MENEJMENT 3-19 GURUHI TALABALARINING “MADANIYATLARARO ALOQALAR” FANIDAN “POKISTON –HINDISTON ZIDDIYATLARI” MAVZUSIDA TAYYORLAGAN TAQDIMOTI
TUZUVCHILAR: Rahmatulloh Ibrohimov, Nurmat Ermatov, Madadbek Jo`rayev, Madina Mamadaliyeva
Reja: - POKISTON – HINDISTON
- ZIDDIYAT ILDIZI QAYERDA?
- “ TOSHKENT DEKLARATSIYASI”
- YADRO URUSH XAVFI
Hindistonda 1 mlrd 340 mln aholi bor, Pokistonda esa 210 milliondan ortiq. Har ikki davlat eng birinchi dushman sifatida aynan o‘z qo‘shnisini biladi va ular allaqachon jang maydonlarida kuch sinashib ko‘rishgan. Eng muhimi, har ikki davlat hamisha shay turgan yadro qurollariga ega. Demak arzimas uchqun ham aql bovar qilmas ziddiyatlarga, bemisl talofatlarga sabab bo‘lishi mumkin. - Hindistonda 1 mlrd 340 mln aholi bor, Pokistonda esa 210 milliondan ortiq. Har ikki davlat eng birinchi dushman sifatida aynan o‘z qo‘shnisini biladi va ular allaqachon jang maydonlarida kuch sinashib ko‘rishgan. Eng muhimi, har ikki davlat hamisha shay turgan yadro qurollariga ega. Demak arzimas uchqun ham aql bovar qilmas ziddiyatlarga, bemisl talofatlarga sabab bo‘lishi mumkin.
Hindiston Britaniyadan mustaqillik olgan 1947 yilga kelib musulmonlar Hindistoni, ya'ni Pokiston masalasi o‘rtaga tashlanadi. Hindistonning o‘sha paytdagi rahbariyati qarshiliklariga qaramay Pokiston ham ajratib olinadi. - Hindiston Britaniyadan mustaqillik olgan 1947 yilga kelib musulmonlar Hindistoni, ya'ni Pokiston masalasi o‘rtaga tashlanadi. Hindistonning o‘sha paytdagi rahbariyati qarshiliklariga qaramay Pokiston ham ajratib olinadi.
O‘shanda ulkan ko‘chish kuzatiladi – musulmonlar zamonaviy Pokiston hududiga, hindlar esa Hindistonga. Ammo shunga qaramay ayrimlar o‘zlari tug‘ilgan hududni tark etishmaydi, xususan bugungi kunda ham Hindistonda 170 mlndan ortiq musulmonlar istiqomat qiladi va ular soni muntazam oshib bormoqda - Kashmir muammosi va havo urushi
- Ikki davlat o‘rtasidagi hal etilmagan muammolarning eng yirigi Kashmir hududi bo‘yicha talashuvdir. 1947 yilda Britaniya Hindistoniga mustaqillik berish, uni ikki davlatga ajratish nihoyatda shoshma-shosharlik bilan olib borilgan. O‘sha paytda Kashmir rahbari hind, aholisining mutlaq ko‘pchiligi esa musulmonlar edi. Kashmir rahbariyati (rojasi) va yetakchi partiyasi vakillari katta imtiyozlar evaziga Hindiston tasarrufida qolish istagini bildirishdi. Bu hudud o‘ziga tegishli bo‘lishiga kelishilganini pisanda qilgan Pokiston darhol masalaga harbiy yo‘l bilan yechim izladi va dastlabki qurolli to‘qnashuv yuz berdi.
“Toshkent deklaratsiyasi” - 1966 yilning yanvarida Toshkentga tashrif buyurgan Hindiston bosh vaziri La'l Bahodir Shastri va Pokiston prezidenti Muhammad Ayub Xon ittifoq ministrlar soveti raisi Kosigin bilan birgalikda muzokaralarga kirishdilar. Garchi bu masalada deyarli ma'lumotlar e'lon qilinmagan bo‘lsa-da, sulh bo‘yicha barcha shuhrat ittifoq rahbariyati yutug‘i hisoblansa-da, har ikki davlat vakillarining umumiy kelishuvga kelgunlarigacha bo‘lgan bahslarida O‘zbekiston rahbari Sharof Rashidov ham faol ishtirok etgan, ikkita rezidensiyada yashayotgan La'l Bahodir Shastri va Muhammad Ayub Xon o‘rtasida bir necha marta borib kelgan. 10 yanvarda ikki davlat o‘rtasida “Toshkent deklaratsiyasi” imzolanadi va unga ko‘ra har ikki tomon o‘t ochishni to‘xtatish, o‘z harbiy qismlarini urush boshlangunga qadar liniyalarga qaytarish, diplomatik aloqalarni tiklashga kelishadilar.
Deklaratsiya imzolanganining ertasiga Hindiston bosh vaziri La'l Bahodir Shastri Toshkentda vafot etadi.
Yangi tarix sahifalari va atom quroli - Ikki davlatlar o`rtasidagi lokal mojarolar 1971, 1975, 1980, 1984, 1989 yillarda ham kuzatildi. 1999 yildagi yirik to‘qnashuvda har ikki tomon mingdan ortiq askaridan ayrildi.
- Bu orada qo‘shnisi bilan urushga hamisha shaylik, xalqaro salohiyatni oshirish maqsadida avval Hindiston, keyin Pokiston yadro qurolini yaratib olishdi. Bugungi kunda Hindistonda 130 ta, Pokistonda 140ta yadro quroli borligi tasdiqlangan. Endi bu davlatlar o‘rtasidagi har qanday to‘qnashuv o‘ta yirik urushga aylanish xavfi nihoyatda ortib ketdi.
- 2019 yilning 14 fevralida boshlangan qurolli to‘qnashuvlar dastlab Hindiston tasarrufidagi Kashmir hududida 40 nafar hind zaxira politsiyachilarining o‘ldirilishidan boshlandi. Hindiston buni darhol qo‘shnisining agressiv harakati deb baholab, javobni hayallatmadi va radikal kuchlar lagerlari deb hisoblangan hududlarga havodan turib zarbalar bera boshladi. Pokiston esa buni o‘z hududiy yaxlitligining, xalqaro normalarning butunlay buzilishi deb baholadi va o‘z samolyotlarini havoga ko‘tardi. Har ikki davlat o‘z qo‘shinlarini jangovar holatga keltirdi.
Bizning pozitsiyamiz! - O‘zbekiston tinchliksevar mamlakat va betaraflik siyosatini olib borgan holda bu ikki davlat o‘rtasidagi qurolli mojarolar bo`lmasliginig tarafdori. Bu borada poytaxtimizda imzolangan deklaratsiya hali-hanuz tinchlik yo‘lidagi eng muhim hujjat bo‘lib kelayotgani, unga amal qilish har ikki tomonning burchi ekanligini e'tirof etadi.
E’TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT!
Do'stlaringiz bilan baham: |