Himoyaga ruxsat etildi



Download 154,67 Kb.
bet1/20
Sana23.06.2022
Hajmi154,67 Kb.
#695642
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20
Bog'liq
Zamonaviy fiqhiy masalalarda mazhamlar mushtarakligi


O‘ZBEKISTON XALQARO ISLOM AKADEMIYASI



HIMOYAGA RUXSAT ETILDI”
“Islomshunoslik va islom sivilizatsiyasini oʻrganish ICESCO” kafedrasi mudiri _____ M.Haydarov
“______” __________2022-yil



TASDIQLAYMAN”
“Islomshunoslik” fakulteti dekani
____________ J.Toxirov
“_____”___________ 2022-yil



Azimova Noimaxon
Mavzu: Zamonaviy fiqhiy masalalarda mazhablar o‘rtasidagi mushtaraklik
.
Tа’lim yo‘nаlishi: – Islomshunoslik
Bаkаlаvr dаrаjаsini olish uchun tаqdim etilgаn
Bitiruv mаlаkаviy ishi
Ilmiy rаhbаr: Phd.
Tаqrizchilаr:

TOSHKENT – 2022

MUNDARIJA
KIRISH......................................................................................
I BOB. ISLOM DINIDA MAZHAB TUSHUNCHASI MAZMUN MOHIYATI
1.1. Mazhabning lug‘aviy va istilohiy ma’nosi ......
1.2. Islom dinida mazhablarning tutgan o‘rni...............
II BOB FIQHIY MAZHABLARNING KELIB CHIQISHI
2.1 Hanafiylik va Molikiy mazhabi mazmun mohiyati
2.2 Shofe’iy hamda Hanbaliy mazhablari haqida
II BOB. ZAMONAVIY FIQHIY MASALALARDA FIQHIY MAZHABLAR O‘RTASIDAGI MUSHTARAKLIK
3.1. Fiqhiy mazhablarda ribo borasidagi tahlili............................
3.2. Riboning zamonaviy ko‘rinishlari hamda mazhablardagi mushtarak jihatlari
XULOSA.......................................................................................
FOYDALANILGAN MANBA VA ADABIYOTLAR RO‘YXATI................
ILOVA

Kirish
Mavzuning dolzarbligi. Odamzod tug‘ilganidan to umrining nihoyasigacha bilim olishga, o‘rganishga, tajriba orttirishga, anglashga muhtoj. U ana shu yo‘lda Alloh taolo Qur’oni karim orqali ato etgan ilmlarni o‘rganishga kirishadi. Uning Rasuli Muhammad (s.a.v.) keltirgan ilmlar ummonidan bahramand bo‘lmoqqa intiladi. U ana shu yo‘lda solih salaflar, ulug‘ allomalarning izidan borishga rag‘bat ko‘rsatadi. Insoniyat Alloh taoloning so‘nggi, komil, haq dini – Islomga doir, uning asoslari, arkonlari, ibodatlariga oid ilmlardan yaxshi xabardor bo‘lishga ko‘proq muhtoj. Chunki Islomning tub mohiyatini, uning shariatini anglamay, bilmay saodatga erishib bo‘lmaydi. Shu boisdan dinimizda ilm olishga, bilmagan narsalarini so‘rab, din asoslarini va ibodat tartiblarini o‘rganishga katta e’tibor bilan qaralgan.
Alloh taolo Qur’oni karimda shunday marhamat etadi: “Alloh sizlardan iymon keltirgan va ilm ato etilgan zotlarni (baland) daraja – martabalarga ko‘tarur” (Mujodala surasi, 11-oyat).1 Alloh taolo yana aytadi: “Allohdan bandalari orasidagi olim-bilimdonlarigina qo‘rqur” (Fotir surasi, 28-oyat)2.
Hadisi shariflarda ham ilm olish, so‘rab-o‘rganishning fazilatlari keng bayon etilgan. Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam ummatga beshikdan qabrgacha ilm izlamoqni vasiyat qilganlar. Yana Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytadilar: “Kimga Alloh yaxshilikni iroda qilsa, uni dinda faqih (teran anglovchi) qilib qo‘yadi va unga to‘g‘ri yo‘lni ko‘rsatadi”. (Imom Buxoriy va Muslim rivoyati). Mazhabni to‘g‘ri tushinish va uning zaruratini anglab yetmoq uchun mo‘min-musulmonlar avvalo “Mazhab” kalimasining lug‘aviy va istilohiy ma’nosini bilgan holda, mazhabning kelib chiqish tarixini bilish kerak bo‘ladi. Mazhabni to‘g‘ri tushunishda mazhab boshimiz imom Abu Hanifa rahmatulloh alayh haqida ma’lumotlarga ega bo‘lish lozim bo‘ladi. Unda imom Abu Hanifa rahmatulloh alayhning manoqibi, ilmda qanchalik yuksakligini va olimlarning u zot to‘g‘risida aytgan so‘zlarini bilish ahamiyat kasb qiladi. So‘nra mo‘min-musulmon bir mazhabni mahkam ushlagan holda ergashish zarurati va mazhabsizlikning salbiy oqibatlarini bilish zarur bo‘ladi.
Moliyaviy zulmga qarshi kurash ham jamiyatning boshqa illatlari qatori har davrning muhim muammolaridan hisoblanib kelgan. So‘dxurlik jamiyatning rivojlanishga to‘sqinlik qiladigan eng katta omillardan biridir. Unga yo‘l ochib bergan jamiyat o‘z oyog‘iga bolta urgan hisoblanadi. Davlatlar so‘dxurlik jamiyat taraqqiyotiga salbiy ta’sir qilgani uchun unga qarshi jiddiy kurashgan, ba’zilari esa ribo bilan muomala qilishni uzul-kesil man’ qilgan. Mulohaza qilib ko‘rgan kishi ribo bilan muomala qilgan inson o‘zidan boshqani o‘ylamasligini biladi. Chunki muhtoj kishiga yordam qo‘lini cho‘zmagan odamdan jamiyat qanday yaxshilik ko‘rishi mumkin.
Sudxo‘rlik jamiyat taraqqiyoti uchun juda ham xatarli bo‘lgani sababidan ham uni o‘rganish eng muhim masalalardan biri hisoblanadi.
Bitiruv malakaviy ishning mavzuini tanlashda Zamonaviy fiqhiy masalalarda mazhablardagi mushtaraklik mavzuni chuqurroq o‘rganish va ona tilimizda alohida asar yozilmagani uchun unga to‘xtalib o‘tishni hozirgi kun dolzarb mavzularidan biri deb hisobladim. Shu sababli fiqhiy masalalariga nazar solinganda ko‘p masalalar, xususan, mazhablar o‘rtasidagi farq va ularning qarashlari ko‘p manbalarda yoritilgan bo‘lsada, lekin zamonaviy masalalar bilan qiyoslashga ehtiyoj borligi ma’lum bo‘ldi. Jumladan miqdor o‘lchovlaridan kayl – hajm o‘lchov birligi iste’moldan deyarli chiqqan vaqtda “Ribodan ehtiyot bo‘lish uchun qanday yo‘l tutish kerak” kabi savollarga javob berish lozim edi. Shu izlanishlar davomida ko‘pgina manba va adabiyotlarga muruojat qilindi va ustozlardan keraklicha ko‘rsatma va tavsiyalar olindi.

Download 154,67 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish