“Mustaqillik darsi”ni o’tish bo’yicha 7-8-9-sinflar uchun
1 soatlik dars ishlanmasi
Mavzu : “Qadr-qimmatim, tayanchim va iftixorimsan, mustaqil O’zbekiston ! “
Maqsad :
Ta’limiy : O’quvchilarga Mustaqillik bayrami va uning mazmun- mohiyati haqida tushunchalar berish;
Tarbiyaviy : o’quvchi – yoshlar qalbida ona Vatanga muhabbat,sadoqat, muqaddas zaminni qadrlash,iftixor, milliy g’urur va o’zlikni anglash tuyg’ularini rivojlantirish.
Rivojlantiruvchi : Ozodlik, hurlik va erk, vatanparvarlik haqidagi bilimlarini rivojlantirish.
Dars turi : aralash.
Dars usuli : Interfaol.
Dars jihoji :
a) didaktik jihoz : „ Vatan tuyg’usi“ , „Milliy istiqlol g’oyasi va ma’naviyat asoslari“ darsliklari, dunyo xaritasi , vatanimiz tarixiga oid rasmlar, slaydlar, Prezident asarlari, tarqatma materiallar, vatman, markerlar.
b) texnik jihoz : komp’yuter, proektor, ekran , „ Vatan tuyg’usi“ , „Milliy istiqlol g’oyasi va ma’naviyat asoslari“ fanlaridan tayyorlangan proeksion materiallardan mavzuga oid materiallar.
Dars epigrafi :
Imkoniyatlar yaratgan ey go’zal bo’ston,
Noming bo’lg’ay doimo tillarda doston
“ Qadr-qimmatim, tayanchim va iftixorimsan,
Mustaqil O’zbekiston !”
Darsning blok chizmasi :
T/r
|
Dars bosqichlari
|
Vaqti
|
1
|
Tashkiliy qism
|
5 daqiqa
|
2
|
O’quvchilarni faollashtiruvchi savollar
|
10 daqiqa
|
3
|
O’quvchilarning fikrlarini umumlashtirish
|
10 daqiqa
|
4
|
Didaktik o’yinlar (mustahkamlash)
|
16 daqiqa
|
5
|
O’quvchilarni rag’batlantirish
|
2 daqiqa
|
6
|
Uyga vazifa
|
2 daqiqa
|
Darsning borishi
Tashkiliy qism
O’qituvchining kirish so’zi : Aziz o’quvchilar ! 1991-yil 31-avgustdan O’zbekiston tarixida yangi davr boshlandi. Dunyo xaritasida yana bitta mustaqil davlat- O’zbekiston Respublikasi paydo bo’ldi.
Mana 22 yildiki 1-sentabr - Mustaqillik kuni biz uchun eng ulug’, eng aziz
bayram sifatida nishonlanib kelinmoqda. Bugungi ilk darsimiz ham mana shu
qutlig’ sanaga bag’ishlanadi.
Assalom ,ona yurt, tonglar o’lkasi,
Ta’rif- tafsifingning yo’q nihoyasi.
Senga bag’ishlanur muqaddas qo’shiq,
Bu o’zbek elining o’z madhiyasi.
( O’zbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi kuylanadi ).
III. O’quvchilarni faollashtiruvchi savollar :
1. Vatan nima ?
O’quvchilarning fikrlari tinglanadi va o’qituvchi umumlashtiradi :
Qulog’imizga aytilgan azon, onamizni tanigan, uning allasini eshitib orom olgan yer, nonning ta’mini bilgan onimiz, 1- qadamni ko’targan ostona, ilk bor varrak uchirgan, 1-marta hayitlik olgan joy Vatandir.
2. Mustaqillik nima? U bizga nima berdi?
O’qituvchi o’quvchilarning javoblarini tinglab , umumlashtiradi :
( rasmlar asosida)
Mustaqillik – Prezidentimiz ta’biri bilan aytganda ma’naviy tiklanish va yuksalish demakdir.
Mustaqillik – iqtisodiy imkoniyatlar, huquqiy madaniyat va o’zlikni anglashdir.
Mustaqillik- millatning o’z taqdirini o’zi belgilashini kafolatlaydi.
Darhaqiqat, mustaqillik sharofati bilan o’zbek xalqi millat, xalq sifatida o’z taqdirini o’zi belgilash imkoniyatiga ega bo’ldi, siyosiy, iqtisodiy, ma’naviy sohalarda bir qancha o’zgarishlar yuz berdi. ( rasmlar asosida tushuntiradi).
Jumladan, siyosiy jihatdan O’zbekiston xalqaro maydonda teng huquqli mustaqil davlat sifatida munosib o’ringa sazovor bo’ldi.
O’z tiliga, Qomusiga, Davlat ramzlariga, Prezidentiga, chegarasiga, valyutasiga va o’z armiyasiga ega bo’ldi.
Iqtisodiy jihatdan iqtisodiy mustaqillikka erishildi :
1. Avtomobil va transport sanoati rivojlandi. Dunyodagi avtomobilsozlik sanoatiga ega bo’lgan 28 davlatning biri Vatanimiz ekanligi bizga katta g’urur va iftixor baxshlaydi.
2. G’alla mustaqilligiga erishildi.
3. Agrar davlatdan industirlashgan mamlakatga aylandi : avval xom ashyo bazasi bo’lgan bo’lsa, hozirda paxtani qayta ishlash korxonalari qurildi.
4. Shahar va qishloqlarimiznig qiyofasi tubdan o’zgarib, shaharsozlik, bunyodkorlik ishlari baravj bo’ldi.
5 Davlatimiz rahbari I. Karimovning tashabbusi bilan “Mahalla”, “Kamolot”, “Sog’lom avlod uchun”, “Ulug’bek”, “Umid”, “Ustoz” va shu kabi ko’plab jamg’armalar vujudga keldi.
6. Maktab, kollej, litsey, choyxona, to’yxona, guzar va zamonaviy savdo-sotiq maskanlari qurildi, bularning hamma - hammasi iqtisodiy salohiyatning ustunligidandir.
6. Davlatimiz rahbari I. Karimovning tashabbusi bilan “Mahalla”, “Kamolot”, “Sog’lom avlod uchun”, “Ulug’bek”, “Umid”, “Ustoz” va shu kabi ko’plab jamg’armalar vujudga keldi.
Hozirda mamlakatimizning 2000 dan ortiq eng iqtidorli yoshlari rivojlangan xorijiy mamlakatlarda ta’lim olmoqdalar.
Buhi birgina o’zimiz yashayotgan Xorazm viloyati Urganch tumanida Siz o’quvchilarga ko’rsatilayotgan g’amxo’rlik misolida ko’rib chiqsak :
2013-yil mobaynida yangi o’quv yiliga ta’lim muassasalarini ta’mirlash uchun tuman moliya bo’limi tomonidan 209 mln. so’m sarflangan bo’lsa, tumandagi 1- sonli,43- sonli, 36-sonli 5-tipdagi sport komplekslarini qurish ,ta’mirlash uchun davlatimiz tomonidan
1 milliard 724 ming 548 so’m pul mablag’i sarflandi. Endi mamlakatimizning boshqa shahar va qishloqlarida faqat ta’lim muassasalari uchun ajratilayotgan mablag’ni o’ylab ko’ring-chi
Ma’naviy sohada ham sezilarli o’zgarishlar amalga oshirildi : tilga, tarixga, milliy an’ana va qadriyatlarimizga, ma’naviy merosimizga, dinga, adabiyot va san’atga., urf-odatlarimizga
bo’lgan munosabatlar o’zlikni anglash, milliy mafkuraning shakllanganligidan dalolatdir.
3-savol-“ Biz kimmiz, qanday buyuk ajdodlarning avlodlarimiz?”
O’quvchilarning fikrlari “Klaster”usulidan foydalangan holda doskaga yozib boriladi . So’ng texnik vositalar orqali quyidagi she’r eshittiriladi va buyuk ajdodlarimizning rasmlari ko’rinarli joyga ilinadi. ( Komil Avaz .” O’zbekiston, bor bo’l jahon yuzinda”. (Qasida)
Xorazmiy aljabr tuzib dunyoda,
Bashar tafakkurin etdi ziyoda.
Sir-sinoat bisyor madad Sinoda,
Olam bori topdi darmon yuzingda,
O’zbekiston, bor bo’l jahon yuzinda.
Mustajob Termiziy duosi har on,
Al-Forob inshosi boqiy bir nishon,
Qalblarda Beruniy nomi nurafshon,
O’zbegim dahosi unvon yuzingda,
O’zbekiston, bor bo’l jahon yuzinda.
Zamaxshariy ilmi tengsiz xazina,
Necha olim fido “Mufassal”ina .
O’ttiz kitob bitdi aning sharhina,
O’zbekiston, bor bo’l jahon yuzinda.
Yassaviy hikmati haqqa tumordir,
Naqshband tariqati dillarga yordiur,
Ahli xirad uchun ruh beshumordur
Haq ziyosi urar tug’yon yuzingda,
O’zbekiston, bor bo’l jahon yuzinda
Shayx Kubro sohibi ilm ladunniy,
Shahid bo’ldi bosgach kuffor zaminni.
Ani aytib mag’rur kezadi Rumiy,
Farzand shahdi xo’p namoyon yuzingda,
O’zbekiston, bor bo’l jahon yuzinda.
Turkizabon elni alqab Navoiy,
Lafzinda joy topmay kalom havoyi,
So’zi hikmat, dardi dilga davoyi,
Navo otlig’ javhari jon yuzingda,
O’zbekiston, bor bo’l jahon yuzinda
Ona zaminidan istab darmon-e,
Tor bo’ldi Boburga jahon ayvoni,
Anga quchoq ochdi nazm maydoni,
Shoh nazmining sehri shodon yuzingda
O’zbekiston, bor bo’l jahon yuzind.
Munis va Ogahiy zo’r 2 daho,
Ishqni yuraklarga etgan jo-bajo.
Tavorix bitdilar mulkda bebaho,
Ishq tumori durri afshon yuzingda.
O’zbekiston, bor bo’l jahon yuzinda
Aytsam qatag’ondan etgan kasrni,
Qodiriy, Fitratu, Cho’lpon, Nosirni,
O’limi eng mudhish ohi asrning,
Tabassuming gahi giryon yuzingda,
O’zbekiston, bor bo’l jahon yuzinda
O’zbekiston, parvozing sarbalanddur,
Xushnavoli sho’x sozing sarbalanddur,
Jahon bo’ylab ovozing sarbalanddur,
Istiqlolning nuri tarxon yuzingda,
O’zbekiston, bor bo’l jahon yuzinda
O’qituvchi o’quvchilarni 6 guruhga ajratadi va tarqatma materiallarni beradi. Belgilangan vaqt ichida guruglar topshiriqlarni bajaradilar va taqdimot o’tkazadilar.
1-guruh topshirig’ :
Quyida berilgan ma’lumot va she’rni ifodali o’qing.
O’zbekiston mustaqillikka erishgach, har tomonlama rivojlanishini o’z oldiga maqsad qilib qo’ydi va “ o’zbek modeli “ degan o’ziga xos yo’lni tanladi.Bu model 5 ta tamoyildan iborat.
: Bu yo’l – rivojlanish yo’li bo’lib, u inqilobiy tarzda emas, tadrijiy , ya’ni bosqichma-bosqich amalga oshiriladi. “O’zbek modeli”ning asoschisi respublikamiz Prezidenti Islom Karimovdir.Bu modelning boshqa milliy modellardan farqi shundaki, u faqat iqtisodiy rivojlanish emas, balki keng ma’nodagi milliy tiklanish va ijtimoiy taraqqiyot modelidir.
Hur O’zbekiston bir jonu bir tan,
Tutgandan beri Istiqlol yo’lin.
Ulug’ yo’lboshchi kashf etib bergan,
Gullab o’sishning o’zbek usulin.
Bizga xush yoqar o’zimizga xos,
O’zimizga mos shaklu shamoyil.
Kelajak sari yo’limizni soz,
Yoritib turar 5 ta tamoyil.
2-guruh topshirig’i : She’rni vatmanga xusnixat asosida yozing va ifodali o’qib bering
1- tamoyil. Iqtisodning siyosatdan ustunligi.
Donolar sinab ma’rifat kuchin,
Hayotning duri kalom deganlar.
Lekin durlarni yaratish uchun,
Salomdan oldin taom deganlar.
Ya’ni iqtisod etakchi bo’lib,
Siyosatlardan ustun turadi.
O’sishi uchun u kuchga to’lib,
Mafkuralardan xoli yuradi.
3- guruh topshirig’i :
She’rni vatmanga xusnixat asosida yozing va ifodali o’qib bering
2- tamoyil. Davlat- bosh islohatchi.
Islohat o’zi kamolot tomon,
Yangilanishu o’zgarish degan.
Yashnayotgan yurt g’amini har on,
Har doim uning davlati yegan
O’zgarishlardan ko’ngil to’lsin deb,
Ishning boshida davlat turadi.
Yangi rejalar puxta bo’lsin deb,
Davlat tuzadi, davlat quradi.
4- guruh topshirig’i :
She’rni vatmanga xusnixat asosida yozing va ifodali o’qib bering
3- tamoyil. Jamiyat hayotining barcha sohalarida Qonun ustivordir.
Haq-huquqimiz himoyasida,
Turgan asosiy Qonunimiz bor.
Hayotimizning har sohasida,
Qonun poydevor, qonun ustivor.
Ilk vazifamiz yaxshi bilishdir,
Fuqarolikning birinchi burchin.
Ya’ni og’ishmay hurmat qilishdir,
Qonunning hukmin, Qonunning kuchin.
5- guruh topshirig’i :
She’rni vatmanga xusnixat asosida yozing va ifodali o’qib bering
4- tamoyil. Aholining demografik tarkibini hisobga olgan holda kuchli ijtimoiy siyosat yuritish.
O’tish davri bu ko’pga kelgan to’y,
Hademay tugab qolishi kerak.
Lekin bu to’ydan har qishloq, har uy,
O’z ulushini olishi kerak.
Qariyalarni, yosh bolalarni,
Himoya qilish- hukumat ishi,
Oylik tushumi kam oilalarni,
Qo’llab turar har davlatli kishi.
6- guruh topshirig’i :
She’rni vatmanga xusnixat asosida yozing va ifodali o’qib bering
5- tamoyil : Bozor iqtisodiyotiga iqtisodiy qonunlarning talablarini hisobga olgan holda bosqichma-bosqich o’tish.
Boshqa fanlarda bo’lgani kabi,
Iqtisodning ham o’z qoidasi bor.
Katta bozorning katta talabi,
O’z harajati, o’z foydasi bor.
Shu qonunlarni olmay nazarga,
Topish qiyindir sirlarga ochqich.
Barchasini puxta o’ylab bozorga,
O’tish kerakdir bosqichma-bosqich.
6- guruh topshirig’i :
She’rni vatmanga xusnixat asosida yozing va ifodali o’qib bering
Ey , yurt kelajagi, ey, sog’lom avlod,
Kelajak egasi, muhandis,ustod.
Sen axir bo’lg’uvchi shoir va olim,
Shuning-chun o’qigin, o’rgangin bilim.
Dunyoga taratgin o’zbekning nomin,
Oygacha etkazgin o’zbek salomin.
O’zingni ko’rsatgin mehnat, g’ayratda,
Sen dunyo ahlini qoldir hayratda.
O’qituvchi o’quvchilarning chiqishlarini rag’batlantirib, umumiy baholar e’lon qilinadi.
Qo’shiq eshittiriladi. ( Ozodbek Nazarbekov va Gulsanam Mamazoitova ijrosida. “Yagonamsan, Vatan”)
Dars xulosalanadi . O’qituvchi :
Dunyolar ichida o’zing bir dunyo,
Qo’yningda yursam ham goho sir dunyo,
Onam deymi seni, singlim deymi yo,
Qadr-qimmatim,tayanchim va iftixorimsan,
Mustaqil O’zbekiston !
Uyga vazifa : : “Qadr-qimmatim, tayanchim va iftixorimsan, mustaqil O’zbekiston ! “ mavzusida matn yaratish.
Tayyorladi : Xorazm viloyati , Urganch tuman XTMFMTTEB ona tili va adabiyot,qardosh tillar fanlari metodisti Madina Matyaqubova
Do'stlaringiz bilan baham: |