Himoyaga ruxsat etildi


Tadqiqot natijalarining ahamiyati



Download 154,67 Kb.
bet3/20
Sana23.06.2022
Hajmi154,67 Kb.
#695642
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20
Bog'liq
Zamonaviy fiqhiy masalalarda mazhamlar mushtarakligi

Tadqiqot natijalarining ahamiyati: Ushbu bitiruv malakaviy ishidan islomshunoslik fanidan maruzalar matni tayyorlashda, kurs ishlari yaratishda foydalanish mumkin. Shuningdek, mavzu doirasida maʻlumotlarni kam uchraganligi tufayli oʻquvchi-talabalar uchun mavzuni yoritishda oʻziga xos manba sifatida xizmat qilishi mumkin.
Bitiruv malakaviy ishining tarkibi: Malakaviy bitiruv ishi kirish, uch bob, olti band, xulosa, foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati va ilovadan iborat.

I BOB. ISLOM DINIDA MAZHAB TUSHUNCHASI MAZMUN MOHIYATI

    1. Mazhab so‘zining lug‘aviy va istilohiy ma’nosi

Mazhabni to‘g‘ri tushinish va uning zaruratini anglab yetmoq uchun mo‘min-musulmonlar avvalo “Mazhab” kalimasining lug‘aviy va istilohiy ma’nosini bilgan holda, mazhabning kelib chiqish tarixini bilish kerak bo‘ladi. Mazhabni to‘g‘ri tushunishda mazhab boshimiz imom Abu Hanifa rahmatulloh alayh haqida ma’lumotlarga ega bo‘lish lozim bo‘ladi. Unda imom Abu Hanifa rahmatulloh alayhning manoqibi, ilmda qanchalik yuksakligini va olimlarning u zot to‘g‘risida aytgan so‘zlarini bilish ahamiyat kasb qiladi. So‘nra mo‘min-musulmon bir mazhabni mahkam ushlagan holda ergashish zarurati va mazhabsizlikning salbiy oqibatlarini bilish zarur bo‘ladi. Shu bilan birga hanafiy mazhabining boshqa mazhablardan afzal ekanligini bilishi lozim bo‘ladi.
Mazhab kalmasi arabcha so‘z bo‘lib, uni lug‘at kitoblarida: “المذهب لغة محل الذهاب وزمانه” ya’ni: “Mazhab lug‘atda boradigan makon (yo‘l) va zamon” -deb bayon qilinadi.
Muftiy Muhammad Said al-Mujadadiy o‘zning “At-ta’rifat ul-fiqhiya” asarida: “المذهب الدين” ya’ni, “Mazhab dindir”-deb ta’rif beradi.
Ushbu ta’rifga ko‘ra mazhabni din ma’nosida tushinamiz. Allloh taoloning huzirida maqbur bo‘lgan, Alloh taolo rozi bo‘lgan din islom dinidir. Alloh taolo bu dinni Payg‘ambarimiz Muhammad alayhis salomga vahiy orqali nozil qildi. So‘nra bu din Payg‘ambarimiz Muhammad alayhis salomdan sahobalar va tobi’inlar silsilasi bilan bizgacha yetib keldi. Din ilmlari mujtahid imomlar davrida maktab va madrasa tartibida shakllandi. Mujtahid imomlarning qur’on, sunnat va ijmo’ bilan dallilanib, din ilmlari tartiblangan kitob holida jamlanishni boshladi. Mujtahid imomlar Alloh taoloning tavfiqi bilan sahoba va tobe’inlar silsilasi bilan olgan din ilmlarini o‘rganishda va ularni tartiblashda jiddi-jahd qilganlari uchun “Mujtahid” degan nom qazondilar. Shuning bu din mujtahid imomlarga nisbat berilib, “Imom Abu Hanifa rahmatulloh alayh mazhabi”, “Imom Molik rahmatulloh alayh mazhabi”, “Imom Ahmad rahmatulloh alayh mazhabi” va “Imom Shofiiy rahmatulloh alayh mazhabi” deb mujtahid imomlarga nisbat berila boshlandi. Mazkur mujtahid imomlarning hammasi omonatdorlik bilan qur’on, sunnat va ijmo’ asosida ijtihod qildilar. U imomlar o‘z nafsining ra’yi bilan, yoki tarafkashlik va shunga o‘xshash narsalarni o‘z ijtihodiga aslo aralashtirmaganlar.
Demak, mazhab “Din” ma’nosida ekan, dinda faqat payg‘ambar alayhis salom ergashash lozim, payg‘ambar alayhis salomdan boshqaga ergashish “Kufr” bo‘ladi. Ayni vaqtda mujtahid imomlari payg‘ambar alayhis salom ergashishga holda ijtihod qilganlar, shuning uchun mujtahid imomlarning so‘zni olish va unga amal qilish payg‘ambar alayhis salomga ergashish deb bilish kerak.
Mujtahid imomlar ba’zi far’iy masalalarda bir-biridan farqli ijtihodi mavjud. Bu to‘g‘risida imom Abulbarakot Nasafiy rahmatulloh alayh o‘zlarining “Mustasfo” kitoblarida:
إذا سئلنا عن مذهبنا ومذهب مخالفنا قلنا وجوبا: مذهبنا صواب يحتمل الخطأ، ومذهب مخالفنا خطأ يحتمل الصواب
“O‘z mazhabimiz va muxoliflarimizning mazhablari haqida so‘ralsak, shunday deyishimiz vojib: bizning mazhab to‘g‘ri, lekin xato bo‘lish ehtimoli bor, muxoliflarimizning mazhabi esa xato, lekin to‘g‘ri bo‘lish ehtimoli bor” –deydi.
Dunyo musulmonlarining ko‘pi, xossatan bizning yurtimizda qadimdan Imom Abu Hanifa rahmatulloh alayhning ijtihodi, ya’ni hanafiy mazhabiga amal qilinadi.
Imom Abu Hanifa rahmatulloh alayh to‘liq ismlari No‘mon ibn Sobit ibn Zuto rahmatulloh alayhdir.
Abu Hanifa rahmatulloh alayh hijriy 80-yilda Kufada tug‘ilib, 150-yilda o‘sha joyda vafot etganlar. Demak, sahobalardan 1500 yashagan Kufa shahrida tobe’in va taba tobe’inlar davrida yashab, ilm o‘rganib, mujtahid darajasiga erishganlar. Ustozlari ulug‘ tobe’inlardir. Shunday zamonda barcha tomonidan imom deb tan olinishi uchun shubhasiz Qur’on va hadis ilmlari bo‘yicha benazir bo‘lish lozim. Bu gapimizning tasdig‘ini o‘sha davrning eng yetuk ulamolari gaplaridan keltirilgan iqtiboslarda ko‘rishingiz mumkin.
Imom Molik rahmatulloh alayhdan Abu Hanifa rahmatulloh alayhni ko‘rganmisiz deb so‘ralganda: “Ha, agar shu ustunni tillo demoqchi bo‘lsa, unga hujjat topa oladigan darajada ekanini ko‘rdim” deganlar.
Imom Shofe’iy rahmatulloh alayh: Fiqhda barcha Abu Hanifa rahmatulloh alayhga boqimanda, ya’ni muhtojdir.
Ahmad ibn Hanbal rahmatulloh alayh: Bir masalada uch odamning ittifoqi bo‘lsa, uning xilofiga quloq solinmasin. Ular: Abu Hanifa rahmatulloh alayh, Abu Yusuf rahmatulloh alayh, Muhammad ibn Hasan rahmatulloh alayh. Abu Hanifa rahmatulloh alayh ularning ichida qiyosga eng o‘tkiri, Abu Yusuf rahmatulloh alayh odamlar orasida asar (hadis)larga eng peshqadami, Muhammad rahmatulloh alayh esa arab tiliga eng kuchlisi”
Muhaddis Abu Dovud rahmatulloh alayh: Abu Hanifa rahmatulloh alayh imom edilar. Molik rahmatulloh alayh imom edilar, Shofe’iy rahmatulloh alayh imom edilar.
Aliy ibn Madaniy: “Savriy, ibn Muborak, Hammod ibn Zayd, Vaki’ ibn Jarroh, Ubbod ibn Avvom, Ja’far ibn Avnlar Abu Hanifa rahmatulloh alayhdan hadis rivoyat qilib, u zotning ishonchli, adolatli ekanliklarini aytishgan”.
Imom Badriddin Zarkashiy “Bahrul muhiyt” kitobida shunday yozadi: “Musulmonlar haq ushbu mazhablarda (ya’ni to‘rt mazhabda) ekaniga ittifoq qilishgan. Shuning uchun ulardan boshqasiga amal qilish joiz emas.”
Shayx Muhammad Hizr Shinqitiy rahmatulloh alayh shunday deydi: “Bugungi kunda ijmo’ qilingani to‘rt mazhabdir. Ular: imom Molik, imom Abu Hanifa, imom Shofe’iy va imom Ahmad ibn Hanbal. Batahqiq, barcha ulamolar mazkurlardan boshqaning mazhabiga ergashishni man qilganlar”.
Shoh Valiyulloh Dehlaviy rahmatulloh alayh “Insof” kitoblarida quyidagilarni yozadilar: Albatta, ushbu devon tuzilib, tahrir qilingan to‘rt mazhabga ergashish joiz ekaninga ummat yoki uning e’timod qilinadiganlari shu kungacha ijmo’ qilib kelishmoqda. Albatta, buning foydasi ochiq-oydindir. Xususan, himmatlarimiz sustlashgan, nafslar havoga berilgan va har bir ra’y egasi o‘z ra’yiga mahliyo bo‘lgan ushbu kunlarimizda.”
Bugungi kunda musulmonlar diniy bilimlardan ham juda uzoq, aksar musulmonlar to‘g‘ri namoz o‘qishni ham bilmaydi, birlamchi aqidaviy bilimlardan ham bexabar. Shunday vaziyatda, o‘zi parokanda va nochor ahvolda bo‘lgan ummat ichiga ixtilof urug‘ini sochish, ularni bir mo‘tabar mazhabga emas, to‘g‘ridan-to‘g‘ri Qur’on va hadisga amal qilishga chorlash ayni xoinlikdir. Qur’on va sunnatga to‘g‘ridan-to‘g‘ri amal qilish sharafli ish, lekin ahil bo‘lmagan kishining bu ishga kirishishi tibbiyotdan mutlaqo bexabar odamning murakkab jarrohlik operatsiyasiga qo‘l urishi bilan teng. Agar Qur’on va Sunnatga to‘g‘ridan to‘g‘ri amal qilish barcha uchun mumkin bo‘lganda edi sahoba va tobe’inlar davrida insonlar bir-biridan fatvo so‘ramas, alohida fatvo va ilm majlisi bilan tanilgan insonlar yetishib chiqmas edi. Qur’on va Sunnatga to‘g‘ridan-to‘g‘ri amal qilish barcha uchun vojib bo‘lganda Alloh ta’olo “Bilmasangiz zikr ahlidan so‘rang” deb buyurmagan bo‘lardi.
Shar’iy matnlar va ularning ma’noga dalolati, arab tili xususiyatlaridan xabardor odam yaxshi biladiki, Qur’on va sunnatda kelgan matnlar bir necha ma’nolarni ehtimol qiladi, ba’zan matnlar suratan bir-biriga ziddek tuyuladi, ko‘p hollarda matnlar bir-birini nasx qiladi yoki qaydlaydi yoki ba’zi matnlar xos kishi yohud xos jamoaga tegishli bo‘ladi. Bunday nozik jihatlarni anglab yetmagan kishi ro‘parasida bir-biriga ziddek ko‘ringan matnlar namoyon bo‘lganda qaysi asosda ular orasini jamlaydi yoki qaysi manhajda ularni bir-biridan tarjih qiladi. Tabiiyki, uning oldida faqat ikki yo‘l bo‘ladi xolos: yo havoyi nafsiga ergashib, o‘ziga yoqqan matnni tanlaydi, yoqmaganini tashlaydi, bu esa Alloh ta’olo kitobida “Yoki kitobning ba’zisiga iymon keltirib, ba’zisiga kufr keltirasizmi” deb aytgan toifaning ayni o‘zidir, yoki zamonamizdagi biror bemazhab olimga ergashadi, bu ish esa avvalgisidan ham ajibroqdir, chunki, yaxshiligiga Rosululloh sav iqror qilgan zamondagi musulmonar, ya’ni taba’ tobeinlar imomligi tan olgan Abu Hanifaga ergashishni tark qilib, fiqhiy qarashlari hech qaysi e’tiborli olim tomonidan tan olinmagan bir kishiga ergashishdir. Natijada to‘rt mazhabni qo‘yib, yuzlab mazhablarning kelib chiqishiga sabab bo‘linadi. Alloh ta’lo bilmasangiz duch kelgan odamdan so‘rang demadi, balki shuning uchun Alloh taolo “...Agar bilmaydigan bo‘lsangiz, zikr ahllaridan so‘ranglar3 (Nahl surasi 43-oyat), deb marhamat qilgan. zikr ahlidan so‘rang dedi. Abu Hanifa va u kishining shogirdalari “Zikr ahli”dan ekanliklariga butun ummat olimlari ittifoq qilishgan.
Demak, mazhabga ergashish ba’zilar o‘ylagandek gumrohlik emas, balki Alloh taologa, uning rasuliga hamda ishboshi (ummat e’tirof etgan ulamolar) larga itoat etish ekan.
Islom dini tarqalgan hudud kengayib, turli millatlar va xalqlar shu dinni qabul qilganlaridan va uni o‘z hayotlari tarziga aylantirdilar. Diniy masalalarda turli qarashlarni paydo bo‘lishi va ularni hal qilish maqsadida musulmon olimlari katta rol o‘ynadi.
Muhammad payg‘ambar (a.s.) vafotlaridan keyin u kishining ishini xalifalar, sahobalar, so‘ng tobeinlar davom ettirdilar. Payg‘ambardan keyin u kishining ishini sunna asosida davom ettirganlar “sunniylar” yoki “ahli sunna val jamoa” nomini oldi. Payg‘ambar davrida biror masala yuzasidan savol paydo bo‘lsa, odamlar darhol shu holatni payg‘ambarga etkazib, o‘zlariga aniq javob olganlar. Shuning uchun bu davrda ixtiloflar bo‘lmagan. Sahobalar ko‘pchilikni tashkil qilgan vaqtda ham ixtilofli masalalarni tez va oson hal qilganlar, ammo sahobalar davri tugab borishi natijasida musulmonlar orasida turli ixtiloflar ko‘paydi.
Hijriy ikkinchi asrga kelib musulmonlar orasida shariatning turli masalalarni mustaqil echib bera oladigan olimlar paydo bo‘la boshladi. Ular turli masalalarni hal qilishda Qur’on oyatlari va hadislarni sharh qilib, shu bilan birga sahobalarning qilgan ishlarini o‘rganib, o‘shalar asosida hukmlar chiqarib berdilar.
Olimlarning atrofida shogirdlari ko‘payib, ularning qarashlarini yozib, ommalashtirdilar. Buning natijasida mazhablar paydo bo‘ldi. Shu bilan birga ba’zi olimlarning qarashlari kengaymagani sababli ularning qarashlari mazhab darajasiga chiqa olmadi.


    1. Download 154,67 Kb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish