Shaxsiy kompyuterga texnik xizmat ko’rsatishda ishlatiladigan jihoz va qurulmalardan to’g’ri foydalinish.
Reja: 1. Kompyuterga texnik xizmat ko’rsatish
2. Shaxsiy kompyuterga texnik xizmat ko’rsatishda ishlatiladigan jihoz va qurulmalardan to’g’ri foydalinish
Kompyuter tizimlarini ta’mirlash va ularga xizmat ko‘rsa-tish bo‘yicha ishlaydigan har bir mutaxassis ixtiyorida elektr asboblari komplekti mavjud bo‘ladi. Xizmat ko‘rsatish ishlari- ning ko‘pchiligini katta miqdordagi asboblarsiz amalga oshirib bo‘lmaydi. Aynan shuning uchun ham elektr asboblari bozori rusum va modellarning rang-barangligi bo‘yicha faqat kompyuter texnikasi bozori bilangina qiyoslanishi mumkin. Elektr asbobining uzoq muddatga sotib olinishini, ulardan foydala-nish sharoitlari esa ekstremal holatlarga yaqinligini e’tiborga olsak, eng ma’qul keladigan modelni tanlash unchalik oson emasligi malum bo‘ladi.
Bu ishda eng ko‘p tarqalgan xato – asbobning ko‘p vazifali bo‘lishiga ortiqcha intilishdir. Ishlab chiqaruvchilarning aksariyati o‘zlari chiqarayotgan elektr asbobning ko‘p maqsadlarda qo‘llanadigan gilib yaratishga harakat qiladilar. Odatda, bunday asbob o‘zining asosiy vazifalaridan tashqari yana bir necha qo‘shimcha vazifani bajara oladi. Bunda shuni ham nazarda tutish kerakki, mazkur vazifalarni asbobning boshqa turlarini qo‘llab ham bajarish mumkin.
Biroq, asbobning bir necha vazifani bajara olishi hali uning universalligini bildirmaydi. Zero, turli amallar turlicha quvvat sarflanishini talab etadi. Asbobdan uning imkoniyatlari chegarasida foydalanish yoki asbobga ortiqcha kuch berish esa uning tezda buzilishiga hamda ishlab chiqaruvchi va sotuvchi tashkilotdan mutlaqo asoslanmagan holda hafsalaning pir bo‘lishiga olib keladi.
Ikkinchi tomondan asbob tanlanayotgan paytda uning tuzilishiga xos muhim jihatlari e’tibordan chetda qoladi. Ko‘pchilik hollarda bu xaridorlarda axborotning yetarli emasligi va sotuvchining malakasizligi tufayli sodir bo‘ladi. Asbob sotib olinayotganda, avvalam bor uning tashqi ko‘rinishi (korpusning ergonomik shakli, vaznining sizga mosligi, boshqaruv organlarining qulayligi, zarbaga bardoshliligi, elektr xavfsizligi, qo‘shimcha tutgichlar hamda chuqurlikni ko‘rsatuvchi belgilar borligi va boshqalar)ga ahamiyat berish lozim. So‘ngra elektr asbobning konstruktiv xususiyatlari, bajariladigan vazifalar to‘plami va tavsifini batafsil tahlil qilib, tanishib olish zarur. Chunki undan uzoq vaqt va samarali foydalanish aynan mana shularga bog‘liqdir.
Quyida elektron jihozlar bilan ishlash uchun zarur asboblarning uncha katta bo‘lmagan ro‘yxati, shuningdek, ulardan namunalar va asboblarning mahsus vazifalari haqida ma’lumotlar keltirilgan:
Asboblar turlari
1. Buragichlar (otvyortkalar) to‘plami.
2. Yassi jag‘li omburlar va h.k.
3. Yon tomonlarni kesuvchi (izolyatsiyani ko‘chiruvchi) qaychilar.
4. Qirquvchi omburlar.
5. Elektr o‘lchov asboblari.
6. Siquvchi asbob.
7. Kabel testeri.
8. Izolyatsiyalovchi material.
9. Shurup burovchi asbob.
OMBURLAR
Yassi jag‘li omburlar
Yumaloq jag‘li omburlar
Yarim yumaloq yassi jag‘li omburlar
Yon tomonlarni kesuvchi qaychilar
O‘tkir jag‘li maxsus omburlar
Yarim yumaloq jag‘li qayrilgan omburlar
ISO 2380
Yassi uchli buragich
ISO 8764PH
(PH) krestli buragich
TX profilli buragich
Asbob to‘plami
Shurup buragichlar ko‘p miqdordagi shuruplar va vintlar bilan ishlashda qo‘llaniladi. Qanday manbadan foydalanishiga qarab, ular akkumulyatorli va tarmoqli turlarga bo‘linadi. Tarmoqdan, asosan, gipsokarton va quruq qorishmalar bo‘yicha ishlar uchun foydalaniladigan shurup buragichlar quvvat oladilar. Do‘konlarda sotiladigan, shuruplarni va o‘zi kesuvchi moslamalarni tasmada yetkazib beradigan shurup buragichlar katta hajmdagi ishlarni va gipsokarton bo‘yicha seriyali ishlarni bajarishda qo‘llashga mo‘ljallangan. Akkumulyatorli drel-shurup buragichlar akkumulyatorlarining quvvati (1,4 A* soatdan 2,0 A* soatgacha), reduktori va tutgichining tuzilishiga (to‘pponchasimon, T-simon) qarab farqlanadilar. To‘pponchasimon tutgich kuchning o‘q momentini maksimal ravishda o‘tkazichga imkon berishi tufayli eng universal hisoblanadi. T-simon tuzilish, aylanish momenti muhimroq bo‘lgan turli xil shurup va boltlar bilan ishlaganda juda qulaydir.
Tizimlarni ta’mir qilish va ularga xizmat ko‘rsatishda akkumulyator tipli, oddiy ixcham shurupburagich emas, o‘tish rejimli drel-shurupburagich qulay. Chunki ba’zan kabel yotqizilayotgan va boshqa hollarda drelga ehtiyoj sezilishi mumkin.
Foydalanish qulay bo‘lishi uchun elektr asbobini ko‘pchilik hollarda uni asrash va tashishga ham mo‘ljallangan maxsus jomadon shaklida ishlab chiqaradilar. Odatda, jomadon chidamli, zarbalarga bardoshli materiallardan tayyorlanadi hamda uning ichida moslamalar va almashiladigan vositalar uchun joylar bo‘lishi ko‘zda tutiladi.
Nazorat savollari
Kompyuterni asosiy qurilmalarini ayting
Kompyuterni asosiy va qo’shimcha qurilmalarini ayting
Kompyuter bilan ishlovchi asboblarni tanlashni ayting
Asbob turlarini ayting
Omburlar turlari
Asbob to‘plamini ayting
Do'stlaringiz bilan baham: |