Himoyaga ruxsat etildi



Download 154,67 Kb.
bet9/20
Sana23.06.2022
Hajmi154,67 Kb.
#695642
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   20
Bog'liq
Zamonaviy fiqhiy masalalarda mazhamlar mushtarakligi

Hanafiylarning dalillari. Hanafiylar riboning illati jins bir bo‘lishi va miqdor (kayl yoki vazn) ekaniga quyidagi dalillarni keltirishadi. Ikki evazdagi tenglik savdoni durust bo‘lishining shartidir. Ribo ziyoda molning muqobilada hech narsa bo‘lmagani uchun harom qilingan. Bu esa yuqorida zikr qilingan hadisda aytilmagan ohak va temir va shu kabi narsalarda ham topilishi mumkin. Ikki narsadagi tenglik surat va ma’no jihatidan bo‘ladi. Miqdor (kayl va vazn) suratdagi o‘xshashlikni ko‘rsatib bersa, jinsi bir bo‘lishi ma’nodagini ko‘rsatadi. Chunki mollardagi jinsdoshlik narsa bir-biriga yaqinligidan iboratdir. Qafiyz qafiyzga, dinor dinorga o‘xshaydi. Savdo kelishuvida evazdan xoli bo‘lgan ziyoda qafiyz ribo bo‘ladi. Bu ma’no taom va pullarda, balki o‘z jinsiga kayl va vazn bilan sotiladigan har qanday narsada topilishi mumkin. Boshqacha ibora bilan aytganda hadisda aytilga bug‘doy u qiymatga ega bo‘lgan bug‘doydir. Chunki savdo qiymatsiz mollarda durust emas. Uning qiymati va molligini kayl bilan bilish mumkin. Demak kayl sifati unga nass taqozosi12 bilan sobit bo‘ldi. Go‘yoki Nabiy sollallohu alayhi vasallam الذهب الموزون بالذهب و الحنطة المكيلة بالحنطة “Tillani tortilgan tillaga, bug‘doyni o‘lchangan bug‘doyga sotish”, dedilar.
Agar maqsad ribodan qutilish bo‘lsa ikki evazning o‘rtasini barobar qilish kerak. Ya’ni ikki savdo molini teng qilib sotsa ribo bo‘lmaydi va ribodan qutiladi. Kayl yoki vazndagi tenglik ribodan qutilish yo‘lidir. Bir hovuch va bir dona olma o‘xshashlikni qabul qilmagani uchun ribo molidan bo‘lmadi. Mulohaza qilinsa bug‘doylarning hammasi navi, sifati va qaysi shaharda yetilgan bo‘lishidan qat’iy nazar bir jins deb e’tibor qilinadi. Arpa va ularning unlari, xurmo, tuz, uzum, mayiz, tilla va kumushda ham huddi shunday hukm bor. Bu narsalar nav va sifatda teng bo‘lsa ham o‘z jinsiga ziyoda qilib bo‘lmaydi13.
Nabiy sollallohu alayhi vasallam olti narsani sanaganlarida bir-biriga “atf” yo‘li bilan keltirishlari ularning hammasida illat birligini bildiradi. Bu illat – jins va miqdordir. Kayl va vazn esa miqdorning turlaridir. Agar naqd pullardagi illat pullik, qolgan to‘rt narsadagi illat taomlik bo‘lganida edi ularni bir-biriga atf qilish to‘g‘ri bo‘lmas edi. Chunki pullik va taomlak o‘rtasida hech qanday muovfiqlik yo‘qdir.14

Download 154,67 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish