Himoyaga ruxsat etildi


Shofe’iy hamda Hanbaliy mazhablari haqida



Download 154,67 Kb.
bet6/20
Sana23.06.2022
Hajmi154,67 Kb.
#695642
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20
Bog'liq
Zamonaviy fiqhiy masalalarda mazhamlar mushtarakligi

2.2 Shofe’iy hamda Hanbaliy mazhablari haqida

Shofi’iy6 mazhab jug‘rofiy mintaqa maxsuli bo‘lmasdan, ikki o‘zga mazhab bilan yaqindan tanish, Payg‘ambar ajdodi Xoshimning akasi al-Muttalib avlodidan bo‘lgan Muhammad ibn Idris ibn al Abbos ibn Usmon ibn Shofi’iy uning asoschisi hisoblanadi. Shofi’iy 767 yili Falastin (Razza)da tug‘ilib, 820 yili Misrda vafot etdi. Ikki yoshligida otasi vafot etadi va onasi uning olijanob naslini saqlab qolish niyatida Makkaga qarindoshlar oldiga olib ketadi. Shu tariqa, payg‘ambarga yaqin qarindoshlar qatori u urush o‘ljalari- ning beshdan bir qismiga sherik bo‘lishga xaqli edi. Qur’onni yod olgach va hadislarni o‘rgangach u saxroga huzayl qabilasiga yuboriladi. Bu qabila esa o‘zining suhanzabonligi va she’riy an’anasi bilan mashxur edi. Keyinchalik Madinaga borib Imom Molik davrasida fiqhni o‘rganadi. Molik vafotidan so‘ng Yamanda ishlaydi, Aliychilarga xayrixoxlikda ayblanib, Iroqqa xalifa ar-Rashid saroyiga olib kelinib so‘roqqa tutiladi. O‘zini moxirona ximoya qilishi va Muhammad ash-Shayboniy uni xomiyligiga olgani tufayli omon qoladi. Shundan so‘ng u o‘z hayotini ash-Shayboniy rahbarligida Iroq fiqhni o‘rganishga bag‘ishlaydi. Iroq va Xijoz fiqh nazariyalarini qo‘shgan xolda, sayoxatlari davrida orttirgan tajribasiga suyanib mashxur “Ar-Risola” asarini yaratadi va bu asarda o‘z nazariyasini ifoda etadi. “Ar-Risola” Bag‘dodda yozilib, 814-815 yillarda Misrda qayta ishlangan. Qonun soxasida Shofi’iy o‘zini Madina mazxabining izdoshi deb biladi. Bexisob bahslarda o‘zga mazxab izdoshlarini o‘z fikrini tanoldirishga harakat qiladi, biroq ular o‘z qarashlarida qolib, uning ba’zi xuquqiy jihatlarinigina o‘zlashtiradilar. O‘z mazhablarida olib, Shofi’iyning xuquqiy nazariyasini qabul qilgan izdoshlar asosida yangi mazhab yuzaga keladi. Bitta inson tomonidan ishlab chiqilgan mazhab avvaliga Bag‘dodda, keyin Misrda shakllanadi va yangi mazhab sifatida taniladi.


Shofi’iy “Al-Umm” nomli kitob yozib ba’zi ma’lumotlarga ko‘ra, shogirdi ar-Rabiy ibn Sulaymon (884 yilda vafot etgan) yozgan unda nafaqat shofi’iy mazhabi nazariyasini ifodalaydi, balki o‘zga mazhablar orasidagi ko‘plab farqlarni ham izoxlaydi. Mazkur yetti jildli kitobga turli xuquqiy masalalar, Ali va Ibn Mas’ud orasidagi ixtilof, Shofi’iy va Molik qarashlari orasidagi farq kiritilgan, ash-Shayboniy tomonidan Madinaning ayrim nazariyalari rad qilinganligi bayon etilgan. 1968 yili Qohirada nashr etilgan bu asar yettinchi jildining hoshiyalarida Shofi’iyning o‘zga bir asari “Ixtilof al-hadis” xam bosilgan.
Shofi’iyning Iroqdagi ayrim shogirdlari o‘z mazhablarini ham ta’sis etishadi. Ular orasida Ahmad ibn Xanbal, dovud az-Zohiriy va Abu Ja’far ibn Jarir at-G‘abariyni ko‘rsatish mumkin. Ammo Ibn Xanbaldan o‘zgalari nishonsiz yo‘qolib ketdi. Shofi’iyning shogirdlari Misrda ham shuxrat qozongan.
Keyingi asrlarda nom chiqargan izdoshlari qatoriga Abu Is’hoq Ibroxim ash-Sheroziy (1083 yilda vafot etgan) kiradi. Aynan unga atab vazir Nizomulmulk Bag‘dodda Nizomiya maktabini qurib bergan. Faylasuf va faqih Abu Jomid al-Razzoliy (1111 yilda vafot etgan) va qomusiy olim Jaloliddin as-Suyutiy ham uning izdoshlaridir.
Misr mazkur yangi mazhabning vatani bo‘lgani uchun, u yerda chuqur ildiz otgani tabiiy. 1517 yili usmoniy turklar tomonidan Misrga hanafiy mazhabi kiritiladi. Xozirgi kunda sud maxkamalarida shaxsiy maqom borasida hanafiy mazhabi tatbiq etilsada, ko‘p misrliklar, ayniqsa qishloq joylarda, o‘z diniy urf-odatlarida shofi’iy an’analariga sodiq qolganlar. Falastin va Iordaniyaning aksariyat musulmonlari, Suriya, Iroq, Xjoz, Pokiston, Xindiston, Indoneziya hamda Eron va Yamandagi sunniy musulmonlar xam shunday qiiladilar.
Hanbaliy7 shaxsiy mazhab, chunki asosan bir shaxs Ahmad ibn Hanbalning xuquqiy qarashlari, qavllari va fatvolarini namoyon etadi. Ibn Hanbal 780 yili Bag‘dodda tug‘ilib, shu yerda 855 yili vafot etgan. Xadis to‘plash niyatida Suriya, Xijoz, Yaman, Kufa va Basraga ko‘p sayoxat qilgan va 40000 dan ortiq xadisni jam etib olti jildli “Musnad al-Imom Axmad” asarini yaratgan. Shuning uchun va fiqh bo‘yicha hech qanday kitob yozmagani tufayli qo‘plab musulmon ulamolari uni faqh emas, ko‘prok muxaddis deb biladilar. Biroq shogirdlari uning xuquqiy qarashlari va fatvolarini to‘plab, bu mazhabga aloqador xuquqiy tamoyillar va qonunlarni takomiliga yetkazdilar. U “islomni
bidatlardan qugqaruvchi” degan nom olgan, mutaziliylarga qarshi ochiqdan-ochiq kurashlarning tashabbuskori bo‘lib maydonga chiqqan.
Bu mazxab egalariga nisbatan ko‘proq hadislarga tayanadi va qonun asoslari jihatidan farq qiladi. Ular hadislar mohiyatini Qur’on oyatlari martabasigacha ko‘tarishgan. Xadislarga “qanday” deb savol bermasdan (bila kayfa) to‘g‘ridan-to‘g‘ri ishonish zarur deganlar. Xanbaliylarga binoan (Ibn Kayyum al Javziya-1350 yilda vafot etgan) fiqh asoslari beshta:
1.Qur’on va sunna matnlari;
2.Sahobalarning fatvolari;
3.Qur’on va sunnaga muvofiq bo‘lsa, ayrim sahobaning qavllari;
4.Istinodi zaif yoki xabar beruvchilar soni kam bo‘lgan hadislar;
5.Mutlaqo ilojsiz qolganda, qiyos bo‘yicha xukm chiqarish.
Ibn Xanbal Bag‘dodda inkvizitsiya (mihna) davrida imoniga sobit bo‘lgani va Qur’onni yaratilgani xaqidagi nazariyaga keskin qarshi turgani, kaltaklangani va qamoqqa tashlangani tufayli mashxur bo‘lgan. Imomga bunday izchillik keyinchalik ikki izdoshi taqdirida ham namoyon bo‘ladi. Ibn Qayyum va uning ustozi Ibn Taymiya (1327 yilda vafot etgan) Damashq qal’asda qamoqqa olinadi. Najdning xanbaliy islhotchisi Muhammad ibn Abdul Vahob (1792 yilda vafot etgan) hayoti va faoliyati ham shunga misol.
Ibn Abdul Vahob Qur’on va sunnatga tayangan boshlang‘ich islomning sarchashmalariga qaytishga da’vat etadi. Vahhobiylarning muvaffaqiyati va XX asr boshida Sa’ud oilasining xukumat tepasiga qaytishi Saudiya Arabistonida hanbaliy mazhabini rasmiy mazhab sifatida ta’sis etilishiga olib keldi. Shuningdek hanbaliylik Qatarda rasmiy mazxab hisoblanadi, Falastin, Suriya, Iroq va yana boshqa joylarda o‘z izdoshlariga ega.8


Download 154,67 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish