Himoyaga ruxsat etildi


II BOB. ZAMONAVIY FIQHIY MASALALARDA FIQHIY MAZHABLAR O‘RTASIDAGI MUSHTARAKLIK



Download 154,67 Kb.
bet7/20
Sana23.06.2022
Hajmi154,67 Kb.
#695642
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   20
Bog'liq
Zamonaviy fiqhiy masalalarda mazhamlar mushtarakligi

II BOB. ZAMONAVIY FIQHIY MASALALARDA FIQHIY MAZHABLAR O‘RTASIDAGI MUSHTARAKLIK
3.1. Fiqhiy mazhablarda ribo borasidagi tahlili
Faqihlar hadisi sharifga asoslanib ribo fazlning haromligi hadisda kelgan yetti sinfda aniq ekaniga ittifoq qilishgan. Ular: tilla, kumush, bug‘doy, arpa, xurmo, mayiz va tuz. Bularning jinsi bir bo‘lganda ziyodasi harom ekani barcha ulamolar nazdida ittifoqiy masaladir, lekin bundan boshqalarida ixtilof qilishgan:
Zohiriylar riboni shu olti narsalarga qaydlashgan. Ya’ni, ular hadisning zohiriga e’tibor berib, ribo faqat aytilgan narsalarda bo‘ladi, deydilar.
Tovus, Qatoda, Usmon al-Battiy va Abu Sulaymondan ham shu fikrlar rivoyat qilingan9.
Abu Hanifa va Imom Ahmad (zohiriy mazhablarida) r.a. larning mazhablarida o‘z jinsiga sotilgan har qanday kayliy va vazniy narsalarda ziyodasi harom bo‘ladi.
Shofi’iy va Ahmad (bir rivoyatda) r.a.lar narsa kayliy va vazniy bo‘lmasa ham pul yoki taomga xoslashadi. Ya’ni, ribo moli bo‘lishi uchun kayl yoki vazn topilmasa ham pullik yoki taomlik xususiyati topilsa, u ribo moli bo‘ladi. Ularning fikricha ozuqa, rohatlantiruvchi va davo bo‘ladigan yeguliklar taom deyiladi.
Said ibn Musayyab mazhablari, Shofi’iy va Ahmaddan bir rivoyatda riboni kayliy va vazniy taomlarga xoslashgan. Ya’ni, yegulik narsalar kayliy yoki vazniy bo‘lsa ularda ribo bo‘ladi. Kayliy yoki vazniy bo‘lmagan taomlarni ziyoda qilib sotish mumkin.
Imom Molik ozuqa va ozuqa o‘rniga o‘tuvchi narsalar bilan xoslaganlar. Ya’ni, ozuqa bo‘lishi mumkin bo‘lgan narsalarda ribo bo‘ladi, boshqa narsalarni ziyoda qilib sotish joiz.
Ko‘rinib turibdiki, fiqhiy mazhablarning illatga yondoshuvi jihatidan riboning illatida ixtilof yuzaga kelayapti. Albatta, har bir mazhab o‘z fikrlarini isbot va dalillar bilan asoslab quvvatlashgan. Ularning fikr va dalillarini quyida bayon qilamiz:
Hanafiy mazhabi. Hanafiylar aytadi: Ribo fazlning illati ya’ni, ribo mollarini bilish mumkin bo‘lgan umumiy ikki qoidasi bor; jins bir bo‘lib, o‘lchovli (kayliy yoki vazniy) bo‘lishidir. Ushbu ikki sifat (miqdor va jins) bir vaqtda topilganda savdo molining ziyodasi ham, nasiyasi ham harom bo‘ladi. Hadis sharifda kelgan ribo mollarining to‘rttasi – bug‘doy, arpa, xurmo va tuzdagi ribo illati jins bir bo‘lishi bilan kayliy, ikkisi – tilla va kumushdagi illat jins bir bo‘lishi bilan vazniydir. Demak, ribo fazlning illati ikki sifat – jins va miqdor topilganda ro‘yobga chiqadi. Masalan: tillani tillaga sotganda ikkisidan biri ko‘proq bo‘lsa, bu ziyodalik ribo bo‘ladi. Chunki, ikki mol ham vazniydir. Shunga binoan misliy (kayliy va vazniy) mollarda ribo joriy bo‘ladi. Qiyamiy (kayliy va vazniy bo‘lmagan) mollar – hayvon, gilam, javohir va marjonlarda esa ribo yo‘qdir. Uni ko‘pini oziga, masalan, bitta qo‘yni ikkita qo‘yga almashtarish mumkin. Chunki, qiyamiy narsalar miqdor – o‘lchovli mollar turiga kirmaydi. Ular bo‘laklab o‘lchanmaydi va bir miqdor ularni jamlay olmaydi. Bunga asos Abu Said al-Xudriy va Uboda ibn Somit roziyallohu anhumlar Nabiy sollallohu alayhi vasallamdan rivoyat qilgan hadislaridir. U Zot aytdilar:
الذهَبُ بِالذهَبِ وَالْفِضَّةُ بِالْفِضَّةِ وَالْبُرُّ بِالْبُرِّ وَالشَّعِيرُ بِالشَّعِيرِ وَالتَّمْرُ بِالتَّمْرِ وَالْمِلْحُ بِالْمِلْحِ مِثْلاً بِمِثْلٍ سَوَاءً بِسَوَاءٍ يَدًا بِيَدٍ فَإِذَا اخْتَلَفَتْ هَذِهِ اْلأَصْنَافُ فَبِيعُوا كَيْفَ شِئْتُمْ إِذَا كَانَ يَدًا بِيَدٍ
Tillaga tilla, kumushga kumush, bug‘doyga bug‘doy, arpaga arpa, xurmoga xurmo, tuzga tuz o‘xshashiga-o‘xshash, qo‘lma-qo‘l (sotinglar). Qachon ushbu mollar bir xil bo‘lmasa, agar qo‘lma-qo‘l bo‘lsa, xohlagangizdek sotaveringlar”10.
Ushbu hadisga binoan ribo fazl faqatgina misliy miqdorlarda bo‘ladi. Metrlab yoki sanab sotiladigan mollarda ribo yo‘q. Qiyamiy mollarda ularning bo‘laklari (dona) ni bir o‘lchov va muayyan miqdor bilan jamlab bo‘lmagani uchun ham ribo fazl yo‘q. O‘z jinsidan ko‘pining evaziga oz bersa bo‘ladi. Masalan bir qo‘yni ikki qo‘yga sotsa bo‘ladi.

Download 154,67 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish