini ajratish yoki asosiy yo'nalish uchun fermerlarga maqsadli ajratib berilgan qishloq xo'jaligi ekin maydonlarining ma'lum qismida (5-10%) bozor talabi yuqori bo'lgan boshqa qishloq xo'jaligi mahsulotlari etishtirish imkoniyati yaratishning huquqiy asoslarini takomillashtirib borish;

  • hududiy xususiyatlarni hisobga olgan holda fermer xo'jaliklarida qo'shimcha tarmoqlarni tashkil etish uchun zarur bo'ladigan zamonaviy texnik va texnologik uskunalar, vositalarni xarid qilish imkoniyatlarini kengaytirish;

  • tabiiy-iqtisodiy omillarni hisobga olib fermer xo'jaliklari salohiyatidan foydalanish samaradorligini oshirish borasidagi xorijiy tajribalarni keng ko'lamda joriy etishni rag'batlantirib borish kabi omillar soha taraqqiyotiga xizmat qiladi.

Mamlakatimizda so'nggi yillarda fermerlik faoliyati xususiy sektorning muhim bo'g'iniga aylanib bormoqda. Umuman olganda, Prezidentimiz Islom Karimov boshchiligida mustaqillikni qo'lga kiritganimizdan so'ng, qishloq xo'jaligi ishlab chiqarishi sohasida fermer xo'jaliklarini tashkil etish, ularning erkin faoliyat yuritishlari uchun zarur shart-sharoitlarni yaratib berish hamda qo'shimcha imtiyozlar taqdim etishga davlat siyosati darajasida e'tibor qaratildi.
Eng avvalo, bunda fermer xo'jaliklari faoliyatining huquqiy asoslarini belgilab beruvchi qonun hujjatlari qabul qilindi. Bunday hujjatlar qatoriga O'zbekiston Respublikasi Fuqarolik, Er, Soliq kodekslari, "Fermer xo'jaligi to'g'risida"gi, "Xo'jalik yurituvchi sub'ektlar faoliyatining shartnomaviy-huquqiy bazasi to'g'risida"gi, davlatimiz rahbarining 2003 yil 24 martdagi "Qishloq xo'jaligida islohotlarni chuqurlashtirishning eng muhim yo'nalishlari to'g'risida"gi, 2003 yil 27 oktyabrdagi "2004 - 2006 yillarda fermer xo'jaliklarini rivojlantirish kontseptsiyasi to'g'risida"gi Farmonlari hamda Hukumatimizning ushbu sohadagi munosabatlarni tartibga solish va yanada takomillashtirish yuzasidan qarorlarini kiritishimiz mumkin. Aynan ushbu Qaror fermerlik harakatini yanada rivojlantirish, fermerlarga qo'shimcha imtiyozlar taqdim etish hamda ularning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash va moliyaviy qo'llab-quvvatlash borasida muhim islohotlar bosqichini boshlab berdi.
Jumladan, mazkur qaror bilan fermer xo'jaliklarining O'zbekiston Fermerlari kengashining tashkil qilish yuzasidan tashabbusiga rozilik berilib, fermerlarning iqtisodiy mustaqilligi va moliyaviy barqarorligini mustahkamlashga yo'naltirilgan fermerlikni rivojlantirishning me'yoriy-huquqiy bazasini yanada takomillashtirishga oid chora-tadbirlar dasturining tasdiqlanganligini alohida ta'kidlab o'tish lozim. Dasturda belgilangan tadbirlar ijrosini ta'minlash maqsadida 10 dan ziyod qonun hujjatlari qabul qilindi. Mazkur qonun hujjatlari bilan fermerlarimizning xuquqlari va manfaatlarining himoya qilinishi bo'yicha qo'shimcha kafolatlar hamda ularning faoliyatini yanada qo'llab-quvvatlash maqsadida imtiyozlar taqdim etilishi nazarda tutildi.
Xususan, fermerlarning haqiqiy er egasi sifatida ish olib borishiga qaratilgan muhim yangiliklardan biri shundaki, fermer xo'jaliklariga er uchastkalari berilishi masalalarini ko'rib chiqish bo'yicha tuman komissiyalari tarkibiga tuman fermerlar kengashi raisi ham kiritildi. Bu, bir tomondan, fermerlarga tuman komissiyalarida ishtirok etish orqali o'z ovoziga ega bo'lish imkoniyatini bersa, ikkinchi tomondan, erning haqiqiy egasiga, fermerlik faoliyatini yuritish uchun imkoniyati etarli bo'lgan talabgorga topshirilishini ta'minlash maqsadida mazkur komissiya faoliyati ustidan jamoatchilik nazoratini amalga oshirish uchun huquqiy zamin bo'lib xizmat qiladi.
Shuningdek, fermer xo'jaliklari bilan tayyorlov va xizmat ko'rsatish tashkilotlari o'rtasida kontraktatsiya shartnomalari hamda moddiy-texnika resurslari etkazib berish uchun shartnomalar tuzishda fermerlari kengashining bosh mutaxassislari ishtirok etishi shartligi qonun hujjatlarida belgilab berildi. Shu bilan birga, kengashlar fermer xo'jaliklarining manfaatlarini ko'zlab qilingan da'volar, shuningdek davlat va xo'jalik boshqaruvi, mahalliy davlat hoqimiyati organlarining qarorlari, ular mansabdor shaxslarining harakatlari (harakatsizligi) ustidan qilingan shikoyatlar yuzasidan sudlarga to'lanadigan davlat bojini to'lashdan ozod qilindilar.
Bundan tashqari, fermer xo'jaliklariga yangi soliq va boshqa imtiyozlarni berish bo'yicha amaldagi Soliq kodeksiga tegishli o'zgartirishlar kiritildi. Xususan, bundan buyon:

  • paxta xom ashyosini yig'ish bo'yicha mavsumiy qishloq xo'jaligi ishlariga jalb qilingan ishchilar daromad solig'idan;

  • tomchilatib sug'orish tizimini joriy qilgan yuridik shaxslar tegishli er uchastkasiga nisbatan 5 yil muddatga yagona er solig'ini to'lashdan ozod etildi.

Shuningdek, fermer xo'jaliklariga yagona er solig'ini to'lashda qo'shimcha imtiyozlar yaratish, fermerlarga nisbatan soliq idoralari tomonidan soliq to'lovi amalga oshirilmagan har bir kun uchun penya hisoblanishining oldini olish maqsadida Soliq kodeksiga 2014 yil 2 dekabrdagi O'zbekiston Respublikasi qonuni bilan o'zgartirish kiritilib, soliqni to'lash muddatlari 3 davrdan 2 davrga o'zgartirildi. Jumladan, bundan buyon fermer xo'jaliklari tomonidan yagona er solig'i hisobot yilining 1 sentyabrigacha - yillik soliq summasining 30 foizi miqdorida, 1 dekabrigacha - soliqning qolgan summasi to'lanadi. Amaldagi qonun hujjatlariga kiritilgan o'zgartirishlarga asosan davlat organlari tomonidan fermer xo'jaliklarining faoliyati, jumladan er va suvdan foydalanish, navlarni joylashtirish va shu kabi boshqa masalalarga doir qonun hujjatlari ishlab chiqilishida O'zbekiston Fermerlari kengashining roziligi olinishi shartligi qat'iy belgilab berildi. Bu shubhasiz, fermerlar va kengashlarining faol ishtiroki orqali qonun hujjatlariga ularning manfaatini ifodalovchi qoida va tartiblarni kiritish uchun keng imkoniyatlarni yaratib beradi. Shuningdek, fermer xo'jaliklarini yanada qo'llab- quvvatlash maqsadida Qishloq va suv xo'jaligi, Moliya va Iqtisodiyot vazirliklarining 2013 yil 26 sentyabrdagi qo'shma qarori bilan paxta xom ashyosini etishtirishda yuqori hosildorlikka erishgan fermer xo'jaliklarini rag'batlantirish tartibi to'g'risidagi nizom tasdiqlandi. Aynan ushbu nizom bilan paxta xom ashyosini etishtirishda yuqori hosildorlikka erishgan fermerlarga quyidagi imtiyozlar taqdim etilishi nazarda tutilmoqda:

    1. fermer xo'jaligining paxta ekiladigan jami er maydonining kamida 5 foiziga qonun hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa turdagi qishloq xo'jaligi ekinlarini ekish;

    2. bunday ekin turlarini ekish uchun ajratilgan er maydonlarida agrotexnik tadbirlarni amalga oshirish uchun ta'minotchi tashkilotlar bilan to'g'ridan-to'g'ri shartnoma tuzish orqali dizel yoqilg'isi va mineral o'g'itlarni oldindan 100 foiz to'lovni amalga oshirgan holda tegishli shoxobchalar orqali xarid qilish;

v) tuman hoqimligi zahirasidagi er maydonlari bo'yicha o'tkaziladigan tanlovlarda fermer xo'jaligiga 10 ballgacha taqdim etish;
g) qishloq xo'jaligi texnikalarini xarid qilish uchun tijorat banklari tomonidan imtiyozli kreditlar berish;

      1. fermer xo'jaligiga O'zbekiston Respublikasida ishlab chiqarilgan engil avtotransport vositalaridan ("Jeneral Motors O'zbekiston" AJ mahsuloti) xohlagan bitta modelini navbatsiz xarid qilish;

      2. qishloq joylarida qurilayotgan namunaviy uy-joylardan birini navbatsiz xarid qilish;

j) superelita, elita va keyingi avlodlarga mansub urug'lik paxta etkazib berish huquqiga ega bo'lish uchun xo'jaliklar o'rtasida o'tkaziladigan tanlovda barcha shartlar bo'yicha teng ball to'plangan hollarda ustunlik berilishi.
Fermerlarimizga bunday imtiyozlarning taqdim etilishini nazorat qilishda tuman fermerlari kengashi raislari shaxsan mas'ul hisoblanadi. Yuqoridagi imtiyozlarning fermer xo'jaliklariga taqdim etilishi uchun mas'ul etib belgilangan tashkilotlar tomonidan nizom talablariga qat'iy rioya etilishi ahvoli mahalliy davlat hoqimiyati organlari tomonidan ham doimiy nazorat qilib borilishi lozim. Bunday kafolatlarning belgilanishi har bir fermerdagi mulkdorlik hissini kuchaytirib, ularni yanada samarali ish yuritishga chorlashi zarur.
Prezidentimiz Islom Karimov tomonidan O'zbekiston Respublikasi Prezidenti lavozimiga kirishish tantanali marosimiga bag'ishlangan Oliy Majlis palatalarining 2015 yil 10 apreldagi qo'shma majlisida so'zlagan nutqida fermer xo'jaliklarimiz tomonidan bugungi kunda qishloq xo'jaligi mahsulotlarining nafaqat 90-92 foizini ishlab chiqarilayotganligi, balki qishloq hayotining taraqqiyotini o'z zimmasiga olgan ijtimoiy-siyosiy harakatga aylanib borayotganligi alohida ta'kidlab o'tildi. Darhaqiqat, bugungi kunda yurtimizda 500 mingdan ziyod tadbirkorlik sub'ektlari mavjud bo'lsa, shundan 76 mingdan ortig'ini yoki 15 foizini turli ixtisosliklardagi fermer xo'jaliklari tashkil etadi. Shundan 35,8 mingtasi paxta-g'allachilik (3,5 mln. ga.), 12,9 mingtasi bog'dorchilik (176,2 ming ga.), 5,8 mingtasi g'allachilik (805,3 ming ga.), 4,6 mingtasi sabzavot-polizchilik (118,6 ming ga.), 3 mingtasi uzumchilik (58,2 ming ga.) hamda 2,7 mingtasi bog'dorchilik-uzumchilikka (38,5 ming ga.) ixtisoslashgan fermer xo'jaliklarini tashkil etadi.
Ushbu islohotlarning samarasi o'laroq, hozirgi kunda mamlakatimizda etishtirilayotgan yalpi qishloq xo'jaligi mahsulotining 99 foizi xususiy sektor hissasiga to'g'ri kelmoqda. Bu, shubhasiz, fermer xo'jaliklari qishloq xo'jaligi mahsulotlarining asosiy ishlab chiqaruvchisiga aylanganligidan dalolat beradi.
Fermerlarimiz dastlab mahsulotni xom ashyo sifatida etishtirgan bo'lsalar, endilikda ular ushbu mahsulotni qayta ishlash, qishloq xo'jaligida zamonaviy texnologiyalarni joriy etish hisobiga o'z faoliyatlarini kengaytirib bormoqdalar. Mazkur sohadagi ishlarimizni yanada kengaytirishimiz va rivojlantirishimiz, bir so'z bilan aytganda fermerlarimizni ko'p tarmoqli tadbirkorga aylantirishimizni zamonni o'zi talab etmoqda.
Bu borada fermer xo'jaliklarida ko'p tarmoqli faoliyatni yo'lga qo'yish borasida mamlakatimiz bo'yicha keng qamrovli chora-tadbirlar ko'rib kelinmoqda.
Xususan, 2015 yilda respublika bo'yicha 44.284 gektar er maydonida 22.029 ta ko'p tarmoqli fermer xo'jaliklarini tashkil etish rejalashtirilgan. Bugungi kunda 13.739 gektar er maydonida 6.545 ta ko'p tarmoqli, shundan 1.266 tasi servis xizmatlari ko'rsatish, 623 tasi intensiv bog', 411 tasi chorvachilik, 246 tasi baliqchilik, 235 tadan ko'chatchilik va parrandachilik, 131 tasi asalarichilik, 107 tasi issiqxona, 54 tasi mahsulotni qayta ishlab chiqarish hamda 3.657 tasi boshqa yo'nalishlardagi fermer xo'jaliklari tashkil etildi. Ko'p tarmoqli faoliyatni yo'lga qo'yish maqsadida 2.357 ta fermer xo'jaliklariga 30,2 mlrd. so'm imtiyozli kreditlar ajratildi.
Shu o'rinda ta'kidlab o'tish joizki, adliya organlari tomonidan muntazam ravishda fermer xo'jaliklarining huquqlari va manfaatlarini himoya qilish, ularning bilim va malakasini yanada oshirish maqsadida bir qator zarur chora-tadbirlar ko'rib kelinmoqda.
Ko'rib turganimizdek, mamlakatimizda fermer xo'jaliklarini qo'llab- quvvatlash sohasi davlat siyosatining muhim yo'nalishlaridan biri bo'lib turibdi. Bunday e'tibor hech bir rivojlangan davlatda mavjud emas. O'z navbatida fermerlarimiz ham bunday e'tiborni chuqur his etib, o'zining faoliyatini yanada rivojlantirish bo'yicha o'z malakalarini oshirib borishlari, ko'p tarmoqli faoliyatni yo'lga qo'yish natijasida eksport-import munosabatlarida ishtirok etib borishlari lozim.
1.2 Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida ko'p tarmoqli fermer xo'jaliklarida ishlab chiqarish xarajatlari hisobini tashkil etishning maqsadi, vazifalari va me'yoriy asoslari
Fermer xo'jaliklari, o'z xo'jalik faoliyatlarining ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda, hisob siyosatini mustaqil ravishda shakllantiradi. Buxgalteriya hisobi fermer xo'jaliklari tomonidan qonunchilik bilan belgilangan yagona uslubiy asoslar va tartibga muvofiq yuritiladi.
Fermer xo'jaliklarida xo'jalik operatsiyalarining buxgalteriya hisobini yuritish uchun asos bo'lib, operatsiyalarning haqiqatda amalga oshirilganligini qayd etadigan va ularni amalga oshirish uchun farmoyish beradigan boshlang'ich hisob hujjatlari hisoblanadi. Fermer xo'jaliklarida boshlang'ich hisob hujjatlari xo'jalik operatsiyalari amalga oshirilgan paytda yoki ular sodir etilgandan so'ng darhol (kechiktirmasdan) tuziladi.
Fermer xo'jaliklarida tuziladigan boshlang'ich hujjatlarning majburiy rekvizitlari, ularni tuzish, qabul qilish, saqlash va buxgalteriya hisobida aks ettirish tartibi, shuningdek hujjatlar aylanmasini amalga oshirish tartibi "Buxgalteriya hisobi to'g'risida"gi O'zbekiston Respublikasi Qonunining 9-moddasiga va O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirining 2003 yil 23 dekabrdagi 131-sonli buyrug'i bilan tasdiqlangan Buxgalterlik hisobida hujjatlar va hujjatlar aylanuvi to'g'risidagi nizomga (2004 yil 14 yanvar, ro'yxat raqami 1297 - "O'zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to'plami", 2004 yil, 1-2-son, 24-modda) muvofiq tartibga solinadi.
Boshlang'ich hujjatlar qonunchilikda belgilangan namunaviy shakllarda yoki ushbu Nizomning talablariga rioya qilgan holda fermer ho'jaliklari tomonidan ishlab chiqiladigan va tasdiqlanadigan blankalarda tuziladi. Fermer xo'jaligiga kelib tushadigan boshlang'ich hujjatlar albatta tekshirilishi shart. Bunda tekshirish shakl bo'yicha (hujjatlarning rasmiylashtirilishi to'liqligi va to'g'riligi, rekvizitlarning to'ldirilishi), mazmun bo'yicha (hujjatlashtirilgan operatsiyalarning qonuniyligi, alohida ko'rsatkichlarning mantiqiy bog'liqligi) amalga oshiriladi.
Hisobni soddalashtirilgan shaklda tashkil etish uchun fermer xo'jaligi xo'jalik operatsiyalari buxgalteriya hisobining ishchi schyotlar Rejasini tuzadi, bu esa mablag'lar va ular manbalarining hisobini asosiy schyotlar bo'yicha yuritish imkoniyatini yaratadi va shu bilan mulkning mavjudligi va saqlanishi, majburiyatlarning bajarilishi va buxgalteriya hisobi ma'lumotlarining ishonchliligi ustidan nazoratni ta'minlaydi.Fermer xo'jaliklari xo'jalik operatsiyalari buxgalteriya hisobining ishchi schyotlar Rejasini O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirining 2002 yil 9 sentyabrdagi 103-sonli buyrug'i bilan tasdiqlangan O'zbekiston Respublikasi buxgalteriya hisobining milliy standarti (21-sonli BHMS) "Xo'jalik yurituvchi
sub'ektlaming moliya-xo'jalik faoliyati buxgalteriya hisobi schyotlar rejasi va uni qo'llash bo'yicha yo'riqnoma"ga (2002 yil 23 oktyabr, ro'yxat raqami 1181 - Me'yoriy hujjatlar axborotnomasi, 2002 yil, 20-son) va ushbu Nizomning 1- ilovasida keltirilgan fermer xo'jaliklarining moliyaviy-xo'jalik faoliyati buxgalteriya hisobi namunaviy schyotlar rejasiga muvofiq tuzadi.
Xo'jalik operatsiyalari buxgalteriya hisobining ishchi schyotlar Rejasi fermer xo'jaligining hisob siyosatida qonunchilikda belgilangan tartibda aks ettirilishi lozim. Fermer xo'jaligi o'zining ishlab chiqarish va boshqaruv talablaridan kelib chiqqan holda ushbu Nizomda keltirilgan buxgalteriya hisobi shaklini mustaqil tanlaydi. Buxgalteriya hisobining tanlangan shaklidan qat'iy nazar, hisobot davrining xo'jalik operatsiyalari xronologik tartibda ushbu Nizomning 2-ilovasiga muvofiq xo'jalik operatsiyalarini qayd etish jurnalida rqyxatga olib (qayd etib) boriladi.

1

Fermer xo'jaliklarida buxgalteriya hisobining soddalashtirilgan shakli quyidagi 3-chizmadagi shakllar bo'yicha yuritilishi mumkin:

Download 1,45 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish