Himoyaga ruxsat etildi


II BOB FIQHIY MAZHABLARNING KELIB CHIQISHI



Download 154,67 Kb.
bet5/20
Sana23.06.2022
Hajmi154,67 Kb.
#695642
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20
Bog'liq
Zamonaviy fiqhiy masalalarda mazhamlar mushtarakligi

II BOB FIQHIY MAZHABLARNING KELIB CHIQISHI
2.1 Hanafiylik va Molikiy mazhabi mazmun mohiyati
Tobiinlardan biri Abu Hanifa rahimahullohdirlar. Taqvodor olim, ishonchli faqih, ahli sunna fiqx mazhab boshliqlari bo‘lmish Imomi A’zam rohimahullohi alayh Abu Xanifa rohimahulloxdir. U kishining to‘liq ismlari No‘mon ibn Sobit al Kufiydir. “Abu Xanifa” u kishining kunyalari. “Imomi A’zam” esa ulug‘liklarining e’tirofi o‘larok berilgan unvondir.
Imomi A’zamning bobolari Zuto otalari Sobitning go‘daklik chog‘larida Hazrati Ali roziyallohu anhuning oldiga olib borib, o‘g‘limning haqiga duo qiling deb iltimos qiladi. Shunda Hazrati Ali roziyalloxu anhu: “O‘g‘linga Alloh muborak zurriyot ato qilsin” deb duo qilgan ekanlar. Mana shu ulug‘ sahobaning duolari ijobat bo‘lib, Zutoning o‘g‘li Sobitga Alloh No‘mon degan farzandni ato qildiki, bu siz bilan bizning imomimiz Imomi A’zam roximahullohi alayh No‘mon ibn Sobit Abu Xanifadir.
Imomi A’zam rohimaxullohi alayx dunyoga kelishlari va umuman, hayotlari xahida Hazrati Rasulullox sallollohu alayhi vasallamning xadislarida ishora berilganligi to‘g‘risida ulomolar tarafidan aytiladi. Janobi Rasululloh sallollohu alayhi vasallamning bir xadislarida:
“Haq din agar yerda emas, osmonda, Surayyo yulduzida bo‘lsa ham, fors axlidan bo‘lgan kishilar ana shu iymonga yetib borib, ahli iymon bo‘lib o‘tadilar” deb bashorat qilganlar4. Ulug‘ ulamolarimizdan Jaloliddin Suyutiy mana shu Hadis Rasululloh sallollohu alayhi vasallam taraflaridan hazrati Imomi A’zamning dunyoga kelishiga bashorat va ishoratdir, deydilar. Ulamolar shunday talqin qiladilar va biz ham shunday talqinga ishonamiz. Xaqiqatdan ham, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning ummatlari orasida Imomi A’zam rohimahullohi alayh darajasida yaxshi anglaydigan, masala bobida u zotning manzilatiga yetgan kishi qaytib dunyoga kelmadi.
Imomi A’zam rohimahullohi alayh 80 hijriy yilda Abdumalik ibn Marvon xalifaligi davrida Kufa shahrida tug‘ilganlar va Imom Shofe’iy tavallud topgan kunlari 150 xijriy yilda vafot etganlar. Imomi A’zamning millatlari fors bo‘lib, o‘zlari arab diyorida tug‘ilib voyaga yetganlar.Ajdodlaridan birontasi qulchilikni boshidan o‘tkazmagan, barchalari ozod, hur insonlar bo‘lishgan. Imomi A’zamning nabiralari Ismoil ibn Hammod ibn Abu Xanifa bu borada shunday deydi: “Men Ismoil ibn Hammad ibn No‘mon ibn Sobit ibn al-Mirzabon, forsning hur o‘g‘lonlarimiz. Allohga qasamki, bizning ajdodlarimizdan birontasi qul bo‘lgan emas, mening bobom (ya’ni, Abu Xanifa) saksoninchi hijriy yilda tavallud topganlar. Katta bobom Sobit (Abu Hanifaning otalari) bobom Abu Xanifa yoshligida Hazrati Alining (r.a.) xuzuriga borganlar, shunda Hazrati Ali (r.a.) bobomning zurriyotlarining haqlariga xayru baraka tilab duoyi xayr qilganlar. Biz Hazrati Ali (r.a.) ning bizlarni avlodimiz haqqiga qilgan ushbu duoyi xayrini Alloh ijobat etgan deb umid qilamiz”.
Abu Xanifaning nabiralari aytgan va Allohning nomiga qasam bilan ta’kid qilingan mazkur iboradan ma’lum bo‘ladiki, Imomi A’zam rohimahullohi alayh asli fors bo‘lib, qullik asoratidan xoli, o‘ziga to‘q zadagon oilalaridandirlar.
Abu Xanifa tug‘ilgan shajaralari Kufada olim va fozil insonlar orasida voyaga yetdi. Halq orasida obro‘ va ztibor qozonib dong‘i chiqdi. Az-Zakabiy (r.a.) aytadi: “Abu Xanifa yetuk Faqih bo‘lish bilan birga, ibodatda, taqvoda va sahovatda ham mashhur edi. Davlat tomonidan beriladigan mukofotlarni qabul qilmas, balki o‘zining peshona teridan topgan mablag‘laridan xayr-ehson qilar edilar” deganlar.
Abu Hanifaga otalari Sobitdan ko‘pgina ko‘chmas mulk va boshqa xil mulklar meros qolgan, bulardan tashqari yana katta boylik ham tekkan edi. Bu boyliklarning barchasini ilm yo‘lida sarf qildilar va axli ilmlarga sarfladilar. U zot kamtar, mehribon va o‘ta sahovatli inson bo‘lganlar. Qirq yil mobaynida xufton taxorati bilan bomdod namozini o‘qigani haqida rivoyatlar bor.
Ibn Xallikon (r.a.) aytadi: “Imomi A’zam rohimahulloh alayh ko‘rkam yuzli, o‘rta bo‘yli, shirinsuxan, o‘ta saxovatli. do‘stlariga shirinso‘z kishi edilar”.
Imomi A’zam rohimahullohi alayhning shogirdlari Ibn Muborak (r.a.) aytadiki: “Imomi A’zam rohimahullohi alayh chiroyli yuzli, kiyimi o‘ziga yarashgan kishi edilar”.
Farzandlari Xammod (r.a.) u kishi haqida shunday deydi: “Qiblagoxim uzun bo‘yli, bug‘doy rang, kelishgan, chiroyli yuzli, haybatli zot edilar. Birov biron bir narsa so‘rasa, shunga yarasha javob berar va ortiqcha so‘zlamas hamda behuda so‘zlarni gapirmas edilar. Shuni qayd qilish lozimki, Imomi A’zamning bo‘ylari darhaqiqat ma’lumotlarda biron ziddiyat yo‘k. U kishining bo‘ylari haqidagi uzun bo‘yga yaqin darajada bo‘lgan bo‘lishi mumkin. Ammo gap bo‘yda yoki chiroyda emas. Zero shariat nuqtai nazaridan, insonning xilqatidagi uzun yo past bo‘ylik chiroyli yoki xunuk bo‘lishning Alloh xuzurida hech qanday e’tibori yo‘q. Alloh xuzurida odamlarning azizu mukarramlik darajasini o‘lchaydigan bosh mezon insonning hayotlik vaqtida qilgan amallari-yu, taqvosi va yaxshi hulqidir. Imomi A’zam rohimahullohi alayh yaxshi ahloqli, maqtovga sazovor siyratli zot edilar.
Shurayk (r.a.) bu borada aytadiki: “Imomi A’zam rohimahulloxi alayh uzoq sukut saqlaguchi, aqli raso odamlar bilan kam mujodala qiladigan va ular bilan bir oz so‘zlashadigan inson edilar. Hatto kishi to‘g‘ri so‘z, tili to‘g‘ri deb tanilgan edi”.
Zamira (r.a.) aytadi: “Odamlar Imomi A’zam rohimahullohi alayhning to‘g‘ri so‘zligi borasida bir fikrda edilar, shuningdek u kishi biron odam to‘grisida yolg‘on so‘z aytmas edilar taqvo va yaxshilikdan xabar berib turadi. Qachonki, iymon baquvvat bo‘lib, qalbni egallab uni o‘z nuri bilan to‘ldirsa, unday qalb sohibining axloqi ham oliy darajaga yetib, bu axloq bu insonning xayotini barcha tarmoqlarida namoyon bo‘lib turishi aniqdir. Imomi A’zam rohimahulloxi alayx ana shunday insonlardan edi.
Imomi A’zam rohimahullohi alayh hijriy 80-yillarda tavallud topganlar. Demak Payg‘ambar (s.a.v.) ning asri saodatida, birinchi asrda tug‘ilganlar. Kufanig o‘zida o‘sib-ulg‘ayganlar. Shu yerdagi eng katta ulamolardan dars olganlar. To qiyomat turadigan mazhabga asos solish darajasidagi ilmlarni o‘sha Kufada egallaganlar. Bu kishining ustozlari Xammod ibn Sulaymon (r.a.) degan zot edi. U Kufa shahrining daqiqi katta muxaddis olimi edilar. Bu zot Imomi A’zam rohimahullohi alayhning eng katta va eng asosiy ustozlari edi. Lekin Imomi A’zam rohimahullohi alayh boshqa xech kimga nasib bo‘lmagan darajada juda ko‘pchilikdan saboq olganlar. Rasululloh (s.a.v.) ni ko‘rgan, sahobalarni ko‘rgan 4 ming kishidan dars olgan ekanlar. Imomi A’zam rohimahullohi alayh tavallud topgan 80-yilda ham sahobalarning ba’zilari hayot edilar. Jumladan Kufa shahrida Imomi Azam rohimahullohi alayh 9 nafar sahoba bilan muloqotda bo‘lganlar. 8 erkak va 1 ayol sahobani ko‘rganliklari haqida kitobda bayon qilinadi.
Janobi Rasululloh sollallohu alayhi vasallamni ko‘rgan kishi sahoba, sahobalarni kurgan kishi tobein hisoblanadi. Sahobalar va tobeinlar maqomi Rasulullohning hadislarida bunday bayon qilinadi: Zamonlarning eng yaxshisi — mening zamonim. Insoniyat paydo bo‘lgandan to qiyomatgacha men yashagan zamondan yaxshi zamon bo‘lmaydi. Mening zamonimdan keyin sahobalarim yashagan zamon yaxshi zamon, Sahobalarni ko‘rgan tobeinlar yashagan zamon ham yaxshi zamon. Lekin tobeinlardan keyingi zamon buzilib, yolg‘on yoyilib, odamlar orasida fitna-fasodlar ko‘payib ketadi”. Siz bilan bizning imomimiz — Hazrati Imomi A’zam roximaxullohi alayh saxobalar yashayotgan zamonda tavallud topdilar va sahobalar bilan muloqatda bo‘ldilar. O‘zlari tobeinlar qatoriga kirdilar.
Imomi A’zam rohimaxullohi alayh ilm olish bobida, ilmiy darajalari miqyosida tengsiz edilar. Bizning ahli sunnat val jamoat mazhablari to‘rtta dedik, ya’ni to‘rtta eng katta ulamo 4 mazhabga asoschi ekanliklarini e’tirof etamiz, o‘sha ulamolarni nomma-nom sanasak o‘z mazhabimizning darajasi yanada namoyon bo‘ladi.
Imomi A’zam rohimaxulloxi alayhning 80-yilda tug‘ilganlar.
Imomi Molik ibn Anas 93-yilda tug‘ilganlar.
Imomi Shofe’iy 150-yilda tug‘ilganlar.
Imomi Ahmad ibn Hanbal 164-yilda tug‘ilganlar.
Demak, eng avval payg‘ambar asrida tug‘ilgan imom bizning imomimiz Imomi A’zam rohmatullohi alayhdir. U zotning Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning sahobalariga hamzamon bo‘lganliklari haqida aytdik. Boshqa imomlar esa sahobalarni suhbatini ololmaganlar. Shuning uchun ham ular bizning imomimiz Imomi A’zam rohimahullohi alayxni o‘zlariga ustoz deb biladilar.
Mazhab boshliqlaridan biri imomi Shofe’iy shunday e’tirof qiladilar: Odamlar hammalari — barcha ulamolar Qur’onni hadisni
anglashadi, masala ilimda Abu Xanifaga bola-chaqalikka yaraydi, xolos, Abu Hanifa bilan raqobat qilish darajasiga chiqqan inson yo‘q.
Imomi Molik ibn Anas esa: “Men hadis ilmini bilishda, Janobi Rasulullohni oxirgi hadislarini yetkazishda, eng sahih hadislarni anglab yetishda Imomi A’zam rohmahullohi alayhga o‘xshagan boshka insonni uchratmadim”, deydilar va bu zot doimo Imomi A’zamni o‘zlariga ustoz deb bilganlar.
Imomi Azam rohimahullohi alayh Imomi Molikka hamda boshqa ikki imomga ham ustoz edilar. Chunki navbatdagi imom Imomi Shofe’iy rohimaxullohi alayh Imomi A’zam vafot qilgan 150-yilda tug‘ilgan edilar va bu kishi bir muddat Imomi A’zamning shogirdi Muxammad bin Hasandan dars olganlar. Demak Imomi Shofe’iy Imomi A’zamning shogirdi bo‘lar ekanlar. To‘rtinchi mazhab asoschisi Imomi Ahmad bin Hanbal esa Imomi Shofe’iydan dars olganlar. Demak, bu kishi bizning imomimizga shogird ekan. Imomimiz shu qadar buyuk barcha boshqa mazhablarninig imomlariga ham ustoz bo‘lgan ekanlar.
Imomi A’zam birinchi hijriy asr oxirigacha yashagan bir qancha sahobai kiromlar bilan uchrashganlar va ba’zilaridan rivoyat ham qilganlar. Shu sababdan tobeinlik darajasiga ko‘tarilib, boshqa fuqarolardan martabalari yuqoriroqdir.
Ulamolar Imomi A’zamni tobe’iy ekanlariga ittifoq qilgan bo‘lishsa ham, sahobalardan hadis rivoyat etganlari to‘g‘risida turli fikrda. Abu Bakr ibn Ali al-Ayniy Abu Hanifani yettita sahobadan hadis rivoyat etganlarini aytib, ularninig nomini she’r qilib keltirgan. Hofiz as-Salihmiy esa “Uhud al-Jumon” kitobida Imomi A’zam sakkiz sahobiy va bir ayoldan hadis rivoyat qilgan, deydi va ularniig nomlarini har birini keltirganlar.
Biz hozirda o‘sha zamondan uzoq bo‘lganimiz, ilmli kishilarning oramizda kam bo‘lgani, uzoq yillar davomida dinimiz ta’limotidan bebahra yashaganimiz uchun ana shu zotlarning manzilarlarini bilmasdan, ularga yarashmaydigan, mutlaqo to‘g‘ri kelmaydigan, ayblarni ham ularning shaxsiyatlariga taqab gapirib yuradigan kishilar ham oramizda yo‘q emas. Shuning uchun ham Imomi A’zam tarjimai hollarini, boshqa imomlarning ul zot haqida e’tiroflarini yaxshi bilsak shunda u kishining maqomlariga aqlimiz yetadi va har xil gaplardan o‘zmizni tiyamiz.
Molikiy5 mazhabi Arabiston yarim orolida rivoj topib, dastlab Xijoz yoki Madina mazhabi sifatida nomlangan va uning aqoidi ko‘pinchalik Umar ibn Xattob, Abdullloh ibn Umar, Zayd ibn Sobit, payg‘ambarimizning amakilari Abbos va umr yo‘ldoshlari Oisha r.anhumolar faoliyati bilan bog‘lanadi. Mashxur namoyandalar orasida Ja’far as-Sodiq (765 yilda vafot etgan) ham mavjud bo‘lib, keyinchalik u shialikning ja’fariya mazhabiga nom bergan.
Molik ibn Anas al-Asbaxiy 713-yili Madinada kamon o‘qlari yasovchi oilada tavallud topib, o‘zi ipak matolari savdosi bilan shug‘ullangan. Bolalikdan qarindoshlari qo‘lida islomiy ilmlarni o‘rgangan va shu yerda vafotiga qadar yashagan (795) va uni faqat Makkaga hajga borish uchungina tark etgan. Shu tufayli u Madina ahlining ramziga aylangan. Madina imomi sifatida tan olingan Molik, hech bir siyosiy oqimlarga aralashmagan va biron rasmiy mansabni egallashga rozi bo‘lmagan. Baxslar va ilmiy munozaralarda qatnashmagan, chunki “ilm-xo‘rozlar va qo‘chqorlar orasidagi urush emas” deb xisoblagan. Payg‘ambar, sahobalar va tobeinlarning fiqhga oid qarashlari, qarorlari va qavllarini “Al-Muvatta’” kitobida jamlagan. Aytishlaricha bu asar bir nechta matnlarda tarqalgan ekan, biroq bizgacha ikki varianti: Hanafiy ash-Shayboniy va Yahyo al-Laysiy (848-yili vafot etgan) asarlari hamda ularga yozilgan izoxlar yetib kelgan hamda tunislik Ali ibn Ziyod (800yilda vafot etgan) talqinidagi nusxaning ismlari saqlanib qolgan.
Imom Molik o‘z xuquqiy nazariyasida shak-shubhasiz an’ana bilan bog‘liq bo‘lgan. O‘zi ta’kidlaganidek, muallimlari va Madina ulamolaridan o‘zlashtirgan bilimlardan chetga chiqmagan. Biroq ba’zan qiyos va ra’yga mutashobix (o‘xshash) fikrlashni ham qo‘llagan: “o‘tmishdoshlarning asarlarida biron masalaga javob topmaganimda, ishga qarab o‘zim ijtixod qildim. Shu bilan birga madinaliklarning ra’ylaridan chetga chiqmadim. Agar biror masala yuzasidan hech narsa topmasam, ra’yimga binoan ish tutdim”. Islom ulamolarining ta’kidlashicha, Molik “ra’y” so‘zini ishlatganda u keyinchalik kasb etgan maxsus ma’no emas, balki “tushunmoq”, “yaxshi xukm yuritmoq” degan ma’nolarni bergan. Fiqh terminlarining bunday mavxumligi o‘sha paytda hali usul al-fiqh to‘liq ishlab chiqilmaganligi bilan bog‘liqdir.
Xuquqshunoslik sohasida molikiy mazhabi ayolning jamiyatdagi o‘rni masalasida xanbaliy mazhabiga yaqin turadi. Bu davirda Madinada xukm surgan konservativ ruxdan kelib chiqadi. Ayol faqat uning xomiy yoki vasiysi roziligi va ishtirokida turmush qurishi mumkin edi. Xanafiy mazhabiga ko‘ra esa homiy faqat voyaga yetmagan bokira qiz uchun zarur edi. Voyaga yetgach esa, u o‘z xohishiga qarshi turmushga chiqishni rad etishi mumkin bo‘lgan. Shuningdek, molikiy mazhabida ota yoki otaning otasiga o‘z bokira qizi yoki nevarasini, uning roziligisiz, ayrim hollarda esa uning xohishiga qarshi ravishda xam erga berish xuquqi berilgan edi. Xanafiy mazxabi bunday holatga yo‘l bermagan.
Molikning o‘zi xalifa faqat makkaliklar yoki madinaliklar orasidan saylanishi kerak, deb hisoblagan. Agarda xalifa adolatsiz bo‘lib chiqsa yoki uning xukmronligi noqonuniy bo‘lsa, unga qarshi isyon ko‘tarish yoki uni ag‘darishga urinish joiz emas, chunki isyonkorlikdan kelib chiquvchi tartibsizlik va zarar zug‘um yoki noqonuniy xukumatdan ko‘prokdir.
Molik shogirdlari qatoriga hanafiy mazhabining nazariyotchisi Muhammad ibn ash-Shayboniy, keyinchalik o‘z mazhabiga asos solgan Muhammad ibn Idris ash-Shofi’iy kiradi. Shofi’iy mazhabida Molikning ko‘p hukmlari o‘rin olgan. Uning izdoshlari qatoriga Yahyo al-Laysiy va Asad ibn al-Furot kiradi. Mazhabning keyingi asrda nom chiqargan izdoshlari qatorida Ibn Rushd (1126 yilda vafot etgan), Muhammad ibi al-Arabiy (1148 yilda vafot etgan) ham mavjud. Bu mazhabning asosiy iqtibos keltiriladigan asari Asad ibi al-Furot tomonidan jamlangan “Al-Mudavvana” bo‘lib, keyinchalik Saxnun tomonidan “Al-Mudanvana al-kubra” nomi ostida qayta tahlil etiladi. Ibn Abi Zayd al-Kayravoniyning (996 yilda vafot etgan) “Ar-Risola” kichik hajmli asari ham diqqatga sazovor bo‘lgan.
Molikiy mazhabi bo‘yicha Qur’on va hadis xuquq asoslari sanaladi. Ular payg‘ambarga oid hadislarnigina sahih deb tan oladilar. Qur’on va hadis bir manba-“nass”ni tashkil etadi. Bunga Madina jamoasining umumiy tajribasi qo‘shimcha ravishda qo‘shiladi. Bu tajriba aqida yozma manbalar yo‘q, lekin ular Payg‘ambar davridan qolgan odat tarzida xotirada saqlanib keladi. Masalan, tahorat, ro‘za tutish, xatna qilish va boshqalar. Bunday jamoa xotirasi jamoa hadisi sifatida ko‘rilgan. Shulardan keyingina madinalik bo‘lmagan asxoblar hamda tobeinlar tajribasiga murojaat etilgan. Muayyan masalaga hech qaerda javob topilmasa, “al-masolih almursala” (manfaat yo‘lidagi mustakil fikr)ga murojaat etish mumkin bo‘lgan. Ammo bu fikr jamoa manfaatiga qaratilgan, nassga zid kelmagan va shariat ahkomlariga mos kelishi lozim bo‘lgan. Al-istixson-qiyosga nisbatan istisloh (ya’ni tanlash imkoni bo‘lsa, istisloh tailanishi) afzal deb xisoblangan.
Molikiy mazxabining vatani Madina bo‘lgani uchun uning Xijozda tarqalishi tabiiy edi. Xar yili Haj mavsumida Shimoliy Afrika va Andalusiya olimlari Madina ulamolari bilan aloqa tufayli bu mazhab u yerlarga kam yoyilib, Andalusiyada zoxiriy mazhabini siqib chiqardi. Molikiy mazhabi xozirgi kunlarda ham Marokash, Jazoir, Tunis, Liviyada yetakchi mazhab sifatida saqlanib kelmokda. Shuningdek u yuqori Misr, Sudan, Baxrayn, Birlashgan Arab Amirliklari va Quvaytga o‘z nufuzini yoydi. Boshqa bir necha mamlakatlarda ham molikiy mazhabining muayyan izdoshlari mavjud.



Download 154,67 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish